Dessertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati




Download 1.42 Mb.
bet3/26
Sana08.05.2023
Hajmi1.42 Mb.
#57471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
VILOYAT TA
maruza-3 DT.Windows OT(1), Reja Kirish. Flotatsiya jarayoni haqida tushuncha-fayllar.org

KIRISH


Dessertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida yurtimizda bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2018-yil 28-dekabrdagi 2019-yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo‘yicha quyidagilarni aytib o‘tdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko‘zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsiyasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 % ga o‘stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha yo‘l haritasini ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta ’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1gi Farmonini ijro etish borasida, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaror qabul qildi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3832-sonli qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo‘yicha quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar deb ko‘rsatilgan:
-Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
-Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
-Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
-Kriptoaktivlar bo‘yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
-Horij tajribasini hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish .
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan avval axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu risolada aks ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to‘g‘ri tushunish mumkin bo‘ladi. Qisqa va lo‘nda qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot-bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot- kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalami ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o‘ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Yangilanayotgan O‘zbekiston o‘z oldiga bugun shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni asosiy marra qilib qo‘ygan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishi, biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishishimiz zarurligi, shu bois raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi besh yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri sifatida belgilab berildi. Chunki raqamli texnologiyalar mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, eng og‘ir illatlardan biri – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi qatorida odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini o‘tgan qisqa fursat ko‘rsatib berdi.
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, obektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. Demak, iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarni davr talabiga javob bera oladigan yetuk mutaxassis, komil inson bo‘lib tarbiyalanishlarida, ularga «Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish - davr talabidir.

Download 1.42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 1.42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dessertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati

Download 1.42 Mb.