6-rasm: Donali detallar uchun avtomatlashgan yuklash moslamasini sxemasi:
Magazinli, bunkerli va shtabelli yuklash qurilmalarida detallarni xarakatlanishi o`zioquvchi,
yarim o`zioquvchi, majburiy va kombinatsiyalashgan turlarga bo`linadi.
Mobil robototexnik sistemalar (MRS) o'z navbatida
avtomatik boshqariladigan
qo'zg'aluvchan ob'ektlarni bildiradi. MRSlar harakat marshruti programmasidan tashqari mo'ljalni
programmalashtirilgan avtomatik adreslash imkoniyatiga ham egadirlar. Buning ustiga avtomatik
ravishda yuklanishlari va yuklarni tushirishlari mumkin.
Ishlab chiqarish (sanoat) tsexlarida ular detallar va instrument (asbob)larni stanoklarga va
stanoklardan omborlargacha avtomatik ravishda tashish uchun xizmat qiladilar.
Bunday MRSlar
namunasi o'rnida robokaralarni keltirish mumkin. Bunday qo'zg'aluvchan sistemalarda manipulyatsion
mexanizmlar o'rnatilishi mumkin.
Ta'minot va ijro ost sistemasi (TIO) ta'minot ostsistemasi(ta'minot bloki) va ijro ost
sistemasidan iborat. Ta'minot bloki MRSning tegishli bo'g'inlaridagi iste'mol
talablarini qondirish
uchun xizmat qiladi:
1) materiallarga (masalan ta'minot blokining o'zi iste'mol qiladigan suyuq, qattiq,
gazsimon
yoqilg'ilariga bo'lgan talablarini)
2) energiya (davriy ravishda tashqi muhit bilan moddiy energetik o'zaro ta'sirda bo'lish va
olingan moddiy, masalan, yoqilgan manba-resurslarining energiyaga aylantirilishi asosida
bo'lgan talablarini).