Ta’lim muhitida raqamli boshqaruvning huquqiy asoslari




Download 1.42 Mb.
bet7/26
Sana08.05.2023
Hajmi1.42 Mb.
#57471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
VILOYAT TA
maruza-3 DT.Windows OT(1), Reja Kirish. Flotatsiya jarayoni haqida tushuncha-fayllar.org

1.2. Ta’lim muhitida raqamli boshqaruvning huquqiy asoslari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini masofaviy kurslarga qabul qilish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtmasiga muvofiq amalga oshiriladi.


Oldingi tahrirga qarang.
1. Masofaviy kurslar boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchilarga Akademiya O‘quv-uslubiy bo‘limi tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi. Tinglovchilar o‘ziga berilgan login va parol yordamida “Masofaviy kurslar” bo‘limiga kiradi va tizimda o‘zining shaxsiy kabinetiga ega bo‘ladi.
Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Tinglovchining shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslar foydalanishini oldini olish maqsadida himoya usullaridan foydalaniladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
23-oktabrdagi 857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/857/2094-son)

2. Masofaviy kurs davomida tinglovchi kurslarni tashkil etish va o‘tkazish rejasiga, o‘qish davomiyligi (kelishuv asosida)ga amal qilishi, shuningdek onlayn va offlayn rejimidagi ta’lim jarayonida shaxsan o‘zi ishtirok etishi talab etiladi.
3. Masofaviy kurslarda tinglovchining faoliyati tasdiqlangan grafik asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Onlayn kirish test sinovi — kurs boshida tinglovchilarning tegishli qayta tayyorlash va malakani oshirish yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tinglovchilarga “Masofaviy kurslar” tizimidagi resurslar (mustaqil ta’lim uchun taqdimotlar, o‘quv, audio va video materiallar)dan foydalanishga ruxsat beriladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/857/2094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yo‘nalish o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish ketma-ketligi O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan belgilanadi. Bunda tinglovchi o‘quv fanlari mazmunini elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda mustaqil o‘zlashtiradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
23-oktabrdagi 857-sonli qarori tahririda - Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/857/2094-son)

Oldingi tahrirga qarang.
5. Masofaviy kurslarda qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv rejasidagi o‘quv fanlari bo‘yicha onlayn ma’ruzalar (vebinar) tashkil etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
23-oktabrdagi 857-sonli qarori tahririda - Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/857/2094-son)

Oldingi tahrirga qarang.
6. Onlayn ma’ruzalar (vebinarlar) o‘tkazilishidan 3 kun oldin tizimda O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan onlayn ma’ruza o‘tkaziladigan sana, vaqt, ma’ruza mavzusi hamda ma’ruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan e’lon beriladi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 23-oktabrdagi 857-sonli qarori tahririda - Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/857/2094-son)



Download 1.42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Download 1.42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim muhitida raqamli boshqaruvning huquqiy asoslari

Download 1.42 Mb.