• Erkin insholar
  • Tasviriy insho
  • 6- sinf, I chorak Toshkent-2015 6-sinf I chorakda o`tkaziladigan nazorat ishlari va undan namunalar




    Download 80.56 Kb.
    bet8/16
    Sana14.12.2022
    Hajmi80.56 Kb.
    #34859
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    6 sinf taj nazorat mater
    6-sinf I chorak taq.mav taj, 7 sinf ona tili taq mavzu taj, GMAT, img20230316 13174204, Algebra 7, Algebra 8, Algebra 9, SAL23212453252524151sadfvaw254532agasg246135141, “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan yakuniy nazorat uchun, Вычисление пределов функции. Правила вычисления пределов. Первый замечательный предел. Второй замечательный предел. Решение задач и контрольных работ по высшей математике онлайн., ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИ ҲАЛҚАРО РЕЙТИНГЛАРДАГИ КЎРСАТКИЧЛАРИНИ КЎТАРИШНИНГ ТАРИХИЙ ВА СИЁСИЙ АХАМИЯТИ, ЮК АВТОМОБИЛЛАРИ, 1-amaliy mashg\'ul;ot, 2-ma\'ruza..

    Adabiy insholar


    Nazoratning bu turidan ona tili va adabiyot darslarida ham keng foydalanib, reyting tizimining yakuniy va oraliq nazoratida o`tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Adabiy insholar o`quvchining badiiy nutqini rivojlantiradi, o`xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag`a singari adabiy tasvir vositalaridan foydalanish, oddiy so`zlar bilan ma’nosi kuchaytirilgan bo`yoqdor so`zlarni qo`llay bilishga o`rgatadi. Shuningdek, yozuvchi uslubi mahoratini tushunib olish, asar kulminatsiyasi va yechimidagi voqea-hodisalarni anglab olish, asar yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini keng, aniq va izchil, erkin ravishda bayon qilishda o`quvchiga imkon beradi. Masalan, “Ma’nodosh va qarama-qarshi ma’noli so`zlar” mavzusi o`rganilgandan so`ng o`quvchilarga yaxshilik haqida, insonning, ijobiy, yaxshi fazilatlarini ifodalovchi so`zlarning qarama-qarshi ma’nolilarini toptirish, “Yaxshi fazilatlar – inson husni” adabiy inshosini ona tili darsida yozish mumkin bo`ladi.

    Erkin insholar
    Ona tili va adabiyot darslarida erkin mavzudagi insholar nazoratning oraliq shaklida ko`proq o`tkaziladi.
    Erkin insholar mavzusi va materiallari hayotimizning turli sohalariga oid bo`lishi mumkin. Bunday nazoratning turi o`quvchidan hayotni yaxshi tushunish va bilishni, voqea-hodisalar haqida yetarli, ilmiy va aniq ma’lumotga ega bo`lishni, o`z fikr va mushohadasini bayon eta olishini, o`qilgan badiiy asarlar va tele, kino ko`rsatuvlarini muhokama qilib, o`zi xulosa chiqarishni talab qiladi.
    Reyting tizimining oraliq nazoratida “Mening sevimli qahramonim”, “Ommaviy axborot vositalariga munosabatim”, “Ustoz o`gitlari”, “Vatanga sadoqat” va shu kabi mavzulardan foydalanish mumkin.

    Tasviriy insho
    Tasviriy inshodan kundalik, oraliq nazoratlarda unumli foydalanish o`quvchilarning nutqini o`stirish, ayniqsa, badiiy tasvir uchun, adabiy til me’yorlarini o`rinli qo`llay olish uchun keng imkoniyat yaratadi.
    Tasviriy inshoda turmushdagi narsa, voqea-hodisalar, odamlar, jamiki jonli va jonsiz mavjudotning muhim belgilarini, xususiyatlarini yoritib berish talab etiladi. Shunga ko`ra tasvirning uchta ko`rinishi (Oddiy, ilmiy, badiiy) haqida boshlang`ich sinfda ham ona tilining izchil kursini o`rganish(5-9 sinflar) jarayonida ham davom ettiriladi.
    O`quvchilar oha tili darslarida hayotdagi istalgan bir narsaning( masalan, darslik, so`z, daraxt, meva va h.k.) oddiy, ilmiy va badiiy tasvirini yaratishlari mumkin. Bunday tasvirda o`quvchi o`xshatish, jonlantirish kabi tasviriy vositalarni, badiiy so`z va iboralarni, sifatlash, mubolag`a kabi usullarni qo`llay olishi kerak bo`ladi. Bunda ona tili fanidan “Bog`lanishli nutqni o`stirish” mashg`ulotlarida, Oybekning “Na’matak” she’rini, A.Oripovning “Men nechun sevaman O`zbekistonni?” she’ridagi voqealarni tasvirlashda foydalanish mumkin. Yoki ijodiy tasviriy insholar: Kishilarning turlicha tasvirini ifodalovchi ijobiy bo`yoqli so`zlar lug`atini tuzish, sinfdoshining xatti-harakatini baholab maqola yozish kabi yozma topshiriqli ishlar berilishi joizdir. Masalan, “Do`stining tashqi qiyofasini tavsiflash”, “Men yaratgan bog`”, “O`zbekistonning yangi inshootlari” kabi mavzularda ijodiy-tasviriy insholarni yozish mumkin.


    Download 80.56 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 80.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6- sinf, I chorak Toshkent-2015 6-sinf I chorakda o`tkaziladigan nazorat ishlari va undan namunalar

    Download 80.56 Kb.