|
Qiya nov – deb, zagotovka uz og‗irligi ta‘sirida suriladigan novga aytiladi.
Skliz
|
bet | 4/10 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 29,73 Kb. | | #116311 |
Bog'liq 7-ma’ruza. Micht da kesuvchi asboblar va detallarni avtomatik al-fayllar.orgQiya nov – deb, zagotovka uz og‗irligi ta‘sirida suriladigan novga aytiladi.
Skliz deb, yuzasida zagotovka o`zi sirpanib suriladigan novga aytiladi.
Yuklash moslamasining ajratgichi butun oqimdan bitta ajratib olib, uni ishlov berish
zonasiga uzatadi.
Oqim bo’lgich ishlov berilayotgan zagotovkalar oqimini bir necha oqimga ajratadi.
Yo`naltiruvchi qurilma: zagotovkalarning dastlabki vaziyati qandayligidan qatiy nazar, ularni
fazoda ma‘lum tomonga yo`naltiradi.
Tashish qurilmalari. Detallarni bir ish vaziyatidan ikkinchi vaziyatga majburiy surish uchun
har xil transportyorlar ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalganlariga lentali, zanjirli, rolikli, odimlovchi,
gidravlik ishlaydigan transportyorlar va boshqalar kiradi.
Lentali transportyorlar istalgan shakldagi zagotovkani ancha uzoq masofaga surishga imkon
beradi. Ular zagotovkalarni gorizantal va qiyalashgan yo`nalishlarda surishga qo`llaniladi.
5-rasm: ACK-10 Avtomatlashgan uchastka
Zanjirli transportyorlar, odatda yirik o`lchamdagi og‗ir zagotovkalarni surish uchun
ishlatiladi.
Elevator zanjirli transportyorlarning bir turi bo`lib, zagotovkalarni vertikal yo`nalishda yoki
gorizontga nisbatan katta burchak ostida qiya yo`nalishda surish uchun ishlatiladi. Zagotovkalarni bir
qavatdan ikkinchi qavatga yoki qabul qilish qurilmalarining shakli har xil bo`lgan bir dastgohdan
ikkinchi dastgohga surish kerak bo`lgan hollarda elivatorlardan foydalaniladi.
Vibrotrasportyorlar asosan uncha katta bo`lmagan zagotovkalarni tashish uchun ishlatiladi.
Ularning ishlash prinsipi quyidagicha: nov ma‘lum chastota bilan tebrantiriladi, shu tebranishlarning
xar bir siklida zagotovkalar kichik masofaga suriladi.
Rolikli traspyortorlar: majburiy yoki erkin aylanadigan roliklari bo`lib, ish o`rinlari bo`ylab
joylashtiriladigan rolikli uzun stollar ko`rinishida yoki alloxida ish o`rinlari orasiga o`rnatiladigan
aloxida seksiyalar ko`rinishida tayyorlanadi.
|
| |