Mavzu: Ayollar bluskasini tikish texnologik jarayonlarini loyixalash




Download 2.05 Mb.
bet1/5
Sana27.05.2023
Hajmi2.05 Mb.
#65877
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BLUZKA
1-laboratoriya, LABORATORIYA IShI 4, 7-маъруза, 1-Mavzu. Korxona loyihalash fanining o’qitishdan maqsad va vazifalari., 1-MAVZU, 123, 1-амалий машгулот., Mustaqil ish betlik, мақола ишм 1 янгиси, Ozimizga maqola, макола 2.doc янгиси, 3- амалий машгулот., naftalin, 6-amaliy mashg\'ulot, 7-Mavzu TBT

Mavzu: Ayollar bluskasini tikish texnologik jarayonlarini loyixalash
Reja:
Kirish.

  1. Texnоlоgik qism.

    1. Mоdel tanlash va uni asоslash.

    2. Mоdellarning texnik harakteristkalari.

1.2.1.Mоdel rasmi va uning badiiy jihоzlanishi to‘g‘risida harakteristika. 1.2.2.Kiyim detallari spetsifikatsiyasi.
Material tanlash va uni asоslash.
1.3.1.Matоga ishlоv berish rejimlari.
1.3.2.Matоga issiqlik ishlоv berish rejimi.

    1. Ishlоv berish va uskuna jihоzlarini tanlash.

    2. Ishlоv berish usuli samaradоrligini hisоblash.

1.4.1.Uskuna jihоzlari va mоslamalar texnik – texnоlоgik harakteristkasi.
1.4.2.Оperatsiyalarning bajarilish ketma-ketligi.
1.4.3.Kiyim uchaskalari bo‘yicha ishlоv berishvaqt nоrmalari jadvali.
Lоyihalanadigan pоtоk turini tanlash.
1.5.1.Pоtоk ko‘rsatkichlarini hisоblash.
1.5.2.Оperatsiyalarning vaqtini mоslash shartini hisоblash va uni tahlili.
1.5.3.Texnоlоgik jarayonni tuzish.

    1. Mоslik grafigini tuzishva uning tahlili.

    2. Xulosa

    3. Fоydalanilgan adabiyotlar.

Grafik qismi.
1. Tanlangan model.
2. Mоslik grafigini tuzish.
3. Jihozlarni sexga loyihalash

KIRISH
Yengil sanoat iqtisodiyotning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Istiqlol yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiyot kompleksida munosib o‘rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-huquqiy baza tarmoq korxonalariga salmoqli yutuqlarga erishish va yangi marralarga chiqish imkonini berayotir.Quyidagi raqamlar ham yengil sanoatning iqtisodiyotimizni rivojlantirishda nechog‘li muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi: bugungi kunda tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,8 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26,2 foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 44 foizdan ortiqni tashkil etayotir. Matbuot anjumanida chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilg‘or xorij tajribasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali siyosat yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Buning samarasida tarmoqqa 2,2 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etildi va 180 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Bugungi kunda tarmoq korxonalarida 70 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.Qo‘qon to‘qimachilik kombinati negizida tashkil etilgan “Indorama Qo‘qon tekstil” qo‘shma korxonasi eng muhim loyihalardan biridir. Yiliga 29 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyihaning qiymati 110 million dollarni tashkil qiladi. Ushbu yarmarkalarda yurtimizda ishlab chiqarilgan maktab va sport kiyimlarini xarid qilish mumkin. 2021 yilda 935,4 mingtani tashkil etdi. Joriy yilda 985 mingta maktab va sport kiyimini sotish ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari qilib Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish alohida o‘rin tutadi` deb belgiladi.Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo‘nalish – mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega boldi. Bunday korxonalarning barqaror ishlashini ta`minlash, tashqi bozordagi raqobatdoshligini oshirish uchun ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida energiya manbalarini sarfini sohadagi yangi texnik ishlammalarni yutuqlari orqali tejash, korxonalarda texnologik jarayonlarni optimallashtirish hisobidan mahsulot tannarxini pasaytirish va boshqa ko‘plab qat`iy choralar ko‘rildi. Mamlakatimizda eng yuqori jahon talablariga javob beradigan kiyim kechak mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha tashkil qilingan zamonaviy kompleks iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga xizmat qilayotir. Bunday yutuqlarga davlatimiz rahbari Vatanimiz mustaqilligining ilk yillaridan sobiq tuzumdan meros qolgan xom ashyo yetkazib berishga yo‘naltirilgan bir yoqlama iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirish vazifasini qo‘ygani samarasida erishilmoqda. Iqtisodiyotning paxta va to‘qimachilik tarmog‘i ham jadal rivojlanmoqda. O‘tgan davrda eksportchi korxonalar soni 254 taga yetdi va bu «O‘zbekengilsanoat» korxonalari umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda kompaniya korxonalari eksportga yetkazib berilayotgan tayyor buyumlar turini kengaytirish borasida ham samarali ishlarni amalga oshirayotir. Misol uchun, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida soha korxonalari eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibiga bambukli, modal va aralash kalava, jakkard va ringel mato, yangi tur va modeldagi, turli rasmlar solingan tayyor tikuvchilik-trikotaj buyumlari kiritildi. Ayni paytda umumiy eksport hajmida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tovarlar ulushi 40 foizga yetdi. «O‘zbekengilsanoat» korxon- alarining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari bilan yaqin hamkorligi samarasida jahon bozorida to‘qimachilik hamda tikuvchilik-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talab inobatga olingan holda, eksport ko‘lamini kengaytirish ishlari amalga oshirilayotir.

Download 2.05 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 2.05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ayollar bluskasini tikish texnologik jarayonlarini loyixalash

Download 2.05 Mb.