• 30 - Ma’ruza Mavzu 30 : Izotonik eritmalar. Tayyorlash va hisoblash usullari. Reja
  • Izotonik eritmalar va ularning konsentratsiyasini hisoblash
  • Vant-Goff konuniga asoslangan holda hisoblash usuli.
  • Izotonik konsentratsiyani krioskopik usulda yoki muzlash haroratining depressiyasi yordamida hisoblash
  • Izotonik konsentratsiyani natriy xlorid ekvivalenti orqali hisoblash
  • 31- Ma’ruza Mavzu 31. Infuzion eritmalar tayyorlash. (Ringer, Ringer-lokk, Filatov, Disol, Trisol va boshqa eritmalar)
  • In’eksion dori turlarining xususiy tayyorlanishi va ularni turg’unlashtirish
  • Tarkibida 3% dan ortiq dorivor modda saqlagan in’eksion eritmalarni tayyorlash
  • Termolabil va tez oksidlanuvchi moddalardan in’eksion eritmalar tayyorlash
  • Aseptik usulda oson oksidlanadigan moddalar eritmasini tayyorlash.
  • In’eksion suspenziyalar tayyorlash
  • -rasm. Aylanma turdagi filtrlash aparati




    Download 1,18 Mb.
    bet18/20
    Sana31.12.2019
    Hajmi1,18 Mb.
    #6884
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    1.31.-rasm. Aylanma turdagi filtrlash aparati.

    1 – asos; 2 – ustun; 3 – shtutser; 4 – kronshteyn; 5 – ko’targich stoli; 6 – tirgak diski; 7 – vakuum kamera; 8 – shisha filtir; 9 – iakuum taksimlash naychasi; 10 – jo’mrak; 11 – rezina naycha; 12 – vintli kisiqich (vintovыy podjimы); 13 – boshqaruvchi stopor; 14 – maxovik; 15 – rezina koplagich; 16 – ajratgich; 17 – iakuum – nasos; 18 – rezina naycha; 19 – gayka;



     

    Apparatni bu qismining konstruksiyasi, statsionar turdagi apparatnikiga o’xshashdir. SHisha filtrlar ximoya trubka va vakuum — ballonli shtutser va rezina yopkich bilan germetik maxkamlanadi, kisuvchi gaykalar, statsionar turdagiga o’xshash biriktiruvchi trubka bilan qayta filtrlab filtrlangan suyuqlik quyiladigan joyga o’rnatiladi. Filtrlar changdan saqlanish uchun qopqoqlar bilan berkitilgan. Vakuum nasos sifatida harkov tibbiyot apparatlari zavodida chiqadigan xirurgik so’rgich ishlatiladi. Kisilganda 540 mm simob ustunigacha bosim beradi. Filtrlash tezligi eritmani konsentratsiyasiga, filtr soniga va vakuum chukurligiga bog’liq. Ish unumi 5-14 l/soat gacha bo’ladi. Kasalxona va gospital dorixonalarida ko’p miqdordagi in’eksion eritmalar filtrlanishi hisobga olinib, filtr Byuxner voronkasini to’ntarilgan holatda "ko’zikorin" (gribok) ta’rifiga asoslangan holda vakuum ostida ishlaydi. Voronka ostida birin-ketin, bir qavat zig’ir tolasi, ikki qavat filtr kogozi va uch qavat sterillangan doka joylashtiriladi. Dokaga voronkani hamma joyini o’rab turish uchun tekis qilib, gigroskopik paxta joylashtiriladi va ustidan bir qavat doka o’raladi. Bu filtr bilan bir soat mobaynida 80-100 litr bir xil eritma filtrlash mumkin. Dorixona amaliyotida sterillangan eritmalarni qadoqlashda kerakli hajmdagi idishlardan foydalaniladi. Idishlar neytral shishalardan bo’lishi kerak, chunki neytral bo’lmagan shishalardan ishqoriy moddalar ajralib chikib eritmalar bilan cho’kmalar va keraksiz o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ayrim hollarda AB — 1 shisha idishlar ishlatiladi (kuchsiz ishqoriy). YUqorida aytilganidek, in’eksion eritmalar chiqarish uchun ishlatiladigan shisha idishlar, albatta ikkinchi bobda keltirilgan usul bilan ximiyaviy chidamliligini tekshirish kerak. Sterillangan eritmalarga ishlatiladigan shisha idishlar uchun yaxshi beqiladigan tikin bo’lishi kerak. Eritmaga chang, rang va ekstrakt modda hosil qiluvchi oddiy po’kak tikinlar ishlatilmaydi. Oldindan o’zok vaqt kaynok suvda sterillangan rezina probkalar qo’llanadi. Kasalxona dorixonalarida tezlik bilan ishlatiladigan sterillangan eritmalar tayyorlanganda shisha idishlar yog’sizlantirilgan paxta tampon va sterillangan pergament kogoz bilan berkitiladi. Tampon ostiga albatta bir parcha sterillangan doka ko’yish kerak. Rezina va polietilen qopqoq bilan ogzi maxkamlangan shisha idishlardan sterillangan eritmalarni shprits orqali qopqoqdan olib (teshikchalar orqali) igna yordamida eritmaning sterilligini buzmasdan ishlatish mumkin.

    Davolash muassasa dorixonasidan kasalxona bo’limiga sterillangan eritmalarni chiqarishning eng zamonaviy shakli (standart shisha idish) standart kauchuk probkali alyumin qopqoq bilan kisib berkitilgan har xil hajmli ogzi keng standart shisha idishlarda chiqarishdir. Probkani korpusidan tashkariga suyuqlik chikmaydigan uchta teshigi bor. Kauchuk qavati bu teshik ustidan ingichka shprits ignasi bilan oson teshiladi. Probkani ikki yuzasida doira belgisi bor: birinchisi xavo yuborish uchun qilinadi, ikkinchisiga eritma yigish uchun shprits ignasi yuboriladi. Uchinchi teshik ustida "q" ishorasi bor. SHu teshik orqali shisha idishdagi eritmaga (masalan: natriy xlorning izotonik eritmasi) har qanday boshqa eritmani kuyish mumkin.

    30- Ma’ruza
    Mavzu 30: Izotonik eritmalar. Tayyorlash va hisoblash usullari.

    Reja:


    1. Izotonik eritmalar ta’rifi.

    2. Izotonik kons-siyalarni xisoblash usullari

    3. Izotonik eritmalar texnologiyasi


    Izotonik eritmalar va ularning konsentratsiyasini hisoblash
    Sterilizatsiya bosqichi eng bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni amalga oshirishda GMP talablari asosida mumkin qadar mikroorganizmlardan xoli qilinadi. Sterilizatsiyada strelizatsiya qilinaetgan eritmlarga konservantlar qo’shish tavsiya etiladi.19

    Organizmdagi suyuqliklarni osmotik bosimi maxsus osmoregulyatorlar yordamida bir me’yorda saqlanib turadi. Eritmalardagi osmotik bosim molekulalarini eritmadagi harakati bilan yuzaga keladigan bosim hisoblanadi. Kon zardobi, limfa, ko’z suyuqliklaridagi osmotik bosim bir xil me’yorda bo’ladi. SHu sababli organizmga yuboriladigan eritmalarni osmotik bosimi organizm suyuqliklarini osmotik bosimiga barobar, ya’ni izotonik bo’lishi kerak.

    Izotonik eritmalarni tayyorlashga kirishishdan oldin zarur miqdordagi dori, erituvchi va lozim bo’lganda yordamchi moddalardan qancha kerakligi oldindan hisoblanadi. Buni hisoblash usullari quyidagicha:

    Vant-Goff konuniga asoslangan holda hisoblash usuli.

    Eritma konsentratsiyasi va harorati bilan uning osmotik bosimi orasidagi muvofiqlik, izotonik eritmalarda Mendeleev-Klayperon tenglamasi orqali aniqlanishi mumkin. Eritma konsentratsiyasi past bo’lganda undagi holat gaz konunlariga bo’ysunadi.

     

    PY = nTR


     

    P — osmotik bosim, atm (plazmasi 7,4)

    M — eritma hajmi, litr (l)

    n — erigan moddaning gramm molekulasi

    R — gaz konunlari birligi, l atm (0,082)

    T — absolyut shkala bo’yicha olingan harorat, gradus (310K)

    Tenglamaga son kiymatlarini qo’yib "n"ni topsak,

     

    Gramm molekula soni hisobi, modda og’irligi hisobi bilan takkoslaganda:

     

    n = 0,29 m = 0,29 M



     

    M — modda gramm molekula og’irligi ekanligini hisobga olib, izotonik eritma hosil kilish uchun undan qancha tortib olish kerakligini topish mumkin.

    Formuladan ko’rinib turibdiki, har qanday moddani 0,29 M konsentratsiyasi izotonik eritma ekan. Masalan:

     

    Rp: Sol. Glucosi isotonica 500 ml



    D. S.
    Glyukozaning molekulyar og’irligi 180,0 ekanligini hisobga olgan holda 500,0 izotonik eritma tayyorlash uchun undan

    Elektrolit xossasiga ega bo’lgan moddalardan izotonik eritma tayyorlanganda uni eriganda dissotsiatsiyaga uchrab zarrachalarga (kation va anionlarga) ajralishini hisobga olib, massani hisoblash formulasiga izotonik koeffitsient kiritiladi.

    Rp: Sol. Natrii chloridi. isotonica 500 ml.

    D. S In’eksiya uchun.



    Izotonik koeffitsient moddani dissotsiatsiya darajasi bilan bo’lgan ko’rsatkich bo’lib, u quyidagi omillar bilan bog’liq:

     

    i = a q (n — I)



     

    a — elektrolitik dissotsiatsiya darajasi

    n — dissotsiatsiya natijasida bir molekuladan hosil bo’lgan zarrachalar soni.

    Bunday moddalar uchun:



    Demak, natriy xloridni 500,0 ml izotonik eritmasini tayyorlash uchun undan 4,5 olib 500 ml suvda eritiladi.

    Ikki va undan ko’p ingredientdan iborat dorixatlar bo’yicha izotonik eritma tayyorlashda har bir moddani porsial bosimi etiborga olingan holda izotonik konsentratsiya hisoblab chiqiladi.

     

    Rp: Acidi ascorbinici 6,0



    Aqua pro injectionibus 200,0

    Natrii chloridi q. s.

    Sterilisetur!.

    D. S. Kon tomiriga 5 ml dan sutkasiga 2 marta.

     

    Eritmani izotonik konsentratsiyada bo’lishini quyidagicha hisoblanadi:



    a) Molekulyar og’irligi 176,0 bo’lgan askorbin kislotasidan 6,0 olib, necha ml suv bilan izotonik konsen­tratsiya hosil kilishini hisoblaymiz.

    176,0 x 0,29 = 47,52 (litr eritmaga) demak, 4,75 — 100 ml da izotonik konsentratsiya hosil kilsa



    6,0 g askorbin kislota 126 ml suvni izotonik kila olsa, (200–126=74) qolgan 74 ml suvni izotonik kilish uchun osh tuzidan qo’shiladigan miqdorni hisoblanadi. Osh tuzini 0,9% konsentratsiyasi izotonik ekanligini bilgan holda

    0,67 g osh tuzi olish kerakligini hisoblab topiladi.

    Vant-Goff usuli bilan izotonik konsentratsiyani hisoblash noelektrolit moddalar va ayniqsa yangi moddalar uchun juda kulay bo’lib, bunda moddani molekula og’irligini bilish kifoya. Bu usul elektrolitlar uchun ham qo’llansa bo’ladi, lekin ikki va uch valentlik elektrolitlarda dissotsiatsiya darajasi sharoitga qarab o’zgarib turgani tufayli bunday eritmalarda ayrim xatolikka yo’l ko’yish mumkin.
    Izotonik konsentratsiyani krioskopik usulda yoki muzlash haroratining depressiyasi yordamida hisoblash

     

    Har xil moddalarning izotonik eritmalarini muzlash harorati bir xil bo’ladi yoki bir xil haroratli depressiyaga ega. SHuning uchun tayyorlangan eritma depressiyasi kon plazmasini depressiyasiga (˄t = 0,52) teng bo’lsa, u izotonik hisoblanadi. Misol,



     

    Rp: Sol. Novocaini 2% — 100 ml

    Natrii sulfatis q. s. ut. fiat. sol. isotonica

    Sterilisetur!

    M. D. S. In’eksiya uchun.

     

    Moddani depressiyasi 1% eritma uchun oldindan aniqlangan bo’lib, uni ma’lum jadvallarda keltiriladi. SHuni aytish kerakki moddani eritmasi uchun depressiya oldindan aniqlangan bo’lmasa, uni izotonik konsentratsiyasini bu usul bilan topib bo’lmaydi. Novokainni 1% eritmasi uchun depressiya 0,122 ekanligini hisobga olgan holda:



    Dt 1% — 0,122

    x — 0,52

    Depressiya 1 foizli eritmaga berilgani uchun natija xali foiz hisobida topiladi.

    Berilgan 2,0 novokain necha ml eritmada izotonik konsentratsiya bera olishini hisoblaymiz.

    4,3 — 100

    2 — x

    Demak 2,0 novokain 40 ml eritmada izotonik konsentratsiya hosil kila olishini hisobga olgan holda (100-48=52) qolgan hajmni natriy sulfat bilan izotonik konsentratsiyaga keltiramiz. Natriy sulfatni 1% li eritmasi uchun depressiya 0,15

    1% — 0,15

    X — 0,52

    Natriy sulfat uchun izotonik konsentratsiya foiz hisobida 3,47% bo’lsa

    3,47 — 100

    x — 52

    SHunday qilib novokainni keltirilgan dorixat bo’yicha izotonik eritmasini tayyorlash uchun 2,0 novokain va 1,85 natriy sulfat olinadi va uni 100 ml suvda eritib tayyorlanadi.
    Izotonik konsentratsiyani natriy xlorid ekvivalenti orqali hisoblash
    Natriy xlorid ekvivalenti deb, eritmada 1,0 moddani osmotik bosimiga mos keladigan osmotik bosim hosil kilish uchun kerak bo’lgan natriy xloridni gramm miqdoriga aytiladi. Dori moddani natriy xlor bo’yicha ekvivalenti ma’lum bo’lsa, unda natriy xloridni 0,9% li eritmasi izotonik ekanligini hisobga olib izotonik konsentratsiyani hisoblash juda kulay.

     
    Rp: Sol. Glucosi 6,0 — 150,0 ml.

    Natrii chloridi q. s. ut. fiat. sol. isotonica

    Sterilisetur!

    D. S. Venaga yuborish uchun.

     

    1,0 g glyukoza osmotik bosimi bo’yicha 0,18 osh tuziga ekvivalent. Osh tuzi bilan 150 ml izotonik eritma tayyorlash uchun natriy xlordan 1,35 olish kerak.



     1,0 — 0,18

    6,0 — x

    1,35–1,08=0,27
    Demak, 6,0 glyukoza va 0,27 natriy xlorid olib, uni ma’lum hajmda (100 ml atrofida) in’eksiya uchun tayyorlangan suvda eritiladi. So’ng eritma hajmi suv bilan 150 mlga kelguncha suyultirilib, filtrlanadi va sterilizatsiya qilinadi.
    31- Ma’ruza
    Mavzu 31. In'fuzion eritmalar tayyorlash. (Ringer, Ringer-lokk, Filatov, Disol, Trisol va boshqa eritmalar)

    Reja:


    1. In’eksion dori turlari texnologiyasi.

    2. Infuzion eritmalar tasnifi;

    3. Infuzion eritmalarga qo’yiladigan talablar;

    4. Infuzion eritmalar tehnologiyasi;

    5. Ringer va Ringer-Lokk eritmalari;
    In’eksion dori turlarining xususiy tayyorlanishi va ularni turg’unlashtirish
    Sterilizatsiya bosqichi eng bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni amalga oshirishda GMP talablari asosida mumkin qadar mikroorganizmlardan xoli qilinadi. Sterilizatsiyada strelizatsiya qilinaetgan eritmlarga konservantlar qo’shish tavsiya etiladi.20

    Novokain, kofein-benzoat natriy, askorbin kislota, glyukoza, natriy gidrokarbonat eritmalarini tayyorlash

     Eritmalar turg’unligini aniqlaydigan asosiy ko’rsatkich bu uni tarkibidagi dorivor moddani fizik-kimyoviy xususiyati hisoblanadi. Eritma tarkibidagi dori modda barkarorligi asosan moddani o’zini turg’unligi hamda eritma tarkibidagi erituvchida eriganda xususiyatlarini o’zgartirishi mumkinligi bilan ifodalanadi. In’eksion eritmalar tayyorlashda esa bu xususiyatlar va turg’unlikni o’zgarishi sterilizatsiya ta’sirida, ya’ni harorat ta’sirida bir necha bor tezlashishini hisobga olish kerak. Dori moddalar parchalanishini bir qancha usullari borligini bilgan holda, ulardan eng ko’p uchraydigani gidroliz hamda oksidlanish reaksiyalari bo’lgani uchun ham, biz ana shu parchalanishlarga to’xtalib o’tamiz. Gidroliz tuzlarda, yog’larda, efir va uglevodlarda uchraydigan parchalanish xodisasi bo’lib, u tuzning kimyoviy xususiyati, harorat hamda modda konsentratsiyasi bilan bog’liq bo’ladi.
    Tarkibida 3% dan ortiq dorivor modda saqlagan in’eksion eritmalarni tayyorlash
    In’eksion eritmalar og’irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Bu talab dori moddalar konsentratsiyasi 3% dan ortiq bo’lganda, ya’ni og’irlik — hajm va og’irlik buyicha konsentratsiyalar orasidagi farq sezilarli darajada o’zgarganda, alohida ahamiyat kasb etadi.

    Rp: Sol. Analgini 25%- 10 ml

    Sterilisetur!

    D.S. 100 flakon.

    Eritma 2 xil tayyorlanishi mumkin:

    1. Steril ulchov kolbasiga 250g analgin aseptik sharoitda tortib olib solinadi. Ustiga in’eksiya uchun ishlatiladigan suvdan solib eritiladi va eritma hajmi 1 litrga etkaziladi.

    2. Ulchov kolbasi bo’lmaganda suv miqdori eritmaning zichligiga kura hisoblab topiladi. 25% li analgin eritmasining zichligi 1,080 g / ml. Bundan 1 litr eritma og’irligi:
    1000ml x 1,080 g/ml = 1080 g

    In’eksiya uchun ishlatiladigan suvning miqdori:

    1080 g — 250g = 830 ml
    Steril yordamchi idishga 250 g analgin va 830 ml in’eksiya suvi solib eritiladi.

    Erituvchi miqdorini dori moddasining hajm oshish koeffitsienti (XOK) orqali ham hisoblash mumkin. Analginning XOK 0,68 ga teng. Bundan, 250 g analgin suvda eriganda eritma hajmi 170 ml (250 x 0,68) ga ortadi. Demak, in’eksiya uchun ishlatiladigan suvning miqdori: 1000 ml —170ml = 830 ml bo’lishi kerak.

    Tayyor eritma steril filtrlanib, 10 ml hajmdagi idishlarga qadoqlanadi. Idishning ogzi rezinka probka va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°S haroratda 8 daqiqa davomida sterillanadi. YAna qaytadan mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, tegishli yorliq epishtiriladi. Eritmaning yaroklilik muddati 30 kun bo’lib, u korongi va salqin joyda saqlanishi lozim.
    Termolabil va tez oksidlanuvchi moddalardan in’eksion eritmalar tayyorlash
    Termolabil moddalar eritmasi aseptik sharoitda termik sterilizatsiyasiz tayyorlanadi. Bunday moddalarga akrixin, barbital-natriy, geksametilentetramin, etakridin laktat, apomorfin gidroxloridlar kiradi.
    Rp: Sol. Barbitali natrii 5% — 50 ml

    Sterilisetur!

    D.S. In’eksiya uchun.
    Tayyorlanishi: aseptik sharoitda 2,5 g barbital natriy ulchov kolbasiga solinib uni sterillangan in’eksiya suvida eritiladi va hajmi 50 ml ga etkaziladi. Belgilangan idishga filtrlanadi. Idishga «Aseptik sharoitda tayyorlangan» deb ezilgan yorliq yopishtiriladi.

    Oson oksidlanuvchi moddalarni stabillash uchun , masalan: askorbin kislotasi, dorivor moddadan kura osonrok oksidlanuvchi antioksidantlarni (natriy sulfit va shunga uxshash) eritmaga qo’shish lozim.


    Aseptik usulda oson oksidlanadigan moddalar eritmasini tayyorlash.

    Askorbin kislotasi, adrenalin gidrotartrat, morfin gidroxlorid, vikasol, novokainamid, fenotiazin. Oson oksidlanuvchan moddalar eritmasi tayyorlanganda va ayniqsa sterilizatsiya vaqtida harorat hamda suvda erigan va bo’sh erdagi kislorod ta’sirida moddaning oksidlanishi ro’y beradi. Mana shu oksidlanishning oldini olish maqsadida ularga antioksidantlar qo’shiladi.


    Rp: Sol.Acidi ascorbinici 5% - 200 ml

    Sterilisetur!

    D.S. 1 ml dan mushak orasiga.

    Pasporti: Askorbin kislota10 g

    Natriy sulfit 0,4

    1000ml-2ml

    200ml-X


    Natriy gidrokarbonat 0,472

    1000-23,85

    200-X

    In’eksiya suvi- 200ml



    Vum = 200 ml
    Yuqoridagi retsept oson oksidlanuvchi modda eritmasiga misoldir. MTX buyicha askorbin kislotasi eritmasini tayyorlash uchun 1 litr eritmaga 2 g suvsizlangan natriy sulfit (antioksidant sifatida) va 23,85 g natriy gidrokarbonat qo’shib tayyorlanadi. Eritmaga natriy gidrokarbonat tuzini qo’shishdan maqsad askorbin kislotaning keskin kislotali muxitini neytrallashdir. In’eksiya uchun suv yangi qaynatilgan bo’lishi kerak.

    Tayyorlanishi: aseptik sharoitda 10 g askorbin kislota, 0,4 g suvsizlangan natriy sulfit va 4,77 g natriy gidrokarbonat o’lchov kolbasiga solinib, 1/3 qism in’eksiya uchun ishlatiladigan suvda karbonat angidrid gazi batamom chikib ketgunga kadar yaxshilab aralashtirib turgan holda eritiladi. So’ng yana 1/3 qism suv qo’shib tuzlar erib bo’lguncha aralashtiriladi. Gaz pufaklari ajralishi tuxtagach, eritma hajmi 200 ml ga etkaziladi.

    Tayyor eritma steril filtr orqali 200 ml li idishga qadoqlanadi. Idishning og’zi rezina tikin va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°S haroratda 12 daqiqa sterillanadi. YAna mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, tegishli yorliq epishtiriladi.

    Rp: Sol. Glucosi 5% — 100 ml

    Sterilisetur!

    D.S. In’eksiya uchun.



    Pasporti: Glyukoza 5,0 g

    Natriy xlorid 0,26

    0,1 n xlorid kislota 5 ml

    In’eksiya suvi- 100ml

    Vum = 200 ml

    Glyukoza eritmasini turg’unlashtirish uchun, bir litr glyukoza eritmasiga 0,26 g natriy xlorid va 5 ml 0,1 M xlorid kislota eritmasi (aralashma) qo’shib tayyorlanadi. Bu aralashmani Veybel stabilizatori deb ataladi. Ishni tezlatish uchun oldindan tayyorlangan stabilizator eritmasi ishlatiladi. Buning uchun 5,2 g natriy xlorid, 4,4 ml suyultirilgan xlorid kislotasi (8,3%) va bir litrgacha tozalangan suv kerak bo’ladi. Glyukoza eritmasini tayerlashda bunday stabilizator eritma hajmiga nisbatan 5% qo’shiladi (uning konsentratsiyasidan kat’iy nazar). Demak, yuqoridagi retsept uchun qo’shiladigan stabilizator miqdori 5 ml. Bu stabilizatorda xlorid kislotasi shishani ishqoriyligini neytrallaydi va glyukozani karamelizatsiyaga uchrash xavfini kamaytiradi. Natriy xlorid esa aldegid guruhi bilan kompleks birikma hosil qiladi va eritmani oksidlanish-qaytarilish jarayonidan saqlab turadi.

    Barkarorlashtirilgan glyukoza eritmasi 120°S da 8 daqiqa sterilizatsiya qilinadi. Sargish glyukoza eritmasini sterillashdan oldin uni faollashgan kumir orqali filtrlash yoki ozgina faollashtirilgan kumir bilan aralashtirib filtrlash kerak bo’ladi.

    Glyukozaning in’eksion eritmasini tayyorlashda uning namligini hisobga olish kerak. Olinadigan glyukoza miqdori farmakopeyada keltirilgan tenglama buyicha hisoblab topiladi.



    bu erda X — glyukoza miqdori;

    A — suvsiz glyukoza miqdori, retsept talabi buyicha;

    V — glyukozani namligi, %.

    Bizni hisobda (faraz kilaylik, glyukozani namligi 9,8% bo’lsin) 5,53 g glyukoza olish kerak.

    Eritmalarni filtrlash uchun sterillangan mayda teshikli filtr kogozlardan foydalaniladi. Ikki qavatli filtr kogoz tagiga bir chimdim o’zun tolali paxta solinadi. Filtrlarni pergament kapsulalarga o’rab sterillanadi va keragida ochiladi.

    Natriy salitsilat, solyuzid va fenol hosilalari birikmalarini kulsiz filtr orqali filtrlanadi. CHunki ular oddiy filtr kogoz tarkibida bo’ladigan Feq bilan reaksiyaga kirishib rangli birikmalar hosil kilishi mumkin. Kogoz va paxta orqali filtrlanganda birinchi qismi yordamchi idishga filtrlanib, uni o’sha filtr orqali yana o’tkazish kerak. Katta hajmdagi eritmalarni filtrlashda esa vakuum — filtr moslamalardan foydalaniladi.

    In’eksiya uchun eritmalar neytral shishalarda chiqariladi. (NS — 3, NS — 1, NS — 2 navli).

     

    In’eksion suspenziyalar tayyorlash

     

    Sterillash vaqtida osilmalar bir xilligini yo’kotadi, shuning uchun ingredientlarni xossalariga qarab sterilizatsiya qilinadi,so’ng modda aseptik sharoitda tayyorlanadi.



     

    Rp: Hydrargyri Salicylatis 5. 0

    Olei. Amyqdalarum 50. 0

    Stesilisetur!

    M. D. S. In’eksiya uchun.

     

    Masalan, dorixat bo’yicha dori uchun hovoncha,dasta va idishlar issiq xavoda sterilizatsiya qilinadi. Ayrim hollarda dorixonalarda hovonchani sterillash uchun spirt yoqiladi, bu ishonchli emas (spirt yonmagan joy isimaydi). SHaftoli, bodom yog’lari issiq xavoda sterillanadi. 5 g simob salitsilat va 2-3 g steril moy hovonchada bir xil aralashma bo’lguncha eziladi. Keyin aralashma qolgan moy bilan aralashtiriladi va yog’ bilan yuvib sterillangan kolbaga solinadi. qayta sterilizatsiya qilinmaydi,chunki sterillash osilmada flokulyasiya paydo kilishi mumkin. bo’larning eng oddiylaridan biri natriy gidrokarbonat eritmasi.



     

    Rp: Sol Natrii hydrocarbonatis 3-5-7% — 100 ml

    Sterilisetur!

    D. S. In’eksiya uchun.

     

    Bu eritmalarni tayyorlashdagi birdan-bir muammo bu eritmani loyqalanib — tinikligining buzilishi yoki cho’kma tushib kolishidir. CHo’kma yoki loyqalanishning asosiy sababi modda tarkibida yoki idishda og’ir metallarning tuz qoldiqlari bo’lishi va gidrokarbonatni gidrolizi natijasidagi hosilalarning cho’kmasidir. Bunday holda gidrokarbonatni "In’eksiya uchun yarokli" belgisi ham, sterilizatsiyaga va saqlash muddatiga chidamli turg’un eritma olish kafolatini bermasligi mumkin.



    Turg’unlashtirish uchun Trilon-B ni ishlatish maqsadga muvofik emas. SHuning uchun gidrokarbonatni "kimyoviy toza", "analiz uchun toza" navlari ishlatiladi. CHunki bo’lar tarkibidagi qoldiqlar 0,005% dan oshmaydi. Natriy gidrokarbonatni turg’unligi ayniqsa eritmada pastligini hisobga olib, uni past haroratda 15-20°S dan oshmaydigan va yopik idishlarda asta aralashtirib eritiladi.

    Eritma uchun tanlanadigan shisha idishni neytral bo’lishi ham katta ahamiyatga ega. Uni rezina tikinlar bilan berkitib alyumin kalpok bilan maxkamlanadi.

    Idishni to’latib yuborish kerak emas, idish 4/5 qismigacha to’ldirib 1/5 qismi ochik qoldiriladi, bo’lmasa idish yorilib ketishi mumkin. SHu sababli ham sterilizatorni bo’shatish 20-30 dak. dan so’ng bo’ladi. Tayyor eritma 2 soat sovitilgandan so’ng asta aralashtirib ishlatilishi mumkin. pH 8,1-8,9. Saqlash muddati — 1 oy.



    Download 1,18 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Aylanma turdagi filtrlash aparati

    Download 1,18 Mb.