• I-BOB. TA’LIM VA KADRLAR SALOHIYOTI RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING ASOSIY OMILLARI SIFATIDA
  • Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati




    Download 1.42 Mb.
    bet6/26
    Sana08.05.2023
    Hajmi1.42 Mb.
    #57471
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    VILOYAT TA
    maruza-3 DT.Windows OT(1), Reja Kirish. Flotatsiya jarayoni haqida tushuncha-fayllar.org
    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu dissertatsiyada keltirilgan fikr va mulohazalar, natija va xulosalar viloyat xalq ta’limi tizimi rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning hayotga tadbiq etishda, iqtisodiy boshqaruv bilan bog‘liq muammolarni taxlil etishga bag‘ishlangan maxsus ilmiy tadqiqot ishlarida ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, dissertatsiya ishining asosiy xulosa va tavsiyalari viloyat, shahar hamda tuman xalq ta’limi bo‘limlari metodik asoslari va faktik ma’lumotlari esa tegishli ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining amaliy ishlarida ahamiyatlidir.
    Kalit so‘zlar: Viloyat xalq ta’lim boshqarmasi va bo‘limlari, Infratuzilma, bozor infratuzilmasi, texnopark, umumta’lim maktablari.

    I-BOB. TA’LIM VA KADRLAR SALOHIYOTI RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING ASOSIY OMILLARI SIFATIDA

    1.1 Ta’lim tizimida raqamli iqtisodiyot boshqaruvinining mazmuni va mohiyati


    Har bir yangi sohada bo‘lgani kabi raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida ham malakali kadrlar yetishmovchiligi ko‘zga tashlanmoqda. Tan olish kerakki, bu muammo har doim ham dolzarb bo‘lib kelgan. Kadrlar masalasida to‘siqlarga duch kelayotganimiz bor gap. Chunki yangi soha, yangi yo‘nalishda faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan zaxira mavjud emas.
    Shu o‘rinda bir misol keltirib o‘tsak. Ayni paytda vazirlik va idoralarda rahbarning aynan raqamlashtirish yo‘nalishidagi o‘rinbosarlari lavozimlari joriy qilinmoqda. Vazirligimiz esa mana shu lavozimlarga tajribali mutaxassislarni tavsiya qilish, kerak bo‘lsa, ta’minlash uchun javobgardir. Vazirlik mamlakat miqyosida barcha sohalarda raqamlashtirishga mas’ul bo‘lib, ba’zi holatlarda o‘zi uchun professional mutaxassis zarur bo‘lib turgan bir paytda bu bo‘shliqni nimaning hisobiga to‘ldirish zarur? Buning uchun nimalar qilish kerak? Buning ham yechimi topildi, unga mustahkam poydevor qo‘yildi. Zotan, O‘zbekistonning eng katta boyligi — aholisining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi yoshlardir. Shuning uchun ham davlat siyosatida navqiron avlodning jamiyatdagi nufuzini oshirish muhim o‘rin tutadi, ularning yangi-yangi mutaxassisliklar va kasblarni egallashiga katta e’tibor qaratilyapti.
    Barchaga ma’lumki, Prezidentimiz g‘oyasi bilan bugun respublika bo‘ylab yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida «5 muhim tashabbus» amalga oshirilmoqda. Ana shu tashabbusning uchinchisi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etish doirasida hududlarda 30 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi. Bugungi kungacha jami 7,2 mingdan ortiq tinglovchi o‘quv kurslarini yakunlagan.
    O‘z navbatida yoshlarni, umumta’lim maktab o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga dasturlash asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 69 mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ulardan 5,8 ming nafari kurslarni muvaffaqiyatli tugatdi. Hammaga ma’lumki, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning eng samarali yo‘li - ularni bolalik paytidan boshlab o‘rgatishdir. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-tsentyabrdagi qaroriga muvofiq, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.
    2019-yil dekabr oyida ushbu o‘quv dargohining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda matematika va xorijiy tillardan muvaffaqiyatli imtihon topshirgan 680 nafar o‘g‘il-qiz maktabning 5-11 sinflarida ta’lim olmoqda.
    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ta’lim sohasida ham katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
    2018-2019-o‘quv yilidan boshlab universitet zamonaviy ta’limning kredit modul tizimiga o‘tkazildi va hozirgi kunda bu tizimda 9609 nafar talaba o‘qiyapti. Universitet tuzilmasida O‘zbek—Belarus qo‘shma fakulteti ham tashkil etildi. Bundan tashqari Universitetda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkilotining (JICA) 1,6 million dollar miqdoridagi texnik granti hisobiga zamonaviy o‘quv media markazi ochildi. Media markazda videokontentni tasvirga olish va ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyat mavjud. Kelgusida o‘quv markazlaridan tashqari «Ishga marhamat» monomarkazlarida va Texnopark filiallarida yoshlarga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslar ham tashkil etiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi 28-aprel kuni qabul qilingan «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra 2023-yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 hamda ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish nazarda tutilgan. Qolaversa, 2020-2022-yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar va dasturiy mahsulotlar, axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, qishloq hamda suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha jami 268 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Shulardan kelib chiqib, IT-Park rezidentlari sonini 450 taga hamda ular tomonidan ko‘rsatilgan eksport hajmini 25 mln. dollarga yetkazish maqsadida tegishli infratuzilma kengaytirilmoqda. Xususan, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsion texnologiyaga ixtisoslashtirilgan maktab hududida IT-Park Toshkent filialini ishga tushiriladi hamda qo‘shimcha 700 ta ish o‘rni yaratiladi. O‘z navbatida «5 muhim tashabbus»ning uchinchisi doirasida yil yakunigacha qo‘shimcha 72 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etiladi, ularda axborot texnologiyalari sohasida 15 mingdan ortiq yoshlar o‘qitiladi. Barcha hududdagi yoshlar markazlarida yoshlarni «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatishga qaratilgan kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, umumta’lim maktablari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitish orqali loyihaga jalb qilinganlar soni 100 mingtaga yetkaziladi.
    «O‘zbektelekom» AK ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi sig‘imini 5 baravarga (5 Petabaytgacha) kengaytirish ham ko‘zda tutilyapti. Ayni chog‘da 600 ming portli keng polosali ulanish qurilmalarini o‘rnatish orqali umumiy portlar soni 2,8 mln.taga, 5,5 ming km. optik kabel liniyalari qurish orqali respublika bo‘yicha umumiy optik aloqa liniyalari uzunligini 50 ming km.ga yetkaziladi. Qolaversa, 1052 ta mobil aloqa baza stansiyasini o‘rnatish va ularning umumiy sonini 28,3 mingga yetkazish orqali respublika aholi yashash maskanlarining keng polosali mobil tarmoq bilan qamrov darajasi oshiriladi. Eng muhimi, 2700 ta maktabgacha ta’lim hamda 1740 ta sog‘liqni saqlash ob’ektining to‘liq, 2160 ta xalq ta’limi muassasasini yuqori tezlikdagi internetga ulash imkoniyati ham yaratiladi.
    Bugungi kunda, yer munosabatlari, qishloq va suv xo‘jaligi resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida raqamli hamda geoaxborot texnologiyalari tizimini joriy etish yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldiga ham aniq vazifalar qo‘yilgan. Respublikamizda geoaxborot texnologiyalarini rivojlanirish maqsadida sohada yetuk tajribaga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalarning tajribasi o‘rganildi. Hozirgi kunda xorijiy kompaniyalarning yerni masofadan zondlash yo‘ldoshlari olgan kosmik suratlarni respublikamiz hududida qabul qilish va ularga ishlov berish uchun “virtual” qabul qilish stansiyasi (geoaxborot markazini)ni tashkil etish loyihasi bo‘yicha takliflar o‘rganilmoqda. Endi yer ajratish to‘g‘risidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh kanallarini ijaraga olish va signallarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga ko‘rsatma berildi. Bu esa kosmosuratlarni yillar bo‘yicha taqqoslash orqali hosildorlikni tahlil qilish, yerlarning meliorativ holatini muntazam o‘rganishda qo‘l keladi. Yil yakuniga qadar qishloq xo‘jaligi maydonlarini elektron tanlov va autsion asosida ajratish tartibini joriy qilish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda yer toifalarini optimallashtirish borasidagi ishlar o‘z vaqtida bajarilishida vazirligimiz boshqa mutasaddi tashkilot va idoralar bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradi. Mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.


    Download 1.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 1.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati

    Download 1.42 Mb.