maxkamlanishi, shundan so`ng ishlov berilib detalni kerakli joyga o`tkazilishi avtomatik yuklash-
tushirish qurilmasi deb ataladi.
Mashinasozlikda universal, universal-sozlash va maxsus yuklash qurilmalari mavjud. Birinchi
ikki qurilmalarni qayta moslab bo`lib, maxsus qurilmani esa aniq bir
turdagi zagotovkalar uchun
qo`llaniladi.
Yuklash-tushirish qurilmalari: idishlardan, funksional mexanizmlardan donali uzatish, tutuvchi
va boshqa qismlardan tashkil topgan.
Avtomatik yuklash qurilmalari idishdagi donali detal zaxiralarini uch turda joylashtiradi:
magazinli, shtabelli va bunkerli.
Magazinli usulda, detallar idishlarga bir kator qilib joylashtiriladi,
shtabelli usulida bir necha qator yoki bir necha qavat qilib, bunkerli usulida esa tartibsiz uyulgan yoki
tarqoq holda joylashtiriladi.
Magazinli yuklash qurilmasida idishdagi detallar zaxirasi bir qator joylashgan bo`lib,
detal
qayiqdan chiqqach tutuvchi tomonidan tutib olinib dastgoh ishchi zonasiga joylashgan dastgohli
moslamaga uzatiladi. Magazinli yuklash kurilamasi xajmi katta bo`lishi uchun
qurilma lodkasi zigzag
ko`rinishda bo`ladi. Shtabelli yuklash qurilmasida qayikdagi detallar dastgohli moslamaga tutuvchi
orqali uzatiladi.