Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana25.06.2024
Hajmi1,68 Mb.
#265569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
177 
16.
Energetika obyektlari davlat kadastri. 
17.
Chiqindilarni koʻmib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri. 
18.
Tabiiy xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri. 
19.
Texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri. 
20.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri. 
21.
Hududlar davlat kadastri. 
6.2.
 
Geografik axborot tizimining elektron hukumat 
tizimidagi oʻrni 
Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotganligi 
natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari 
oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari (AKT) va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish hamda 
ularni hayotga keng joriy qilishga erishilmoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yoʻnaltirilgan koʻp 
tarmoqli axborot sanoatini tashkil etish, AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida 
keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligiga 
erishish, rivojlangan davlatlar standartlariga chiqish maqsadida Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qancha farmonlar va hukumat qarorlari 
qabul qilinib, amalda tatbiq qilinmoqda.
Axborot texnologiyalarining davlat boshqaruviga kiritilishi shu sohada 
kuzatishlar olib borgan mutaxassislar tomonidan 60 dan ortiq mamlakatda olib 
borilgan tadqiqotlar aynan rivojlangan davlatlardagina AKT iqtisodiy oʻsish bilan 
uzviy bogʻliqligini koʻrsatdi, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlarda AKTning 
ta’siri kam boʻlib, uning rivojlanishi faqat ma’lum bir darajaga yetganidan 
keyingina yalpi ichki mahsulotning jon boshiga oʻsishini ta’minlash mumkinligi 
qayd etilgan. Respublikamiz iqtisodiy sektorida AKTga jalb etilgan 
investitsiyalar hajmi, oxirgi yillar mobaynida tahlil qilingan davlat boshqaruvi 
organlari va korxonalari boʻyicha sof foyda miqdori ortganligi fikrimizning isboti 
boʻla oladi.
Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, davlat boshqaruvida AKTni qoʻllash 
uning natijaviy samaradorligini, xususan, axborotning oʻzaro ta’siri, qayta 



Download 1,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish