Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana25.06.2024
Hajmi1,68 Mb.
#265569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
183 
uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi Respublika tabiatni 
muhofaza qilish jamgʻarmasi tomonidan 200,0 mln. soʻm moliyalashtirish 
mablagʻlari ajratilgan.
Ushbu dastur atrof-muhit holatining kafolatlangan sifatli darajasiga erishish 
borasidagi chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish, tabiatdan foydalanish boshqaruvini takomillashtirish va samarali 
iqtisodiy usullarini tatbiq qilish, atrof-muhit ustuvorligini hisobga olgan holda 
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatning barqaror rivojlanishiga
ekologik ilm-fanni olgʻa surishga hamda barqaror rivojlanish maqsadlaridagi 
ta’limni joriy qilishga, ekologik bilimlarni keng targʻib qilishga, shuningdek
ekologik madaniyatni oshirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni yaratish 
maqsadida ishlab chiqilgan. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy 
geografik axborot tizimini yaratish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-2045 sonli Qaroriga asosan 2013–2017-yillarda 
amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha doirasida mamlakat va uning alohida 
hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatini hisobga olish va baholash boʻyicha yagona 
umumdavlat majmuasini, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, 
yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan kadastr 
axborotlari bilan ta’minlash uchun koʻp maqsadli axborot tizimi tashkil etiladi. 
Loyihani amalga oshirish va EDCFning 15 million AQSH dollarlik qarz 
mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi 
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mas’ul 
etib tayinlangan. Oʻzbekiston milliy geografik axborot tizimi «Elektron hukumat» 
tizimining bir qismi sifatida tashkil etiladi va sun’iy yoʻldosh geodeziya tarmogʻi, 
davlat kadastri va koʻchmas mulkni roʻyxatga olish yagona kompyuterlashtirilgan 
tizimini tashkil etishni koʻzda tutadi. 
Jahon hamjamiyati globallashuv va integratsiyalashuv asriga ildam qadam 
qoʻymoqda. Darhaqiqat, insoniyat tarixida tamomila yangi boʻlgan tez 
oʻzgaruvchan jarayonlar hukmron boʻlgan davr boshlandi. Mazkur davr oʻzining 



Download 1,68 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish