• Filtrlash (filtration)
  • 3. QATTIQ DORI MODDA ERITMALARI
  • Q = Q Q /-S/ Q
  • Foydalanilgan adabiyotlar.
  • sOni.
  • 6 - Ma’ruza MAVZU 6 . Konsentrlangan eritmalar, ularni suyultirish va quyultirish bilan bog’liq hisoblashlar Reja: 1.
  • Umumiy texnologik usullar




    Download 1.18 Mb.
    bet5/20
    Sana31.12.2019
    Hajmi1.18 Mb.
    #6884
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

    Umumiy texnologik usullar

    Suyuq dori shaklida foydalaniladigan komponentlarning hammasidan yuqori darajali eritma tayyorlanadi. Bunday suyuq dorilardan foydalanishda shu eritmalardan aniq bir hajmda, idishga o’lchab olinsa kifoya. Albatta bunda eritmalarni solish navbati ularning xususiyatiga qarab belgilanadi.

    YUqori darajali eritmalari bo’lgan moddalardan tashqari, yana boshqa dori moddalar ishlatiladigan bo’lsa, ular hisoblangan miqdordagi erituvchida eritilib bemorga beriladigan shisha idishga filtrlanadi.

    Filtrlash (filtration) dorixona amaliyotida qo’llaniladigan har qanday (katta-kichik) ko’z ilgamaydigan zarrachalardan eritmalarni tozalash usuli bo’lsa, suzish (colatio) esa ko’zga ko’rinarli zarrachalardan eritmani holi kilish hisoblanadi. SHuning uchun filtrlashda mayda govakli tozalagichdan foydalanilsa, suzishda esa yirik govakli tozalagichlar ishlatiladi. Dorixona sharoitidagi asosiy tozalagich bu filtr kogoz hisoblanib, u toza kletchatkadan iborat. U oliy navli kogozdan olinib, tarkibida ishqoriy muxit beruvchi tuzlar, kislotalar, kraxmal va yog’ochning boshqa qoldiqlari bo’lmasligi kerak.

    Filtrlash va suzish uchun asosan shisha voronkalardan foydalaniladi. Suzishni paxta orqali o’tkazilganda, voronka shakli sharsimon bo’lgani ma’kul, chunki paxta chimdimi bunday holda yaxshi o’rnashadi. Paxta chimdimini mayda tolalardan ajratish maqsadida uni yuviladi. YUvilgan eritmani takror o’tkazib, mayda paxta tolalari o’tmaguncha takrorlanadi. SHundan so’nggina dori eritmasi butunlay suziladi.

    Filtrlashni tezlatish maqsadida (qavatlangan) taxlangan filtr kogozlaridan foydalaniladi. Bunday filtrlar uchun 450 burchakli bo’yinchasi bo’lgan voronkalar mos keladi. Filtr yorilmasligi uchun voronkaning tubiga bir bo’lak paxta qo’yiladi. Kam hajmli eritmalarni (tomchi) filtrlashda esa, to’gri sillik filtrlar va 600 burchakli voronkalar qo’llaniladi. Filtrlashda faqat kogoz filtrlar ishlatilganda, ular ham albatta, yuqorida ko’rsatilgandek yuvilishi kerak. Suzish, filtrlashni dastlab "yordamchi idishda" o’tkazish lozim, toki o’tayotgan eritma tozaligiga ishonch hosil qilingach, uni bemorga beriladigan shisha idishga filtrlanadi va pirovardida shu filtr orqali "yordamchi idishdagi" eritma o’tkaziladi. Paxta va filtr kogozni suv bilan yuvish mumkin emas, chunki bu eritma darajasining pasayishiga olib keladi.

    Paxta va filtr kogoz tayyor eritmani shimganida eritmaning ma’lum bir qismi yo’qoladi. Bu esa olingan paxta bo’lakchasi va filtr kogoz hajmi bilan bog’liq bo’lgan yo’kolishdir. SHuning uchun olinayotgan tozalagichlar miqdori eritma hajmiga mos qilib olinishi kerak. Eritma miqdori 100 ml va undan ortiq bo’lganda suzishda va filtrlashda "yo’kotilgan" eritma miqdori belgilangan normaga to’gri keladi.

    Kam hajmdagi (10-30 ml) eritmalarni filtrlashda "yo’kotiladigan" eritma miqdori reglament normalaridan oshib ketgani uchun uni filtrlashda alohida usullar qo’llaniladi. Suzishda va ayniqsa filtrlashda dori moddalarning tozalagichlarga so’rilishi (adsorbsiya) natijasida eritmada modda konsentratsiyasi kamayadi. Misol tariqasida pepsin eritmalari, asosan rangli moddalar (metilen ko’ki), etakridin laktat, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa moddalarni keltirish mumkin, bu hol bo’lmasligi uchun shisha filtrlardan foydalangan ma’kul. Mayda govakli shisha filtrlardan (№ 4 va 5) foydalanish uchun albatta xavo bosimini kamaytiradigan asboblar qo’llanilishi kerak. Bu xususda laboratorik sistema va boshqa suv okimida ishlaydigan uskunalar ishlatiladi. O’simlik moylari va shunga o’xshash, isiganda yumshaydigan eritmalarni filtrlashda issiq usul qo’llanadi.

    Bu maqsadda suv bilan isitiladigan ikki qavatli voronkalar yoki elektr bilan ishlaydigan voronkalar ishlatiladi.

    SHisha idishdagi suyuqlik miqdori idish elkasidan oshmasligi kerak. SHisha idishlarning ogzini maxkamlashda po’kak yoki plastmassa tikinlardan foydalaniladi. Barxat va yarim barxat po’kaklardan tayyorlangan tikinlar yaxshi navli hisoblanib, ular mayda govakli, oson egiluvchan, toza va etarlicha qattiqlikka ega bo’ladi.

    Po’kak tikinlar ishlatiladigan bo’lsa, ularning shisha ogzi diametridan bir oz katta o’lchami tanlab olinib, uni tikinsozlagichlarda eziladi va shisha ogzi maxkamlanadi. Bu usulda maxkamlashning boisi shishaning zich yopilishini ta’minlashdir. Tikinning 1/3 qism balandligi shishadan chikib turishi kerak. Plastmassadan tayyorlanadigan tikinlar o’lchami shisha ogzining o’lchamiga mos qilib chiqariladi. SHisha ogzini maxkamlash uchun uni ko’lda, bo’ynidan ushlab ko’targan holda maxkamlanadi. Bu usulda maxkamlashdan maqsad, idish sinib ishchining jaroxatlanishidan saqlashdir. Tikin tagiga albatta mumlangan yoki parafinlangan kogoz qo’yilishi kerak. Tikinni shisha ogzida mustaxkamlash uchun ustidan gofrillangan kogoz kalpokcha kiydirib ham tagidan maxkamlab, ustidan dorixona rekvizitlari (manzillari) yozilgan kogozcha yopishtirilsa, dori "muxrlangan" holda bemor ko’liga tegadi.

    Ayrim hollarda tikinni elimli mum bilan maxkamlanadi. Buning uchun tikin bilan maxkamlangan idish ogzini qizdirilgan elimli mum ichiga tikib olinadi. Mum sovib kotganda tikinni shisha ogzida maxkam ushlab qoladi.

     

    3. QATTIQ DORI MODDA ERITMALARI

     

    Qattiq dori moddalarning aksariyati kristall moddalardir. Kristall moddalarning erishi bir vaqtda sodir bo’ladigan 2 ta jarayondan iborat. Bu solvatatsiya (gidratatsiya) va kristall panjaralari emirilishdir.



    Bu hol quyidagi natriy xlor misolida keltirilgan. Natriy xlorid ionlari kutbli suv molekulalari bilan birgalashib Na(q) ioni suv molekulasining manfiy kutbiga Cl(-) anioni esa suvning musbat kutbiga karatilgan bo’lib, suvning kutbli molekulalari sekin-asta Na(q) va (-)Cl ionlari orasiga kirib, ularni kristall panjarasidan ajratadi.

    Erish jarayonining jadalligi, erituvchi molekulasi bilan eriydigan modda zarrachalari orasidagi boglanish kuchi bu zarrachalarning o’zaro boglanish kuchidan yuqori va yoki past bo’lishiga bog’liq. Boshqa erituvchilarga nisbatan suvning kutblik xususiyati ancha yuqori. Suvning ana shu xususiyati kutbli moddalarni ionlarga bo’ladi va ularni kristall panjarasidan ajratadi. Moddalar erishida eritmalar isishi yoki sovishi hollari uchraydi. Eritmaning isishi undagi energiyaning sarflanishini ko’rsatsa, sovishi esa energiya sarf bo’lishini bildiradi. Bu xodisa qattiq jismning suyuqlanishi, ya’ni kristall panjarasi buzilishida albatta ma’lum bir energiya sarf bo’lishini ko’rsatadi. Natriy xlorid tarkibidagi natriy va xlor ionlari uni erishigacha kristall panjara boglamlari orqali bir-biri bilan boglangan. Bu boglam bo’ginlarida ionlar faqat aylanma va tebranma harakatga ega bo’ladi. Modda erigandan so’ng esa bu ionlar butun eritma bo’ylab harakat qiladi va buning uchun esa qinetik quvvat sarflanadi. Bu qinetik quvvat eritma harorati sovishi hisobiga to’planadi. Kristall panjaradagi ionlarning bir-biri bilan bog’liqligi qanchalik kuchli bo’lsa, ular eriganda eritma harorati shunchalik pasayadi. Modda eritilganda eritma harorati ko’tarilishi solvatatsiya jarayoni hisobiga bo’ladi. YA’ni erituvchi molekulalari bilan eruvchi modda molekulalarining birikishi (tezligi) hisobiga. Erituvchi molekulasi kristall modda ionlari va molekulalari bilan oson biriksa va bu jarayon qanchalik kuchli bo’lsa, erituvchi va eruvchi modda molekulalari shunchalik oson va tez harakatga keladiki, bu harakat natijasida eritma harorati ko’tariladi.

    Eritma haroratining ko’tarilishiga sarf bo’lgan energiyani /q/ modda va erituvchi orasidagi solvatatsiya energiyasi bilan /q/ kristall panjara parchalashga /-S/ ketgan energiya yigindisi deb karash kerak.

    Q = Q Q /-S/

    Q - eritma haroratining ko’tarilish energiyasi faqat musbat kiymatli, ya’ni doim eritma haroratini ko’taradigan kiymatga ega bo’lmay, balki ba’zi vaqtlarda manfiy kiymatli yoki eritma haroratini pasaytirishi ham mumkin. Kristall panjara qanchalik kuchli bo’lsa yigilmadagi /-S/ kiymati katta bo’lsa, erituvchi harorati pasayadi. Aksariyat, bu ikki kiymat bir-biriga teng yoki yakin bo’lishi eritma harorati o’zgarmasligini ko’rsatadi va biz uni sezmaymiz. Eritma haroratini o’zgarishi birligi hisobida 1 g mol moddani etarli miqdordagi erituvchida eritilgandagi o’zgarishi olinadi. Masalan, eritilganda harorati pasayadigan eritmalarga KNO3 eritmasi Q=-8,52 k. kal/g. mol KCl uchun (Q=-5,11). NaSl, (Q=1,2). NaVr (Q=-0,19) va boshqalar. Eritilganda harorati ko’tariladigan eritmalarga AgNO3; q=q5,4 kkal/g mol NaOH; (q=10,0 k. kal/mol) va boshqalar. Kristall suvi bo’lgan kristallogidratlarni erishidagi eritma haroratining ko’tarilishi quruq moddalarga nisbatan ancha past bo’ladi.

     

    Masalan: CaCl2=q17,4. k. kal/g. mol



    CaCl· H2O uchun esa q=-4,31 k. kal/g. mol.

     

    Buning ayirmasi (q=17,41)-(-4,31)=21,72 k. kaloriya kristallogidrat hosil bo’lgandagi sarf bo’lgan energiya miqdoridir.



    Eritma tarkibida 3% gacha bo’lgan moddalarni o’lchab olingan hajmdagi erituvchida to’gridan-to’gri eritish mumkin. Eritmaning umumiy hajmini hisoblaganda modda hajmi hisobga olinmaydi, chunki bu miqdordagi moddalar eritma hajmini sezilarli darajada o’zgartirmaydi. Eritmaning bu holdagi hajmi o’zgarishi reglamentlarda keltirilgan sharoitda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolik darajasida bo’ladi.

    Eritma tarkibidagi quruq modda miqdori 3 va 3% dan oshik bo’lsa, unda albatta suyultiriladigan eritmalardan foydalanish kerak. Suyultiriladigan eritmalari bo’lmasa, ularni albatta hajm-o’lchovli idishlar yordamida og’irlik hajm usulida tayyorlanadi. YOki erituvchi miqdori oldindan hisoblab olinadi. Bu hisoblashda moddani hajm oshishi koeffitsenti, ya’ni 1 g modda eriganda eritma hajmining ko’payish miqdori hisobga olinadi. Eritma solishtirma og’irligini hisobga olib ham hisoblash mumkin. 3% va undan ortiq quruq modda saqlagan eritma tayyorlashda, moddani o’lchab olingan suvda eritish to’gri bo’lmaydi, chunki modda erishi natijasida suyuqlik hajmini ko’payishi ko’rsatilgan normadan oshib ketadi. Bu holda hajm o’lchov asboblari bo’lmasa, albatta modda hajm oshishi koeffitsenti yoki eritmani solishtirma og’irligi hisobga olinishi kerak va o’zbekiston Respublikasi Soglikni saqlash vazirligining 29 dekabr 2002 yil 582-sonli buyrug’i bilan tasdiklangan «Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash buyicha qo’llanma» ga asosan suyuq dorilar og’irlik - hajm usulida tayyorlanadi.


    Foydalanilgan adabiyotlar.
    1. Sinev D.N., Gurevich I.Ya. “Tegxnologiya lekarstv i analiz ”. Moskva “Meditsina”. 1982 st. 107-108

    2. Kondrateva T.S., “Rukovodstvo к laboratorno'm zanyatiyam po aptechnoy texnologii lekarstvenno'x form”. Moskva. “Meditsina” 1986. St. 158-176

    3. DF - XI sOni. 2-jild. Moskva, «Meditsina», 1990.Yu, 148-149

    4. Kondrateva T.S.,’’Texnologiya lekarstvenno'x form ” Moskva, “Meditsina”, 1991. St. 277-311

    5. Gretskiy V. М., “Rukovodstvo к prakticheskix zanyatii po texnologii lekarstvenno'x form Moskva. “Meditsina” 1991. St. 192- 209

    6. M.M.Miralimov “ Yig’indi preparatlar texnologiyasi”. Toshkent.” Abu Ali ibn Sino”. 2001. 348-356 betlar.

    7. Tixonov A. I., Yamo'x T.G., “Texnologiya lekarstv” Xarkov, Izd. NFAU “Zoloto'e stranitso'”, 2001 st. 365-406

    8. M.M. Miralimov, N.N. Nishonov, Z.Knazarova. “spravochnik po texnologi lekarstv” st. 133-134.

    9. M.M. Miralimov, X.K. Abdullaeva,-Z.Y.Mamatmusaeva, N. A Azimova “Farmacevtik texnologiya asoslari fanidan amaliy qo’llanma”, 2004, 28-40 betlar.

    10. Sinev D.N., Gurevich ‘‘Texnologiya i analiz lekarstv” Moskva, Meditsina, 1989 st. 118-121



    6- Ma’ruza
    MAVZU 6. Konsentrlangan eritmalar, ularni suyultirish va quyultirish bilan bog’liq hisoblashlar

    Reja:

    1. Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash

    2. Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish

    3. Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash

    Ma’lumki byuretka moslamasi qadimdan ishlatilib kelingan moslama bo’lib. Dorixonada tayyorlanayotgan dori preparatlarining dolzarbligi yo’qolmagan. CHunonchi, AQSH da 2000 yildan 2010 yilgacha bo’lgan davrda ishlab chiqarish dorixolarning soni 500 tadan 1300 tagacha ko’paygan. FDA tomonidan tasdiqlangan ekstemporal retseptlar 300 dan 1500 tagcha soni oshgan. Zamonaviy dorixona asbob uskunlari kupayib, xozirgi kunda bir necha yuzlab namunalari mavjud.2

    Dori moddalarining retseptda beriladigan konsentratsiyasidan yuqori qilib tayyorlanadigan eritmalar konsentrlangan eritmalar deb ataladi.

    Konsentrlangan eritmalarni asosan gigroskopik, ko’p miqdorda kristallizatsion suv saqlovchi dori moddalaridan tayyorlash tavsiya etiladi.




    Download 1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1.18 Mb.