6-Ma’ruza. Transport logistikasida yuk tashish tizimlari reja




Download 1,21 Mb.
bet5/7
Sana30.05.2024
Hajmi1,21 Mb.
#258076
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mavzu

3. Yuk hosil etuvchi va yuk qabul etuchi punktlar Yuklar yig‘iluvchi punktlar yuk hosil etuvchi, ularni qabul etuvchi punktlar yuk qabul etuvchi punktlar deb ataladi. Yuk hosil etuvchi punktdan jo‘natilgan yuk miqdori, ayni punktning jo‘natish bo‘yicha yuk oborotini xarakterlaydi. Yuk qabul etuvchi punktga keltirilgan yuk miqdori, ayni punktni tovar qabul etish bo‘yicha yuk oborotini xarakterlaydi. Asosiy yuk yig‘iluvchi va qabul etiluvchi punktlarga sanoat korxonalari, qishloqlarda jamoa va fermer xo‘jaliklkari, tegirmonlar, tayyorlov punktlari, konlar, temir yo‘l bekatlari, suv portlari, aeroportlar, qurilish maydonlari, karerlar, moddiy - texnika ta’minoti baza va omborlari, do‘kon va shu kabilar kiradi. Yuk hosil etuvchi va ularni qabul etuvchi puntlar, ular o‘rtasidagi transport aloqalari ishlab chiqariluvchi hamda iste‘mol etuvchi korxona va tashkilotlar joylashuvi va iqtisodiy ahamiyati, tovar almashuv shahobchalari, ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi hamda barcha turdagi transportlar ortish-tushirish punktlari joylashuvi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Yuklarni tashishda dunyo amaliyotida qo‘llaniladigan asosiy atamalar Transport Vazirlarining Yevropa Konferensiyasida tavsiya qilingan bo‘lib, magistral yo‘lda tashishni tashkil qilganlar tomonidan ishlatiladigan atama va tushunchalarni o‘z ichiga oladi.Ularga quyidagilar kiradi: unimodal (bir turdagi), aralash yuklarni tashish, multimodal va intermodal tashishlar. Unimodal tashish bir turdagi transportda amalga oshiriladi. Odatda, transportirovkaning boshlang‘ich va oxirgi punktlari berilgan bo‘lib, logistika zanjirining oraliq operatsiyalari bo‘lgan omborlash va yuklarni qayta ishlash operatsiyalarisiz bajariladi. Masalan, ko‘p tonnali yuklarni jo‘natishda va yukni yetkazishdagi oxirgi punktda podyezd yo‘llari bo‘lsa temir yo‘l transportini, mayda partiyali yuklarni qisqa masofaga jo‘natishda esa avtomobil transportini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Aralash yuklarni tashish ikki xil turdagi transportda amalga oshiriladi. Bunda, yuk ishlov berish punktiga transportning birinchi turi bilan yetkaziladi yoki saqlamaydigan yoki qisqa vaqt saqlaydigan yuk terminaliga boshqa transport turiga o‘tkazish yo‘li bilan olib boriladi.


Download 1,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-Ma’ruza. Transport logistikasida yuk tashish tizimlari reja

Download 1,21 Mb.