Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana25.06.2024
Hajmi1,68 Mb.
#265569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
178 
ishlanishi va izlanishini amalga oshirish uchun vaqt qisqarishi hisobiga 
unumdorlikni oʻrtacha 20 foizga koʻpaytirish imkonini yaratadi. Davlat 
islohotlarining amalga oshirilishida xoʻjalik boshqaruvi hamda hokimiyat 
organlarida axborot texnologiyalari faol oʻzlashtirilmoqda va keng joriy 
etilmoqda.
Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan keng 
koʻlamli islohotlar negizida AKTning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi 
Oʻzbekiston Respublikasining global axborot hamjamiyatida munosib oʻrin 
egallashiga sezilarli ta’sir koʻrsatmoqda. Oʻtkazilgan kuzatuvlar shuni 
koʻrsatadiki, davlat AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarini ishga 
solmoqda. Bir vaqtning oʻzida AKTni davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. 
Davlat tashkilotlarini real vaqt – Onlayn tizimiga ulash, davlat sektori va 
fuqarolar oʻrtasidagi aloqani yagona elektron vosita bilan ta’minlash Oʻzbekiston 
Respublikasi 
zamonaviy 
axborot 
asriga 
kirishga 
jiddiy 
maqsadlar 
qoʻyayotganligini koʻrsatdi.
AKTni davlat boshqaruviga kiritishga katta e’tibor qaratilganligini hisobga 
olib, davlat hukumati tomonidan 2003–2010- yillarda davlat boshqaruvida 
elektron texnologiyalarni joriy etish dasturi tayyorlangan edi. Ushbu dastur davlat 
boshqaruvida elektron hujjatlar aylanishini keng targʻib qilish, fuqarolarga 
koʻrsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilash va hukumat tomonidan qabul 
qilinayotgan qaror va qonunlarning oshkoraligini ta’minlash chora-tadbirlari 
toʻgʻrisidadir.
Dastur asosida birinchi bosqichda davlat boshqaruv organlarida davlat 
xizmatlari haqidagi ma’lumotlar (jumladan, mansabdor shaxslarning qabul vaqti, 
xizmat telefonlari) joylashtirilgan veb-sahifalar ochiladi. Ikkinchi bosqichda 
ma’lumotlarni toʻliq jamlagan davlat organlarini qidirish imkoniyatini beradigan 
ma’lumotlar bazasi tuzilib, qilingan murojaatlarga elektron pochta orqali javob 
berilishi ta’minlanadi. Ular fuqarolarning davlat portaliga kirib, bir qator 
“interaktiv xizmatlar” orqali turli shakllarni toʻldirish imkonini koʻrsatadi. 
Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy va huquqiy xizmatlar koʻrsatish, fuqarolar 



Download 1,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish