Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
181
barchasini tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan qoʻllab-
quvvatlash va ta’minlash tizimidir. Bunga quyidagilar kiritiladi:
•
kommunikatsiya tarmoqlari orqali axborotni qayta ishlash, uzatish va
yoyishning elektron vositalari (shu jumladan Internet) asosida davlat
boshqaruvini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash;
•
davlat hokimiyati barcha tarmoqlari organlarining fuqarolarning barcha
toifalariga elektron vositalar orqali xizmat koʻrsatishi;
•
davlat organlarining ishi toʻgʻrisida fuqarolarga elektron vositalar orqali
xabar berish.
6.1-rasm.
Geoaxborot tizimining elektron hukumatdagi oʻrni
(
Manba:
Samborskiy, 2010
)
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
182
6.3.
Oʻzbekistonda geoaxborot tizimiga oid qonunchilik
Oʻzbekistonda geografik axborot tizimini amalga oshirish boʻyicha qonun-
qoidalar aynan geografik axborot tizimi uchun ishlab chiqilmagan boʻlsa-da,
milliy axborot-kommunikatsiya tizimini shakllantirish, axborot xavfsizligini
ta’minlash, elektron hukumat tizimini yaratish, atrof-muhit toʻgʻrisida
ma’lumotlar bazasini shakllantirish, koʻchmas mulkni roʻyxatga olish, davlat
kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilingan boʻlib, ushbu qonunlar milliy
geografik axborot tizimini yaratish uchun asos boʻlib xizmat qila oladi. Shuning
uchun ham ushbu bobda yuqorida nomlari keltirilgan me’yoriy hujjatlar
toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtamiz va oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisida fikr
yuritamiz.
Oʻzbekistonda geografik axborot tizimi quyidagi qonunlar va me’yoriy
hujjatlar bilan uzviy bogʻliqdir:
•
“Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Qonun (1997).
•
“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonun (2000).
•
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun (2003).
•
“Elektron hujjatlar aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonun (2004) va bir qator
boshqa qonunlar.
•
AKT va kadastr (jumladan, davlat axborot tizimlarini va elektron
hukumatni yaratish) sohasiga oid qariyb 20 ta hukumat qarorlari.
•
Koʻp sonli idoraviy-me’yoriy hujjatlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi
142-sonli «2013–2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit
muhofazasi boʻyicha harakatlar Dasturi»ga asosan, 2013–2017- yillar davomida
geografik axborot tizimlarini (GAT texnologiyalarini) qoʻllagan holda atrof tabiiy
muhit holati davlat monitoringining integratsiyalashgan axborot bazasini tashkil
etish rejalashtirilgan. Asosiy kutilayotgan natijalarga muvofiq, GAT
texnologiyalarini tatbiq etish orqali atrof tabiiy muhit holati davlat
monitoringining axborot bazasini rivojlantirish koʻzda tutilgan. Shu maqsadlar
|