6-Ma’ruza. Transport logistikasida yuk tashish tizimlari reja




Download 1,21 Mb.
bet6/7
Sana30.05.2024
Hajmi1,21 Mb.
#258076
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mavzu

Multimodal tashish - yuk transportning bir turidan ikkinchi turiga o‘tkazilib, yuklarni bir necha transport (kamida ikkita) turida tashishdir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo-sotiq Vazirligining Buxoro terminalidan Buxoro -p.Olot-Chorjou-Seraxs- Fors ko‘rfazidagi (Eron) Bender Abbas porti marshruti bo‘yicha avtopoyezdlarda tashiladigan paxta tolasi, uni omborxonaga qo‘yish, uni omborxonadan Yaponiya, Janubiy Koreya yoki Avstraliyaga dengiz orqali transportirovka qilish uchun kemaga yuklab tashish multimodal tashishdir. Ushbu tashish turi yukni bir turdagi transportdan boshqasiga to‘dalangan yoki yuk turiga bog‘liq holda qadoqlangan idishda ag‘darishni ko‘zda tutadi. Multimodal tashishda yuk egasi bitta shaxs (ekspeditorlik firmasi) bilan shartnoma tuzadi va u, ya’ni ekspeditorlik firmasi butun marshrut bo‘ylab transportning har xil turida harakatlanadi va yuk egasini boshqa transport korxonalari bilan shartnoma ishlarini olib borishdan xolos etadi. “Piggibek” - temir yo‘l va avtomobil transportida aralash tashishdir; “Yuguruvchi shosse” - pasaytirilgan polli temir yo‘l platformada yuklangan avtomobillarni tashish;

Kuzatuvchi bilan tashish -avtomobil haydovchilari kuzatuvida, yuklangan avtomobillarni boshqa transport turi bilan tashish (masalan, poyezd yoki paromda); Kuzatuvchisiz tashish - avtomobil haydovchilari kuzatuvisiz, yuklangan avtomobillarni boshqa transport turi bilan tashish (masalan, poyezd yoki paromda); Roll- on - roll - of (“ro-ro”) -temir yo‘l poyezdlaridagi “Yuguruvchi shosse” dagidek g‘ildirakli harakatlanuvchi tarkibni kemalarda gorizontal yuklash usulida tashish. “Lo-lo” - yiriklashtirilgan yuk birligini vertikal yuk ko‘tarish-tushirish usulidan foydalanib, yuklash va tushirish. Kabotaj - bu bitta davlat ichida har xil aholi yashash punktlari orasida yuklarni (yoki yo‘lovchilami) ushbu davlatda ro‘yxatdan o‘tmagan avtotransport vositasida tashishdir. Hozirgi vaqtda kabotaj YIga a‘zo davlatlardan tashqari barcha davlatlarda (jumladan, O‘zbekiston Respublikasida) ta’qiqlangan tashish usuli hisoblanadi. Kabotaj tashishlarni bajarayotgan avtomobil vositalari vaqtincha qaysi davlat hududida turgan bo‘lsa, o‘sha davlatning avtotransportga qo‘ygan talablariga, undan tashqari ushbu davlat hududida ishlayotgan ichki operatorlarga nisbatan qo‘llaniladigan shartlarga mos kelishi kerak.


Download 1,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-Ma’ruza. Transport logistikasida yuk tashish tizimlari reja

Download 1,21 Mb.