• Oling: Simob amidoxloriddan 0,5
  • 2. Oling: Anestezindan 5,0
  • 5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1




    Download 1,18 Mb.
    bet13/20
    Sana31.12.2019
    Hajmi1,18 Mb.
    #6884
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20


    Pasporti: Mum – 5,0


    Spermatset – 10,0

    SHaftoli moyi – 35,0


    Umumiy og’irligi -50,0

    Dorixatni tayyorlash uchun erish temperaturasi yuqori bo’lgan mum (63-650 S) Suv hammomida eritilib, ustiga spermatset qo’shiladi (45-540 S). Aralashma hovonchaga olinib, shaftoli moyi bilan aralashtiriladi toki aralashma sovuguncha.Tayyor sutma doriga kerakli yorliq yopishtirib bemorga berish uchun tayyorlanadi.

    Surtma dorini bemorga berishdan oldin uni rangi, hidi, og’irligi, retseptdagi dorivor moddalarga mos kelishi, mexaniq iflosliklar bo’lmasligi kerak.

    Oling: SHaftoli moyi 3,0

    Parafin

    Vazelin teng miqdorda 5,0

    Aralashtiring.Bering. Belgilang.
    Pasporti: SHaftoli moyi 3,0

    Parafin 5,0

    Vazelin 5,0

    Umumiy og’irligi 13,0


    Texnologiyasi: Dorixatni tayyorlash uchun erish harorati yuqori bo’lgan parafin (50-540 S) suv hammomida eritilib, ustiga vazelin qo’shiladi, aralashma hovonchaga olinib, shaftoli moyi bilan toki aralasha sovuguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma doriga kerakli yorliq yopishtirib bemorga berish uchun tayyorlanadi.
    Eritma tipidagi surtmalar

    Eritma tipidagi surtmalar deb, ular tarkibiga kiradigan moddalarning asoslarda erishi yoki bir–birini eritishi natijasida qotishma massa hosil qilishiga aytiladi. bo’lar yuqorida bayon etilgan umumiy qoidaga asosan tayyorlanadi.

    Ta’sir qiluvchi dori moddasi yupka poroshok holiga keltirilib issiq (40-50 0S) surtma asosida eritilib, surtma to soviguncha aralashtirilib turiladi. Bu guruhga kamforaning (Unguentm Camphoratum) 20% li surtmasi kiradi. Kamfora moddasi vazelin va lanolin (2q1) aralashmasida eritiladi.

     

    Rp.: Camphorae pulveratae 2,0



    Vaselini 6,0

    Lanolini anhydrici 2,0

    M.f. unguentum

    D.S. Kamfora surtmasi


    Pasporti: Kamfora poroshogi 2,0 g

    Vazelin 6,0 g

    Suvsiz lanolin 2,0 g

    Umumiy og’irligi 10,0


    Tayyorlash texnologiyasi: suv hammomida 50-60 °S haroratda chinni kosachada 6,0 g vazelin va 2,0 g suvsiz lanolin eritiladi. Bu aralashmada so’ngra 2,0 g kamfora eritiladi va to asos to’liq soviguncha aralashtirib turiladi. Bunda eritma ko’rinishidagi surtma hosil bo’ladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo’llash uchun" yorlig’i bilan jihozlab bemorga beriladi.
    Rp.: Mentholi 1,0

    Vaselini


    Lanolini anhydrici aa 5,0

    M.f. unguentum

    D.S. Burun uchun surtma
    Pasporti: Mentol 1,0

    Vazelin 5,0

    Suvsiz lanolin 5,0

    Umumiy og’irligi 11,0


    Tayyorlash texnologiyasi: suv hammomida 50-60 °C haroratda chinni kosachada 5,0 g vazelin, 5,0 g suvsiz lanolin bilan eritiladi. Bu aralashmada so’ngra 1,0 g mentol eritiladi va to asos to’liq soviguncha aralashtirib turiladi. Bunda eritma ko’rinishidagi surtma hosil bo’ladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo’llash uchun" yorlig’i bilan jihozlab bemorga beriladi.
    Rp.: Anaestezini 0,5

    Vaselini 10,0

    M.f. unguentum

    D.S. shamollaganda


    Pasport: Anestezin 0,5

    Vazelin 10,0

    Umumiy og’irligi 10,5
    Tayyorlash texnologiyasi: suv hammomida chinni kosachada 10,0 g vazelin suyultiriladi va unda 0,5 g anestezin muntazam aralashtirib turish bilan eritiladi va to asos to’liq soviguncha aralashtirib turiladi. Bunda eritma ko’rinishidagi surtma hosil bo’ladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo’llash uchun" yorlig’i bilan jihozlab bemorga beriladi.
    Rp.: Ephedrini hydrochloridi 0,05

    Novocaini 0,2

    Lanolini

    Vaselini aa 5,0

    M.D.S Burun uchun surtma dori
    Pasporti: Efedrin gidroxlorid 0,05

    Novokain 0,2

    Suvsiz lanolin 5,0

    Vazelin 5,0

    Umumiy og’irligi 10,25
    Tayyorlash texnologiyasi: Bu surtma dorini tayyorlash uchun novokain va efedrin 1,6 ml suvda eritilib (5,0 g lanolinda 1,5 ml suv bor), 3,5 suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi va oz-ozdan vazelin qo’shiladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda "Sirtga qo’llash uchun" yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
    22- Ma’ruza
    Mavzu 22. Suspenzion surtmalar texnologiyasi va ularda ishlatiladigan asoslar.

    Reja:


    1. Suspenzion surtma dorilar texnologiyasining o’ziga xosliklari

    2. Suspenzion surtma dorilarning sifatini baholash

    3.
    Suspenzion yoki trituratsion surtma dorilar tayyorlash

    Surtma asosida erimaydigan, lekin asosda suspenziya xolida tarqalgan qattiq kukunsimon dori moddalar saqlagan surtmalarga suspenzion (trituratsion) surtma dorilar deyiladi.

    Bundan tashqari suvda yaxshi eriydigan, lekin retseptda ko’p miqdorda yozilgan moddalar hamda rux sulfat, rezorsin va pirrolalol suvda yaxshi erigani bilan surtmaga suspenziya xolida (ko’z surtmalariga ega emulsiya xolida) qo’shiladi, sabab agar ular suspenziya xolida qo’shilmasa teri nekrozini chaqiradi.

    Suspezion surtmalar dori moddalarini asosda yaxshilab ezib-maydalash, ya’ni dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. Bunday tayyorlanishidan maqsad dori moddasining farmakologik faolligini oshirishdir, chunki aynan farmakologik faollik erimaydigan fazaning dispersligiga bog’liqdir.

    Suspenzion surtmalarning yuqori qovushqoqligi tufayli, qattiq faza cho’kmaga tushish extimoli kamayganlishgi uchun bu dori turini tayyorlashda stabilizator ishlatilmaydi.

    Suspenzion surtmalarda qattiq faza 50% gacha va undan ko’p foizni tashkil etgani uchun ushbu suspenzion surtmalarni tayyorlashda turli xil texnologik bosqichlarni ishlatish maqsadga muvofiq.

    Bu guruh surtmalar dori moddasini surtma asosida bir xilda ezish yo’li bilan tayyorlanadi. SHuning uchun boshqa­cha nomi trituratsion surtma (lot. trituratio — ezib ishkalash) ni bildiradi. Suspenziyali surtmalarda qattiq faza disperslik darajasi qancha yuqori bo’lsa, ya’ni dori moddasining yuzasi qancha katta bo’lsa, davolash samarasi shuncha ortadi. Dorixona sharoitida suspenzion surtmani tekshirish organoleptik usulda olib boriladi. Surtmani kaft orasida ishkalaganimizda yirik bo’lakchalar bo’lmasligi kerak. Agar surtma tarkibidagi dori bo’lakchalari 50 mkm gacha kattalikda bo’lsa, unda surtmani teriga surtgan vaqtimizda terini kitiklaydi, ba’zi hollarda terini jaroxatlashi ham mumkin. Bunday surtmalarni yallig’langan va shillik qavatlarga surtish yaramaydi.

    Xuddi ichiladigan suspenziyalarni tayyorlaganimizdek qattiq fazani ezib maydalash suyuqlik ishtirokida olib borilishi kerak, shunda qattiq faza tez maydalanadigan bo’lib qoladi. Bunday vaqtda biz suyuqlikni tanlay ola bilishimiz kerak. qovushqoq suyuqliklar bu maqsad uchun yaroksizdir. qattiq fazani disperslashda kam miqdorda o’simlik yoki mineral moyidan yoki suyultirilgan asosdan foydalanishimiz kerak bo’ladi. Kerakli variantni tanlash qattiq fazaning miqdoriga bog’liq bo’ladi.

    Agar dori modda surtma tarkibiga kam miqdorda (5% gacha) bo’lsa, ezish bodom, shaftoli, kungabokar moyi ishtirokida (agar surtma xayvon yog’ida tayyorlansa) yoki vazelin moyida (agar vazelinda) olib boriladi, so’ngra hosil bo’lgan mayin suspenziyaga dorixatda berilgan miqdorgacha asos qo’shib aralashtiriladi. Agar surtma tarkibida dori modda ko’p miqdorda (5%-25%gacha) bo’lsa, kerakli miqdorda suyultirilgan asos bilan eziladi. So’ngra qolgan asos qo’shib aralashtiriladi. Aralashtirish paytida bir necha bor hovoncha devorlaridan massa tushirilib turiladi. Surtma suspenziyasining tarkibida dori moddalar 25% dan ortsa, pastalar deyiladi. YUqori dispers va bir xil taksimlangan pasta tayyorlash uchun dori moddasini eritilgan asos bilan ezib ishkalanadi. Pastalar trituratsion surtmalarga nisbatan quyuqrok bo’ladi. Magistral suspenzion surtmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bunga misollar keltiramiz:

     

    Rp.: Furacilini 0,1



    Lanolini 20,0

    Vaselini 30,0

    M.f. unguentum

    D.S. Antiseptik surtma.

     

    Furatsillinni 3-4 tomchi vazelin moyi bilan ezib, so’ngra ilik vazelin va lanolin korishmasini qo’shib aralashtiriladi.



     

    Rp.: Resorcini 0,6

    Acidi Salicylici 1,0

    Sulfuris precipitatae 2,0

    Cerae flavae 4,0

    Ol. Ricini ad 20,0

    D.S. Ceboreyada qo’llaniladi

    Bu uch fazali suspenzion surtma bo’lib, mum-moyli asosda tayyorlanadi. Kukunsimon dori moddasi 9% atrofini tashqil qiladi. Avval salitsil kislota mum, kanakunjut moyi aralashmasida eritib olinadi. So’ngra kukunlar aralashmasini 5-6 g eritma bilan eziladi va qolgan eritma qo’shiladi.

    Rp.: Benzylpenicillini natrii 100 000ED

    Lanolini anhydrici 20,0

    Vaselini 30,0

    M.f. unguentum

    D.S. ko’z uchun surtma

    Surtma aseptik sharoitda tayyorlanadi, qattiq fazani ulushi 5% dan kam. Antibiotikni (0,06 g) maydalash uchun steril vazelin moyini dori moddasining 50% miqdorda maydalanadi.

    Steril xavonchaga 0,06 g benzilpenitsillin natriyli tuzidan (DF, farmakopeya maqolasiga binoan) bir necha tomchi vazelin moyi qo’shiladi. (etiketkaga extibor berilsin) suvsiz lanolin va vazelindan aralashtirib oldindan, bir necha bo’lakka bo’lib surtmaga kiritiladi. Bir xil massa xosil bo’lguncha aralashtiriladi.14
    Mum saqlangan surtmalar vazelin asosiga nisbatan perspiratsiyani osonlashtiradi.

    Vaziyatli masalalar

    Oling: Simob amidoxloriddan 0,5

    Vazelindan 20,0

    Aralashtiring surtma hosil bo’lsin

    Bering. Belgilang: qo’lga surtish uchun



    Ushbu dorixatdagi surtmani talaba quyidagi texnologiya bo’yicha tayyorladi. U to’g’ri tayyorladimi?
    Texnologiyasi: 20,0 g vazelin suv hammomida eritiladi. Hovonchaga 0,5 g simob amidoxlorid tortib olinadi va taxminan 0,25 g eritilgan vazelin bilan eziladi toki bir xil bo’tqasimon massa hosil bo’lguncha. So’ng qolgan vazelin 3-4 ga bo’linib aralashtiriladi. Surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.

    Echimi: Avvalo bu dorixatga pasport tuziladi. Unda suvda hamda vazelinda erimaydigan simob amidoxlorid 2,4% tashqil etishi aniqlanadi. Bu miqdor 5% kam bo’lgani uchun simob amidoxloridni maydalik darajasini oshirish maqsadida uning yarimiga teng miqdorda yordamchi suyuqlik ishlatish maqsadga muvofiqdir. Demak, 0,2 – 0,25 g (10-12 tomchi) vazelin moyi bilan eziladi. Toki bo’tqasimon massa hosil bo’lguncha. So’ng suv hammomida eritilgan vazelin 2-3 ga bo’linib qo’shiladi va bir xil aralashma hosil qilinadi. Surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.

    2. Oling: Anestezindan 5,0

    Rux oksiddan 20,0

    Kraxmaldan 20,0

    Vazelindan 100,0

    Aralashtiring surtma hosil bo’lsin.

    Bering. Belgilang: yaralangan joyga surtish uchun.



    Ushbu dorixatdagi surtmani talaba quyidagi texnologiya bo’yicha tayyorladi. U to’g’ri tayyorladimi?

    Texnologiyasi:

    Hovonchaga birinchi bo’lib 20,0 g kraxmal solib maydalanadi. So’ng 5,0g anestezin va 20,0 g rux oksididan tortib olib kraxmalga qo’shib maydalanadi. Va 25 g vazelin moyi yordamida yaxshilab eziladi. Bo’tqasimon massa hosil bo’lgandan keyin suv hammomida eritilgan 100,0g vazelin solib bir xil aralashma hosil qilinadi. Surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.




    Download 1,18 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1

    Download 1,18 Mb.