|
6-Ma’ruza. Transport logistikasida yuk tashish tizimlari reja
|
bet | 4/7 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #258076 |
Bog'liq 6-mavzuOdatda yuklarni tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida saqlash maqsadida taralar markirovkalanadi. Markirovkalash to‘rt xil bo‘ladi: tovar markirovkasi - ishlab chiqaruvchi zavod nomi, yuk turi va og‘irligi ko‘rsatiladi; yuk markirovkasi - jo‘natish va eltib borish joyi (punkti), yuk jo‘natuvchi va qabul etuvchilar ko‘rsatiladi; transport markirovkasi - to‘ldirilgan hujjat nomeri (tartibi) va joylar soni ko‘rsatiladi; maxsus markirovka - ayrim xususiyatlar ko‘rsatiladi. «surilmasin», «ustki qismi», «ehtiyot bo‘ling - sinadi» yoki fujer rasmi, «nurdan saqlang» va h.k. Markirovkada ko‘rsatilgan talablarni bajarish tashuvchilar, ortish va tushirish operatsiyasini bajaruvchilar, omborlarda saqlovchilar va boshqa shaxslar uchun qonun kuchidagi majburiydir. Konteyner bu ko‘p marotaba ishlatuvchi tara bo‘lib, ular transport vositalariga ortish va undan tushirishda mexanizatsiya ishlatishga moslangan. Amalda konteynerlar taxtadan, metalldan va plastmassadan qattiq qilib yasalgan va rezina yoki sintetika plyo‘nkalaridan elastik qilib yasalgan bo‘lish mumkin. Ular faqatgina bir transport turi bilan tashiluvchi (shu joyli) va bir necha turdagi transport vositalarida tashiluvchi tranzit konteynerlarga bo‘linadi. Konteynerlar vazifalariga ko‘ra universal va maxsus bo‘lishlari mumkin. Universal konteynerlar har xil mahsulotlarni (aksariyat holda aholi iste‘moli tovarlari) tashishga, maxsus konteynerlar esa aniq yuk turi yoki yuklarning kichik bir guruhini tashishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Davlat standartiga binoan konteynerlar brutto - massasi 10, 20 va 30 tonnali ko‘p yuk tashuvchi (suv va quruqlik transportlarida qo‘llaniluvchi), 2,5 5 t (temir yo‘llarda qo‘llaniluvchi) va kam tonnajli 0,625 1.25t avtomobil konteynerlaridan iborat bo‘ladi. Konteynerlarda yuk tashishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: - ortish va tushirish operatsiyalarida transport vositalarining turib qolishini kamaytirish; - mehnat sarfini kamaytirish, chunki transport vositasi platformasidan yuklarni tushirishga nisbatan konteynerdan tushirish va unga ortish ancha kam mehnat talab qiladi; - yuk tashishda ularning yaxshi saqlanishini ta‘minlash; - aralash transport turlarida tashishda konteynerlarda yuk tashish qulayligi. Chunki bir transport turidan ikkinchisiga konteynerni o‘tkazishda, faqat uning qulfi plombasining buzilmaganligi tekshiriladi xolos. Hujjat almashuvi ancha osonlashadi. Yuklarni konteynerlarda tashish iqtisodiy jihatdan arzon. Hisoblar ko‘rsatadiki, furgonli avtomobillarga nisbatan yuklarni konteynerlarda tashish xarajatlari, tashish va ekspeditsion xarajatlar hisobiga ko‘ra 15 foizga arzonlashar ekan va transport vositasi unumdorligi 8 foizga oshar ekan. Yuklarni konteynerlab tashishdagi asosiy kamchilik konteynerlarning o‘z og‘irliklari va ularning qaytarilishidir.
|
| |