Mag’iz va urug’lardan po’slog’i yoki qobig’ini ajratmasdan emulsiya tayyorlash




Download 1.18 Mb.
bet9/20
Sana31.12.2019
Hajmi1.18 Mb.
#6884
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20

Mag’iz va urug’lardan po’slog’i yoki qobig’ini ajratmasdan emulsiya tayyorlash

Ko’knori, qovoq va kanop urug’laridan po’slog’ini ajratmasdan emulsiya tayyorlanadi.

 

Rp.: Emulsi seminum Papaveris 200,0



Da. Signa. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.

 

Tayyorlashdan oldin ko’knori urug’ini 2 marta toza elakda issiq suv bilan (60-70°C) chayiladi, bu esa ma’lum darajada maydalashni osonlashtiradi.




Urug’dan emulsiyalar tayyorlash
Rp.: Emulsi seminum Amyqdalarum dulcis 180, 0

M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.


Pasport: Bodom magizi 18,0

Tozalangan suv 180 ml gacha

Umumiy og’irlik 180 g
Texnologiyasi: Emulsiya tayyorlash uchun 18 g kobikdan tozalangan magiz kerak bo’ladi. Buning uchun bodom magizi 60—70°S li suvda 10 daqiqa buktirib quyiladi, so’ngra magizning ustki kobigi pinset yordamida olib tashlanadi. Tarozida tortib olingan tozalangan magiz chukur hovonchaga solinib ozgina (1,8 ml) suv qo’shib bo’tqasimon massa hosil bo’lguncha ezib maydalanadi. Massaga oz-ozdan suv (taxminan 144 ml) qo’shilib 2 qavat dokadan tegishli idishga suziladi. Og’irligi 180 g ga etkazilib, kerakli erlik epishtiriladi.
Qovoq urug’ini (Semina Cucurbitae) qattiq po’slog’idan ajratgandan keyin emulsiya tayyorlanadi. YUmshoq qavati magiz bilan birga maydalanadi. Tayyor emulsiya suzilmaydi. SHuning uchun urug’ ustidagi ko’k po’slog’i yaxshi maydalanganligiga ahamiyat berish kerak.

Magizlardan emulsiya tayyorlanganda dispers fazaga ko’p miqdorda yog’ ajralib chiqishiga katta ahamiyat berish kerak, bu esa birlamchi emulsiyaning har tomonlama yaxshi tayyorlanishiga bog’liq. S. F. SHubin usuli bo’yicha magizlardan emulsiya tayyorlashda ajratib olinadigan yog’ miqdorini yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilinadi. SHu maqsadda emulsiya olishning bir necha usullari ishlab chiqilgan va bo’lardan ikki marta ishlash usuli bilan yuqori natija olingan. Bu usul bilan yarim miqdordagi suv ishlatib emulsiya tayyorlanadi. Birlamchi emulsiya tayyor bo’lgandan so’ng, ikkinchi marta qolgan yarim suv bilan ishlanadi va emulsiya tayyor bo’ladi.


Rp.: Emulsi seminum Cucurbitae 100, 0

M. D. S. Kuniga 4—5 mahal ichilsin.


Pasport: Qovoq urug’i 10,0

Tozalangan suv 100 ml gacha

Umumiy og’irlik 100 g
10 g pustlogidan tozalangan kovok urug’i hovonchada maydalanadi va 1 ml suv qo’shib, yaxshilab eziladi. Hosil bo’lgan butkaga 90 ml suv qo’shib aralashtiriladi. Tayyor emulsiyani suzmasdan tegishli idishga solinadi. «Salqin joyda saqlansin», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.

Mag’izdan tayyorlangan emulsiyalarga dori moddalarni qo’shish

Magizdan tayyorlanadigan emulsiyalarga suvda eriydigan dori moddalar kiritiladi. Ularni eritish uchun 1 qism suv qoldiriladi va birlamchi emulsiya tayyor bo’lgandan keyin suyultiriladi.

 

Rp.: Emulsi seminum Amygdalarum dulcis 180,0



Natrii benzoatis 1,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 marta ichilsin.

 

Oddiy koida bo’yicha magizdan emulsiya tayyorlanib, 50 ml gacha suv natriy benzoatni eritish uchun qo’llaniladi.



 

Rp.: Emulsi Seminum Cucurbitae decorticorum ex 50,0-200,0

Sirupi Citri unshiu 20,0

M. D. S. Ertalab 2 marta qabul qilinadi, bir necha soatdan keyin 2 osh qoshiq kunjut moyi ichiladi.

 

qovoq mag’zi po’chogidan tozalanib, ko’kimtir kulrang yupka po’sti bilan ishlatiladi. SHuni bilish zarurki, sharbatlar suyultirilmagan holda qo’shilsa, emulsiyalarning turg’unligi yo’kolib ximoya pardasi buziladi, emulgatorni degidratsiyalanishiga olib keladi. SHuning uchun mandarin po’slog’i sharbati toza suvda suyultirilib, birlamchi emulsiyaga qo’shiladi.


Emulsiya sifatini tekshirish

1. Mikroskopda dispers faza o’lchamini bir xilligi tekshiriladi. Bunda katta zarrachalar bo’lmasligi kerak.

2. qavatlanishi 1500 ayl/dak. tezlikda sentrifugalanadi. Katlamlarga ajralmasligi kerak.

3. Termik turg’unligi termostatda 50°Sda tekshiriladi.

4. qovushqoqligi viskozimetrlarda aniqlanadi.

Kelajakda emulsiyalarni dori shakli sifatida rivojlantirishning 3 ta yunalishi kuzda tutilgan:

1. Emulsiya tayyorlashda kichik mexanizatsiyalarni qo’llash (dispergator, gomogenizatorlar);

2. Emulgatorlar ko’lamini kengaytirish;

3. Emulsiya sifatini baholashning yangi usullarini joriy etish.

To’gri tayyorlangan emulsiyalar gomogenligini bir necha kun davomida saqlash mumkin. Dispers fazaning ustki qismi ko’tarilishi emulsiyaning buzilishiga olib keladi. Ichish oldidan chayqatilsa, oldingi holatiga qaytadi. Haroratning ko’tarilishi yoki birdan pasayishi emulsiyaning buzilishiga sabab bo’ladi. Tayyorlangan emulsiyalarga "ishlatishdan oldin chayqatilsin" va "salqin joyda saqlansin" yozuvli yorliq yopishtiriladi. Emulsiyalar mikroorganizmlarning ko’payishiga yaxshi muxit yaratadi. Shuning uchun emulsiyalarni tayyorlaganda gigiena koidalariga rioya qilinishi shart.



Adabiyotlar:

1. M.M.Miralimov “Farmatsevtik texnologiya asoslari”.

2. Z.N.Nazirov “Dori turlari texnologiyasi”.

3. DF ning 10 va 11 nashri.

4. A.I.Tixonov, T.G.YArnux “Texnologiya lekarstv” 2002 g

5. Kondrateva T.S. “Rukovodstvo po aptechnoy texnologii lekarstvennыx

form”.

6. Spravochnoe posobie po aptechnoy texnologii lekarstv



D.N. Sinev, L.G.Marchenko, T.D.Sinyova – Peterburg 2001g.
15- Ma’ruza
Mavzu 15. Suvli ajratmalar ta’rifi, tasnifi va ajratma olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar

Reja:

1. Suvli ajratmalarning tarifi, tasnifi

2. Suvli ajratmalarning afzallik va kamchiliklari

4. Suvli ajratmalardan biofaol moddalarni ajralishiga ta’sir etuvchi omillar:

A) maydalik darajasi

B) Ajratmaning PH muhiti

V) Xom-ashyo suv shimish koeffitsienti

G) Konsentratsiyalar farqi

D) Maxsulot nisbati

E) Sovtiish vaqti

F) xarorat tasiri

5. Damlama va qaynatmalarning olish bosqichlari

6. Damlama va qaynatmalarning olishning nazariy asoslari

A) Damlama va qaynatmalarning olishning bosqichlari

B) Molekulyar diffuziya

S) Konvent diffuziya


Damlama va qaynatmalar (infusum, decoctum)

Damlama va qaynatmalar rasmiy dori shakli bo’lib XDF ularning tayyorlash reglamenti umumiy maqola shaklida beriladi.

Ishlatiladigan damlama va qaynatmalar — suyuq dori shakllariga kirib, dorivor o’simliklarning turli qism­laridan olinadigan suvli ajratmalar va quruq, suyuq ekstraktlar, suvli eritmalardir. Damlama (infusum) va qaynatma (decoctum) lar oddiy ajratmalar bo’lib, murakkab apparatlar va kimmatbaho yoki topilishi kiyin ajratuvchilar talab kilmaydi. SHu sababli juda kadim zamonda (Galendan avval) ishlatilgan dori shakli bo’lishiga karamay, xozirgi davrda ham keng qo’llaniladi. Xozir damlama va qaynatmalar to’grisidagi xulosalar kengaygan bo’lib, ekstrakt konsentratlarining eritmalari ham shu nom bilan ataladi.

Suvli ajratmalarni tayyorlash jarayonlarining nazariy asoslari juda murakkab. Ta’sir etuvchi moddalar o’simlik xom ashyosidan, o’simlikning har xil qismlaridan ajratilib, ular to’kima tuzilmalaridan iborat. To’kimalar bir-biri bilan birlashadi, ularning o’lchami bir necha mkm bo’ladi, xujayralar oraligida xujayralararo bo’shlik ham bor. Kletchatkaga gidrofil moddalar yopishganidan suv o’simlik xom ashyosini namlaydi. Kletchatka bilan o’ralgan o’simlik tarkibidagi moddalar har xil fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega. O’simliklarning gistologik tuzilishi har xil bo’lganligi ajratma tayyorlashda hisobga olinishi kerak.



Suvli ajratmalarning afzalliklari:

1) juda keng tarqalgan dori shakli;

2) tayyorlanishi oddiy;

3) ajratuvchisi arzon;

4) kompleks moddalarni eritadi;

5) oson dozalarga bo’linadi;

6) saqlash uchun kulay;

7) murakkab jihozlash materiallarini talab etmaydi;



Kamchiliklari:

1) bu dori shaklini saqlash muddati kam bo’lib, 2 sutkadir;

2) tez buzilib qoladi;

3) dorixonadan standart bo’lmagan dori chiqariladi;

4) tayyorlash jarayoni ko’p vaqtni oladi.

Suvli ajratmalarni tayyorlaganda standart xom ashyolar, maydalik darajalari NTX va DF talablariga javob beradigan bo’lishi kerak.

Ajratmalarni suvli ajratmaning hajmiga qarab tanlash zarur.

Damlama va qaynatmalarga dorixat yozilishi. Odatda damlama va qaynatmalar uchun shifokor dorixatda faqat xom ashyo miqdori va ajratma miqdorini ko’rsatadi. 
Rp.: Infusi herbae Adonidis Vernalis 5,0—150,0

D.S.


Ba’zi holatlarda shifokor faqat ajratmaning umumiy miqdorinigina ko’rsatishi mumkin.
Rp: Infusi herbae Adonidis vernalis 200,0

D.S.


 Bunday holda dorixona xodimlari farmakopeya ko’rsatmasiga amal qiladilar, ya’ni bahorgi adonis er ustki qismi 1:30 nisbatda ajratma tayyorlanadigan o’simliklar guruhiga kirganligi uchun:

1 — 30


x — 200

Demak, ajratma tayyorlash uchun 6,6 xom ashyo olish kerak.


Suvli ajratma olishning nazariy asoslari

Suvli ajratma olish 3 bosqichdan iborat:



1-bosqich. O’simlik xom ashyosi suv bilan namlanadi va erituvchi uni ichiga kiradi. Kapillyar kuchlar ta’sirida o’simlik suvni o’ziga shimadi. Suv xujayralararo bo’shlikni to’ldiradi, xujayra devorlari va devor yonlaridan xujayra ichiga kiradi. Bu xodisani endoosmos deymiz.

2-bosqich. “Birlamchi sharbatning” hosil bo’lishi. Xujayra ichidagi moddalar bilan erituvchi to’knashib chin eritma, YUMB, kolloid eritmalar, ya’ni moddalarni konsentrlangan eritmasi hosil bo’ladi.

3-bosqich. Moddalarni o’simlik xom ashyosidan suyuq muxitga o’tishi massa almashinuvi deyiladi. Natijada birlamchi sharbatni yuqori konsentratsiyalari xujayra ichida osmotik bosim hosil qiladi, bu esa xujayradagi bor narsalar bilan osmotik bosimi kam bo’lgan moddalarni o’rab olgan suyuqlik o’rtasida diffuzion almashinuvi bo’ladi. Birinchi galda harakatchan molekulalar ajraladi, sekinrok YUMB diffundirlanadi. Kolloid komponentlar eng kam tezlik bilan diffuziyalanadi.

Ekzo va endoosmoslar xodisalarni xujayrani ichki va tashqi qismida bir xil bo’lmaguncha o’z-o’zicha ketadi. Natijada molekulyar va konvektiv diffuziyalanadi.

Molekulyar - diffuziya molekulalarning xaotik hara­katiga va molekulalar qinetik energiyasining zonasiga bog’liq bo’ladi.

Molekulyar diffuziyani tezligi — ajratma haroratiga, diffuzion yuzaga, yuzani katta-kichikligiga, katlam kalinligiga bog’liq.

Moddalar joyining o’zgarishi ma’lum vaqtga ham bog’liqdir.

Bu jarayon quyidagi formula orqali ifodalanadi:

Damlama va qaynatmalar ishlab chiqarishda o’zok vaqt qo’llanib kelingan usul ilmiy asosga ega bo’lmagan edi. Damlama va qaynatmalar tayyorlashga xususiy yondoshish, tayyorlash jarayonini ilmiy asoslash USH DF (1946) joriy qilingach boshlandi. Masalan, alkaloid saqlaydigan xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlash uchun limon kislotasini qo’shish taklif qilindi. Undan tashkari xom ashyo 3 darajadagi maydalikda qo’llaniladi. qaynatmalar uchun har xil sovitish muddatlari belgilangan.

SHunday bo’lsa ham, ularni tayyorlashning asosini dast­labki universal usul, xom ashyoga sovuq suv solib suv hammomida 15 min (damlama) va 30 min (qaynatma) qizdirish tashqil etadi. Hajmi 1-3 l bo’lgan ajratmalar tayyorlashda qizdirish uchun 25 minutgacha qaynatmalar uchun 40 minutgacha o’zaytiriladi.

Dorivor o’simliklar xom ashyosidan ta’sir etuvchi moddani ajratib olish dinamikasiga ta’sir etuvchi omillar. Damlama va qaynatmalarda ham xuddi boshqa ajratmalar (ekstraktlar, tindirmalar) kabi tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslariga bo’ysuniladi. Lekin ular ko’prok zarur hollarda tayyorlangani uchun ba’zi bir o’ziga xos jixatlarini e’tiborga olish lozim:

1. Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda dorivor o’simliklar qismining maydalanganlik darajasi, shu doriga xos bo’lgan maqolalarda keltirilgan me’yorlashtirilgan bo’lishi kerak. Xususiy maqola bo’lmasa XIDF bo’yicha damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun o’simlik qismlari quyidagi maydalikda bo’lishi kerak: bargi, guli va o’tlari 5 mm gacha bo’lgan maydalikda, poya, po’sti, ildiz, ildiz poyasi, 3 mm gacha, urug’i va mevasi — 0,5 mm dan katta bo’lmagan zarrachalarda va xokazo.

2. Konsentratsiyalar farqi. Ajratma olish jarayonini tezlatish maqsadida doimo o’simlik xom ashyosi zarrachalariga ekstragent yangi qismlarini mumkin kadar davriy ravishda yuborib turish kerak. Bu aralashmani aralashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun ham ajratma olish jarayonining hamma bosqichlari tezlashadi.

SHuni hisobga olib, XI DF da damlama va qaynatmalarni tayyorlashda xom ashyoni damlab, doimo aralashtirib turish ko’zda tutilgan. Xom ashyo va ekstragentning o’zaro nisbati ham belgilangan.

3. DF da damlama va qaynatmalar tayyorlanishida xom ashyo va ajratuvchining nisbati.

O’simlik miqdori haqida biron-bir ko’rsatma bo’lmasa damlama va qaynatmalari 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Adonis o’tidan, valeriana ildizi va ildiz poyasidan, istod ildizi, rojki sporqnya, marvaridgul bargi va guli, zig’ir urug’idan 1:30 nisbatda. Kuchli ta’sir etuvchi modda saqlagan angishvonagul bargi, chistotel (qoncho’p) o’ti o’simlik qismidan suvli ajratmalar odatda ekstrakt (konsentrat)laridan 1:400 nisbatda tayyorlanadi(gulhayri ildizi, tog’rayxon o’ti, na’matak mevasi).

Suvli ajratmalarni ekstrakt (konsentrat)dan tayyorlanganda uni miqdorini o’simlik miqdoridek qilib olish kerak .

4. Damlama va qaynatmalarni olish uchun ishlatiladigan suv miqdori ta’sir etuvchi moddalarni to’liq ravishda olishga imkon berishi zarur.

5. Muxitning ta’siri.

6. Vaqt rejimi.

7. Xom ashyo standartligi.

Standart konsentratsiyaga ega bo’lmagan suvli ajratma mahsulotlarning nisbatlari:

Oddiy archa qubbalari 1:5

Devyasil ildizi 1:12,5

Ayiqtovon briketi 1:20

Sano bargi va tirnoqgul guli briketi 1:25

Jo’ka gullari 1:28,5

YAlpiz bargi briketi 1:40

Do’lana guli briketi 1:50
Suv shimish koeffitsienti

 Xom ashyodan damlama yoki qaynatma tayyorlash uchun kerak bo’lgan suvning miqdori turlicha olinishi mumkin. Masalan:

 Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 6,0—120,0

D.S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.

 

Xom ashyodan dorixatda ko’rsatilgan miqdordagicha suv solib, ajratma olinib, berilgan hajmgacha suv bilan etkaziladi. Bunda yana suv qo’shishimizning sababi shuki, suvning bir qismi xom ashyoda ushlanib qoladi. Lekin suv qo’shish bilan biz olingan ajratmani suyultirgan bo’lamiz. SHuning uchun ana shu xom ashyoda ushlanib qoladigan suvni ham oldindan hisoblab tavsiya qilinadi. Suvning ko’shimcha miqdori damlama va qaynatmalar tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdorini ancha ko’paytiradi. Tutib kolinadigan suv miqdori o’sha xom ashyoning morfologik va anatomik xususiyatlariga va xom ashyoning maydalik darajasiga bog’liq. XI DF da turli o’simliklar xom ashyosi uchun suv shimish koeffitsienti keltirilgan. Agar o’simliklar xom ashyosi uchun suv shimish koeffitsienti berilmagan bo’lsa, u holda barg, gul o’tlar uchun —2,0, po’stlok, ildiz, poya uchun —1,5 va meva urug’lar uchun —0,5 deb olinadi.



1.6.-jadval

Har xil turdagi o’simlik xom ashyolarining suv shimish koeffitsienti

 


Xom ashyo turi

Suvni shimish koeffitsienti

Xom ashyo turi

Suvni shimish

koeffitsienti



YAlpiz bargi

2,4

CHuchukkimyo ildiz va ildizpoyasi

1,7

Sano bargi

1,8

Erman po’slog’i

2,0

Ayikquloq

1,4

Frangula Po’slog’i

1,6

Mavrvk bargi

3,3

Moychechak guli

3,4

Adonis er ustki

qismi


2,8

Na’matak mevasi

1,1

Dalachoy er ustki

qismi


1,6

SHoxkuya

2,3

Marvarudgul er ustki qismi

2,5

Poligala ildizi

2,2

Sushenitsa er ustki qismi

2,2

CHayon o’ti bargi

1,8

Arslonkuyruk er ustki qismi

2,0

Poligala ildizi

2,2

Valeriana ildiz va ildizpoyasi

2,9

Zmeevik ildiz va ildizpoyasi

2,0

 

1 gr. standart maydalikdagi o’simlik xom ashyosini infundirka stakanida siqib olingandan keyin ushlanib qolgan suvning miqdori suv shimish koeffitsienti deyiladi.

 

Muxitning (pH sharoitining) ta’siri

Bu alkaloid saqlagan xom ashyodan damlama va qaynatmalar olishda katta ahamiyatga ega. Suvni nordonlashtirganda alkaloidlarning kiyin eriydigan birikmalari (kiyin eriydigan organiq kislotalar bilan komplekslari) oson eriydigan alkaloid turiga aylanadi. SHunga ko’ra alkaloid saqlaydigan damlama va qaynatmalarga limon kislotasi, vino kislotasi yoki xlorid kislotasi xom ashyodagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda qo’shiladi. Faqat shoxkuya uchun xlorid kislota xom ashyodagi alkaloidlar miqdoridan 4 marta ko’p miqdorda qo’shiladi.

DF XI ga asosan alkaloid saqlovchi xom ashyolardan suvli ajratmlar, faqat ekstrakt konsentratlardan foydalanib tayyorlanadi.

 

Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda qo’llaniladigan apparaturalar

 

Ajratmalarni qaynatish uchun infundir (lat. — Infundal — qaynatish) deb ataladigan yopik idishlar ishlatiladi. Infundir apparat qanday ashyodan tayyorlanganligi ham ajratmalarning sifatiga ta’sir qiladi. Kadimda dorixonalarda sof kalaydan yasalgan infundirlar ishlatilgan. SHisha infundirlar kislota saqlaydigan ajratmalarni tayyorlash uchun qo’llanilgan (masalan: shoxkuya). Keyinchalik kalay infundirkalar ishlatila boshlangan, ular ham tez kiziydi va mustaxkam hisoblanadi. 


 

1.13.-rasm. Elektr isitgichli infundir apparati.

 XI DF alyuminiy infundirkalar o’rniga zanglamaydigan po’latdan yasalgan infundirkalarni konunlashtirdi. Infundirkalar maxsus suv hammomlarida, ya’ni infundir apparatida qizdiriladi. Infundir apparatlari 2,3 yoki 4 infundirkalar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Xozirgi zamon infundir apparatlari elektr toki bilan qizdiriladi (15-rasm, a).

O. I. Belova va V. A. Mironova yangi konstruksiyali infundir apparatini taklif kildilar. Bunday infundirka kislotali muxitda turg’un bo’lgan, zanglamaydigan XI 8 N 9 T markali po’latdan yasalgan. Xom ashyo po’latdan yasalgan savatga(2) solinib, infundir stakanga joylanadi. Infundir stakanining tubida magnitli parrak joylashgan (b). U magnitlar yordamida aylanib, staqanda girdobli harakatni yuzaga keltiradi.

Buning natijasida erituvchi va xom ashyo o’rtasida aloka yaxshilanadi. Infundirkaning qopqog’iga (1) harakatlanadigan qilib shtokli disk (3) va dasta (4) o’rnatilgan.

Infundir apparati korpus, 6 infundirkadan iborat to’plam (3 tasi 500 ml. li, 3 tasi 250 ml li), magnitli parraklardan tuzilgan. Korpus zanglamaydigan po’latdan yasalgan bo’lib unga 4 litr suv ketadi. Korpusning qopqog’ida infundirkalar uchun 3 ta kamforqa bor. Korpus bilan ichki tomonidan 2 ta pastki va 2 ta yuqori nay orqali kondensator biriktirilgan. Ish vaqtida yuqoridagi naylar orqali bug kondensatorga o’tadi, pastki naylar orqali esa hosil bo’lgan kondensat yana qayta korpusga tushadi. Suv korpus qopqog’idagi voronka orqali solinadi. Korpusda suv hajmini nazorat qilib boruvchi oyna bor. Ishlatilgan suvini to’kib yuborish uchun korpusning orqa devoriga kran o’rnatilgan. Korpusning ichida 2 ta naysimon elektr qizdirish elementlari bor. Ularning quvvati 400 va 600 Vt. Staninaning ichida elektr qizdirgich o’rnatilgan bo’lib, o’sha erda biriktirilgan takasimon magnitni harakatlantiradi. Boshqaruv pulti oldingi devor tomonida joylashgan. YUqorida — tumbler (elektroqizdirgich ulash uchun pastdan qizdirish elementlari o’zgartirgan) (pereklyuchatel) dastani isitish (razogrev) belgisigacha aylantirib 2 ta qizdirgich elementini ulanadi. Suv qaynatgandan keyin dastani “ish” (rabota) belgisiga o’tkaziladi. Bunda 600 Vt li element ulanadi, bu esa suvning bir tekis qaynashi uchun etarli hisoblanadi. Apparat Kiev tibbiyot asboblari zavodida ishlab chiqariladi.

AN-3 oddiyrok tuzilishdagi apparat. Bu apparat 3 ta infundirkaga mo’ljallangan bo’lib, magnitli parraklari yo’k. Bu apparatlarning quyidagi xususiyatlari bor. Apparat kuchli metall kobik bilan koplangan bo’lib, bu xodimlarni ish vaqtida ximoya qiladi. Vanna devori va metall kobik orasidagi bo’shlikning yuqori qismiga sovitgich nay joylashtirilgan, bu erda hosil bo’layotgan bugning ortiqchasi kondensatlanadi va yana vannaga okib tushadi. SHu sababli vannada buglanish kamayib, ancha vaqtgacha suvning miqdori doimiy darajada turadi. Apparatda teshikli savatcha bo’lib, unga xom ashyo solinadi. U ham zanglamaydigan XI 8N9T nusxali po’latdan yasalgan bo’lib, xom ashyoni sikadigan disk bor. Bu disk vertikal shtokka o’rnatilgan bo’lib, infundir stakan qopqog’iga harakatchan qilib o’rnatilgan. Bu disk yordamida apparatning ishlab turgan vaqtida ko’l yordamida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni aralashtirish va oxirida qoldig’ini siqib olish mumkin.

Davolash profilaktika muassasa — dorixonalari sharoitida, shuningdek kasalxonalar va yirik xo’jalik hisobidagi dorixonalarda damlama va qaynatmalar 1—3 l gacha hajmda tayyorlanadi. SHu sababli Kiev AKB diagnostik apparatura va VNIIF infundir apparatining yangi AI — 3000 modeli ishlab chikildi. Uning nominal sigimi 3000 ml (16- rasm).





1.14.-rasm. AN-3000 infundir apparat.

 

Apparat silindrik korpusdan (1) iborat. Bu korpus suv hammomi sifatida ishlatilib uning suv hajmini nazorat qiladigan oyna (9) va elektr qizdirgichi bor. Bu korpus metall kobik (2) bilan koplangan, unga boshqaruv panel (4) joylashtirilgan. Panelda quvvatni o’zgartirgich (5) signal lampa (6) va extiyot saqlaydigan asbob (predoxranitel) (7) joylashgan. Ishlatilmaganda suv hammomining kamforqasi qopqog’i bilan yopiladi, ish vaqtida infundir idishi (8) joylanadi. Uning ichida esa teshikli savatchasi, xom ashyoni sikadigan kurilmasi, stakani bor. Teshikli stakanga xom ashyo solinadi. Infundir idishiga esa suv hajmini aniqlovchi oyna belgisigacha suv solinadi. Kamforqani qopqoq bilan yopib, apparat ulanadi. Bunda quvvat o’zgargich “3” holatga qo’yiladi. Bunda quvvat maksimal, ya’ni 1200 Vt bo’ladi. Suv hammomidagi suv qaynatgandan (taxminan 30 minutdan keyin) keyin uning kamforqasiga to’ldirilgan infundir idish o’rnatiladi, yana qayta qaynatgandan keyin apparat quvvatini “2” yoki “1” holatga o’tkaziladi (300 yoki 600 Vt), bu suvning bir tekis qaynashi uchun etarli. Belgilangan vaqtdan keyin apparat o’chiriladi. Infundir idishni suv hammomining kamforqasidan olib xona haroratigacha sovitgandan keyin xom ashyodan ajratma qoldig’i siqib olinadi. Bu apparatda 2 ta infundir idish bo’lib, birinchisida (a) ajratmani sovitilayotganda, 2-sida (b) boshqa ajratmani tayyorlash mumkin. Bu esa ishda ancha kulaylik tugdiradi. Apparatning hamma qismlari (ya’ni ajratma tegib turadigan) indeferent, korroziyaga chidamli materialdan ishlangan.


Damlama va qaynatmalarga sovitish vaqtining ta’siri

 

Damlamalar to’la sovutilgandan keyin (ya’ni 45 min) suziladi.



qaynatmalar uchun sovitish kam ahamiyatga ega, shuning uchun 10 min. dan keyin suziladi. Lekin oshlovchi moddalar saqlagan o’simliklar (toloknyanka, zmeevik, dub) xom ashyosidan olingan qaynatmalarni tezda sovutmasdan suzib olish kerak. CHunki ular sovitilganda loyqalanib qoladi.

Dorixonada ko’p uchraydigan angishvonagul va bahorgi adonis o’simliklaridan tayyorlanadigan damlamalardir. Bu guruhga kiruvchi o’simliklardan damlama tayyorlashda qo’yilgan talablarni to’la bajarish kerak. Bu talablarga maydalik darajasi, ma’lum vaqt mobaynida damlash, issiqlik darajasi, damlash tartiblari aniq bajarilishi kiradi. YUrak glikozidlari issiqlikka chidamsiz bo’lgani uchun eritma issiqlik darajasini oshirib yuborishi, glikozidlarni geninlarga parchalanishiga olib keladi, bu geninlar kam biologik faollikka ega. Sovitish vaqtini qisqartirish angishvonagul ajratmasiga suvda erimaydigan digitoksinni o’tishini, adonisda esa adonitoksinni ajratma tarkibiga o’tishini kiyinlashtiradi. Angishvonagul va adonis damlamalarini tayyorlash uchun olingan angishvonagul bargi va adonis o’ti biologik faol moddalar saqlash jixatidan XDF tegishli moddalar talabiga javob berishi kerak. Agar saqlaydigan moddalari ko’p bo’lsa, o’simlik kam miqdorda olinadi, ta’sir etuvchisi kam bo’lsa, bu o’simlikdan damlama tayyorlanmaydi.

1.7.- jadval

Ajratma xajmi va turining ekstraksiya vaqtiga ta’siri9


Ajratmaning turi

Vaqti, min

Damlash vaqti

Sovutish vaqti

Damlama 1 litr gacha

15

45 minutdan kam emas

qaynatma 1 litr gacha

30

10 minut

Damlama 1dan 3 litrgacha

25

45 minutdan kam emas

qaynatma 1dan 3 litrgacha

40

10 minut

Damlama “Cito!”

25

Oqib turgan suv ostida

16-Ma’ruza
Mavzu 16. Suvli ajratmalar, damlamalar tayyorlash, damlamalarga dori moddalarini qo’shish usullari. Qaynatma tayyorlash va ularga dori moddalarni qo’shish

Reja:
1. Suvli ajratmalarning tarifi

2. Suvli ajratmalarning avfzalliki

3. Suvli ajratmalarning kamchiligi

4. Damlama va qaynatma tayyorlashning o’ziga xos usullari :

a) Alkaloid saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

b) YUrak glyukozidlari saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

s) Antroglyukozid saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

d) Oshlovchi modda saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

e) Efir moyi saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

j) SHilimshiq saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash


Alkaloid saqlovchi o’simliklardan damlama va qaynatma tayyorlash
Alkaloidlar o’simliklarda asos holida bo’ladi. Tuz holidagi alkaloidlar suvda yaxshi eriydi. Asos holidagi alkaloidlarni eruvchanligini oshirish uchun tuz holiga o’tkaziladi va bu maqsadda 0,83% xlorid kislotasi 1% limon kislotasi va vino kislotasidan foydalaniladi.

Xin o’simligi po’slog’idan damlama tayyorlashda boshqalarga nisbatan 0,8% xlorid kislotasidan foydalangan ma’kul. SHoxkuyadan damlama tayyorlanganda shu kislotadan xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdoriga 4 barobar ko’p miqdorda qo’shiladi. SHoxkuyadan (sporыnya) suvli ajratma olish uchun A. L. Ledneva ko’rsatmasi bo’yicha qaynayotgan suv hammomiga 30 min davomida qo’yiladi va tezlik bilan sovutiladi, chunki shoxkuya alkaloidlari issiqlikka chidamli emas. SHuning uchun ham shoxkuyadan damlama emas, qaynatma tayyorlanadi. SHoxkuyaning yangi maydalangani ishlatilishi kerak, chunki uni tarkibidagi yog’lar tez achish xususiyatiga ega. Termopsis o’simligidan damlama tayyorlashda uning tarkibidagi alkaloidni tuz holiga o’tkazish shart emas, chunki bu o’simlikda alkaloidlar asos holdagisi ham, tuz holdagisi ham suvda yaxshi eriydi. Agar o’simlik XI DF da ko’rsatilgan miqdordan ya’ni 1,5% dan ko’p alkaloid saqlasa, olingan o’simlik miqdori quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:



 

Masalan: 200 ml termopsis damlamasi tayyorlash kerak bo’lsin.



 

Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 200 ml

D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

 

O’simlik o’z tarkibida 1,6% alkaloid saqlaydi. Buning uchun o’simlik miqdori topiladi. Termopsis 1:400 nisbatda tayyorlanadi. 200 ml damlama uchun 0,5 g olish kerak.



Alkaloid miqdori ko’p bo’lgani uchun bu miqdor qaytadan hisoblanadi.

 

0,5 — olinishi kerak bo’lgan o’simlik miqdori.



1,5% — DF bo’yicha o’simlik saqlash kerak bo’lgan miqdor.

1,6% — o’simlik saqlagan alkaloid miqdori.

0,47 — qaytadan hisoblangan o’simlik miqdori.

Agar o’simlik 1,5% dan kam alkaloid saqlasa, bunday xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlanmaydi.

Alkaloid saqlagan o’simliklardan suvli ajratma tayyorlashda qo’shiladigan kislota miqdori xom ashyo tarkibidagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda olinadi.

 

100,0 — 1,6



0,47 — x x = 0,0075 g alkaloid

 

0,83 — 100,0



0,0075 — x x = 0,9 ml suyultirilgan xlorid kislota kiritiladi.

 

Hisoblash:

Termopsis o’ti (1 : 400) – 0,5 g


1 – 400

x - 200

Xlorid kislota eritmasi (1 : 10) – 0,9 ml (18 tomchi)

alk. DF X buyicha 1,5%

1,5 – 100

x – 0,5 x = 0,0075 g (alkaloid)

0,83 – 100

0,0075 – x x = 0,9 ml (18tomchi)

Tozalangan suv – 200 ml

Um. hajmi – 204 ml


Termopsis o’ti tarkibida alkaloid bo’lib, kuchli ta’sir etuvchi dorivor o’simliklar guruhiga kiradi. DF X ko’rsatmasiga binoan 1,5% alkaloid saqlaydi. SHifokor ko’rsatmasi bo’lmaganda 1 : 400 nisbatda damlama tayyorlanadi.

Tayyorlash: Infundir stakaniga 0,5 g, 5 mm gacha maydalangan termopsis o’ti solinadi. Ustiga 200 ml tozalangan suv va 0,9 ml (18 tomchi) 1 : 10 nisbatdagi xlorid kislota eritmasi qo’shiladi, so’ngra qaynab turgan infundir apparatida 15 daqiqa damlab quyiladi, vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi. Ikki qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. Damlama hajmi 200 ml ga etkaziladi. “Ichish uchun” yoki “Mikstura”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
Yurak glikozidlari saqlovchi o’simliklardan ajratma tayyorlash

 

Rp.: Jnfusi rhizoma et radicibus Valerianae ex 6,0 — 100,0



D.S.
Ko’rsatilgan miqdordagi damlama yoki qaynatma olish uchun kerak bo’lgan suv miqdorini topish uchun o’simlik xom ashyosi gramm miqdorini suv shimish koeffitsientiga ko’paytirib, dorixatda ko’rsatilgan suv miqdoriga qo’shish kerak. Masalan: yuqoridagi dorixat uchun: 100 q (2,9 * 6) = 100 q 17,4 = 117,4 ml suv. Bu erda 2,9 valeriana ildizining suv shimish koeffitsienti.

Tarkibida yurak glikozidlari yoki alkaloid saqlagan xom ashyodan damlama tayyorlanganda qo’llaniladigan o’simlik qismida belgilangan miqdorda alkaloid bo’lishi va yoki belgilangan biologik ta’sirga ega bo’lishi kerak.

Xom ashyo tarkibidagi alkaloid miqdori yoki biologik ta’sir darajasi belgilangan miqdordan yuqori bo’lsa, uni miqdori quyidagi hisob bo’yicha olinadi.

X — dorivor o’simlikni xom ashyosidan olish kerak bo’lgan miqdori;

A — dorivor o’simlik xom ashyosini yozilgan miqdori;

B — aniqlangan alkaloid yoki biologik ta’sir darajasi miqdori;

V — xom ashyo tarkibidagi glikozid va alkaloidlarni standart miqdori;

Xom ashyo tarkibidagi glikozid yoki alkaloid miqdori belgilangandan kam. VIII DF damlamalar — xom ashyoga sovuq suv solib qaynab turgan suv hammomida 15 min damlash bilan tayyorlangan bu usul XI DF da ham qabul qilingan, 15 min qizdirish umuman kam hisoblanadi, chunki bunda xom ashyo endigina yumshab, ta’sir etuvchi moddalar qisman ajragan bo’ladi. Ajratmaning harorati asta-sekin ko’tarilib borgani uchun proteinlar, elimli va pektin moddalar ham bo’kmasdan eritmaga o’tadi. 

Rp.: Infusi herbae Adonis vernalis 90 ml

Natrii bromidi 2,0

Tincturae Valerianae 3ml

M.D.S.. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.


Hisoblash:

Bahor adonisi o’ti (1 : 30) – 3 g

1 – 30

x – 90 x = 3 g



S.SH.K. = 2,8

Natriy brom – 2 g

Valeriana nastoykasi – 3 ml

Tozalangan suv – 98,4 ml



90q(3 x 2,8)=98,4

um. hajmi – 93 ml


Yurak glikozidi saqlovchi dorivor o’simlik xom ashyolaridan damlama tayyorlaganda shifokor tomonidan mahsulot miqdori ko’rsatilmagan bo’lsa 1 : 30 nisbatda olinadi.

Tayyorlash: Infundir stakaniga 3 g 5 mm gacha maydalangan bahor adonisi o’tidan olinadi va uni ustiga 98,4 ml tozalangan suv quyiladi. So’ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi va vaqti - vaqti bilan aralashtirib turiladi. Keyin 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi, 2 qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. Undan keyin damlamada 3 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 90 ml ga etkaziladi. Oxirida 3 ml valeriana nastoykasi qo’shiladi. So’ngra jihozlab bemorga beriladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorliqlar bilan jihozlanadi.
Antraglyukozid saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlash

 

Antroglyukozid saqlovchi o’simliklardan (ravoch ildizi, sano bargi, frangula po’slog’i) qaynatma tayyorlanadi, chunki bu o’simliklardan damlama tayyorlashda ta’sir etuvchi moddalar damlamalarga to’liq o’tmaydi. Lekin shu bilan birga qaynatish vaqtini 30 min. dan oshirish ta’sir etuvchi oksimetil-antraxinonlarni parchalanishiga olib keladi. Ravoch ildizi va frangula po’slog’idan tayyorlangan qaynatmani tezlik bilan doka orqali suzish kerak. 45 minutdan keyin suzish oksimetilantraxinonlarning kamayishiga olib keladi. Sano bargidan qaynatma tayyorlashda to’la sovutish zarur, toki uning tarkibidagi mumsimon moddalar ajratmaga o’tib cho’kmaga tushadi. Sovigan ajratma albatta doka orqali suzib olinishi kerak.



Rp.: Decocti foliorum Cennae 100ml

D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 - 4 mahal ichilsin.


Xisoblash:

Sano bargi (1 : 10) – 10 g

S.SH.K. = 1,8

Tozalangan suv – 118 ml



100 q (10 x 1,8) = 118 ml

um. hajmi – 100 ml


Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 0,5 mm gacha maydalangan sano bargini olib, uni ustiga 118 ml tozalangan suv quyib, qaynab turgan infundir apparatida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda 30 daqiqa damlab quyiladi. Tayyor qaynatma vaqt tugaganidan keyin olib, tulik sovutiladi (chunki sano bargi tarkibida smolalar bo’lib, ular odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi). So’ngra 2 qavatli dokada suziladi, qoldiq siqiladi va hajmi 100 ml ga etkaziladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.

Saponin saqlovchi o’simliklardan (qizilmiya ildizi, istod ildizi, senega ildizi, sinyuxa ildizi) hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Adabiyotlarda ko’rsatilishicha saponin saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlashda ajratma tarkibi ishqoriy sharoitga keltirilsa ta’sir etuvchi modda ko’p miqdorda ajratmaga o’tadi. SHuning uchun ham senega ildizi va sinyuxa ildizidan qaynatma tayyorlashda 10 g o’simlikka 1 g NaHCO3 qaynashga ko’yishdan oldin qo’shiladi. qizilmiya o’simligi ildizidan qaynatma tayyorlashda 30 minutdan ko’p qaynatish glitsirrizin miqdorining kamayishiga olib keladi.


Oshlovchi modda saqlovchi o’simliklardan qaynatma tayyorlash

 

Oshlovchi modda saqlovchi o’simliklardan (dub po’slog’i, toloknyanka bargi, brusnika bargi, chernika bargi, kalina po’stlog’i , ilontovon ildiz poyasi) hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Ta’sir etuvchi moddani to’liq ajralib chiqishiga o’simlikni maydalanish darajasi katta ta’sir ko’rsatadi.


G. S. Mixaylova ko’rsatmasi bo’yicha dub po’slog’idan qaynatma tayyorlashda 0,2 ml gacha kattalikkacha maydalash oshlovchi moddalarni ko’prok ajralishiga, undan ham maydarok qilib tayyorlanganda kam miqdor moddalar qaynatmaga o’tishi aniqlangan. Ikki tomonlama kutikula bilan koplangan serin bilan to’yingan kalin etli barg­lardan faqat qaynatma tayyorlanadi. Masalan: toloknyanka bargidan hamma vaqt qaynatma tayyorlanadi. Toloknyanka ajratmalaridagi oshlovchi moddalar miqdori:
1.8.-jadval


 Ajratma nomi


YOzilishi

Miqdori

(oshlovchi modda)

Arbutin

Damlama

qaynatma

10,0 : 200

10,0 : 200

1,95

3,26

9,07

13,16

Rp.: Decocti foliorum Uvae Ursi 10,0 — 180 ml

D.S. bir osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
SHuning uchun ham toloknyanka bargidan XDF ko’rsatmasiga binoan damlama emas, qaynatma tayyorlanadi.

 

Efir moyi saqlovchi o’simliklardan damlama tayyorlash


Ajratmaga ko’p miqdor efir moyi ajralishini ta’minlash uchun efir moyi saqlovchi o’simliklardan damlama maxsus infundir idishlarda tayyorlanadi. Damlama tayyorlashda aralashtirish yoki sovutilmagan ajratmani suzish mumkin emas. O’tkazilgan tajribalar natijasi shuni ko’rsatadiki XDF bo’yicha damlama tayyorlash boshqa usullarga nisbatan ancha ustunlikka ega.

Bu guruhga kiruvchi o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalar o’zining yopishkokligi bilan ajralib turadi. Ular yuqori molekulali moddalar shilimshiqlar ajralib chiqishi bilan tushuntiriladi. Bu guruhga kiruvchi ajratmalar xuddi kamedlar va krax­mallardan tayyorlangan ajratmalar kabi shilimshiqlar deb ataladi.


Efir moyi saqlagan dorivor o’simliklardan damlama tayyorlash
Rp.: Infusi foliorum Menthae piperetae 100,0

Natrii bromidi 1,0

M.D.S.. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.

 

Xisoblash:

YAlpiz bargi (1 : 10) – 10g

S.SH.K. = 2,4

Natriy brom 1g

Tozalangan suv –124 ml



100 q (10 x 2,4) = 124 ml

um. hajmi – 100 ml


Tayyorlash: Infundir stakaniga 10 g 3 mm gacha maydalangan yalpiz bargi olinadi, uni ustiga 124 ml tozalangan suv quyiladi va infundir stakan qopqog’i jips yopiladi. So’ngra qaynab turgan infundir apparatiga 15 daqiqa damlab quyiladi ammo aralashtirilmaydi, chunki ta’sir qiluvchi moddasi – efir moyi uchib ketadi. Keyin xona haroratida 45 daqiqa davomida qopqog’i jips yopilgan holatda sovutiladi. Keyin yordamchi idishga 2 qavatli dokadan o’tkazib, qoldiq siqiladi. So’ngra 1 g natriy brom eritib, qayta suziladi va damlama hajmi 60 ml ga etkaziladi. Tayyor mahsulot jihozlab bemorga beriladi. “Ichish uchun”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”.
Damlama va qaynatmalarga dorivor moddalar qo’shish

 

Suvli ajratmalar ko’pincha murakkab dori preparatlarning tarkibiy qismi bo’lib, ular dori moddalarini eritish uchun erituvchi sifatida ham ishlatiladi. Buning natijasida damlama va qaynatmalardan murakkab dori shakli hosil bo’ladi. Agar bo’lar ichishga mo’ljallangan bo’lsa miksturalar deb nomlanadi. Miksturalarni tayyorlash uchun dori moddalari suzilgan va sovutilgan damlama va qaynatmalarda eritiladi va yana bir bor suziladi. Dori moddalarning konsentrlangan eritmalarini ishlatilishi bu hollarda ruxsat etilmaydi. SHarbatlar, xushbo’y suvlar, spirtli ajratmalar, suyuq ekstraktlar tayyor damlama va qaynatmalarga hajm bo’yicha oxirida qo’shiladi. Agarda ekstrakt-konsentratlar ishlatilsa, dori moddalarning konsentrlangan eritmalari ishlatilishi mumkin.



 

Rp.: Infusi herbae Thermopsidis 0,1—150,0

Natrii hydrocarbonatis

Natrii benzoatis 1,0

Liquoris Ammonii anisatis 1 ml

Sirupi Althaeae 20,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

 

Suzilgan va sovutilgan tayyor qaynatmada natriy gidrokarbonat va natriy benzoat tuzlari eritilib, filtr­lanadi. So’ng gulxayri sharbati va oxirida novshadil arpabodiyon tomchisi qo’shiladi.



 

Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0—150,0

Natrii bromidi 2,0

Codeini phosphatis 0,2

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin

 

Bu miksturani tayyorlashda adonis damlamasini 2 qismga ajratiladi, 1-sida natriy bromid 2-sida kodein fosfat eritiladi.



Tayyorlangan eritmalar shundan keyingina bir-biriga qo’shiladi, aks holatda erimaydigan kodein bromid hosil bo’lib cho’kmaga tushishi mumkin.
Rp.: Decocti rad. Polygalae tenuifoliae ex 10,0—200,0

Elexiris pectoralis 5,0

Natrii hydrocarbonatis 3,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

 

Saponinlarning ko’p miqdor ajralib chiqishini ta’minlash uchun qaynatma tayyorlash jarayonida 1 gr natriy gidrokarbonat qo’shiladi, qolgan miqdor esa tayyor bo’lgandan keyingina eritiladi. Oxirida ko’krak eliksiri qo’shiladi.



 

Rp.: Decocti rad. Rhei 5,0—180,0

Magnesii sulfatis 5,0

Ol. Menthae piperitae qtt. III

Sirupi Simplicis 15,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

 

Tayyor bo’lgan qaynatmada magniy sulfat eritiladi va unga sharbat, yalpiz moyi aralashmasi qo’shiladi.



 

Rp.: Decocti corticis quercus 10,0—15,0

Aluminis 2,0.

Glycerini 15,0.

M.D.S. ogizni chayish uchun.

 

Suzilgan va sovitilgan qaynatmaga glitserin eritmasi aralashtiriladi hamda suvda eritilgan achchiqtosh tol­koni qo’shiladi. Achchiqtoshni oldin qo’shish oshlovchi moddalarning cho’kmaga tushishiga sabab bo’ladi.



17- Ma’ruza.

Shilimshiqlar va ularni tayyorlash. Ekstrakt konsentratlardan suvli ajratmalar tayyorlash

Reja:

  1. Shilimshiq saqlovchi o’simliklardan suvli ajratmalar olish

  2. Ekstrakt-konsentratlar xaqida umumiy tushuncha.

  3. Ekstrakt konsentratlardan foydalanishning afzallik va kamchiliklari

  4. Ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash

  5. quruq ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash

  6. Suyuq ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash

  7. Suvli ajratmalarga dori moddalarini kiritish



Shilimshiq saqlovchi o’simliklardan suvli ajratmalar olish

(mucilago - shilimshiq)

 

O’simlik shillik moddalari suvda yaxshi erib kolloid eritma hosil qiladi.



Bu guruhdagi suvli ajratmalarni oddiy qilib shilimshiqlar deb atadik. bo’lar quyuq bo’lib YUMB eritmalar hisoblanadi.

SHilimshiq eritmasi tarkibidagi modda-zarracha suv bilan yaxshi qovushadigan zarracha bo’lib, u shu xususiyati bilan osilma zarrachasidan farqlanadi.

U o’z atrofiga suv molekulalari qavatini to’playdi. Bu suv qavati shilimshiq zarrachalarini eritma tarkibidagi turg’unligini ta’minlaydi.

Agar shilimshiq zarrachalari qavatidagi suv molekulasini olib qo’ysak (masalan, spirt qo’shilsa) unda shilimshiq zarrachalari cho’kmaga tushadi.

Shilimshiqlarda yuqori qovushqoqlik bo’kuvchanlik va boshqa YUMBni xususiyatlari namoyon bo’ladi. Ularni xuknalar (klizmalar) tarkibida, stabilizator va emulgatorlar sifatida ishlatiladi. SHilimshiqlar tayyorlash uchun turli xil o’simlik xom ashyolaridan foydalaniladi. (Gulxayri ildizi, salep tuganagi, zig’ir urug’i, bexi urug’i). Ularni tayyorlash usullari o’simlik xom ashyosini gistologik tuzilishi va uni kimyoviy tarkibini hisobga olgan holda tanlanadi.
Gulxayri ildizi, shilimshig’i.

 

Rp.: Jnf. radicis Althaeae 100,0



D.S.

 

Gulxayri ildizidan ajratma tayyorlash. Gulxayri ildizidan olingan ajratma adabiyotlarda dorixonaga keladigan dorixatda qaynatma, damlama kabi dori shakllarida yozilishi odat tusiga kirib qolgan. SHuni kayd qilib o’tish kerakki, u kay tarzda yozilishdan kat’i nazar gulxayri ildizidan faqat shilimshiqlar tayyorlanadi. Tayyorlash usuli shilimshiqlar ildizining joylashishi va tarkibi bilan bog’liq bo’lib, uni sovuq holda tindirish usuli bilan tayyorlanadi. Boshqa ajratmalardan farq qilib gulxayri ajratmasi olingandan so’ng, mahsulot olingan suv siqib olinmaydi. CHunki uni tarkibidagi kraxmal ajratmaga o’tib aks ta’sir ko’rsatadi. Suyultirmasdan beriladi. Sarf bo’ladigan suvni miqdori oldindan hisoblanib tayyorlanadi. I Moskva tibbiyot institutining farmatsevtika fakulteti dorixonalarida dori tayyorlash texnologiyasi kafedrasida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, farmakopeyada yozilgan miqdorda damlama tayyorlanganda 100 ml o’rniga 74—77 ml damlama olingan. Damlamaning qolgan qismi bo’kkan gulxayri ildizida qoladi. SHuning uchun ham 100 ml damlama olinadigan bo’lsa, boshlangich moddalarning miqdorini oshirish kerak, degan xulosaga kelinadi. 5 qism ildiz va 100 qism suvdan chiqadigan damlamaning hajmini bilgan holda 100 ml damlama olish uchun sarf bo’ladigan gulxayri ildizi va suv miqdorini hisoblab topish mumkin. Buning uchun ushbu formuladan foydalanish taklif etiladi.





 

Ksarf koeffitsienti



100 – 77=23 ml suv, bundan

1,0 xom ashyo 23 : 5 = 4,6 ml suvni

ushlab qolgan


 

100 ml 5% li damlama olish uchun olinadigan ildiz va suv miqdorini bilish uchun:



Ksarf

ketadigan suv miqdorini ham ildiz miqdorini ham 1,3 ga ko’paytirish kerak

100x1,3 = 130 ml, 5x1,3 = 6,5 g

6,5 g gulxayri ildizidan va 130 ml suv olish kerak. Gulxayri ildizidan olinadigan shilimshiq konsentratsiyasiga qarab sarf koeffitsienti o’zgaradi. Uni olinadigan shilimshiq foiziga qarab alohida hisoblab topish kerak.

Dorivor gulxayri ildizi tarkibida 35% shilimshiq, 37% kraxmal, 10,2% qand, peptin, asparaginat kislotasi, betainlar, moylar va boshqa moddalar bor.

Xom ashyo sifatida bargi, gullari ham ishlatiladi.

O’rta Osiyo xalk tabobatida kon tuflash, sil, bronxial astmada, yo’tal va ko’krak ogrigida, ildizlari barglari va gullaridan tayyorlangan ajratma yumshatuvchi dori sifatida shuningdek, tomokni chaykash uchun ishlati­ladi.

Tug’rukdan keyin kon ketganda ba’zan ildizni qaynatib ichish buyuriladi.

Gulxayri ildizi kukun, shilimshiq holida, sharbat, quyuq va quruq ekstraktlar ko’rinishida, asosan, nafas yo’llari, me’da-ichak yo’llarining kataral yallig’lanishiga qarshi, o’rab oluvchi, yumshatuvchi va balg’am ko’chiruvchi dori sifatida keng qo’llaniladi.

SHilimshiq DF ko’rsatmasiga binoan 5:100 nisbatda tayyorlanadi. O’zbekiston, qirg’iziston va Tojikistonda dorivor gulxayri bilan bir qatorda arian gulxayrisi o’sadi. Bu o’simliklar faqat barglari va mevalari bilan farqlansada, tarkibi bilan farqlanmaydi.

Shu sababdan bu o’simlikdan tabobatda dorivor gulxayri bilan bir qatorda ishlatiladi.

Tayyorlanish texnologiyasi o’ziga xos bo’lib sovuq usul ishlatiladi. Sovuq usuldan foydalanilganda tarkibidagi shilimshiqni kraxmal, pektin va shunga o’xshash moddalardan ajratib olinadi. Kraxmal, pektin moddalari ham o’simlikdan ajralib chiqadi, ammo bu moddalarni suvda, ayniqsa, sovuq suvda yomon erishi oqibatida ular suvda tarqalmaydi va o’simlik xom ashyosi atrofida to’planadi. Ularni, ajratmaga o’tishini oldini olish maqsadida o’simlik qoldig’i siqilmaydi. SHu sababdan xom ashyo qoldig’i bilan birga undagi ma’lum bir qism shilimshiqlar, suv isrof bo’ladi.

Sarf bo’lgan suv va xom ashyo miqdorini bilish va uni hisobga olish zarur. Buni hisobi yuqoridagi formula orqali aniqlanadi.

5:100 1,3; 2:100 1,1

4:100 1,2; 1:100 1,05;

3:100 1,15;

Sarf koeffitsienti suv shimish koeffitsienti (4,6) ni dorixatda yozilgan foiz miqdoriga ko’paymasligiga bog’liq bo’lib, 5% eritma uchun 1,3 ga teng.

Sarf koeffitsienti 1,3 bo’lganda 100,0 shilimshiq olish uchun 6,5 g gulxayri ildizi va 130 ml suv ishlatiladi.

6,5 gulxayri ildizi maydalanib kolbaga solinadi, ustiga 130 ml suv quyib 30 minutga qo’yib qo’yiladi.

Vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi. 30 minutdan so’ng ajratma suzib olinadi, qolgan qoldiq siqilmaydi.

Bizni qilgan tajribalarimiz shuni ko’rsatadiki, gulxayri shilimshig’ini uni kukunidan ham tayyorlash mumkin. Faqat kukun ishlatilganda uni umumiy sath yuzasi ko’pligi hisobiga suv shimish koeffitsienti ko’payishini hisobga olish kerak.
 Rp.: Mucilaginis Salep 100,0.

D.S.


 

Salep tugunagi tarkibida 50% gacha shilimshiq, 25% kraxmal va anchagina dekstrin bor.

Shilimshiq moddasi, asosan, yuqori molekulali leaksan degan uglevoddan iborat.

Abu Rayxon Beruniyning “Saydana” asarida o’simlik tugunaklaridan kamquvvatlik va mizoj sustligi, sil davosi, keksalarni quvvatga kiritish, shuningdek kon okishini to’xtatish va “konni tozalash” da foydalanish tavsiya etilgan. 1 g tugunak olinib, 1 ml etil spirti bilan aralashtiriladi. 10 ml sovuq suv solib aralashtirib, so’ng 88 ml issiq suv quyib aralashtiriladi va sovishini sekinlashtirish uchun biror mato bilan o’rab aralashtiriladi sovuguncha aralashtirilgan ajratmani dokadan suzib o’tkaziladi. Bunda shilimshiq bilan kraxmal ham ajraladi.

Spirt olinishi tugunak donalari bir-biriga yopishmasligini ta’minlaydi. Sovuq suv solinishi esa tugunaklardagi kraxmalni yuvib, shilimshiq moddalarni suvga chiqishini osonlashtiradi.

Salep shilimshig’i zararli moddalarning me’da-ichak yo’lidan surilib, o’tishiga to’skinlik qiladi. Uni o’zok kasallikdan turgan bemorlarga, quvvatga kirgazish uchun berish tavsiya etiladi.

Rp.: Mucilagenis semenis Lini — 90,0

D.S.


 

Zig’ir 6% shilimshiq, 35% gacha moy saqlaydi. Kraxmal shunda kam shilimshiq ustki qavatida bo’ladi. O’rta Osiyoda o’zun tolali zig’ir va moyli zig’ir eqiladi.

Ibn Sino yo’talish, siydik yo’llari yarali kasalliklarida zig’ir urug’ini qovurib eyishni buyurgan. Zig’ir urug’i iste’mol qilib turiladigan bo’lsa, ko’krak yumshab, jigar o’smalari so’rilib ketadi. Tinkani kuritadigan yo’tal, ichak og’riqlari vaqtida qovurilgan zig’ir urug’lari yaxshi foyda beradi. Siydik xaydaydigan, terlatadigan ta’sir ko’rsatadi. Zig’ir moyi sklerozga qarshi vosita va surgi tariqasida ishlatiladi.

Zig’ir urug’ida bo’ladigan shilimshiq modda o’rab oluvchi vosita sifatida dorilarning achchiqlik xususiyatini, yokimsiz mazasi va hidini yo’kotadi.

SHilimshiq tayyorlash uchun zig’ir urug’lari maydalanmay butun holda ishlatiladi. Urug’lar maydalanganda tarkibidagi moylar shilimshiqqa o’tib uning mazasini buzadi. 1:30 nisbatda tayyorlanadi.

3,0 zig’ir urug’ini sovuq suv bilan yuvib, shisha idishga o’tkaziladi va 90 ml kaynok suv solib, ogzi berkitiladi, mato bilan o’rab 15 minut davomida chayqatiladi. So’ng 2 qavat doka orqali suziladi.

 

Rp.: Mucilaginis Semenis Cydoniae — 5,0—1000,0 ml.



D.S. Xazm yo’lining yallig’lanishida bir staqandan 3—4 mahal

 

5,0 miqdordagi bexi urug’lari ustiga 1 l sovuq suv quyiladi.



Vaqti-vaqti bilan 35 min davomida aralashtirib turiladi. So’ng 2 qavat doka orqali suzib olinadi. Urug’lardan olinadigan shilimshiq ichni yumshatadigan, o’rab oladigan va bujmaytiradigan xossaga ega. CHoyga o’xshab damlab yo’tal vaqtida ichish tavsiya etiladi.

Ibn Sino ovkat xazmi buzilganda, bexi yaxshi davo bo’ladi deb hisoblagan. Me’da va jigar ishini yaxshilash uchun u bexi suvini asal va sirkaga aralashtirib ichishni tavsiya qilgan.

 

Rp.: Mucilaginis rad. Althaeae 180,0.



Elexiri pectoralis

Liqour Ammonii Anisatis

Natrii hydrocarbonatis 3,5

M.D.S. 1 choy qoshiqdan har 3 soatda ichilsin.

 

Tayyor bo’lgan damlamada natriy gidrokarbonat tuzi eritiladi va bir qism damlamada novshadil arpabodiyon tomchilari eritilib qo’shiladi, oxirida ko’krak eliksiri qo’shiladi.



 

Rp.: Mucilaginis Salep 200,0

Bismuthi subnitratis 10,0

Tincturae Opii simplicis qtt X.

M.D.S.
Tayyor bo’lgan damlamadan 5—6 ml olib vismut nitratning asosi hovonchada eziladi va oz-ozdan damlama qo’shib hovonchadan tayyor idishga yuvib o’tkaziladi. Oxirida opiyning spirtli tindirmasi qo’shiladi.

Damlama va qaynatmalarni tayyorlashni tezlashtirish uchun dorixona sharoitida suyuq va quyuq ekstraktlardan foydalaniladi. Damlama va qaynatmalarni tayyorlashni tezlashtirish uchun erituvchi tarkibini o’zgartirish bilan suyuq va quyuq ekstraktlarni tayyorlash mumkin emas. Tarkibini o’zgartirish damlama va qaynatmalar tayyorlanganda ularning miqdoriga ta’sir qiladi. Bu alkaloid va boshqa farmakologik faol modda saqlovchi o’simliklardan tayyorlangan qaynatma va damlamalarda yakkol namoyon bo’ladi.

Suvli ajratmalar texnologiyasini tezlashtirish va sifatli olish masalasi dorixona amaliyotida tayyor ekstrakt-konsentratlarni kiritish orqali olib boriladi.

Suvli ajratmalarni tayyorlash jarayonida ekstrakt-konsentratlarni suv bilan suyultiriladi.

Xozirgi vaqtda quyidagi ekstrakt konsentratlar mavjud: termopsis, adonis, valeriana, gulxayrilarning standart suyuq ekstraktlari (1:2); termopsis, adonis, marvaridgul, angishvonagul va gulxayrilarning standart quruq ekstraktlari. quruq ekstrakt konsentratlar — Extracta sicca Standartisata sut qandi bilan tayyorlanib 1:1 nisbatda bo’ladi.

Suyuq ekstrakt-konsentratlardan (1:2) damlama va qaynatmalar tayyorlaganda dorixatda ko’rsatilganga nisbatan 2 barobar ko’p, quruq ekstrakt-konsentratlardan (1:1), dorixatda ko’rsatilgan miqdoriga teng olinadi.

quruq va suyuq ekstrakt — konsentratlardan foydalanib ajratmalar olish suyuq dorilar tayyorlash texnologiyasidan farq kilmaydi.

Bu holda dori moddalarning konsentrlangan eritmalaridan foydalanish mumkin.

Suvli ajratmalar o’simlik xom ashyosidan olinsa 2 sutka, ekstrakt-konsentratlardan olinsa 7 sutkagacha saqlanadi.

Ekstrakt konsentratlardan tayyorlangan suvli ajratmalar o’simlik xom ashyosidan tayyorlangan ajratmalar rangi, tinikligi bilan farqlanadi. SHu maqsadda dorixatdagi suvli ajratmalar ekstrakt konsentratlardan tayyorlansa belgi qo’yilishi kerak, chunki yana shu dorixat bo’yicha berilsa ekstrakt-konsentratdan tayyorlanadi.

Misollar keltiramiz:

Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 180 ml

Natrii bromidi 6,0

Codeini phosphati 0,2

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.

 

Pasport: Valeriana suyuq konsentrati (1:2)—12 ml



Natriy bromid (1:5)—30 ml

Kodein fosfat (1:10)—2 ml

Suv — 136 ml
Tayyorlanishi:

Beriladigan idishga 140 ml suv o’lchab solinadi va unga 0,5 g termopsisni quruq ekstrakti (1:1) dan qo’shiladi va konsentrat to’liq erib ketguncha chayqatiladi. So’ngra natriy benzoat (1:10) dan 20 ml va natriy gidrokarbonat (1:20) konsentratidan 40 ml qo’shiladi. Oldindan novshadil-anis tomchisini ozgina tayyor mikstura bilan aralashtirib, so’ngra umumiy miksturaga qo’shiladi va jihozlanadi.



Ko’p komponentli o’simlik xom ashyolaridan suvli ajratmalarni tayyorlaganda damlamalar bir xil ekstraksiya rejimini talab etsa, ular bitta infundirkada tayyorlanadi.

 

Misol. Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 10,0- 200 ml



Infusi foliorum Menthae 4,0

Coffeini-natri benzoatis 0,4

Amidopyrini 0,6

Natrii bromidi 3,0

Magnesii sulfatis 0,8

M.D.S.


 

Tayyorlanishi: maydalangan dorivor o’simliklar (10 g valeriana ildizpoyasi va 4 g yalpiz barglari) oldindan isitilgan infundirkaga solinadi, ustiga uy haroratidagi 239 ml tozalangan suv quyiladi. 200—(10*2,9q4*2,4)=238,6 ml ustiga qopqog’ini yopib, 15 daqiqa davomida qaynab turgan suv hammomida damlanadi.

Keyin damlama 45 daqiqa sovitilib, o’lchamli idishga suzib o’tkaziladi. Suzib o’tkazilgan damlamada 0,4 g kofein-natriy benzoat, 0,6 g amidopirin, 3 g natriy bromid, 0,8 magniy sulfat eritiladi, flakonga suzib o’tkaziladi.

Agarda dorivor o’simliklardan tayyorlanadigan damlamalar har xil ekstraksiya sharoitini talab etsa, har bir dorivor o’simlik uchun alohida ekstraksiya qilinadi.

Bu holda har bir dorivor o’simlik uchun ishlatiladigan suv miqdori xom ashyodan 10 baravar ko’p bo’lishi bilan birga, o’simlikning suv shimish koeffitsienti hisobga olingan bo’lishi kerak.

 

Rp.: Radicis Althaeae 10,0



Rizomatis cum radicibus Valerianae — 8,0

Herbae leonuri

Foliorum Farfarae 20,0

Frangulae 25,0

Aguae purificata ad 1000 ml

M.D.S.


 

Dorixat tarkibidagi xom ashyo o’zining tayyorlanishi bo’yicha uch guruhga bo’linadi: gulxayri ildizi sovuq usulda ekstraksiya qilinadi. Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o’ti, ko’ka barglaridan damlama tayyorlanadi. Bodrezak po’slog’idan esa qaynatma tayyorlanadi. Erituvchi suvni uch qismga ajratiladi: Gulxayri ildizidan shilimshiq modda to’liq ajralishi uchun 200 ml ekstrakt tayyorlash kerak.

Buning uchun 13 g (10*1,3) gulxayri ildizi va 260 ml (200*1,3) suv solinadi. Bodrezak po’slog’i uchun 300 ml (250q2*25) suv olish kerak.

Valeriana ildizpoyasi, arslonquyruq o’ti va ko’ka barglari uchun 440ml (1000-200-250q20x3,0q8x2,9q2,0) suv olinadi.

Uchala ekstrakt alohida-alohida tayyorlanib, har birining hajmi o’z me’yoriga etkaziladi (200 ml, 250 ml va 550 ml), keyin esa uchalasi qo’shib yuboriladi.

Suvli ajratmalarning sifatini aniqlash uchun xujjati, dorixat pasport, joylanishi, rasmiylashtirilgani, shuningdek “Salqin joyda saqlansin”, “Ichishdan oldin chayqatilsin” degan yorliqlar bor-yo’kligi, hidi, rangi, mazasi, mexaniq iflosliklar yo’kligi va ularning hajmi to’griligi tekshiriladi.

Suvli ajratmalar olishni mukammallashtirish uchun:

1. Ularni turg’unligini oshirish uchun konservantlar qo’shiladi: 10% etanol, 0,1% natriy benzoat, 0,05-0,1% sorbin kislota, 0,1% nipagin va nipazol.

2. Fizik-kimyoviy taxlil usullarini takomillashtirish.

3. Apparaturalarni yangilarini ishlab chiqarish.

4. Ekstrakt-konsentratlar assortimentini ko’paytirish.

5. har xil tarkibli yigmalar summasini taklif etish.

6.Ekstrakt konsentratlarning gigroskopikligini kamaytirish.

7. Suvli ajratmlardan tayyorlanadigan (BFM saqlagan) xom ashyolardan turli choy tarkiblarini taklif etish;

8. quruq va suyuq ekstrakt konsentratalardanmikrokapsulalar texnologiyasini taklif etish;

9. Suvli ajratmalar taxlil usullarini takomillashtirish;

Dispers tuzilishi bo’yicha miksturalar murakkab dispers sistemalardir, chunki ular xakikiy eritmalarning zollar bilan aralashmasi, ba’zi vaqtlarda esa o’z tarkibida suspenziyalar saqlovchi ajratmalardir. Shuning uchun ham bu miksturalarni tayyorlashda qo’shilayotgan dori moddalarni o’simlikdan ajralib chiqadigan moddalar bilan aralashishiga ahamiyat berish kerak.

 

Rp.: Inf rad. Valerianae 6,0—180,0



Acidi ascorbinici

Themisali 5,0

M.D.S.

 

Temisalning suvli eritmalari hamma vaqt ishqoriy sharoitga ega, bu NaOH hisobiga hosil bo’ladi. Temisal tarkibidagi ishqoriy muxit eritma turg’unligini oshiradi. Lekin uning tarkibiga askorbin kislotasini va valerian kislotasini qo’shilishi temisal eruvchanligini kamaytirib, erkin teobromin ajralishiga va salitsil kislotasi cho’kmaga tushishiga sabab bo’ladi. Ba’zi vaqtlarda oshlovchi moddalar ta’sirida ham cho’kma hosil bo’ladi.



Masalan: Rp.: Inf. haerbae Adonidis vernalis 8:200,0

Extr. Grataegi 25,0.

T-rae Convallariae 6,0

Kalii bromidi 5,0

M.D.S.

 

Do’lana ekstraktidan oshlovchi moddalar adonis tarkibidagi va marvaridgul tindirmasi tarkibidagi yurak glikozidlari bilan zaharli cho’kma hosil qiladi. Damlama va qaynatmalar sharoitining o’zgarishi dori moddalarining buzilishiga olib keladi.


Rp.: Chlorali hydrati

Barbitali natrii 2,0

Inf. rad Althaeae

Ag. Menthae 60,0

M.D.S.

 

Barbital natriy hosil qiladigan ishqoriy sharoit xloralgidratni parchalanishiga va xloroformni hosil bo’lishiga olib keladi, buni hididan sezish mumkin. Suvli ajratmalarini buzilishi natijasida: rangi o’zgarishi, loyqa parda, hosil bo’lishi, cho’kma tushishi, hid chiqishi mumkin.



Suvli ajratmalar kat’iy gigienik sharoitda olib borilishi kerak. Damlama va qaynatmalarni farmakopeya talablari asosida saqlash zarur.

Suvli ajratmalarni turg’unligi past bo’lganligi sababli ular tarkibiga turli xil odam organizmiga zararli ta’sir ko’rsatmaydigan konservantlar qo’shish mumkin.

Masalan: Polsha-Ruminiya farmakopeyalarida nipaginni nipazol bilan aralashmasi 0,15% gacha yoki nipaginni 0,1% gacha qo’shish tavsiya etiladi.

 

Damlama va qaynatmalardagi nomutanosiblik

 

Bunday miksturalar murakkab dispers sistemalari bo’lib, chin eritmalar, zollar, emulgirlangan fazalar bilan birga keladi.



Bularni tayyorlashda dori moddalarini o’simlik damlamalariga qo’shilishini hisobga olish kerak.
Rp.: Infuzi radicibus Valerianae 10,0—200 ml

Calcii chloridi 10,0

Codeini 0,2

M.D.S.


 

Bu tarkibda elektrolit bo’lgan kalsiy xlorid ta’sirida valeriana ildizi tarkibidagi moddalar koagulyasiyaga uchraydi.

 

Rp.: Decocti foliorum Uvae ursi 10,0—100 ml



Ext. Belladonnae 0,15

Hexamethylentetramini 2,0:100 ml

Coffeini natrii benzoatis 1,5

M.D.S.


 

Oshlovchi moddalar bilan ishqoriy moddalar birikib cho’kma hosil qiladi.

Miksturada ko’ngir rangli cho’kma hosil bo’ladi, uning tarkibida tannat geksametilentetramin, kodein va tropan alkaloidlari bor.

 

Rp.: Infuzi herbae Adonidis vernalis 80—200



Ext. Crataegi 25,0

Tincturae Conallariae 6,0

Kalli bromidi 5,0

M.D.S.


 

Do’lana ekstrakti tarkibidagi oshlovchi moddalar, yurak glikozidlari bilan birikib Zaharli amorf cho’kma hosil qiladi.

Rp.: Infuzi radicis Althaeae 200 ml

Apomorphini hydrochloridi 0,05

Morphini hydrochloridi 0,03

Elexiris pectoralis 5,0

M.D.S.

 

Ko’krak eliksiri hisobiga hosil bo’lgan ishqoriy muxitda apomorfin gidroxlorid parchalanadi va ajralib cho’kmaga tushgan apomorfin asos xavodagi kislorod bilan oksidlanib, uning mahsulotlari miksturani yashil rangga bo’yaydi.



 

Rp.: Chloralhydrati

Barbitali natrii 2,0

Infusi radicis Althaeae 60 ml

Aquae Menthae 60 ml

M.D.S.


 

Bu erda suvli ajratmani buzilishi, uni rangini o’zgarishi bilan belgilanadi. Loyqa, parda hosil bo’lishi, cho’kma tushishi va nordon maza berishi miksturaning sifatsizligidan darak beradi.

Bu buzilish mikroorganizmlar hisobiga bo’lib, chukur fizik-kimyoviy o’zgarishga olib keladi, ta’sir etuvchi moddalar parchalanadi.

 

Rp.: Infusi foliorum Uvae ursi 3,0—100 ml



Natrii hydrocarbonatis

Liquoris ammonii anisatis 2,0

M.D.S.

 

Natriy gidrokarbonat va novshadil anis tomchisi hosil qilgan ishqoriy muxit natijasida ayikquloq tarkibidagi arbutin glikozidi parchalanadi, cho’kma hosil bo’ladi.



 

Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 6,0—200 ml

Natri bromidi 4,0

Sol Iodi 3 ml

M.D.S.

 

Valeriana damlamasi kraxmal bo’lganligi uchun, yod ishtirokida miksturani ko’k rangga bo’yaydi. SHu sababli bu dorixat berilmaydi.



 

Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0—180 ml

Ephedrini hydrochloridi

Papaverini hydrochloridi 0,25

Aethylmorphini hydrochloridi 0,15

Euphyllini 0,4

M.D.S.

 

Eufillin ishqoriy muxitni hosil qilganligi sababli, etilmorfin va papaverin asoslari ajraladi. Bu erda eufillin alohida berilsa, dorixatni tayyorlash mumkin.



 

Rp.: Infusi herbae Termopsidis 0,2—100 ml

Natrii benzoatis 2,0

Acidi ascorbinici 1,5

Sirupi sacchari 10,0

M.D.S.


 

Tarkib nomutanosib. Benzoat kislotasi cho’kmaga tushadi. Bu erda askorbin kislotasini alohida elaki dori sifatida berilishi kerak.

Miksturani quyidagicha tayyorlanadi. 0,2 termopsis quruq ekstraktini 80 ml suvda eritiladi, beriladigan idishga suziladi va byuretkadan 20 ml benzoat natriyni 10% eritmasidan va 10 ml qand sharbati qo’shib, tayyorlab beriladi.

 

Rp.: Infusi foliorum Uvae ursi 20,0—200 ml



Hexamethylentetramini

Themysali 3,0

Coffeini natrii benzoatis 2,0

M.D.S.


Temisal ta’sirida ayikquloq bargi qaynatmasidan oshlovchi moddalar oksidlanadi va cho’kmaga tushadi.

CHo’kma oshlovchi moddalar bilan geksametilentetraminni murakkab birikmasini saqlaydi. Oshlovchi moddalar kofein bilan ham birikadi.

CHo’kmada tannat, kofein kora yopishkok massa holida bo’lib, idish tagi va devorlariga yopishib qoladi. Dori berilmaydi.

 
Rp.: Infusi radicibus Valerianae 15,0—200 ml

Ammonii bromidi

Kalii bromidi 4,0

Barbitali natrii 2,0

Amidopyrini 3,0

M.D.S.

 

Barbital natriy va amidopirin hosil qilgan ishqoriy muxitda ammoniy bromid parchalanib ammiak ajratadi.



Bu dorini shifokor bilan kelishib, ammoniy bromid o’rniga boshqa brom preparatlari bilan (bromid natriy) tayyorlash mumkin. 70 ml tozalangan suvda 2 g barbital natriy eritiladi, beriladigan idishga filtr­lanadi. Byuretkadan 60 ml 5% amidopirin, ammoniy bromid o’rniga 20% natriy brom eritmasidan 20 ml, 20% bromid kaliydan 20 ml valerianani suyuq ekstraktidan 30 ml (1:2) o’lchab qo’shiladi.

 

Rp.: Infusi Radicibus Valerianae 10,0—200 ml



Aethylmorphini hydrochloridi 0,2

Kalii iodidi 3,0

Natrii nitritis 1,0

M.D.S.


 

Kaliy yodid va natriy nitrit birikishi natijasida yod ajralib chiqadi. Dori berilmaydi.

 

Rp.: Infusi radicibus Valerianae 6,0—200 ml



Codeini 0,12

Natrii bromidi 4,0

Barbitali natrii 2,0

Calsii chloridi 10,0

Asidi ascorbinici 1,5

M.D.S.


Bu erda barbital cho’kmaga tushadi.

SHifokor bilan kelishib barbital natriyni elaki dori shaklida alohida beriladi. Mikstura quyidagicha tayyorlanadi.

Beriladigan idishga 80 ml suv quyib, 20 ml 20% nat­riy brom va 20 ml 50% kalsiy xlor eritmalari qo’shiladi.

56 ml suvda 165 askorbin kislotasi eritilib unga pipetka yordamida 12 ml 1% kodein eritmasi qo’shiladi.

Ikkala eritmani qo’shib, unga 12 ml valeriana suyuq konsentratidan (1:2) qo’shiladi.

Suvli ajratmalarni saqlash va sifatiga baho berish

 

Farmakopeya talabi bo’yicha damlama va qaynatmalar yangi tayyorlangan bo’lishi va “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan chiqarilishi kerak. Ajratmalarda qand, kraxmal, shilimshiq miqdori ko’p bo’lganligi mikroorganizmlar rivojlanishi uchun yaxshi sharoit hisoblanadi.



Damlama va qaynatmalar zaruriyat tugilgandagina “ex tempore” tayyorlanadi. Saqlash muddati 2 - 3 kun. Jihozlanishi quyidagicha: “Sirtga”, “Ichishga”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”.

Damlama va qaynatmalarni sifatiga baho berish:





Download 1.18 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 1.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mag’iz va urug’lardan po’slog’i yoki qobig’ini ajratmasdan emulsiya tayyorlash

Download 1.18 Mb.