• Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 7 - Ma’ruza. Mavzu 7 . Murakkab miksturalar tayyorlash. 582-583 buyru q lar asosida miksturalar tayyorlashning o’ziga xosligi
  • Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash
  • Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
  • Tarkibida 3% dan ko’p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
  • 8 - Ma’ruza. Mavzu 8 . Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish. Reja
  • 9 - Ma’ruza. Mavzu 9 . Suvsiz eritmalarni tayyorlash (spirtli, moyli glitserinli eritmalar) Reja
  • Suvsiz eritmalarga misol qilib yana eliksirlarni olsa bo’ladi. Eleksir
  • Suvsiz eritmalar sifatini baholash
  • Uzluksiz (cheksiz) bo‘kish xususiyati bo‘lgan yuqori molekulali birikmalarning eritmalari
  • Kamed eritmalari (elimlar)
  • 5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1




    Download 1.18 Mb.
    bet6/20
    Sana31.12.2019
    Hajmi1.18 Mb.
    #6884
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    1.12.-rasm. Byuretka moslamasi UB -16
    Konsentrlangan eritmalar (O’zSSVning 582 sonli buyrug’i asosida) og’irlik — hajm usulida aseptik sharoitda yangi xaydalgan, tozalangan suvda tayyorlanadi. Ularni tayerlashda ulchov idishlaridan (ulchov kolbasi) foydalaniladi. Agar ulchov idishi bo’lmasa olinishi lozim bo’lgan suv miqdorini eritma zichligi yoki dori moddasining hajm oshish koeffitsientidan foydalanib hisoblanadi. Tayyorlangan eritma filtrlanib tulik kimyoviy taxlildan o’tkaziladi.
    Eritma zichligi buyicha olinadigan suv miqdorini hisoblash:

    A) 1 l 20% li geksametilentetramin eritmasini tayyorlash uchun qancha tozalangan suv kerak bo’ladi?

    Eritmani tayyorlash uchun olinadigan geksametilentetramin miqdori hisoblanadi:

    20 gr-100ml

    X -1000 ml x=200 gr

    Eritma zichligi 1,042 g/ml. Hisoblashda 1 l 20% li geksametilentetramin eritmasining massasi:

    1,042 g/ml . 1000 ml = 1042 g ekanligi asos qilib olinadi.

    Tozalangan suv =842 g (ml)1042 g - 200 g = 842 g(ml) miqdorda suv talab etiladi.

    Dori moddasining hajm oshish koeffitsenti buyicha olinadigan suv miqdorini hisoblash:

    200 *0,78 ml/g = 156 ml (200 g geksametilentetramin eriganda egallagan hajm).



    1000 ml - 156 ml = 844 ml tozalangan suv kerak.
    Konsentrlangan eritmalarni kuyultirish va suyultirish

    1. Taxlil natijasi eritma konsentratsiyasining ko’p yoki kam chiqqanligini ko’rsatsa, u holda konsentratsiyani me’yoriga etkazish zarur.

    Faraz kilaylik, yuqorida tayyorlagan geksametilentetramin eritmasining konsentratsiyasi 23% bo’lib chikdi, demak eritmani suyultirish lozim. Buni quyidagi formula yordamida amalga oshiramiz:

    bu erda: X — eritmani suyultirish uchun kerak bo’lgan suv miqdori, ml;

    A — tayyorlangan eritma hajmi, ml;

    B — talab etiladigan eritma konsentratsiyasi, % da;

    C — tayyor eritmaning amaldagi konsentratsiyasi, % da.

    Demak, 23% geksametilentetramin eritmasini me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 150 ml tozalangan suv solish lozim.



    1. Boshqa holda taxlil natijasi geksametilentetramin eritmasining konsentratsiyasi 18% ekanligini ko’rsatdi. Eritma konsentratsiyasi me’yorida (20%) bo’lguncha geksametilentetramin qo’shish talab etiladi. Hisob quyidagi formula buyicha olib boriladi:


    bu erda:

    X– eritmaga qo’shish kerak bo’lgan moddaning miqdori,g da;

    A– tayyorlangan eritmaning miqdori, ml da;

    B– talab etilgan eritma konsentratsiyasi, % da;

    C– amaldagi konsentratsiyasi, % da;

    d– eritma zichligi, g/ml da.

    Demak, 18% li eritmani me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 23,7g geksametilentetramin qo’shish lozim. Eritmalar konsentratsiyasi tщg’irlangandan so’ng, yana bir marta filtrlanib (chunki quruq modda qo’shiladi) tahlil qilinadi.


    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Miralimov M.M. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” Ibn Sino.- 2001, 339 bet.

    2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.Ya., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

    3. Texnologiya lekarstvennыx form. Kondrateva T.S. taxriri ostida.- Moskva.- 1991.- 434 s

    4. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
    7- Ma’ruza.

    Mavzu 7. Murakkab miksturalar tayyorlash. 582-583 buyruqlar asosida miksturalar tayyorlashning o’ziga xosligi

    Reja:

    1. Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash

    2. Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash


    Murakkab miksturalar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo’yicha qo’llanma”ga asosan olib boriladi. “O’zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati”

    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 583-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash bo’yicha qo’llanma “O’zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati” III-kitob (Bosh muharrir f.f.d., prof. A.N.YUnusxo’jaev, Tuzuvchi f.f.d., prof. X.K.Jalilov)



    Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash
    O’zSSV ning 582 sonli bo’yrug’iga asosan:

    Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og’irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) buyicha ulchab beriladi. Miksturalarni og’irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, ulchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ruyxati ilovada keltirilgan.

    Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya’ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi.

    Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yigindisidan iborat bo’ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to’g’ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko’paytirish kerak.

    582 sonli bo’yruqqa binoan : agar retseptda erituvchi miqdori aniq ko’rsatilgan bo’lsa;


    1. Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi.

    Rp: Natrii hydrocarbonatis

    Natrii salicylatis ana 2,0

    Tincturae Valerianae 5 ml

    Sirupi sacchari 10 ml

    Aquae purificatae 180 ml

    M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.

    Hisoblash:

    Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml

    Natriy salitsilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml

    Valeriana nastoykasi 5 ml

    qand sharbati 10 ml

    Tozalangan suv miqdori (180 ml q 5 ml q 10 ml) - (40 ml q 20 ml q 5 ml q 10 ml) = 120 ml yoki 180 ml - (40 ml q 20 ml) = 120 ml
    Umumiy hajmi 180 q 5 q 10 = 195 ml
    Tayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidrokarbonat, 20 ml 10% li natriy salitsilat eritmasi solinadi. Pipetka erdamida 10 ml qand sharbati va 5 ml valeriana nastoykasi ulchab olinadi. qand sharbatini og’irlik buyicha ulchash mumkin, bunda uning zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi.


    1. Agar erituvchi miqdori chegaralgan, ya’ni “gacha-ad” so’zi belgilangan bo’lsa,

    Rp: Natrii benzoatis 2,0

    Natrii hydrocarbonatis 1,0

    Elixiris pectoralis 3 ml

    Sirupi sacchari 10 ml

    Aquae purificatae ad 100 ml

    M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal.

    Pasporti:

    Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2*10=20 ml

    Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20)

    1*20=20 ml

    qand sharbati 10 ml

    Kukrak eliksiri 3 ml

    Tozalangan suv 100 - (20q20q3q10)=47 ml

    Umumiy hajm 100 ml


    Tayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li (1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml kukrak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli erlik epishtiriladi.
    Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
    Dorixonada konsentrlangan eritmasi bo’lmagan quruq dorivor moddalar mikstura tarkibining 3% ni tashqil kilsa, u holda ularni retseptda ko’rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda eritib olinadi. Mikstura hajmini aniqlayotganda quruq modda egallagan hajm hisobga olinmaydi.
    Rp: Sol. Hexamethylentetramini 3% - 100 ml

    Ammonii chloridi 1,0

    Liquoris ammonii anisati 3 ml

    M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

    Pasporti:

    Geksametilentetramin eritmasi (1:10) 3x10=30 ml

    Ammoniy xlorid 1,0

    Novshadil-arpabodiyon tomchisi 3 ml

    Tozalangan suv 100ml - 30 ml = 70 ml

    Umumiy hajm 103 ml.


    Tayyorlash texnologiyasi: yordamchi idishda 1,0 g ammoniy xlorid 70 ml tozalangan suvda eritiladi. Eritma bemorga beriladigan idishga suzib solinadi. Ustiga byuretka moslamasidan 30 ml 10% li geksametilentetramin eritmasidan quyiladi. Tayyor miksturadan 5—8 ml olib stakanga solinadi va 3 ml novshadil arpabodiyon tomchisi qo’shib aralashtiriladi va shisha idishga solinadi. Tayyor miksturaga tegishli erlik epishtiriladi.

    Tarkibida 3% dan ko’p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash

    Bunday miksturalarni tayyorlashda albatta ulchov idishlaridan foydalanish lozim yoki quruq modda eriganda egallagan hajmni hisobga olib tayyorlanadi.


    Rp: Magnii sulfatis 20,0

    Tincturae Valerianae

    Tincturae Convallariae ana 6 ml

    Aquae purificatae 200 ml

    M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.

    Pasporti:

    Magniy sulfat 20 g; (X.O.K. magniy sulfat= 0,5 g ml)

    Valeriana nastoykasi 6 ml

    Marvaridgul nastoykasi 6 ml

    Tozalangan suv 190 ml 200 –( 20 x 0,5) = 190 ml

    Umumiy hajmi 190 q 10 q 6 q 6 = 212 ml
    Tayyorlash texnologiyasi: 200 ml li ulchov kolbasi (yoki silindr) ga 20,0 magniy sulfat, 100 ml gacha tozalangan suv solib eritiladi. Eritma hajmi 200 ml gacha etkazilib bemorga beriladigan idishga suziladi. SHu idishga 6 ml dan marvaridgul va valeriana nastoykalaridan solinadi. Miksturani o’lchov kolbasini ishlatmay ham tayyorlash mumkin. Magniy sulfatning hajm oshish koeffitsienti 0,50 ml/g ga teng, demak 20 g magniy sulfat eriganda 20 x 0,5 = 10 ml hajmni egallaydi. Bundan olinadigan tozalangan suv miqdori 190 ml ekanligi kelib chiqadi. Tayyor bo’lgan miksturaga tegishli yorliklar epishtiriladi.

    8- Ma’ruza.
    Mavzu 8. Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish.
    Reja

    1. Standart farmakopeya suyuqliklari

    2. Suvsiz eritmalar tayerlashda ishlatiladigan erituvchilar-ta’rifi, tasnifi, nomenklaturasi.

    3. Xlorid kislotasini suyultirish

    4. Ammiak eritmasi va sirka kislotasini suyultirish

    5. 2 xil nomga (shartli va kimyoviy) ega bo’lgan standart suyuqliklarni suyultirish.


    Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish suyuqlikdagi dorivor moddaning miqdoriga va dorixatdagi talabga ko’ra amalga oshiriladi. Farmakopeya suyuqliklaridan tayyorlangan dori shakllari, bevosita bemor ko’liga beriladigan flakonda tayyorlanadi, kerak bo’lgan hollardagina suziladi.

    Standart farmokopeya suyuqliklari deb, kislota, ishqor va tuzlarning aniq konsentratsiyada korxonada tayyorlangan va DF da alohida maqola berilgan suvli eritmalarga aytiladi. Standart eritmalar suv bilan yaxshi aralashadi va ularni suyultirish, 582 bo’yrug’i asosida olib boriladi.

    Standart farmakopeya suyuqliklari suyultirish 3 guruhga bo’lib o’rganiladi.

    1.Xlorid kislotasini suyultirish.

    2.Ammiak eritmasi va sirka kislotasini suyultirish.

    3. 2 xil nomga (shartli va kimyoviy) ega bo’lgan standart suyuqliklarni suyultirish.

    Xlorid kislotaning turli konsentratsiyasidagi eritmalari uning 8,3% li suyultirilgan kislotasidan tayyorlanib, uni birlik sifatida qabul qilingan. Agar dorixatda kislota konsentratsiyasi ko’rsatilmasa, suyultirilgan xlorid kislota tushuniladi.

    1. X DF da xlorid kislotaning 2 xil eritmasi keltirilgan:

    Acidum hydrochloricum 24,8—25,2%

    Acidum hydrochloricum dilutum 8,2—8,4%

    Sirka kislota va ammiak eritmalari doim ishlatilayotgan eritmadagi sof modda miqdorini hisobga olib tayyorlanadi. Dorixatda sirka kislota yoki ammiak konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, ammiakning 10%li eritmasi, sirka kislotaning 30% li eritmasi tayyorlanib ko’lga beriladi.

    X DF ko’rsatmasiga kura, agar retseptda xlorid kislota konsentratsiyasi ko’rsatilmasa Acidum hydrochricum dilutum (8,2—8,4%) tushuniladi. Ammo dorixonaning assistent xonasida bu kislotaning turishi man etiladi va uning 1:10 nisbatida tayerlangan konsentrati ishlatiladi.

    Rp: Acidi hydrochlorici 2 ml

    Aquae purificatae 150 ml

    M.D.S. chorak stakan suvga 25 tomchidan tomizilib,

    ovkatdan oldin ichilsin.

    Miksturaning umumiy hajmi 152 ml. YOrdamchi idishga 132 ml tozalangan suv va xlorid kislota (8,3% li) eritmasining 1:10 nisbatli konsentratidan 20 ml qo’shiladi, aralashtirib shisha flakonga paxta tampon orqali suziladi.

    Agar retseptda xlorid kislotaning xoxlagan konsentratsiyadagi eritmasi yozilgan bo’lsa Acidum hydrochricum dilutum ishlatiladi va hisoblashda uni 100% deb qabul qilinadi.

    Rr: Sol. Acidi hydrochlorici 3% - 100 ml

    D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.

    Miksturani umumiy hajmi 100 ml. YOrdamchi idishga 70 ml tozalangan suv, 30 ml xlorid kislotaning 1:10 konsentrati solinadi, aralashtirib flakonga suziladi.

    Xlorid kislotaning 24,2—25,3%li eritmasi dorixonalarda faqat Demyanovichning 2-sonli eritmasini tayyorlashda ishlatiladi va hisoblashda bir (100%) deb qabul qilinadi.

    Rp: Sol. Acidi hydrochlorici 6% - 200 ml

    D.S. sirtga (Demyanovichning 2-son eritmasi)


    Yordamchi idishga 188 ml tozalangan suv va 12 ml 24,2—25,3% li xlorid kislota solib aralashtiriladi. So’ng shisha idishga suziladi. Agar dorixonada ushbu konsentratsiyali kislota bo’lmasa 8,3% li kislotadan 3 xissa (36 ml) olib eritma tayyorlanadi.

    2. Ammiak va sirka kislotasi eritmalarini suyultirishda hamisha sof modda miqdorini hisobga olish kerak bo’ladi. Bunda quyidagi suyultirish formulasidan foydalaniladi.



    X- erituvchining miqdori

    V— hajm

    V —eritmani retseptdagi foizi



    A— standart konsentratsiya
    Rp: Sol. Ammonii caustici 1% — 300ml

    D.S. Sirtga.


    Pasporti: Ammiak eritmasi (10%)- 30ml

    10-100


    X – 300 x =30 ml

    Tozalangan suv 270 ml

    YOrdamchi idishga 270 ml suv, 30 ml 10% li ammiak eritmasi solib aralashtiriladi va shisha idishga suziladi.

    3.Ikki xil nomga (kimeviy va shartli) ega bo’lgan standart eritmalarni suyultirish.

    Standart farmakopeya eritmasida preparatning faqat kimyoviy nomi yozilgan yoki nostandart konsentratsiyasi ko’rsatilgan miqdori hisobga olinadi. Agar eritma shartli nom bilan atalgan bo’lsa, u eritma konsentratsiyasi 100% deb hisoblanadi.

    Rp.: Solutionis Formaldehydi 3%-100 ml.

    D. S. Sirtga ishlatish uchun.
    Eritma kimyoviy nom bilan ko’rsatilgan. Standart farmakopeya eritmasida formaldegidning miqdorini hisobga olib (37%), flakonga 91,9 ml suv va 8,1 ml formalin quyiladi.

    Rp: Solutionis Formalini 5% — 200 ml.

    D. S. Sirtga ishlatish uchun.
    Eritma shartli nom bilan ko’rsatilgan farmakopeyadagi eritmada formaldegid miqdorini hisobga olib (37%), flakonga 190 ml suv va 10 ml formalin quyiladi. Bordiyu, formalindagi formaldegid miqdori 36,5-37,5% dan kam bo’lsa, masalan, 34% bo’lsa, u holda eritmadagi formaldegidning sof miqdori hisobga olinadi.

    Buning uchun qayta hisob koeffitsenti aniqlanadi: 37:34=1,08. Bu son farmakopeya standart formalinidan olish kerak bo’lgan songa ko’paytiriladi. Bu holda 34% formaldegid saqlagan formalindan 11 ml olish kerak bo’ladi (10*1,08=10,8 ml)


    Rp.: Solutionis Hydroqenii peroxydi 2%-100 ml

    D. S. Sirtga ishlatish uchun

    Eritma kimyoviy nom bilan atalgan. Dori tayyorlash hisobida farmakopeyada ko’rsatilgan preparatdagi vodorod peroksidning sof miqdori e’tiborga olinadi. Flakonga 33,4 ml suv va 66,6 (67 ml) 3% li vodorod peroksid qo’shiladi.

    Agar dorixatda vodorod peroksid konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, 3% eritma tushuniladi. Dorixonada 3% li vodorod peroksid tayyorlash uchun stabilizator tariqasida unga 0,05% li natriy benzoat qo’shiladi.

    Rp.: Perhydroli 5,0

    Aquae purificatae 15 ml

    M. D. S. Sirtga ishlatish uchun

    Agar retseptda standart eritma kimyoviy nom bilan yozilgan bo’lsa, standart eritmaga suyultirilishi kerak bo’lgan konsentrat sifatida karalib hisob-kitob olib boriladi. Bunda suyultirish formulasidan foydalanamiz.

    Rp.: Sol. Hydrogenii peroxydi 10% —200 ml

    D.S. Milkni artish uchun.

    X = 10*200/30 = 66,6 ml

    Suv 200—66,6 = 133,4 ml


    Yordamchi idishga 133,4 ml tozalangan suv, 66,6 ml pergidrol solib aralashtiriladi va shisha idishga suziladi.

    Agar retseptda vodorod peroksidining konsentratsiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, uning 3% li eritmasi tayyorlab beriladi va u quyidagicha nomlanadi: Solutionis Hydrogenii peroxydi diluta.

    Rp.: Sol. Hydrogenii peroxydi 1% —100 ml

    D.S. Sirtga qo’llash uchun.


    Retseptda standart eritmaning kimyoviy nomi yozilgan. SHuning uchun hisoblashda suyultirish formulasidan foydalaniladi.

    X = 1*100/3 = 33, 3 ml

    66,7 ml tozalangan suvga 33,3 ml 3% li vodorod peroksid eritmasidan solib yaxshilab aralashtiriladi va shisha idishga solinadi.

    Agar retseptda eritma shartli nomlangan bo’lsa, (Burov suyuqligi, formalin, pergidrol, kaliy atsetat suyuqligi ) ular 100% deb olinib hisob-kitob qilinadi. Masalan:


    Rp.: Sol. Liquoris Burovi 5% - 100 ml

    D.S. Sirtga.

    Pasporti: Burov suyuqligi 5ml

    Tozalangan suv 95 ml

    Umumiy hajm 100 ml
    Yordamchi idishga 95 ml tozalangan suv, 5 ml Burov suyuqligi solib aralashtiriladi va shisha idishga suziladi. Idish qopqoqlanib, tegishli erlik epishtiriladi.

    Erituvchisi suv bo’lmagan va sirtga ishlatishga mo’ljallangan suyuq dori shakllari suvsiz eritmalar deyiladi. 

    Sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan eritmalarni ko’pchiligi tayyorlanganda ularning ta’sir muddatini o’zaytirish maqsadida, dori modda eruvchanligini hisobga olgan holda erituvchilardan spirt, efir va xloroform, o’simlik moyi, vazelin moyi va glitserin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat farmakopeyasi talablariga javob berishi zarur. Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo’lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan idish toza va quruq bo’lishi kerak. Suvsiz erituvchilarni (moy, glitserin, xloroform) qovushqoqligi yuqori bo’lgani sababli ularni og’irlik usulida tayyorlanadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar


    1. M.M.Mirolimov, X.K.Abdullaеva, Z.Ya.Mamatmusaеva, N.A.Azimova. G` Farmatsеvtik tеxnologiya asoslari fanidan amaliy kullanma. T.-2004y

    2. M.M.Mirolimov.- G` Farmatsеvtik tеxnologiya asoslari

    3. 3.Pod rеdaktsiеy T.S.Kondratеvoy. Tеxnologiya lеkarstvеnno`x form.- tom M., -1991g.

    4. Pod rеdaktsiеy T.S.Kondratеvoy. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiеm po aptеchnoy tеxnologii lеkartsvеnno`x form. – M.-1986 g.

    5. Buyruklar № 195, 582, 583. Uz Rda farmatsееtika faoliyati, 2 va 3 kitoblar.


    9- Ma’ruza.
    Mavzu 9. Suvsiz eritmalarni tayyorlash (spirtli, moyli glitserinli eritmalar)
    Reja

    • 1 Suvsiz eritmalar tayerlashda ishlatiladigan erituvchilar-ta’rifi,tasnifi, nomenklaturasi.

    • 2 Suvsiz eritmalar klassfikatsiyasi;

    • a)spirtli eritmalar

    • b) moyli eritmallar

    • v)glitserinli eritmalar

    • Suvsiz eritmalar tayyorlash texnologiyasi

    • Suvsiz eritmalar baxolanishi


    Spirtli eritmalar

    Tibbiyotda ishlatiladigan spirt - etil spirti bo’lib, amalda vino spirti deb ham yuritiladi, 95%, 90%, 70%, 40% konsentratsiyalari ishlatiladi. Spirtli eritma yozilganda konsentratsiyasi shifokor tomonidan ko’rsatilmasa, unda 90% spirt ishlatiladi. Etil spirti kraxmal saqlovchi donlardan bijgitish yo’li bilan olinadi. Uni tozalab (rektifikatsiya) ma’lum bir darajaga etkazilgandan so’ng iste’molga chiqariladi. Toza etil spirti oson chaykaladigan, tinik, rangsiz, achchiq kuydiruvchi mazaga ega bo’lgan, o’ziga xos hidli suyuqlik. Uchuvchan xususiyatga ega, oson alangalanadi. Etil spirti ko’pchilik dori moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. YA’ni organiq kislotalar, efir moylari, smolalar, yod va boshqalar spirtda yaxshi eriydi.

    Spirt boshqa erituvchilar bilan, chunonchi suv, glitserin, xloroform, efir bilan yaxshi aralashadi.

    Suvni spirt bilan aralashtirilganda aralashma isib, umumiy hajm kamayadi, buni amaliyotda kontraksiya xodisasi deb yuritiladi. SHu sababli ham suv-spirt aralashmasining ma’lum darajasini olish uchun uni albatta oldindan hisoblab, hajmlari belgilanib, so’ng aralashtirish kerak. Hisoblashda spirt-suv aralashma nisbatlarini ko’rsatuvchi alkogolometrik jadvallardan foydalanish mumkin.

    Erituvchi sifatida etil spirti ichish va surtish uchun mo’ljallangan dori preparatlarini tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zi hollarda esa in’eksiyaga mo’ljallangan dori preparatlari tarkibiga ham spirt kiritilishi mumkin.

    Spirtda eritiladigan moddalarning eruvchanligi spirtli aralashmadagi spirt miqdori bilan bog’liqligini hisobga olib, spirtli aralashmadagi aniq miqdori belgilangan bo’lishi ahamiyatlidir.

    Spirtli eritmalarning 15-20% dan yuqorilari bakteritsid ta’sirga ega bo’lib, ularni idishlarni, ko’lni, xirurgik asboblarni artishda qo’llash mumkin.

    Spirtni ogzi maxkamlangan shisha idishlarda, salqin erda “B” ro’yxat saqlash zarur.

    Eritmalar tayyorlanganda olinadigan spirtni darajasi shu eritmani tayyorlash bo’yicha tuzilgan normativ xujjatlarda ko’rsatiladi va shunga asosan shifokor ko’rsatmasi bo’lishi ham mumkin.

    Agar retseptda aniq ko’rsatma bo’lmasa, o’z RSSV ning 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyrug’iga asosan:

    5—10% li yod eritmasi — 96% li etanolda (X DF);

    1—2% li yod eritmasi— 96% li etanolda;

    1,5% li vodorod peroksid eritmasi— 96% li etanolda;

    1% li sitral eritmasi — 96% li etanolda;

    1—2% salitsil kislotasi —70% li etanolda;

    0,5%; 1—3%; 5% li borat kislotasi eritmalari —70% li etanolda;

    1—2% li brilliant yashili —60% li etanolda tayyorlanadi;

    1% li metilen kuki eritmalari —60% li etanolda tayyorlanadi.

    Spirtli eritmalar og’irlik — hajm usulida tayyorlanadi.
    Rr.: Acidi borici 0,3

    Sp. aethylici 70% — 10 ml

    M.D.S. Sirtga ishlatish uchun.

    quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etil spirti solib eritiladi (og’zi tez berkitiladi). Erishni tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40—50°S) solib isitish mumkin.

    Ba’zan 70% li spirt olish uchun 95% li spirtni suyultirish lozim bo’ladi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

    X = V * B/ A

    Masalan, 50 ml 70 %li spirt eritmasini tayyorlash kerak.

    X = 50 * 70/95 = 36,8 ml

    Silindrga 36,8 ml 95% li etil spirti solib hajmi 50 ml ga etguncha tozalangan suv qo’shiladi. Ulchov silindri bo’lmagan hollarda XI DF ning 3—4 alkogolometrik jadvalidan foydalanish mumkin.

    Moyli, glitserinli eritmalar og’irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma suv hammomida qizdiriladi. Eritma to’g’ridan-to’g’ri bemorga beriladigan idishning o’zida tayyorlanadi, ya’ni filtrlanmaydi.

     

    Rp.: Acidi salicylici 1,0



    Spiritus aethylici 95% –10 ml

    Viridi nitentis 0,1

    Collodii ad 100,0

    M. D. S Sirtga ishlatish uchun.

     

    Og’irlik usuli bilan tayyorlanadi. 10g 95% spirt tortib olib, unda 1, 0 g salitsil kislotasi eritiladi. Zarur bo’lsa bir chimdim paxta orqali suzib tozalanadi, so’ng unda 0,1 brilliant ko’ki eritiladi va ustiga 100 gramm­gacha kollodiy solinadi.



    Tinik qovushqoq, ko’k rangli suyuqlik, efirga xos hidli. Teriga surtilganda yupka parda hosil qilib kotadi.

     

    Rp.: Anaesthesini



    Novocaini aa 1,0

    Mentholi 2,5

    Spirtus aelhylici 70%-100 ml

    M. D. S. Sirtga ishlatish uchun.

     

    Yozilgan miqdordagi dori moddalar beriladigan idishga tortib olinib, ustiga 100 ml 70% spirt solinadi, chayqatib eritiladi. Tinik rangsiz mentolga xos hidli eritma. Sirtga og’riq qoldirishda, ustki nerv yallig’lanishi yoki mushak to’kimalari shamollaganda, teri, teri osti mushaklar shamollashi ta’siridagi kichimalarni to’xtatish uchun ishlatiladi. B ro’yxati bo’yicha salqin joyda saqlanadi.



    Suvsiz eritmalarga misol qilib yana eliksirlarni olsa bo’ladi. Eleksir-tiniq tiniq eritmalar bo’lib, spirtlarda eriydigan dori moddasi bo’ladi. Eleksirlar spirtlarda, suv spirt aralashmalarida, polietilenglikollarda, propileglikol, sorbitol va glitsirinda tayyorlanadi. Ma’lumki glitserin eritish xususiyati bo’yicha spirtga o’xshab ketadi.

    Texnologiyasi suvsiz eritmlar texnologiyasiga o’xshab ketadi. Bunda spirtning konsentratsiyasi va eritmaning rNga aloxida e’tibor qilish kerak.3


    Moyli eritmalar

    Normal sharoitda tiniq, qovushqoq suyuqliklar kimyoviy jixatdan palmitin, stearin, olein kislotalarini glitserin bilan bergan uch atomli efirlari. Tibbiy amaliyotda ishlatiladigan moylar sovuq usulda presslab olingan bo’lishi kerak.

    Ko’p ishlatiladigan moylarga bodom moyi Oleum Amygdalarum — achchiq va chuchuk bodom danagidan olinadi. SHaftoli moyi — Oleum Persicorum — oddiy shaftoli, o’rik, olxo’ri va olcha danaklaridan olinadi.

    Bu moylar tibbiy amaliyotda dorivor moylar hisoblanib, dorilarning moyli eritmalarini va in’eksion eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Moyli eritmalarni tayyorlashda kungabokar moyi (Oleum Helianthi) araxis moyi — eryongokdan olinadi, kunjut moyi (Oleum Ricini) va boshqa moylar ham qo’llaniladi.

    Moylarda mentol, fenol, fenilsalitsilat, alkaloid asoslari, efir moylari, kamfora va boshqa moddalar yaxshi eriydi. Erituvchi sifatida moylarni ishlatilganda uning erituvchi xususiyati bilan birga, moddalar turg’unligini saqlash hamda dori ta’sir davrini o’zaytirish kabi xususiyatlari ham muxim o’rinda turadi.

    Dorixona sharoitida moylarni shisha va metall idishlarda to’ldirib saqlanadi.

     

    Rp.: Phenoli puri 0,15



    Olei Helianthi 10, 0

    M. D. S. quloq tomchisi.

     

    Moyli eritmalar faqat og’irlik usuli bilan tayyorlanadi. Eritmaning umumiy og’irligi dori modda va erituvchi og’irligi bilan birga olinadi. Fenolning tozasi va suv bilan aralashgani bo’ladi. Suv bilan aralashgani — suyuq fenol deb ham yuritiladi. Toza fenolning har bir qismiga — 1 qism suv qo’shib suyuq fenol olinadi. Suyuq fenol suvli eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Suv bilan turli nisbatda yaxshi aralashadi. Ko’rsatilgan dorixatni tayyorlashda toza fenoldan 0,15 tortib olinib, beriladigan rangli idishga solinadi. Fenol bilan ishlashda extiyot bo’lish kerak. Fenol teriga tegsa, uni o’yib yuboradi. SHuning uchun uni tortish va idishga solishda to’kmay, extiyotlik bilan ishlatish kerak. Tortib olingan fenol ustiga 10 g kungabokar moyidan solib yaxshilab aralashtiriladi. Mexaniq iflosliklar bo’lsa paxta orqali o’tkazib tozalanadi.



     

    Rp.: Solutio Camphorae oleosae 10% — 100,0



    D. S.

     

    Toza va kuritilgan 100,0 ml hajmda mo’ljallangan shisha idish olinadi. 10,0 kamfora solib, idishni posongili torozida muvozanatga keltiriladi va unga 90,0 g moy tortiladi. So’ng chayqatib eritiladi. Zarur bo’lmasa suzilmaydi. Eritma ifloslanganda ikki qavatli doka orqali suziladi. O’simlik moylari, vazelin moyi va glitserin qovushqoqligi yuqori suyuqliklar bo’lganidan bu suyuqliklarda moddalar erishi kiyin bo’ladi. Eritishni tezlatish maqsadida bu suyuqliklar qisman isitiladi. O’simlik moylari va vazelin moyida tayyorlangan eritmalar quruq idishlarda tayyorlanishi kerak.

    Sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan eritmalarni ko’pchiligi tayyorlanganda ularning ta’sir muddatini o’zaytirish maqsadida, dori modda eruvchanligini hisobga olgan holda erituvchilardan spirt, efir va xloroform, o’simlik moyi, vazelin moyi va glitserin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat farmakopeyasi talablariga javob berishi zarur. Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo’lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan idish toza va quruq bo’lishi kerak. Suvsiz erituvchilarni (moy, glitserin, xloroform) qovushqoqligi yuqori bo’lgani sababli ularni og’irlik usulida tayyorlanadi.

    Suvsiz eritmalar sifatini baholash. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning xujjatlari (retsept, pasport), yorlig’i, rangi, hidi, mexaniq zarrachalarning bor-yukligi tekshiriladi. Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og’irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar


    1. M.M.Mirolimov, X.K.Abdullaеva, Z.Ya.Mamatmusaеva, N.A.Azimova. G` Farmatsеvtik tеxnologiya asoslari fanidan amaliy kullanma. T.-2004y

    2. M.M.Mirolimov.- G` Farmatsеvtik tеxnologiya asoslari

    3. 3.Pod rеdaktsiеy T.S.Kondratеvoy. Tеxnologiya lеkarstvеnno`x form.- tom M., -1991g.

    4. Pod rеdaktsiеy T.S.Kondratеvoy. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiеm po aptеchnoy tеxnologii lеkartsvеnno`x form. – M.-1986 g.

    5. Buyruklar № 195, 582, 583. Uz Rda farmatsееtika faoliyati, 2 va 3 kitoblar.



    10- Ma’ruza
    Mavzu 10. YUMBlar ta’rifi, tasnifi, eritmalarni o‘ziga xos tomonlari. Kolloid eritmalar. Mitsellalarni tarkibiga qarab ularni tayyorlanishi. Kollargol, protargol, ixtiol eritmalarini tayyorlash va sifatiga baho berish

    Reja:


    1. Yuqori molekulyar birikmalar ta’rifi.

    2. Yuqori molekulyar birikmalarning tasnifi.

    3. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarini tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari.

    4. Chekli bo‘kuvchi YUMB eritmalarini tayyorlash.

    5. Cheksiz bo‘kuvchi YUMB eritmalarini tayyorlash.

    6. Ekstraktlar eritmalarini tayyorlash.

    7. Kolloid eritmalarini tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari.

    8. Mitsellalarni tarkibiga qarab ularni tayyorlanishi.

    9. sifatiga baho berish

    Molekula og‘irliklari bir necha ming, million va undan ortiq bo‘lgan birikmalar yuqori molekulali birikmalar (YUMB) deb yuritiladi. Bunday birikmalarning molekula og‘irligi nixoyatda katta bo‘lib, yuzlab va minglab atomlar birikmasidan tashqil topgan. Atomlar asosiy valentlik boglari bilan boglangandir. Tomonlari bir-biri bilan ma’lum diametrik simmetriyali oddiy molekulalardan farqlanib, bu jixatdan yuqori molekulali birikmalar nixoyatda keskin nomutanosiblikka ega. YUMB molekulalarining tuzilishi o‘zun ipsimon tuzilishda bo‘ladi. Masalan, sellyuloza molekulasining o‘zunligi 400-500 mkm bo‘lsa, uning eni 0,3-0,5 mkm dir. Molekula eni yupka 1 mkm dan kam bo‘lishi ularni erituvchi bilan qo‘shilganda chin eritmalar hosil kilishini bildiradi. Molekula o‘lchami kattaligi YUMB eritmalarining diffuziyalanishini kiyinlashtiradi. SHu sababli bunday molekulalar yarim o‘tkazuvchi membranalardan o‘tmaydi. YUMB eritmalari kolloid eritmalarga o‘xshaydi, ammo bu o‘xshashlik bilan ikkala eritma xususiyati bir xil deb bo‘lmaydi.

    Molekulalarining ulkanligi YUMB xossalarining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. YUMB erituvchida chin eritma tartibida tarqaladi, ular molekulalarining ulkan bo‘lishidan kat’i nazar, ipsimon ko‘rinishdaligi ultramikroskop ostida ham ko‘rinmaydi. Bunday eritmalarni yoruglik nurini bukish xususiyati borligi esa, eritma tusini loyqalashtirib ko‘rinishi yoki opalessensiya xodisasini namoyon etishiga sabab bo‘ladi.

    YUMB eritmalari Vant-Goff koidasiga bo‘ysunmaydi. Ularning osmotik bosimi molekula og‘irligiga nisbatan juda kam ko‘rinsa-da, lekin molekula soniga nisbatan ancha yuqori osmotik bosimga ega. Bunday eritmalar etarli darajadagi qovushqoqlik va tiksotropiya holatlarini aks ettiradi. SHuning uchun ham YUMB struktur birikmalar sistemasiga kiradi. Bunday birikmalar erishdan oldin bo‘kadi. Oddiy molekulali moddalar erish jarayonida esa bunday holat kuzatilmaydi. Erish jarayonida o‘zi ham bir necha bosqichda o‘tadi. Avvalo YUMB erituvchi bilan birlashganda erituvchi molekulalari YUMB molekula og‘irligini to‘ldirib joylashadi va molekulalarini bir-biridan ajratadi. SHundan so‘ng erituvchi molekulalari kapillyar diffuziya kuchi orqali YUMB molekulasiga so‘riladi, natijada makromolekulalardagi gidrofil (erituvchi suv bo‘lganda) funksional guruh gidratlanishi natijasida suv molekulalarining YUMB molekulasida so‘rilishi kuchayib uni to‘yintiradi.

    Gidratlanishning yana bir moxiyati shundan iboratki, YUMB molekulalariga boglanish kuchi yo‘qoladi, yumshatiladi. Molekulalararo hosil bo‘lgan bo‘shliklarni to‘ldiradi. YUMB molekulalari bir-biridan ajratilib, ma’lum oralikda ajralgandan keyin, erkin harakat kuchiga ega bo‘lgandan so‘ng, ular eritmada tarqalib, bo‘kish jarayonida erishga o‘tadi.

    Bo‘kish jarayoni ham ikki bosqichda o‘tadigan bo‘lib, birinchisi — xo‘llanish jarayoni (solvatsiya) — bunda YUMB erituvchi bilan xo‘llanadi va uning umumiy hajmi kamayadi, xo‘llanish jarayoni issiqlik ajralish bilan boradigan jarayonida bo‘lib, unda eritma harorati ko‘tariladi. Bo‘kishning keyingi bosqichida suyuqlik molekulalari YUMB molekulalariga so‘riladi. Bu diffuzion jarayonda bo‘lib, bunda YUMB molekulalari ko‘p miqdorda suvni shimadi va shuning uchun ular hajm jixatidan, og‘irlik jixatidan ham 10-15 marta kattalashadi. Bo‘kish jarayonida YUMB ni har doim ham erib eritmaga o‘tib ketishi bilan yakunlanmaydi. Bo‘kish jarayoni o‘zlukli va o‘zluksiz bo‘lishi mumkin. Bu albatta YUMB xususiyatlari bilan bog‘liq masala bo‘lib, ana shu xossa YUMB eritmalarining ikki xil bo‘lishini ko‘rsatadi. bo‘lardan biri o‘zluksiz bo‘kish xususiyatiga ega YUMB bo‘lib, ular erituvchini shunday chankoklik bilan yutadiki, nixoyasida molekulalar chin eritmalar kabi eritmada tarqaladi. o‘zlukli bo‘kadigan YUMB larda esa erituvchi yutilishi o‘zlukli bo‘ladi, ya’ni ma’lum hajmda erituvchining YUMB molekulasiga o‘tishi natijasida molekula ma’lum bir holatga etishi bilan bo‘kish jarayoni to‘xtaydi va bunday molekula erituvchida qancha turishidan kat’i nazar, u eritmaga o‘tmaydi. Gel yoki bo‘kkan holida qoladi. YUMB har qanday suyuqlikda ham bo‘kavermaydi. Buning uchun shu YUMB molekulalariga mos erituvchi bo‘lishi kerak.

    Misol: YUMB molekulalariga mos tarkibida kutbli guruhlar ko‘p bo‘lsa, u albatta kutbli erituvchilarda (shu jixatdan suvda), uglevodoroddan tashqil topgan guruhlarga ega YUMB esa kutbsiz eruvchilarda bo‘kish xossasiga ega. Dorixonada bunday eritmalar juda ko‘p uchraydi. bo‘lar o‘simlik va xayvon oksillari, kraxmal, pektin kamed, o‘simlik shilimshiqlari va boshqalardir. Bu birikmalar har xil nisbatda ekstrakt, galen preparatlari va mikstura tarkibida uchraydi.

    YUqori molekulali birikma (YUMB) lar eritmasi dori texnologiyasida dori vositasi yoki yordamchi modda sifatida ishlatiladi. Ularga molekulyar og‘irligi 10 000 dan katta bo‘lgan moddalar kiradi. YUMB chin eritmalar hosil qiladi, molekulalar o‘lchami 1—100 nm gacha. YUMB eritmalarining texnologiyasi ular molekulasining tuzilishiga bog‘liq. YUMB lar molekulasi shakliga kura 2 turga bo‘linadi: sferik tuzilishli (oksillar), chizikli strukturali (kraxmal, sellyuloza hosilalari).

    Sferik shaklli YUMB ning erish jarayoni past molekulali moddalarning erishidan kam farq qiladi. bo‘lar oson gidratlanib, eritmaga utadi. Bunday YUMB larni cheksiz bukuvchi YUMB deyiladi.

    CHizikli tuzilishga ega bo‘lgan YUMB ning erishi ikki bosqichda boradi: 1— bukish, 2— erish.

    Karboksil guruhi 4 ta, gidroksil guruhi 3 ta, keto, algid guruhi 2 ta suv molekulasini ushlab gidratlanish xossasiga ega.

    YUMB bukib, hajmi 10—15 marta ko‘payadi. Lekin oxirigacha erib ketmaydi. Haroratning kutarilishi erish jarayonini oxiriga etkazadi (masalan, jelatinda).


    Uzluksiz (cheksiz) bo‘kish xususiyati bo‘lgan yuqori molekulali birikmalarning eritmalari

    CHeksiz bukuvchi YUMB larga pepsin, chuchukmiya ekstrakti, belladonna ekstrakti va boshqalar kiradi. Pepsin proteolitik ferment bo‘lib, chuchka oshkozonining shillik qavatidan olinadigan preparatdir. Uning 2, 3, 4% li eritmalari xlorid kislotasi bilan birgalikda ishlatiladi.

    Pepsin fermenti molekulyar og‘irligi 35,000 bo‘lgan oksil mahsuloti hisoblanadi. Bu juda oson xo‘llanadigan preparat hisoblanib, uni eritish masalasi biron-bir kiyinchilik yaratmaydi. Ammo uni ko‘pincha xlorid kislota eritmasi tarkibida yozilishini va oksil xususiyati hisobga olingan holda yozilgan komponentlarni aralashtirish navbatini to‘g‘ri tanlash zarur. quyidagi retseptni ko‘rib chikaylik.

     

    Rp.: Pepsini 4,0



    Acidi hydrochloridi diluti 3 ml

    Aquae purificatae — 200 ml

    M. D. S. 1 osh qoshiqdan ovkat vaqtida.
    Pasporti: Pepsin 4,0

    Xlorid kislotasi (1:10) 30 ml

    Tozalangan suv 170 ml

    200-30=170

    Vum =204 ml

    Texnologiyasi: pepsin kuchsiz kislotali sharoitda yaxshi eriydi, yordamchi idishga 170 ml suvga 30ml 0,83%li xlorid kislotasi qo‘shiladi keyin ustiga 4 gr pepsin qo‘shiladi, so‘ngra bemorga beriladigan idishga paxta tamponi eki 1,2 sonli shisha filtr yordamida o‘tkaziladi. Jixozlab bemorga beriladi.

     

    Dorixat tayyorlashda avvalo suvga xlorid kislota solish bilan, xlorid kislotani kerakli miqdorga keltirib suyultirib olinadi. Buning uchun dorixonalarda oldindan (1:10) nisbatda tayyorlab qo‘yiladigan konsentrat-eritmadan foydalanish ham mumkin. U holda 170 ml suv olinib, ustiga 30 ml ana shu tayyor konsentrat solinadi, unga 4,0 pepsin qo‘shib eritiladi. Pepsin solingandagi suyuqlik hajmi o‘zgarishi yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar chegarasida bo‘lgani uchun hisobga olinmaydi. Dorixona amaliyotida qo‘llaniladigan usul — fermentni, dorini kasalga berishdan oldin eritish okilona usul hisoblanib, u pepsinni kislota bilan mulokotda bo‘lish vaqtini kamaytirib, uning faollik darajasini saqlashni o‘zaytiradi.



    Pepsin tarkibli ichiladigan dorilarda opalessensiya va mayda fermentning erimaydigan qismlaridan iborat osilmalar ko‘rinishi mumkin, lekin bunday bo‘lakchalarning xech bir ziyoni yo‘kligi sababli suzish ham shart emas.

     

    Kamed eritmalari (elimlar)

    Kamed eritmalari (gummiarabika, tragakant, olcha elimi) — suyuq shakli bo‘lib, shilimshiqlar (Mucilaqines) deb umumiy nom bilan atalgan, bunday eritmalar yopishkokligi jixatidan hamda dori moddalarni o‘rab olish xossasi jixatidan YUMBga o‘xshashliklari ko‘p.

    Arab elimi eritmasi Mucilagines Gummi Arabicae — 1:30 nisbatda tayyorlanadi (IX DF). Elim — mayda parchalar ko‘rinishida dorixonaga keltiriladi. Uni yigib olinadigan erdagi sharoiti, vaqti va usuliga qarab tozalik darajasi turli xil bo‘lishi mumkin. Eritma tayyorlanganda uning tarkibidagi iflosliklar eritmaga o‘tmasligi uchun bu eritmani alohida usul bilan tayyorlash tavsiya etiladi. Tortib olingan kamed doka xaltachaga solinib, uni suv to‘ldirilgan idishga kamed suvga bo‘kadigan qilib osiltirib qo‘yiladi.

    Kamed erish jarayonida og‘irligi bilan banka tubiga bor cho‘kadi va o‘rniga yangi qism erituvchi kirib, kamed eritma holda suvga o‘tadi. Bunda suzish (tozalash) jarayoni ham oldindan bajariladi.

    Uy sharoitida bu miksturada bijgish va achish xodisalari ro‘y berishi mumkin, shuning uchun korongi va salqin joyda saqlanadi.

    Tragakant shilimshig‘i (Mucilago tragacanti) 1:100 nisbatda tayyorlanadi. Eritma turg‘unligini oshirish maqsadida uning tarkibidagi tragakantni 20% miqdorida arab elimi bilan aralashtiriladi. Uni makromolekulalari tragakant makromolekulalaridan kichik bo‘lgani tufayli tragakantdan oldin bo‘kadi va eriydi, tragakant molekulalari orasiga joylashib uning ulkan molekulasini soddalashtiradi.

     

    Rp.: Mucilaginis Tragacanthae 100,0



    D. S. Ichish uchun.

    Pasporti: Tragakant 0,8

    Arab elimi 0,2

    Toza suv 100ml

    Vum =100 ml

    0,8 tragakant va 0,2 arab elimi yaxshilab maydalanadi, bir xil kukun hosil bo‘lguncha, keyin taxminan 100 ml suv bir xil massa hosil bo‘lguncha, keyin oz-ozdan qolgan suv bilan suyultiriladi.



    Download 1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5 semestr o’quv materiallari 1 Ma’ruza mavzu 1

    Download 1.18 Mb.