Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana25.06.2024
Hajmi1,68 Mb.
#265569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
180 
Soddalashtirilgan shaklda har qanday mamlakatning ijtimoiy hayotini uch 
muhim subyekt (davlat, mamlakat fuqarolari, biznes subyektlari) ning 
munosabatlari dinamik tengligi shaklida tasavvur qilish mumkin. Fuqarolar bir 
boʻlib fuqarolik jamiyatini ifodalab, biznes subyektlarining jami esa mamlakat 
iqtisodiyotini ifodalasa, davlat integratsiyalovchi tizim hisoblanadi. Bunda 
davlatning integratsiyalovchi roli uchta nimtizimli munosabatlarda namoyon 
boʻladi: 
1.
Hukumat muassasalarining oʻzaro va mahalliy davlat boshqaruv organlari 
bilan hamkorlik qilishi (G2G). 
2.
Hukumat muassasalari bilan mamlakat fuqarolari oʻrtasidagi oʻzaro 
aloqa(G2C). 
3.
Hukumat muassasalari bilan biznes subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa 
(G2B). 
Mulkchilik, egalik munosabatlari va hokazolar emas, balki fuqaroviy-
huquqiy, ijtimoiy munosabatlar tegishli oʻzaro hamkorlikning ustuvor mazmunini 
tashkil etadi. AKTni joriy etish jarayonida davlat boshqaruvi samaradorligini 
oshirish vazifasi quyidagi muammolarni hal etishga yoʻnaltiradi: 

umumiy vazifalarni hal etish maqsadida har xil hukumat tuzilmalarining 
samaraliroq oʻzaro hamkorligini qay tarzda tashkil etish mumkin (G2G); 

fuqarolarning manfaatlarini qanday qilib eng koʻp darajada hisobga olish 
va tegishli davlat muassasalarida ularga xizmat koʻrsatish sifatini qanday 
oshirish mumkin (G2C); 

davlatning biznes subyektlari bilan oʻzaro foydali munosabatlarini qanday 
qilib tashkil etish mumkin (G2B). 
Davlat integratsiyalovchi funksiyasini bajaradigan jamiyatning har xil 
subyektlari (G2G, G2C, G2B) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sxemasi yirik 
biznesda, ayniqsa, zamonaviy gorizontal-integratsiyalashgan korporatsiyada 
oʻzaro hamkorlik tashkil etilishi sxemasidan asosiy jihatdan farq qilmaydi. Davlat 
boshqaruvida AKT– bu davlat boshqaruv organlarida ichki va tashqi aloqalarning 



Download 1,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish