Insho yozishga qo`yiladigan talablar




Download 80.56 Kb.
bet7/16
Sana14.12.2022
Hajmi80.56 Kb.
#34859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
6 sinf taj nazorat mater
6-sinf I chorak taq.mav taj, 7 sinf ona tili taq mavzu taj, GMAT, img20230316 13174204, Algebra 7, Algebra 8, Algebra 9, SAL23212453252524151sadfvaw254532agasg246135141, “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan yakuniy nazorat uchun, Вычисление пределов функции. Правила вычисления пределов. Первый замечательный предел. Второй замечательный предел. Решение задач и контрольных работ по высшей математике онлайн., ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИ ҲАЛҚАРО РЕЙТИНГЛАРДАГИ КЎРСАТКИЧЛАРИНИ КЎТАРИШНИНГ ТАРИХИЙ ВА СИЁСИЙ АХАМИЯТИ, ЮК АВТОМОБИЛЛАРИ, 1-amaliy mashg\'ul;ot, 2-ma\'ruza..
1



Insho yozishga qo`yiladigan talablar
Inshoda o`quvchining ona tili va adabiyotdan olgan bilimlarini amalda qanday qo`llay bilishlari, ijodiy fikrlash qobiliyatlari, yozma nutq malakalari to`la namoyon bo`ladi. Shunga ko`ra, o`quvchining yozgan ijodiy ishi, inshoga quyidagi talablar qo`yiladi.

  1. Insho sarlavhasi to`g`ri tanlangan, belgilangan bo`lishi lozim.

  2. O`quvchi inshoga material to`plashi, tartibga solishi, uni muayyan izchillikda berishi va mavzu talabini to`g`ri anglashi lozim.

  3. Insho o`quvchini ijod qilishga, fikr yuritishga undashi, aqliy mehnatga qiziqish uyg`otishi zarur.

  4. O`quvchi inshoni mustaqil yozishi, inshoning asosiy mazmunini yozishdan avval unga kirish so`zlari va yakunlashda bayon qilingan fikrlardan xulosa chiqarishni bilishi lozim.

  5. Insho orqali o`tkaziladigan nazoratda o`quvchining yozma nutqi silliq, ravon, ta’sirchan, ifodali va sheva elementlaridan xoli bo`lmog`i kerak.

  6. Nazoratga qaratilgan insholar til o`qitish amaliyotida va reyting tizimida ham katta bo`limlar, mavzular o`rganilganidan so`ng, yoki chorak oxirida, ya’ni oraliq nazorat va yakuniy nazoratda o`tkaziladi. Ular asosan, o`quvchilarning egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirish, sinash maqsadida tashkil qilinadi. Bunday insholar o`z mavzusiga ko`ra ilmiy, badiiy va erkin insho turlariga ajratiladi.


Ilmiy insho o`quvchining ilmiy dunyoqarashini kengaytirishi, tabiat va jamiyat hodisalarining haqiqiy mohiyatini anglashga yordam berishi, shuningdek, ona tilidan olgan bilim, savodxonligi, fikrlarni aniq va izchil bayon qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berishi lozim. Ilmiy insho o`tkazishni rejalashtirishda integrallashgan dars turidan(ya’ni ona tili darsini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda olib borish) foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ilmiy insholar uchun asosiy manba maktab darsliklari, turli xil entsiklopedik lug`atlar, gazeta va jurnallardagi ilmiy maqolalar, ilmiy mavzudagi yoki o`quv teleko`rsatuvlari bo`lishi mumkin.


Download 80.56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 80.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Insho yozishga qo`yiladigan talablar

Download 80.56 Kb.