• Izohli yozuv.
  • Izohli diktant
  • Erkin diktantda
  • Ijodiy diktant
  • 6- sinf, I chorak Toshkent-2015 6-sinf I chorakda o`tkaziladigan nazorat ishlari va undan namunalar




    Download 80.56 Kb.
    bet4/16
    Sana14.12.2022
    Hajmi80.56 Kb.
    #34859
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    6 sinf taj nazorat mater
    6-sinf I chorak taq.mav taj, 7 sinf ona tili taq mavzu taj, GMAT, img20230316 13174204, Algebra 7, Algebra 8, Algebra 9, SAL23212453252524151sadfvaw254532agasg246135141, “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan yakuniy nazorat uchun, Вычисление пределов функции. Правила вычисления пределов. Первый замечательный предел. Второй замечательный предел. Решение задач и контрольных работ по высшей математике онлайн., ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИ ҲАЛҚАРО РЕЙТИНГЛАРДАГИ КЎРСАТКИЧЛАРИНИ КЎТАРИШНИНГ ТАРИХИЙ ВА СИЁСИЙ АХАМИЯТИ, ЮК АВТОМОБИЛЛАРИ, 1-amaliy mashg\'ul;ot, 2-ma\'ruza..
    Diktant va uning turlari

    Diktant o`quvchilarning savodxonligini tekshirish va oshirish, bilimlarini mustahkamlash maqsadida kundalik hamda ko`pincha oraliq nazorat shaklida o`tkaziladi. Diktantlar ta’limiy va nazorat diktantlariga ajratiladi.
    Ta’limiy diktantlar o`quv jarayonida, ma’lum mavzularni takrorlash, mustahkamlash maqsadida o`tkaziladi. Ta’limiy diktantlar izohli yozuv, ta’kidiy, izohli diktant, saylanma, ijodiy, erkin, lug`at diktantlari kabi turlarga ajratiladi.
    Izohli yozuv. Ta’kidiy va izohli diktant, lug`at, nazorat diktantlarda matn o`zgartirilmay yoziladi.
    Saylanma, erkin va ijodiy diktant vaqtida esa matn ma’lum o`zgarish bilan yoziladi.
    Ta’kidiy diktant o`quvchilarning orfografik qoidalarni ongli o`zlashtirishda o`ziga xos o`rin tutadi. Bunda eshituv organi orqali qabul qilingan taassurotlar bilan birga so`z tarkibini, grammatik va orfografik qoidalarni yaxshi bilish ham talab etiladi. Ta’kidiy diktantda matnni diktovka(bayon) qilishdan oldin imlo qoidalarini eslash, izohlash lozim.
    Izohli diktant ham ta’kidiy diktantga o`xshaydi, biroq unda grammatik qoida matn yozib bo`lingandan so`ng eslatiladi.
    Saylanma diktant ma’lum bir grammatik qoida bo`yicha o`tkazilib, bilimlarni puxta o`zlashtirishga, o`quvchilarning ongli o`quvini takomillashtirishga yordam beradi. Bunda matndan mustahkamlanayotgan imlo qoidasiga mos bo`lgan so`zlarnigina ajratib yozishlari talab qilinadi.
    Erkin diktantda o`quvchi matnning mazmunini saqlagan holda ayrim so`z nutq malakasini egallagan bo`lishi, ixcham matn tuza olishi kerak bo`ladi. Erkin diktant o`quvchilarda o`qilgan matnni ko`proq eslab qolish, boshqalarning fikrini to`la, aynan bayon eta olish malakasini hosil qildirish va bunday bilimlar darajasini o`lchash, baholash uchun lozim.
    Ijodiy diktant o`quvchilardan faollik va mustaqillikni talab qiladi. Ijodiy diktant:

      1. O`quvchilarga bilimlarni ongli o`zlashtirishlarida yordam beradi.

      2. Yozma nutqni to`g`ri shakllantiradi.

      3. O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq boyliklarini oshiradi, nutqiy savodxonlikka o`rgatadi.

      4. O`quvchining ma’naviy kamolotiga, nutq madaniyatining o`sishiga yordam beradi. (Masalan. Mavzu: “A va O unlilarining yozilishini mustahkamlash).

    Nazorat diktanti yoki tekshiruv diktanti o`rganilgan qoidalarning qanday o`zgartirilganini tekshirish maqsadida kundalik va oraliq nazorat shaklida o`tkaziladi.


    Nazorat diktantga quyidagi talablar qo`yiladi:

    1. Yozma nazoratning bu turi o`tilgan mavzu yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlashga va tekshirishga xizmat qilishi lozim.

    2. Diktant uchun o`tilgan mavzuga to`la muvofiq keladigan va olingan bilimlarni sinash imkoniyatini beradigan material tanlanishi zarur bo`ladi.

    3. Tanlangan material o`quvchiga ma’lum darslikdan olinmay, imkon qadar ijodiy bo`lishi, mustaqil o`qilgan yoki o`quvchiga notanish bo`lgan asarlardan bo`lgani maqsadga muvofiqdir.

    4. Diktant matni saralangan gaplardan yoki tayyor adabiy-badiiy parcha holida bo`lishi mumkin. Bu o`zlashtirilgan mavzu mohiyatiga bog`liq.

    Diktant hajmi V sinfda 100-110, VI sinfda 110-120, VII sinfda 120-150, VIII sinfda 150-170, IX sinfda 170-200 so`zli bo`lishi mumkin. Lug`at diktant uchun esa V sinfda, 20-25. VI sinfda 25-30, VII sinfda 30-35, VIII sinfda 35-40, IX sinfda 40-45 tacha so`z tanlanadi.
    Diktant matnidagi so`zlar miqdorini belgilashda undagi barcha so`zlar hisobga olinadi. O`qituvchi diktant mavzui va maqsadini hisobga olib, matndagi so`zlar miqdorini kamaytirishi yoki ko`paytirishi mumkin.

    Download 80.56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 80.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6- sinf, I chorak Toshkent-2015 6-sinf I chorakda o`tkaziladigan nazorat ishlari va undan namunalar

    Download 80.56 Kb.