• Turlariga ko’ra
  • Tashish (birligi) og’irligiga ko’ra
  • O’lchamlariga ko’ra yuklar
  • 6-Ma’ruza. Transport logistikasida yuk tashish tizimlari reja




    Download 1,21 Mb.
    bet1/7
    Sana30.05.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #258076
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    6-mavzu


    6-Ma’ruza. TRANSPORT LOGISTIKASIDA YUK TASHISH TIZIMLARI
    Reja
    • Yuk tushunchasi.
    • Tara va uning xizmati.
    • Yuk hosil etuvchi va yuk qabul etuvchi punktlar.
    • Tovarlani yetkazib berish tizimlari (unimodal, intermodal, multimodal tizimlar).

    Yuk deyilganda tashish uchun qabul qilingandan to uni egasiga topshirilgungacha buyumlar tushuniladi. Yuklar ayni buyum (tovar) va taralardan iborat bo‘lishi mumkin. Tashilgan yuklarning o‘lchami faqatgina tonna o‘lchamida bo‘ladi. Boshqa o‘lchamlar-litr, dona, kub metr kabilar-tonna o‘lchamiga o‘tkazilishi shart. Ko‘pchilik yuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz tashish deyiladi.

    Turlariga ko’ra: sanoat, qishloq xo‘jalik, qurilish, savdo va kommunal xo‘jalik yuklari bo‘lishlari mumkin Ortish-tushirish ishlariga ko‘ra yuklar: donali, uyib tashiluvchi va quyuluvchi yuklarga bo‘linadilar. Tarali yuklarni odatda donali yuklarga kiritiladi. Uyib tashiluvchi yuklarga sochiluvchan va ortishda uyilib tashilishi mumkin bo‘lgan mayda-donali yuklar (qum, shag‘al, tosh ko‘mir, o‘tin va h.k.) kiradi. Sochiluvchan yuklarga don va shunga o‘xshash mahsulotlar kiradi. Donali yuklarni tashishda ular joy miqdori bilan hisoblab boriladi. Tashish (birligi) og’irligiga ko’ra yuklar meyoriy og‘irlikdagi va og‘ir massali yuklarga bo‘linadi. Tarali va donali yuklarning chegaraviy meyoriy og‘irligi - 250 kg, dumalatib suruluvchi yuklar uchun - 400 kg. Ko‘rsatilgan miqdordan og‘ir bo‘lgan yuklar og‘ir massali yuklar qatoriga kiritiladi. Agar yuk og‘irligi 4-5 tonnadan ortiq bo‘lsa, uni tashish uchun maxsus transport vositasi talab qilinishi mumkin. O’lchamlariga ko’ra yuklar: gabaritdagi, ya‘ni avtomobilning standart kuzovida tashilishi mumkin bo‘lgan yuklar; nogabarit yuklarga bo‘linadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5m, eni 2,0 m va uzunligi 3,5 m (uzun o‘lchovli yuklardan tashqari) dan ortiq o‘lchamli yuklar kiradi. Uzun o‘lchamli yuklarga uzunligi kuzov uzunligiga qo‘shimcha uning uchdan bir qismi va undan ham uzun yuklar kiradi. Nogabarit yuklar faqatgina davlat avtomobil nazorati (DAN) ruxsatiga binoan va qizil chiroq (belgi) o‘matilgan holda tashilishlari mumkin.


    Download 1,21 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Ma’ruza. Transport logistikasida yuk tashish tizimlari reja

    Download 1,21 Mb.