• Karaxtlikka qarshi eritmalar
  • Maxsus tayyorlanadigan eritmalar
  • 32- Ma’ruza Mavzu 32. Ko`z dori turlari. Ularga qo’yiladigan talablar. Ko`z tomchilari, namlamalari tayyorla sh texnologiyasi.
  • Ma’lumki ko’pchilik ko’z dori turlari ko’p marta ishlatiladigan idishlarga qadoqlangani uchun ularni turg’unlashtirishga alohida e’tibor berish kerak. 21 1.18.-jadval
  • Ko’z dori turlarida ishlatiladigan zamonaviy konservantlar
  • Ko’z tomchilarini saqlash va joylash.
  • Ko’z namlamalari va yuvish uchun ishlatiladigan eritmalar
  • 33 - Ma’ruza Mavzu 33 .
  • Antibiotiklar bilan eritmalar tayyorlash
  • Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash
  • Antibiotiklar saqlanish muddati
  • 34 - Ma’ruza. Mavzu 34. Ko`z surtmalari. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq dorilar texnologiyasi Reja
  • Infuzion eritmalarni tayyorlash




    Download 1,18 Mb.
    bet19/20
    Sana31.12.2019
    Hajmi1,18 Mb.
    #6884
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    Infuzion eritmalarni tayyorlash

     

    Fiziologik va qon o’rnini bosuvchi eritmalar

    Organizmda kon yo’kolishi, kamayishi, karaxtlik, suv-elektrolit balansining o’zgarishi yoki kislotali-ishqoriy holatining o’zgarishi kabi patologik holatlarda, kon tomirlariga ko’p miqdorda shu holatlarni normallashtirishga yordam beradigan eritmalar yuborilishi zarur. Bunday, ya’ni ko’p miqdorda va kon tomiriga to’gridan-to’gri yuboriladigan eritmalar umumiy nom bilan infuzion eritmalar deyiladi.

    Fiziologik va kon o’rnini bosuvchi eritmalar in’eksion eritmalar guruhining eng murakkabi hisoblanadi. Fiziologik eritma deb shunday eritmalarga aytiladiki, ular o’zining tarkibidagi erigan moddalar bilan xujayralar xayot faoliyatini saqlab turadi va organizmdagi fiziologik holatni sezilarli darajada o’zgartirmaydi, xossalari bo’yicha odam koni zardobiga eng yakin turadigan kon o’rnini bosuvchi eritmalar deyiladi. Fiziologik va kon o’rnini bosuvchi eritmalar eng avvalo izotonik bo’lishi kerak. Ammo faqat bitta shartning o’zi etarli emas. Bundan tashkari ular izoionik bo’lishi zarur, ya’ni tarkibida kaliy, natriy, kalsiy va magniy ionlarining miqdori kon zardobi tarkibidagi miqdorga teng yoki yakin bo’lishi kerak. Fiziologik eritmalar va kon o’rnini bosuvchi eritmalar izotonik va izoionik bo’lishdan tashkari, izogidrik talablariga ham javob berishi shart, ya’ni eritmalar pH ini kon zardobi pH iga teng bo’lishi kerak, konni pH-7,36. Bu erda shu narsa ahamiyatliki, ular vodorod ionlari konsentratsiyasini bir xilda saqlash kobiliyatiga ega bo’lishlari darkor. Konda darajasining doimiyligi buferlar, ya’ni karbonat sistemasi (gidrokarbonat va CO2), fosfat sistemasi (birlamchi va ikkilamchi fosfat) va tabiati jixatidan amfoter bo’lgan va shuning uchun Hq va OH ushlab qola oladigan oksillar sistemasi ishtirokida saqlanadi. Buferlar borligi uchun kon reaksiyasini o’zgartirish kiyin, ular o’ziga reaksiyani o’zgartirish mumkin bo’lgan hamma ta’sirlarni qabul qiladi va bu ta’sirlarni kamaytiradi. Konga mos ravishda kon o’rnini bosuvchi va fiziologik eritmalarga muxit pH ini saqlovchi regulyatorlar kiritiladi va buning natijasida ular izogidrik bo’ladi. Fiziologik va kon o’rnini bosuvchi eritmalar kon kabi xujayralar xayot faoliyatini ta’minlash va kerakli oksidlanish-qaytarilish potensialini hosil kilish uchun odatda glyukoza saqlaydi.

    Eritmalarni fizikaviy va kimyoviy xossalari bo’yicha kon zardobiga yakinlashtirish uchun ularga ba’zi bir yuqori molekulali birikmalar (YUMB) qo’shiladi. YUMB natriy xlorid eritmasini qovushqoqligini kon qovushqoqligi bilan bir kilish uchun qo’shiladi. YUqorida sanab o’tilganlardan tashkari, kon o’rnini bosuvchi suyuqliklar pirogenlik, antigenlik va toksik xossalarga ega bo’lmasligi kerak, shuningdek ular konning ivuvchanligini pasaytirmasligi va eritrotsitlar agglyutinatsiyasi paydo kilmasligi kerak.

    1941—45-urush yillarida olimlar tomonidan kon o’rnini bosuvchi eritmalar sifatida keng qo’llaniladigan, yangi, original izotonik eritmalar ishlab chiqilgan edi (16-jadval). Uglevod YUMB lardan kon o’rnini bosuvchi eritmalar tayyorlashda dekstrin keng qo’llaniladi. Dekstrin glyukoza polimeri bo’lib, (C6H10O5) qand lavlagisidan mikrobiologik sintez orqali olinadi. Kraxmaldan molekulyar zanjirining o’zunligi va glyukoza molekulalarining boglanishi tartibi bilan farq qiladi. (glyukozid boglari 1:6 holatida). Dekstrindan kon o’rnini bosuvchi 2 ta eritma tayyorlanadi — poliglyukin va repoliglyukin:

    — molekulyar massasi 60 000±10 000 bo’lgan dekstrinning natriy xlordagi izotonik eritmasi, gemodinamik ta’sirli preparat.

    – molekulyar massasi 35 000±5 000 bo’lgan dekstrinning natriy xlordagi eritmasi. Reopoliglyukin — past­molekulyar dekstrin eritmasi. U kon shakli elementlarining agregatsiyasini kamaytiradi va giperosmotik eritma bo’lganligi uchun suyuqliklarni to’kimalardan kon okimiga o’tishiga yordam beradi. Kimmatli kon almashtiruvchi eritmalarga yana oksilli gidrolizatlar ham kiradi. Gidrolizatlar guruhi preparatlaridan biri gidrolizin L-103 preparatidir.



    Fiziologik qon o’rnini yuosuvchi eritmalar (gramida 1 litr suvli eritmada)

    1.17.-jadval




    Eritma nomi

    NaCl

    KCl

    Na

    HCO3



    CaCl2*6H2O

    MgCl2*6H2O

    MgSO4*7H2O

    NaH2

    PO4



    Na2H2 PO4

    Glyu-koza

    Boshqa ko’shimchalar

    Ringer- Lokk

     

    Triode



     

    SOLIPK


    tuzli infuzion

    eritma


     

    LIPK


    suyuщligi

     

    Atsler-Leman



    Petrova

    suyuqligi

     

     

    Serotransfuzin



     

     

     



    SOLIPK

     

     



     

     

     



    Polivinilpir -

    Ollidon (PVP)

    Kon o’rinini

    Bosuvchi suyuqlik



    9,0

     

    8,0



     

    8,0


     

     

     



    15,0

     

     



     

    8,0


     

     

     



    15,0

     

     



    7,5

     

     



     

     

     



     

    8,0


     

     

     



    0,2

     

    0,2



     

    0,2


     

     

     



    0,2

     

     



     

    0,2


     

     

     



    0,2

     

     



     

    0,2


     

     

     



     

     

     



     

    0,42


    0,2

     

    1,0



     

    0,8


     

     

     



    0,1

     

     



     

    1,2


     

     

     



    -

     

     



    -

     

     



     

     

     



     

     

    1,68



    0,2

     

    1,0



     

    0,8


     

     

     



    0,1

     

     



     

    1,2


     

     

     



    -

     

     



     

    -

     



     

     

     



     

     

     



    0,5

    -

     

    0,1



     

    -

     



     

     

    -



     

     

     



    0,1

     

     



     

    -

     



     

     

    0,1



     

     

     



     

     

     



     

    0,005


    -

    -

     



    0,05

     

     



     

    -

     



     

     

    -



     

     

     



    -

     

     



    -

     

     



     

     

     



    -

    -

     

    0,05



     

    0,138


     

     

     



    -

     

     



     

    -

     



     

     

    -



     

     

     



    0,052

     

     



     

     

     



     

    -

     



    -

     

    -



    -

     

     



     

    -

     



     

     

    -



     

     

     



    -

     

     



     

    0,476


     

     

     



     

     

     



    -

     


    1,0

     

    1,0



     

    -

     



     

     

    -



     

     

     



    -

     

     



    -

     

     



     

    10,0


     

     

     



     

     

     



     

    -


     

     

     



    SO2

    rN 6,0-

    6,4gacha

     

     



     

     

    0,7gummiarabika



    10%on

     

     



    Ishlatishdn oldin odam zardobi bilan 4:1 nisbatda aralashtiriladi.

     

    35,0PVP va 18,5 ml xlorit kislota. Eritmasi



     

    Gidrolizin L-103 geterogen zardob yoki tirik xayvonlar koni to’liqsiz oksil gidrolizatidir.

    Uning tarkibiga barcha almashmaydigan aminokislotalar, shuningdek triftozan, 0,9% NaCl, 0,02% CaCl2 va 2% glyukoza kiradi. Gidrolizatga kolloid xossa berish uchun (og’ir kon ketishlarda bu juda muxim) unga 10% gomogen zardob qo’shiladi.

    Tayyorlangan kon almashtiruvchi va fiziologik eritmalar kalsiy karbonat va cho’kmalarni hosil bo’lishdan saqlash uchun ba’zi bir extiyotkorliklarni talab qiladi. Bu maqsadda avval hamma suvning 2/3-3/4 qismi tayyorlanadi va o’zaro hosil kilmaydigan tuzlar eritmalari sterillanadi, keyin sterillangan eritmaga aseptik sharoitda qolgan suvda eritilgan NaHCO3 qo’shiladi.

     

    Karaxtlikka qarshi eritmalar
     Odatda karaxtlikka qarshi eritmalar kon o’rnini bosuvchi eritmalarning turli xil dori moddalari bilan qo’shilishidan iborat bo’lib, karaxtlik holatlarida arterial kon bosimini ko’tarilishida markaziy va vegetativ nerv sistemasi faoliyatini, kon va to’kimalar ximizmini tiklanishiga yordam beradi. Karaxtlikka qarshi eritmalarni 3 ta guruhga bo’lish mumkin.

    1. Oddiy karaxtlikka qarshi eritmalar tarkibiga tuzlar, glyukoza va alkogol kiradi.

    2. Tarkibida glyukoza, alkogol, bromidlar va narkotiklar saqlagan murakkab karaxtlikka qarshi eritmalar.

    3. Tarkibida glyukoza, alkogol bromidlar, narkotiklar va kon zardobi bo’lgan murakkab karaxtlikka qarshi eritmalar.

     

    Birinchi guruhga kiruvchi eritmaga SOLIPK karaxtlikka qarshi suyuqligi misol bo’lishi mumkin.



     

    Tarkibi:natriy xlorid 7 g

    kaliy xlorid 0,2 g

    magniy sulfat 0,4 g

    glyukoza 54,2 g

    spirt 96% 80 ml

    Veybel suyuqligi 3,3 ml

    suv 1000 ml gacha

     

    Ikkinchi guruhga kiruvchi karaxtlikka qarshi suyuqliklarda glyukoza spirt aralashmasining davolashda faolligi bromidlar va narkotiklar bilan kuchaytirilgan. Misol tariqasida Asratyanning karaxtlikka qarshi suyuqligini keltirish mumkin. Bu suyuqlik 2 xil ko’rinishda bo’ladi.



     

    A eritma tarkibi: natriy xlorid 8 g

    natriy bromid 0,75 g

    natriy gidrokarbonat 0,6 g

    suv 500 ml gacha

     

    B eritma tarkibi: uretan 0,6 g



    barbital 0,15 g

    kalsiy xlorid 1,5 g

    glyukoza 17 g

    spirt 15 ml 96%

    suv 50 ml gacha

     

    Qonga yuborishdan oldin ikkala eritma ham 20-25°S gacha isitiladi (bundan oshmasligi kerak) va qo’shishdan oldin aralashtiriladi. Uchinchi guruhga karaxtlikka qarshi eritmalari qovushqoq komponentlar qo’shish bilan murakkablashtirilgan. Masalan: Belyakov va Petrov karaxtlikka qarshi eritmasi tarkibiga:



    natriy bromid 1 g

    kofein 0,2 g

    morfin 40 ml

    zardob 0,01 g

    sinkol 400 g kiradi.

     

    SHu guruhning boshqa eritmasi — SOLIPK karaxtlikka qarshi eritmasi:



    spirt rektifikati 50 ml

    glyukoza 50 g

    tekodin 0,04 g

    defibrinlangan zardob 200 ml

    suv 500 ml gacha saqlaydi.

     

    Bu eritmalar tarkibida kon tomirlarida o’zok vaqt saqlanuvchi sinkol va zardob borligi uchun organizmdagi aylanayotgan kon hajmi ortadi. Bu guruhning kuchsiz tomoni shundaki, bo’larda buzilgan almashinuvni me’yorlashtiruvchi moddalar yo’k.



    Karaxtlikka qarshi eritmalarni tayyorlashda ham izotonik va kon almashtiruvchi eritmalarni tayyorlashdagi koidalarga amal qilinadi. Spirt sterillangan eritmaga qo’shiladi. Agar eritmalar ampula yoki germetik berkitilgan idishlarda tayyorlansa,spirt sterilizatsiya paytida glyukoza ishqoriy muxitda karamellanadi. SHuning uchun Asratyan karaxtlikka qarshi eritmasi yuqorida ko’rsatilganidek, alohida 2 ta A va B eritma holida tayyorlanadi.

     

    Maxsus tayyorlanadigan eritmalar

     

    Qon konservanti 12%



    Tarkibi: g/l

    Limon kislotasi (kimyoviy toza) x. t.

    100% suvsiz kislotaga qayta hisoblaganda 7,5

    Suvsiz glyukoza 30,0

    Natriy fosfat (taxlil uchun toza) a. u. t. 7,5

    Levomitsetin 0,15

    1 g NaOH eritmasi pH 4,5-5,0 300l;

    Suv in’eksiya uchun 1 l gacha

    12 g kon konservanti davo vositasi sifatida bemorlarga quyiladigan, shuningdek komponentlar va kon preparatlari tayyorlanadigan, donorlik konini konservatsiya kilish uchun mo’ljallangan.

    Molekulyar massasi 126000±2700 bo’lgan past molekulyar polivinilpirrolidon (PVP) va NaCl, KCl, CaCl2, magniy xloridlarning SOLIPK tuzli infuziniga yakin miqdordagi 6% li eritmasi. Izoniazidning perfuziya uchun vitaminlar bilan kompozitsiyadagi eritmasi.

     

    Tarkibi: izoniazid 0,6 g



    tiamin xlorid 0,06 g

    piridoksin 0,06 g

    nikotinamid 0,1 g

    askorbin kislotasi 1 g

    tiomochevina 0,25 g

    in’eksiya uchun suv 500 ml gacha

     

    Suvning yangi qaynatilgani ishlatiladi Filtrlash XNIXFI filtri orqali amalga oshiriladi, keyin eritma uglekislota bilan to’yintiriladi (20 minut mobaynida).



    Flakonlardan xavo uglekislota yordamida siqib chiqariladi. Disol, trisol, atsesol, xlorosol. Maxsus ko’rsatma eritmalari, vabo, el-tor (inaba), o’tkir dizenteriya, ovkatdan zaxarlangan bemorlarni davolashda organizmdan suv chikib ketishi va zaxarlanishni to’xtatuvchi yoki kamaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Barcha sanab o’tilgan preparatlar keng qo’llaniladigan tuzlarning murakkab eritmalari hisoblanadi. Jumladan xlorosol tarkibiga:

     

    natriy atsetat 3,6 g



    natriy xlorid 4,75 g

    kaliy xlorid 1,5 g

    in’eksiya uchun suv 1 l gacha kiradi

     

    Xlorosol — rangsiz, tinik, kuchsiz ishqoriy muxitli eritma (pN 6,5-7,5). Tayyorlash jarayoni oddiy. Sterillash avtoklavda bajariladi.



     

    qadoqlashning o’ziga xos tomonlari

     

    Bu guruhning hamma eritmalari qisqa vaqt oraligida ko’p miqdorda (ba’zan 1300 ml va undan ortiq) konga quyiladi. SHuning uchun sanoat mikyosida turli hajmdagi idishlarda chiqariladi, (100, 200, 400, 500 ml). Flakonlar (kon kuyish uchun) kimyoviy turg’un shishadan, shisha devoriga darcha qilingan holda tayyorlanadi. Bu esa quyilgan suyuqlik miqdorini doimo kuzatib turish imkonini beradi. Flakonlar rezina probkalar vositasida berkitiladi va alyumin kalpokchalar bilan maxsus mashinada maxkamlanadi. Flakonlarni sterillash vaqti X DF da katta hajmdagi flakonlar uchun ko’rsatilgan bo’yicha o’zaytiriladi. SHprits ignasi flakonga probkani teshib kiritiladi va flakon maxsus ushlagichga o’rnatib quyiladi.


    32- Ma’ruza
    Mavzu 32. Ko`z dori turlari. Ularga qo’yiladigan talablar. Ko`z tomchilari, namlamalari tayyorlash texnologiyasi.

    Reja:

    1. Ko’z tomchilari

    2. Ko’z tomchilarini saqlash va joylash.

    3. Ko’z namlamalari va yuvish uchun ishlatiladigan eritmalar

    Ko’z kasalliklarida ishlatiladigan dori shakllari boshqa dori turlaridan o’zining tayyorlanish usuli, ishlatilishi bilan o’ziga xos o’rinni egallaydi. Kalinligi 1 mm bo’lgan yog’ to’sikli muguz parda ko’zning dori so’riladigan qismi hisoblanadi. U yog’da eruvchan dori moddalari uchun yaxshi o’tkazuvchidir. yog’ to’sigi orqasida suv bo’shligi joylashgan. Ko’z dorilarini ishlatishda kutiladigan ta’sir, dorining ko’z to’kimasiga kira olishi hamda yog’ va suv to’siklarini engib o’tishiga bog’liq.

    Oftalmologiya amaliyotida har xil dorilardan mahalliy ta’sir qilib diagnostika (ko’z korachigini kengaytirish, toraytirish) va davolash (og’riqda, yallig’lanishlarda) maqsadida, yakin to’kimalarda farmakologik ta’sirni o’tkazish uchun foydalaniladi.

    Ko’z pardasi va shillik qavati tananing nozik to’kimalaridan hisoblanadi. U tashqi muxitga va dori moddaga keskin ta’sirchanlik bildiradi. Ko’z shillik qismiga nafaqat yot moddalar, xatto ishlatilayotgan dorilar bilan ko’z suyuqligining osmotik bosimi,pH ko’rsatkichi orasidagi farq ham ta’sir qiladi.

    Ko’z suyuqligi ko’zni mexaniq qo’shilmalardan, mikroorganizm ta’siridan ximoya qilib turadi. Soglom ko’zdagi lizotsimning bakteritsid quvvati uni mikroorganizmlar ta’siridan muxofaza kilish uchun etarli bo’ladi. Tana­ni kasallanishi ko’z suyuqligidagi lizotsim miqdorining kamayishiga olib keladi.

    Ko’zni shox pardasi ko’zni mikroorganizm va boshqa ta’sirlardan saqlaydigan yana bir to’sik bo’lib hisoblanadi. SHu jixatdan uning jaroxatlanishi ba’zi bir mikroorganizmlarni ko’z pardasidan o’tib ko’payishiga va og’ir ko’z xastaliklariga olib kelishi mumkin.

    SHunday qilib, ko’z dori shakllarini tayyorlaganda ko’zni anatomik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va texnologik usullar esa dori moddani ta’sirini pasaytirmasligi, balki uni oshirishga va muayyanlashtirishga xizmat kilishi kerak.

    Xozirgi vaqtda ko’z kasalliklarining oldini olishda va davolashda ko’z tomchilari, eritmalar, surtmalar, plenkalar ishlatiladi. Ulardan eng ko’p ishlatiladigani ko’z tomchilaridir.

     

    KO’z tomchilari

     

    Ko’z tomchilari suyuq dori shakllaridan bo’lib, ularga tomchilarda dozalanadigan suvli, moyli eritmalar, suspenziya va emulsiyalar kiradi.



    Suvli eritmalar — juda nozik va sezuvchan, shu bilan birga kasallangan a’zo — ko’zga berish uchun tayyorlanib, ular quyidagi shartlarga asosan tayyorlanishi zarur.

    Sterillik: ko’z tomchilari ko’z shillik pardasini infeksiya tushishidan saqlash uchun sterillangan bo’lishi lozim. Normada ko’z yoshi suyuqligi tarkibidagi lizotsim ko’z kasalliklarining oldini oladi. Ko’z kasalliklarida lizotsim odatdagidan kam bo’ladi va ko’z shillik pardasini mikroorganizmlarning ta’siridan saqlay ol­maydi.

    Kasal ko’zni sterillanmagan tomchilar bilan davolash og’ir oqibatlarga, ba’zan ko’rish kobliyatining yo’kolishiga ham sabab bo’ladi. Ko’z tomchilarini tayyorlash paytida ularning sterilligiga sterilizatsiya va aseptika yordamida erishiladi. Ammo ko’z tomchilarini birinchi bor ishlatishdayok (ochik sklyankalar) ularda mikroflora urug’lay boshlaydi. SHuning uchun qizdirib sterilizatsiya kilish bilan birga ko’z tomchilariga konservantlar qo’shish ham zarur. Bunday tomchilarni o’zok vaqt ishlatish davomida va saqlashda ularning sterilligi saqlanadi. Ko’z tomchilarini termik sterilizatsiya kilish usuli dori moddalari qizdirilgan vaqtda eritmada turg’unlik darajasini aniqlash bilan tanlanadi. Bug yordamida sterilizatsiya bosim ostida 120°S da 8 dak. davomida olib boriladi.

    Bu usul issiqlikka chidamli modda eritmalari uchun eng ishonchli va samaralidir. qizdirishga chidamsizrok moddalar okuvchan bug bilan 100°S da 30 dak. davomida sterilizatsiya qilinadi. Bakterial filtrlash aseptik sharoitda juda mayda govakli (govak diametri 1-2 mkm) steril filtrlar yordamida korxona sharoitida olib boriladi. Sterilizatsiya kilish usulidan kat’iy nazar ko’z tomchilarini aseptik sharoitda tayyorlash kerak. Sterilizatsiya qilinmaydigan ya’ni issiqlikka chidamsiz modda eritmalaridan ko’z tomchilarini aseptik sharoitda tayyorlash o’ziga xos ahamiyatga ega.

    Ko’p moddalar olimlar tomonidan ko’z tomchilarini mikroorganizmlar ta’siridan saqlashda — konservant sifatida o’rganilgan. Ayniqsa, kasallik ko’zgatuvchi bakteriyalar, stafilokkoklar, ichak tayoqchalari, ko’k-yashil yiring bakteriyasi, achitkilar va mogor zamburug’iga qarshi quyidagi antiseptiklar samarali ta’sir ko’rsatadi: mertiolat — 0,005%, xlorbutanolgidrat — 0,5%, benzalkoniy xlorid — 0,01%, setilpiridiniy xlorid — 0,01%, fenil simob nitrat (borat, atsetat) — 0,004% gacha, paragirooksi benzoy kislotasining metil va propil efirlari aralashmasi (nipagin va nipazol) 0,15% gacha, levomitsetin — 0,2 % li eritmasi 2% li borat kislotasi bilan birgalikda.

    Izotoniklik: ko’z tomchilari ko’z yoshi suyuqligiga nisbatan izotoniklikni talab qiladi (quyidagi hollardan tashkari: kachonki dori modda katta konsentratsiyada yozilgan bo’lsa va kollargol, protargol eritmalaridan tashkari). Ko’zga izotonik bo’lmagan eritmalar yuborilsa og’riq paydo bo’ladi. Ammo ko’z tomchilarini izotonik kilish shart bo’lgan konunga hamma dorixonalar ham rioya kilavermaydi. Agar ko’z tomchilarida dori moddaning miqdori 3% gacha bo’lsa, natriy xloridning izotonik eritmasida yoki boshqa izotonik eritmalarda xech qanday hisob kilmasdan tayyorlashga ruxsat etiladi. Bu bilan ularning ishini birmuncha osonlashtirish mumkin. Ba’zi farmakopeyalarda (AKSH) bunga ruxsat etiladi. Ko’z tomchilari yana izogidriklik talabiga javob bersa, maqsadga muvofikdir. Adabiyotlarda berilishicha rN=7,3–9,7 bo’lgan eritmalar ko’zga tomizilganda og’riq paydo kilmaydi.

    Turg’unlik: ko’z tomchilaridagi erigan dori moddaning barkarorligi ta’minlangan bo’lishi kerak. Termik sterilizatsiya va ko’z eritmalarini shisha idishda o’zok vaqt saqlash ko’p dori moddalarning (alkaloidlar, antisintetiklar va boshqalar) oksidlanishi va gidrolizlanishi natijasida buzilishiga olib keladi.

    Turg’unlikni oshiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi: konservantlar, muxit — pH ini tutib turuvchi moddalar va oksidlanishdan saqlovchi moddalar. Ko’z tomchi shaklida ishlatiladigan dori moddalar eng ko’p turg’unliklari eritmaning pH ga bog’liq holda 3 ta guruhga bo’linadi.

    1. Birinchi guruhga alkaloid tuzlari va sintetik azotli asos tuzlari, kislotali muxitda oksidlanmaydigan va gidrolizlanmaydigan moddalar kiradi. Bu moddalarni turg’unlashtirish uchun 1,9-2% konsentratsiyali borat kislotasi tavsiya etiladi. Borat kislotasi atropin sulfat, pilokarpin gidroxlorid, skopolamin gidrobromid, dikain, novokain ko’z tomchilari turg’unligini oshirishda foyda beradi.

    2. Ikkinchi guruhga kuchsiz kislotali va neytral muxitda barkaror bo’lgan dori moddalar: benzilpenitsillin, streptomitsin, levomitsetin tuzlari kiradi. Bu dorilarni turg’un kilish uchun har xil bufer aralashmalar, natriy sitrat va boshqalar ishlatiladi.

    3. Uchinchi guruhga ishqoriy muxitda barkaror bo’lgan dorilar: sulfatsil natriy, norsulfazol-natriy va boshqalar kiradi. Ularni turg’unlashtirish uchun natriy ishqori, natriy gidrokarbonat, natriy tetraborat, pH ko’rsatkichi ishqoriy bo’lgan bufer aralashmalar qo’llaniladi. Oksidlanuvchi modda eritmalari — ko’z tomchilarini turg’unlashtirish uchun oksidlanishga qarshi moddalar: sulfit va metabisulfit natriy, ya’ni in’eksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni oksidlanishdan to’xtatishda foydalanadigan moddalar ishlatiladi. Masalan, 30% li sulfatsil- natriy eritmasi 0,5% li metabisulfit natriy bilan, 1% li etilmorfin gidroxlorid eritmasi esa 0,1% li metabisulfit natriy bilan turg’unlashtiriladi.

    Ko’z tomchilari mumkin kadar o’zok davom etadigan ta’sirga ega bo’lishi kerak. YOpishkoklikni oshirish bilan suvli eritmalar ta’sir kilish muddatini o’zaytirish mumkin. Bu maqsadda polivinil spirti, metilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza ishlatiladi. Bu moddalar ko’zning ko’rishini xiralashtirmaydi va yaxshi yopish­koklik xususiyati bilan unga nojo’ya ta’sir ko’rsatmasdan ko’z uchun zarur vazifani ta’minlaydi.

    PVS, KMS (1,5%) va MSning (0,5%) li suyultirilgan eritmalari oson sterillanadi va saqlanganda tinikligicha qoladi. Ko’z tomchilari uchun 5-15 sP yopish­koklik eng kulay hisoblanadi. YOpishkoklik 40-50 sP dan oshmasligi kerak, agar bundan oshsa dozalash kiyinlashadi. Tiniklik: ko’z tomchilari juda tinik va ko’z pardasini mexaniq jaroxatlaydigan muallak zarrachalar saqlamasligi kerak. Ko’z tomchilarini oliy navli filtrlovchi kogozlar orqali filtr ostiga o’zun tolali paxta bo’lagini qo’yib filtrlanadi. Filtrlab bo’lgandan keyin eritma konsentratsiyasi va umumiy og’irligi belgilangan normadan ortib yoki kamayib ketmasligi kerak. Dorixona retsepturasida tez-tez takrorlanib turadigan tarkiblarni o’rganish asosida oldindan, ma’lum muddatga tayyorlab turadigan konsentratlarni ishlatish oz miqdordagi suyuqliklarni filtrlashdagi nokulaylikdan xalos qiladi.

    Olimlar tomonidan ko’z tomchilarining sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, dorixonalarda ularni oldindan tayyorlab qo’yiladigan turlarini ko’paytirishga olib keldi.



    Ma’lumki ko’pchilik ko’z dori turlari ko’p marta ishlatiladigan idishlarga qadoqlangani uchun ularni turg’unlashtirishga alohida e’tibor berish kerak.21
    1.18.-jadval

    Konservantlar

    Oddiy konsentratsiya, %

    Konsentratsiya oralig’ida,%

    Maksimal konsentratsiya,%

    Nomutanosib moddalar

    Xlorbutanol

    -

    0,5

    -

    -

    Ammoniy tuzlari

    0,01

    0,00

    -

    Sovunlar, anionli moddalar, salitsilatlar,

    nitratlar



    Benzalkoniya xlorid

    -

    -

    0.013

    -

    Benzetoniya xlorid

    -

    -

    0,01

    -

    Paragidroksibenzoat

    -

    -

    0,01

    -

    Timerosal

    -

    -

    0,1

    Polimerlar

    Organicheskie soli

    -

    0,001-0,01

    -

    Galogen tuzlari reaksiya

    Fenilmerkuriya

    atsetat


    -

    -

    0,004

    -

    Fenilmerkuriya

    nitrat


    -

    -

    0,004

    -



    Ko’z dori turlarida ishlatiladigan zamonaviy konservantlar
    Jumladan, vitamin saqlovchi ko’z tomchilarining polivinil spirti eritmasi asosida tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan:

    Tarkibiy qismlar 1-Tarkib 2-Tarkib 3-Tarkib

    Riboflavin, g 0,002 0,002 0,002

    Askorbin kislotasi, g 0,02 0,02 0,02

    Glyukoza, g 0,2 — —

    PVS (1,5% li eritma), ml — 10 —

    Suv, ml 10 — 10

     

    Tomchilar aseptik sharoitda tayyorlanadi, natriy xlorid bilan izotonik qilinadi, zich tikinlab yopilib,bosim ostida 120°S da 8 minut davomida sterillanadi. Tozalangan suv albatta yangi xaydalgan bo’lishi kerak, ayniqsa, tarkibida oksidlanish jarayonini to’xtatuvchi moddalar bo’lmasa (askorbin kislotasi uchun). Riboflavin eritma holida (1:1000) tomchilab solinadi. Ko’zning ko’rish faoliyatini me’yorlashtirishda riboflavin muxim o’rin tutadi.



    Ex temporae tayyorlanadigan bir qancha tarkiblarni ko’rib chikamiz.

     

    Rp: Atropini sulfatis



    Aethylmorphini hydrochloridi 0,1

    Sol. Acidi borici 1,9% — 10 ml.

    M. D. S. 2 tomchidan 2—3 mahal ishlatilsin.

     

    Dorixatdagi tarkibiy qismlar miqdori izotonik konsentratsiyani ta’minlaydi. Bu erda izotoniklik borat kislotasi hisobiga erishilgan.



     

    Rp: Novocaini 0,1

    Zinci sulfatis 0,025

    Acidi borici q. s. ut. f. sol. isotonica 10 ml

    D. S. 2 tomchidan 2 — 3 mahal kuniga tomizilsin.

     

    Dorixat bo’yicha izotonik eritma olish uchun borat kislotasining miqdorini hisoblash kerak. Bu keltirilgan tarkibni o’zgartirish mumkin. Novokain o’rniga dikain, borat kislota eritmasi o’rniga simob sianit 1:5000 eritmasi yoki 1% li rezorsin eritmasi yoziladi. Tarkibiga yana adrenalin gidroxlorid 1:1000 eritmasini kiritish mumkin.



    Dorixonada ko’z tomchisini tayyorlashni tezlatish maqsadida rux sulfatning 2% li borat kislotasidagi 0,25% li konsentrlangan eritmasi oldindan tayyorlab qo’yiladi.

    Ko’z davolash amaliyotida kumush preparatlari kollargol (0,5-2%), protorgol (1-5%), albargin (0,5-1%) larning kolloid eritmalari keng qo’llaniladi. Protargolning erishini yuqorida aytib o’tdik. Kollargol eritish uchun ularni hovonchada suv bilan eziladi. Keyin oldindan yuvilgan paxta bo’lakchasi orqali suziladi. Ko’z tomchisi shaklida ishlatiladigan ba’zi turg’un bo’lmagan preparatlar (masalan: intermedin, atsetilholin xlorid) kichkina shishalarda quruq modda holida chiqariladi va ishlatishdan oldin tozalangan steril suvda eritiladi.

     

    Rp: Sol. Atropini sulfatis 1%-10 ml



    D. S. 2 tomchidan kuniga 2 marta tomizilsin.

     Tayyorlanishi Aseptik sharoitda yordamchi idishda 0,1 atropin sulfat va 0,08 natriy xlorid taxminan 5 ml suvda eritiladi. Eritma tanlab olingan idishga filtr kogoz va bir chimdim paxtadan iborat xo’llangan filtrdan o’tkaziladi. (SHu filtr orqali qolgan suv bilan yana 10 ml gacha etkaziladi) , qolgan 5ml suv bilan filtr yuvib o’tkaziladi, eritma hajmi 10 ml etkaziladi va sterilanilab: "Extiyotlik bilan ishlatilsin" yorligi bilan jihozlanadi.

     

    Rp: Riboflavini 0,002



    Solutionis Citrali 0,001% — 10 ml

    D. S. 2 tomchidan kuniga 2 marta tomizilsin.

     

    Extiyojni hisobga olgan holda bir sutkalik retsepturani bir yo’la tayyorlagan ma’kul. 10 flakon tayyorlanadigan bo’lsa, 0,02 riboflavin va 0,9 natriy xlorid 99 ml issiq suvda eritib filtrlanadi. Eritma sovigandan so’ng ustiga aseptik sharoitda 1 ml sitralni spirtdagi eritmasi solinib, so’ng 10 ta idishga 10 ml dan bo’linadi. Rezina tikin bilan maxkamlab olingach, kalpok bilan kavsharlanadi. Tayyor eritmani saqlash muddati oddiy sharoitda 2 sutka va 4°S da 5 sutka. Bu eritmani saqlanish muddati kamligiga asosiy sabab, tarkibidagi sitralni rezina tikinga shimilib kolishidir. Polietilen qopqoqli idishlardagi bunday eritmani saqlash muddati 1 oygacha.



    Ilova: Xozirgi vaqtda SSVning 6.02.74 yil 90-sonli buyrug’iga asosan bu maqsadda sulfatsil natriyning 30% li eritmasi ishlatiladi. Aseptik sharoitda tayyorlangan eritma chakalok tugilgandan 2 soat o’tgach, 2 tomchidan kuniga tomiziladi.

    Ko’z tomchilarini saqlash va joylash.

    Ko’z tomchilarini qadoqlash uchun ishlatiladigan idishlar, tikinlar va tomizgichlar toza, kimyoviy turg’un bo’lishi va tegishli xujjatlar talablariga javob berishi kerak. Ko’z tomchilarini to’gri qadoqlash, turg’unlik muddatini o’zaytirish va saqlanish muddatini o’zaytiradigan zarur shartlardan biridir. Dorixona sharoitida ko’z tomchilarini qadoqlash uchun penitsillin va boshqa antibiotiklar uchun ishlatiladigan rezina tikinli va metall qopqoqli hajmi 10 ml li shishachalar ishlatiladi. Avvallari korxona sharoitida ko’z tomchilari shisha tomizgichlarda chiqarilgan. Xozirgi vaqtda hajmi 1,5-2 ml bo’lgan tyubik tomizgichlarda chiqariladi. Tyubik to’ldirilgandan keyin uni kavsharlab berkitiladi va u buralib yopiladigan qopqoqka kirgiziladi, qopqoqcha ichida yuqorida tirgak bo’ladi. Agar bir ko’l bilan kalpokcha tirgakchaga buralsa teshiladi. Keyin kalpokcha bo’shatib olinadi va tyubik korpusini sekin kisib eritma tomiziladi. Kimyoviy barkaror shisha yoki indifferent yuqori polimerlardan tayyorlangan zich yopiladigan idishlar ishlatish turg’unlikni ancha oshiradi. Ba’zi hollarda stabilizator ko’shmasdan kifoyalanish ham mumkin. Ayniqsa, qadoqlashga tyubik tomizgichlarni joriy kilish katta imkoniyatlar ochadi. Xakikatdan ham (ambulatoriya bemoriga) 10 ml ko’z tomchisi berish noo’rin sarfdir, chunki bemor sogayib bo’lguncha 3 ml dorini ishlatadi.

    Ko’z tomchilarini saqlash muddati belgilangan bo’ladi.

     

    Moyli eritmalar

     

    Moyli eritmalar ahamiyati jixatidan suvli eritmalardan kolishmaydi. Ular ko’zning muguz pardasi bilan o’zok vaqt boglanib turadi, okib ketmaydi, lekin qandaydir me’yorda ko’zning ko’rishini xiralashtiradi. Moyli eritmalarning so’rilishi sekin ketadi, shuning uchun davomli ta’sirga erishish mumkin. Moyli eritmalar izotonik qilinmaydi va mikroorganizmlar uchun ozika muxit bo’lmagani uchun konservantlar qo’shilmaydi. Foydalaniladigan moylar imkoni boricha past kislota soniga ega va sterillangan bo’lishi kerak.



     

    Suspenziyalar

     

    Suvli hamda moyli suspenziyalar uchun asosiy talab — dori moddalar o’lchamidir. Ko’p farmakopeyalarda zarrachalar kattaligi 30 mkm dan oshmasligi kerak, deb ko’rsatiladi. Ko’z tomchilarini saqlash jarayonida kristallanish sodir bo’lishi mumkin, shuning uchun vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak. Ko’pincha suspenziyalar yopishkoklikni oshirish bilan turg’unlashtiriladi.



     

    Ko’z namlamalari va yuvish uchun ishlatiladigan eritmalar

     

    Ko’z uchun ishlatiladigan bu eritmalar ko’z tomchilari kabi aseptik sharoitda tayyorlanadi va yaxshilab filtrlanadi. Agar namlamalar sifatida rux sulfatning izotonik eritmasi yoki kumush nitrat eritmasi yozilgan bo’lsa, unda birinchisi natriy sulfat bilan, ikkinchi eritma esa natriy nitrat bilan izotonik qilinadi.



     

    Rp: Sol. Gramicidini S. 2% — 2,0

    Sol. Natrii chloridi isotonica 200,0

    M. D. S. ko’zni yuvish uchun.

     

    Aseptik sharoitda 2% li spirtli gramitsidin S eritmasi saqlagan ampula ochiladi va u natriy xloridning sterillangan izotonik eritmasida eritiladi. Gramitsidinning suvli eritmalari turg’un emas. SHuning uchun ularni 1 kundan ortiq ishlatib bo’lmaydi. Suyultirilgan gramitsidin eritmalari — suyuq holdagi Zaharli eritma tomchilari bilan zararlanganda ko’z namlamasi sifatida qo’llanadi.



     

    Rp: Sol. Furacillini 1:5000-100 ml

    D. S. Sirtga ishlatish uchun.

     

    Bu eritma 0,85% natriy xlor bilan osmotik bosimi tenglashtiriladi. 120°S da 8 dak. sterillanadi. Tayyor eritmani mexaniq aralashmadan holi ekanligi yana bir bor tekshirilishi kerak.



    Rp: Natrii chloridi 5,30

    Kalii chloridi 0,75

    Calcii chloridi 10,46

    Natrii acetatis 3,90

    Glucosi 0,80

    Acidi hydrochloridi puri diluti 0,05 ml

    Aguae pro injectionibus ad 1000 ml

     

    Ko’z shox pardasini xo’llab turish va ko’z oldi qismini yuvish uchun ko’z operatsiyasida ishlatishga tavsiya etilgan eritma. Tarkibidagi tuzlar 1 litr in’eksiya uchun yarokli suvda eritilib, membranali filtrlar orqali filtrlab 250 ml sigimdagi idishlarga solinadi.



    Flakonlar IP-21 markali rezina tikin bilan maxkamlanib alyumin kalpok bilan kavsharlanadi. 120°C da — 12 dak. sterillanadi.

    33- Ma’ruza
    Mavzu 33. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan dori shakllari. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan suyuq va qattiq dori shakllarining xususiy texnologiyalari va ularni sifatini baholash

    Reja:


    1. Antibiotiklar to’g’risida tushuncha.

    2. Antibiotiklar bilan dori shakllari tayyorlash.

    a)Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash.

    b)Antibiotiklar bilan eritma tayyorlash.

    c)Antibiotiklar bilan surtma dori tayyorlash.

    Tibbiyotda ishlatiladigan dori moddalar ichida antibiotiklar eng kuchli ta’sir etuvchi moddalar hisoblanadi. Dori shakllarini tayyorlash texnologiyasining o’ziga xosligini hisobga olgan holda antibiotiklar bilan dori preparatlari tayyorlashni quyidagicha umumlashgan holatini hisobga olish mumkin.

    Ko’p antibiotiklar tayyor (liofil) kukun holida flakonlarda, tabletka, surtma dori shaklida ishlab chiqariladi.

    Dorixona sharoitida antibiotiklardan surtma, eritma (tomchi), shamchalar va kukunlar tayyorlanadi.

    1. Antibiotiklarni saqlash muddatidagi qisqalik, tez parchalanib ketishi.

    2. Kislotali sharoitga chidamsizligi.

    3. Yarim parchalanish davrining qisqaligi.

    4. Ko’pchilik yordamchi moddalar bilan o’zaro ta’sirlanish kobiliyati.

    5. Ko’pchilik antibiotiklarni suvda erimasligi va suvli eritmalarini etarli darajada turg’un emasligi.

    6. Antibiotiklarni haroratga chidamsizligi.

    7. Boshqa dorivor moddalar bilan kimyoviy va farmakologik jixatdan nomutanosiblikni namoyon kilishi.

    8. Mikroorganizmlarga o’ta ta’sirchanligi.

    Antibiotiklarni ana shu ko’rsatilgan va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uni dori shakli texnologiyasi ishlab chiqiladi. Dori shakli tarkibidagi antibiotikni ma’lum vaqt ichida turg’unligi ta’minlanishi kerak. Dori shakli esa tanaga terapevtik konsentratsiyadagi antibiotik miqdorini ta’minlay oladigan shaklda bo’lishi zarur. Masalan: levomitsetin haroratga chidamli antibiotik; uning eritmalarini sterillash mumkin, penitsillin esa eritma shaklida o’ta chidamsiz. Gramitsidin 2% li spirtli eritma shaklida chiqarilib, ishlatilganda uni 1:100 nisbatda tozalangan suv yoki 70% li spirt bilan suyultirilib qo’llaniladi. Levomitsetin spirtda yaxshi eriydi, lekin benzilpensillinni spirtdagi eritmasi uni murakkab efir hosil kilish xususiyati bilan bog’liq bo’lib, ta’sir darajasini yo’kotib yuboradi. Penitsillinni suvdagi eritmasi xona sharoitida 4-6 soat turg’un bo’lsa pHi 6,5 bo’lgan bufer eritmada (50°S) da 15-20 kungacha saqlash mumkin. SHuni hisobga olgan holda penitsillin, levomitsetin va boshqa antibiotiklarni eritish maqsadida erituvchi sifatida har xil bufer eritmalar qo’llaniladi. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan hamma dori shakllari aseptik sharoitda tayyorlanadi.

     

    Antibiotiklar bilan eritmalar tayyorlash

     

    Antibiotiklar bilan suvli eritmalar (ko’z tomchilari, burun uchun tomchilar) aseptik sharoitda tayyorlanadi. Ko’p antibiotiklar termolabil moddalar bo’lib, ularning eritmalari sterilizatsiya qilinmaydi, faqatgina levomitsetinning eritmasini 1000S da 30 daqiqa sterillash mumkin.



     

    Oling: Natriy benzilpenitsillin 100000 TB.

    Natriy xloridning 0,9 % li eritmasidan 10 ml.

    Aralashtiring. Bering. Belgilang. 2 tomchidan kuniga 3 marta ko’zga tomizish uchun.


    Pasport: Natriy benzilpenitsillin 100000 TB (0,06 g)

    Natriy xlorid 0,09



    In’eksiya suvidan 10 ml.

    Umumiy hajm 10 ml.

     

    Aseptik sharoitda sterillangan yordamchi idishda 5 ml in’eksiya uchun suvda 0,06 g natriy benzilpenitsillin tuzi va 0,09 g natriy xlorid eritiladi. Eritmani kogoz filtr (filtr kogoz oldin in’eksiya suvi bilan yuvilgan) va paxta tamponi orqali shisha idishga filtrlanadi, so’ngra filtr kogozni qolgan in’eksiya suvi bilan shisha idish yuviladi. SHisha idish rezina tikin bilan berkitiladi. Eritmada mexaniq aralashmalar bor-yo’kligi tekshiriladi. SHisha idish metall qopqoqcha bilan berkitilib, ko’z tomchi yorligi bilan jihozlanadi.



    Antibiotiklar bilan asosan suvli va spirtli eritmalar tayyorlanadi. Bunday hollarda rN sharoiti hisobga olinadi, bu esa antibiotiklarni boshqa dori moddalar bilan turg’unligini va mutanosibligini oshiradi.

    Eritmalar aseptik sharoitda eritmalarni tayyorlashning umumiy koidasiga asoslangan holda tayyorlanadi.

    Antibiotiklar bilan tayyorlangan dorilarni saqlash muddati 24 soat.
    Rp: Strepthomycini 250000 TB

    Benzylpenicillini — natrii 100000 TB

    Solutionis Natrii chloridi 0,9% — 20 ml

    Misce. Da. Signa. Burun uchun tomchi.


    250000 TB (0,25 g) saqlovchi streptomitsin steril idishda 20 ml natriy xloridni sterillangan eritmasida eritiladi. Tayyor eritma 100000 TB (0,06 g) saqlovchi penitsillin idishiga quyiladi va tegishli yorlik epishtiriladi.
    Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash

    Kukunlar tayyorlashdagi umumiy koidalarga muvofik tayyorlanadi. Antibiotik saqlovchi kukunlar asosan jaroxatlarga sepishga, yoki tana bo’shliklariga purkash uchun ishlatiladi.

     

    Rp: Benzylpenicillini natrii 250000 TB.



    Streptomycini sulfatis 250000 TB.

    Ephedrini hydrochloridi 0,2

    Streptocidi

    Sulfadimezini 2,0

    M. D. S. Grippda ogiz va burun bo’shligiga har 2 soatda purkash uchun.

     

    150° haroratda 1 soat davomida qizdirib sterillangan sulfanilamid va efedrin gidroxlorid aralashmasiga antibiotik qo’shib aralashtiriladi. Elaki dori idishga joylab, jihozlab beriladi.



    Oling: Levomitsetin 0,25

    Eritromitsin 0,2

    Norsulfazol

    Streptotsiddan teng miqdorda 2,5

    Dimedrol

    Efedrin gidroxloriddan teng miqdorda 0,05 dan

    Aralashtiring. Bering. Belgilang. Burunga kuniga 3 marta purkalsin.
    Pasport: Levomitsetin 0,25

    Eritromitsin 0,2

    Norsulfazol 2,5

    Streptotsid 2,5

    Dimedrol 0,05 g

    Efedrin gidroxlorid 0,05

    Umumiy og’irligi 5,55 g
    Aseptik sharoitda sterillangan hovonchada 2,5 g streptotsid va 2,5 g norsulfazolni yaxshilab maydalanadi, keyin aralashmani kapsulaga olib qo’yiladi. Hovonchaga 0,05 efedrin gidroxlorid va 0,05 g dimedrol, ustiga 0,2 g eritromitsin va 0,25 g levomitsetin solib maydalanadi va kapsuladagi norsulfazol bilan streptotsidni qo’shib aralashtiriladi. Tayyor aralashmani ogzi keng bankachaga solib qopqog’i berkitiladi, so’ngra “salqin joyda saqlansin”, “sirtga qo’llash uchun” yorligi yopishtiriladi.

    Antibiotiklar poroshok shaklida ko’pincha sulfanilamid preparatlari va boshqa moddalar bilan birga beriladi.

    Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash texnologiyasiga asoslangan holda tayyorlanadi.

    Rp: Sulfadimezini

    Streptocidi

    Synthomycini ana 1,0

    Ephedrini hydrochloridi 0,1

    Misce. Da. Signa. hidlash uchun poroshok.


    Aseptik sharoitda steril hovonchada 1 g streptotsid 10 tomchi etil spirti yordamida maydalanadi. Ustiga sulfadimezin solib yana maydalash davom ettiriladi. Hovonchada aralashmadan taxminan 0,1 g qoldirilib, qolgan qismi kapsulaga olib quyiladi. So’ngra hovonchaga 0,1 g efedrin gidroxlorid solib yaxshilab maydalanadi va kapsulaga olib quyilgan kukundan oz-ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Aralashma kuritgich shkafida 150°S haroratda 1 soat davomida sterillanadi. So’ngra poroshok tayyorlash koidasiga kura 1 g sintomitsin qo’shiladi. Poroshok sterillangan shisha idishga solinib, ogzi buraladigan qopqoq bilan yopiladi va tegishli erlik epishtiriladi. Xona harorati 10°S dan yuqori bo’lmagan quruq joyda saqlanadi.

    Antibiotiklar saqlanish muddati

    Agar adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarda antibiotiklarni turg’unligi ko’rsatilmagan bo’lsa, bunda eng kichik saqlanish muddatida eritma tayyorlab beriladi (2, 10 kun). Tayyorlangan eritma steril bo’lishi kerak. Tayyor eritma salqin qorong’i joyda past xaroratda saqlanishi lozim. Antibiotikli eritmalar kasallik belgilarini kuchaytirmay mikroorganizmlarini o’sishiga yo’l quymasligi kerak.22



    34- Ma’ruza.
    Mavzu 34. Ko`z surtmalari. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq dorilar texnologiyasi

    Reja:

    1. Ko’z surtmalarini tayyorlash

    2. Antibiotiklar bilan surtmalar tayyorlash
    Ko’z surtmalarini tayyorlash

    Ko’z surtmalari, boshqa ko’zdorilari kabi asеptik sharoitda tayyorlanadi. Ko’z surtmalari tayyorlashda asosiy diqqat ni asosga qaratish lozim. Ko’z surtmasida ishlatiladigan asos nеytral, stеril, ko’z shilliq qavatida bir xilda tarqalishi lozim.

    Shifokor asosni ko’rsatmasa, unda 1 g suvsiz lanolin va 9 g vazеlinning «ko’z surtmasi uchun» maxsus aralashmasi ishlatiladi. Aralashma stеrillangan bo’lishi lozim (X DF, 720-bеt).

    Vazеlin va lanolin (1:9) aralashmasini ishlatishdan oldin uni issiq havo yordamida 180°S da 20 yoki 30 daqiqa stеrillanadi. 100 g asos - 20 daqiqa, 200-500 g asos -30 daqiqa sgеrillanadi va stеril idishda saqlanadi.

    Ularga dori moddalari umumiy surtma dorilar tayyorlash qoidasiga asoslangan holda qo’shiladi. Suvda eriydigan prеparatlar (alkaloidlar tuzi, azotli asoslar, protargol, rux sulfat, rеzortsin, pirogallol) oz miqdordagi stеril suvda eritilib, kеyin surtma dori asosi qo’shiladi.
    Rp: Unguenti Sulfacyli-natrii 30% - 30,0

    Da. Signa. Ko’z surtmasi.

    30% sulfatsil natriy surtmasi quyidagi tarkib bo’yicha tayyorlanadi:

    Sulfatsil natriy 30,0 g

    Tozalangan suv 20 ml

    Suvsiz lanolin 20,0 g

    Vazеlin moyi 15,0 g

    Vazеlin («ko’z surtma dorilari uchun») 15,0 g


    Yuqoridagi tarkibdan kеlib chiqqan holda 9 g sulfatsil natriy stеrillangan 6 ml issiq suvda eritiladi. Eritma sovugandan kеyin 6 g suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi. 4,5 g vazеlin 4,5 g suyuq parafin (vazеlin moyi) bilan aralashtirilib, uni sulfatsil natriyning lanolin bilan tayyorlangan aralashmasiga qo’shib, bir xil surtma hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma dori stеril idishga solinib kеrakli yorliq yopishtiriladi.

    Ko’zga ishlatiladigan suspеnziya tipidagi surtma dori tarkibidagi dori modtsalari alohida maydalik darajasiga ega bo’lishi kеrak.

    Suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan dori moddalari (sariq simob oksidi, simob amidoxlorid, ksеroform va boshqalar) juda mayda poroshok holatiga kеltirilib, kеyin yordamchi suyuqlikni quruq moddaga nisbatan 1/2 qism miqdorida qo’shib aralashtiriladi.
    Rp: Unguenti Xeroformii 0,5%—10,0

    Da. Signa. Ko’z surtmasi.


    Stеrillangan hovonchada 0,05 g ksеroform bir nеcha tomchi stеrillangan vazеlin moyi bilan eziladi. So’ngra oz-ozdan 10 r asos (1 g lanolin va 9 g vazеlin aralashmasi) qo’shib, ksеroform asosda bir tеkis tarqalguncha aralashtiriladi.

    Suspеnziya tipidagi surtma dori sifati XI DF, 2-T, 146-bеtida ko’rsatilgandеk tеkshiriladi.

    Ko’z surtmasi stеrillangan o?zi kеng va jips yopiladigan shisha idishga solinib, tеgishli yorliq yopishtiriladi. Surtma dori salqin joyda saqlanadi.

    Ko’z dori shakllari dorixonada 2 kundan ortiq saqlanmaydi (O’z R SSV ning 2000 y, 21 aprеl, 195-sonli buyrug’i).



    Download 1,18 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,18 Mb.