• Tayanch so‘z va iboralar
  • 7-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari




    Download 83 Kb.
    bet1/4
    Sana28.04.2023
    Hajmi83 Kb.
    #54525
      1   2   3   4
    Bog'liq
    #1, Azambek Kurs ishi, dogdyrbay AUES, Animasiya effektlari. Taqdimot namoyishini boshqarish-fayllar.org, Underground railways , 100 ichida sonlarni ayirish, 823 @uqituvchiga hujjat, 3-Mavzu Fanning turlari Kompyuter grafikasining turlari, uning , MUSULMONOVA NAZIRA, Reja Kirish Fiskal siyosat tushunchasi, uning maqsadlari va vosi, Bekmirzaeva L, MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7), ИШПРВС, Mustaqil ish

    7-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari
    Reja:
    1. Axborot texnologiyalari globallashuvning o‘ziga xos xususiyatlari.
    2. Internet axborot globallashuvining o‘ziga xos vositasi.
    3. Axborotlashgan jamiyatda global muammolarni hal qilish yo‘llari. Elektron hukumat shakllanishining globallashuvi.


    Tayanch so‘z va iboralar: Axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi, Internet, axborotlashtirish, jamiyatni global axborotlashtirish, axborotlashgan jamiyat, intellektuallashuv.
    M
    Axborot texnologiyalari globallashuvning o‘ziga xos xususiyatlari
    utaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda.
    AQSh Strategik tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda.
    Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy “qurol”ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
    Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuyidir.
    Axborot texnologiyalarining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
    Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
    Tashqi omillar — bu axborot texnologiyalarining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
    Axborot texnologiyalarining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’a)da yashovchi o ‘rtog‘ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turli yo‘llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o‘rtog‘ ingizga o‘z fikringizni (o‘z navbatida, o ‘rtog‘ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:
    1) aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda);
    2) telefon tarmoqlari orqali (og‘zaki);
    3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
    Hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag‘larni chamalab ko‘rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko'rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog‘liq. Pirovardida, o‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo‘lmaganda arzonrog‘i) va sifati yuqori bo‘lgan usulni belgilab olasiz.
    Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko‘nikma va malakalariga bogliq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olishingiz kerak. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga ≪Informatiica va hisoblash texnikasi asoslari≫ fanidan ma’Ium bo'lgan kompyuter, m u ltim ed ia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimiari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’Iumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
    XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.
    Hozirgi kunda har bir tashkilot, o ‘quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug‘iiilanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko‘radi va pirovardida o‘zida avtomatlashtirish uchun kerak bo‘ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlargao‘rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan-yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.
    XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
    Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati “Xavfsizlik”ka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.
    Bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har qachongidan ko‘ra, kuchayib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar sifatida e’tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lmoqda. Demak, OAV, matbuot yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan asrning oxirlari, XXI yuz yillikning dastlabki yillarida G‘arb matbuotida biz aytgan ezgulikka xizmat qilish o‘rniga boshqa buyurtmali “ezgulikka” xizmat qilish hollari ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu holni sobiq ittifoq parokanda bo‘lgach, uning o‘rnida tashkil topgan mustaqil respublikalar, xususan, Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘liq jarayonlarda uchratish mumkin.
    Agarda mustaqilligimizning dastlabki yillarida G‘arb matbuotining Respublikamizga bo‘lgan munosabatini tahlil etadigan bo‘lsak, “Ozodlik”, “BBS” va boshqa radio hamda gazetalarda ko‘proq ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy va shu kabi sohalardagi kamchiliklarga e’tibor qaratilar edi. Lekin, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida qat’iy va dadil yo‘l tuta boshlaganidan, ayrim xalqaro tashkilotlaru “Buyuk derjava” larning yo‘rig‘iga yurmaganidan, ularning geostrategik rejalarini barbod etgandan so‘ng axborot hurujlar avj ola boshladi. So‘nggi vaqtlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida terroristik tajovuzlar dunyoning Yevropa qismida “terrorizm” deb baholanib, O‘zbekistonda “inson haq-huquqlarining himoyasi” sifatida qaralmoqda. Mana shunday sharoitda, ya’ni, demokratik jarayonlarga baho berishda kim holis yondoshayotganligi, kimning esa berayotgan bahosi uydirma bo‘lib, haqiqiy demokratiyaga va milliy manfaatlarga zid ekanligini anglash uchun har birimizda fuqaroviy pozitsiya bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda ulug‘ alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e’tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar.
    “Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p. Shunday kishilar ham bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yoki unga shu vazifa yuklangandek bo‘ladi va xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi”. Qarang bundan o‘n asr avval yashab o‘tgan bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o‘zini adolatparvar, inson huquqlari himoyachisi, oddiy so‘z bilan aytganda, “jurnalist” deb yurgan ayrim kimsalarga bahs berib o‘tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta ahamiyat beradi. Hozirgi paytga kelib xalqaro munosabatlar yangi axborot texnologiyalari asosida shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va kompyuter tizimlari xavfsizligini ta’minlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarida “axborot quroli”ga qarshi maxsus davlat dasturini amalga oshirish uchun yiliga 137 mln. dollar sarf qilinadi.
    “Bugungi kunda, – degan edi, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov, – insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”.
    Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. Shu bois, axborotni o‘z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakatlarining insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
    Mutaxassislarning xulosalariga qaraganda, rahbarlar, boshqaruv xodimlari axborotlar bilan ishlashga o‘z vaqtlarining 30 foizdan 80-95 foizgachasini sarflashar ekan. Bu tabiiy holat. Chunki o‘z vaqtida va ishonchli axborotlarga ega bo‘lish hamda ularni o‘z vaqtida yetkazish va amaliyotda unumli foydalanish samarali boshqarishni ta’minlashning sharti hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, endilikda axborot- davlat faoliyatida boshqaruvchilik kuchini sezilarli darajada namoyon qiladi. O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uni ayrim davlatlarning bizning mintaqamizga intilishlari mohiyatida ikki muhim jihat-mintaqada geosiyosiy ta’sirga va bu yerdagi tabiiy hamda notabiiy resurslarni tasarruf etishda o‘z ulushiga ega bo‘lish alohida ko‘zga tashlanadi. Boshqa ayrim davlatlardan farqli o‘laroq, buning O‘zbekiston hukumati tomonidan anglab yetilgani va mazkur masala uning tashqi siyosatida aks etib turishi “katta o‘yin” qatnashchilarini o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday usul hamda vositalardan foydalanishga majbur etadi.
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bugungi kunda dunyo bo‘ylab o‘z manfaatlarini keng yoyishning eng maqbul usuli – axborot hurujlari bo‘lsa, eng samarali vosita – axborot tizimlari va vositalari hisoblanadi.

    Download 83 Kb.
      1   2   3   4




    Download 83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari

    Download 83 Kb.