Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana25.06.2024
Hajmi1,68 Mb.
#265569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
179 
va xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma sotib olishi, soliq 
deklaratsiyasini taqdim etishi, jarima toʻlashi va ijtimoiy imtiyozlar soʻrab 
murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
Bugungi kunda elektron hukumat mavzusi juda ommalashib ketdi. Biroq 
soʻnggi vaqtlarda e’lon qilinayotgan materiallarda mazkur mavzuga yondashishda 
tizimlilik va konseptual qat’iylik yoʻqligi tashvishga soladi. Davlat boshqaruvida 
AKT haqida gapirilganda, odatda platformalar, portallar, hujjatlar aylanishi, u 
yoki bu firmalarning texnologiyasidan foydalanish toʻgʻrisida soʻz yuritishadi 
yoki boʻlmasa, elektron hukumat deb atalish huquqiga talabgorlik qilayotgan, 
aslida esa bunday boʻlmagan axborot-kommunikatsiya tizimlarining amalga 
oshirilganligi va muvaffaqiyatli joriy etilganligi haqida misollar keltiriladi.
Axborot texnologiyalarining ijtimoiy hayotga joriy etilishining 
koʻchkisimon jarayonidan soxta koʻtarinkilik holatiga tushish davrimizning 
xarakterli belgisi hisoblanadi. Tegishli davlat dasturlari qabul qilinishi bilan 
mustahkamlangan ushbu jarayon davlat boshqaruvi organlarining yalpi 
axborotlashtirilishi darajasiga chiqqanidan keyin koʻpchilik AKTning davlat 
boshqaruviga joriy etilishi mana shundan boshlanadi, deb hisoblamoqda. 
AKTning joriy etilishi davlat boshqaruvi tizimi faoliyatining jamiyat uchun 
koʻproq 
ochiqligini 
ta’minlaydi. 
Davlat 
boshqaruvi 
organlarining 
kompyuterlashtirilishi va “onlayn” interfeysi bilan jihozlanishi muhim qadam 
hisoblanadi, biroq AKTni joriy etish bilan bogʻliq vazifalarning butun kompleksi 
bu bilan tugamaydi.
AKT tizimi davlat bilan jamiyat oʻrtasidagi aloqalar tartibotini ancha 
soddalashtiradi, biroq bu ularning yakka-yu yagona va asosiy afzalligi emas. 
AKTning davlat boshqaruvida amalda joriy etilishining asosiy maqsadi va 
kutilayotgan natijasi keng koʻlamda davlat boshqaruvining bazaviy jihatdan yangi 
sifatga oʻtganligi deb hisoblash mumkin. Davlat boshqaruvida AKT – bu nafaqat 
davlat boshqaruvining tegishli sifat darajasida axborot-texnik tashkil etilishi, 
balki istalgan mamlakat jamiyatida mavjud boʻlgan munosabatlar va aloqalarni 
sifat jihatidan boshqacha tashkil etish va boshqarish hamdir.



Download 1,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish