|
6-Ma’ruza. Transport logistikasida yuk tashish tizimlari reja
|
bet | 3/7 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #258076 |
Bog'liq 6-mavzuOmborlarda saqlanish sharoitlariga ko‘ra yuklar 4 guruhga bo‘linadi: - yog‘ingarchilik va harorat o‘zgarib turishidan buzilmaydigan (qum, shag‘al, maydalangan tosh, toshko‘mir va h.k.). Bunday yuklarni usti ochiq maydonchalarda saqlash mumkin; - yog‘ingarchilikdan buzilishi mumkin (metall, metall buyumlari, g‘isht va h.k). Bunday yuklarni usti berk ayvonchalarda saqlash zarur; - yog‘ingarchilik va haroratning o‘zgarishi natijasida buziluvchi yuklar. Bunday yuklarni berkitilgan xonalarda va issiq (sovuq) ni izolyatsiyalanuvchi va zarur haroratni saqlovchi (tez buziluvchi tovarlar-muzlatkichlarda, muzlashi mumkin bo‘lmagan suyuqliklarni esa - isitiluvchi omborlarda va h.k.); - maxsus rezervuar (idish) larda saqlanuvchi (suyuq yo‘nilg‘i, moylar va shu kabilar) kiradi. Joylab saramjonlash (upakovkalash) xarakteriga ko‘ra yuklar taralangan va tarasizlarga bo‘linadi. Yuklarni tasniflashdan maqsad transport vositasi, tashish usullaridan yaxshiroq foydalanish, ortish-tushirish ishlarida mexanizatsiyadan foydalanish kabilardir. 2. Ortish va tushirish, tashish va saqlov operatsiyalarida yuklarni buzilishining oldini olish uchun taralardan foydalaniladi. Taralar mustahkam, ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan va iloji boricha arzon materiallardan yasalgan bo‘lishlari zarur. Ba’zi bir taralangan yuklar zaifligi (mo‘rtligi) yoki boshqa bir xususiyatlariga ko‘ra ular qo‘shimcha, ishonchliroq tara (supertara)lashni talab qiladilar. Masalan, sut mahsulotlari yoki shisha qadaxli mineral suvlar tashishda shisha qadaxlarini maxsus reshyotka (plassmassa)larga joylashtiriladi, butilkadagi kislotalar daraxt shoxlaridan to‘qilgan maxsus savatlarda tashiladi. Taralar gabaritlari, shakllari va unga joylashtiriluvchi yuk og‘irlik miqdoriga hamda ishlatiluvchi materiallariga ko‘ra o‘z standart (andoza)lariga egadirlar. Taralarni standartlash tovar oborotini yaxshilash bilan birga, barcha transportlarda ham transport vositasi kuzovi yoki platformasi sig‘dirishi (yuk sig‘dirish va ko‘tarish qobiliyati) dan maksimal foydalanish, bir turdagi ortish va tushirish mexanizmalari, konteyner va tagliklardan foydalanish imkonini beradi. Aksariyat hollarda ishlatiluvchi taralar: yashik, qoplar (ipchiq, tolali, qog‘oz- kraftqop), bitumlashtirilgan yoki bitumlashtirilmagan, polietapilen (mineral o‘g‘itlar uchun), metall va yog‘ochli bochkalar va boshqalar.
|
| |