Shaxmat taxtasiga oq va qora farzinlarni, ular bir-birini „ura olmaydigan“ qilib necha xil usulda  joylashtirish mumkin?  550




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana03.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#56028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1927-Article Text-4006-1-10-20211025
549. Shaxmat taxtasiga oq va qora farzinlarni, ular bir-birini „ura olmaydigan“ qilib necha xil usulda 
joylashtirish mumkin? 
550. Shaxmat taxtasiga oq va qora shohlarni, o‘yin qoidalarini buzmagan holda, necha xil usulda qo‘yish 
mumkin? 
Ko‘rsatma: 3 ta holni qarang: 
1) oq shoh burchakda turibdi


2) oq shoh taxtaning chetida (lekin burchakda emas) turibdi; 
3) oq shoh taxtaning chetida emas. 
551. Maktab oshxonasida oq non, qora non va uch xil kolbasa bor. Ulardan necha xil buterbrod tayyorlash 
mumkin? 
552. Ba’zi mamlakatlarning bayroqlari turli rangdagi 3 ta gorizontal yoki 3 ta vertikal „yo‘l“ lardan iborat. Oq, 
yashil, ko‘k rangli matolar yordamida shunday bayroqlardan necha xilini tikish mumkin?
 
553. Bo‘sh joylarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 raqamlaridan birini yozish mumkin bo‘lsa, + + = 10 „tenglama“ 
nechta yechimga ega bo‘ladi? Raqamlar takrorlanishi mumkin. Ikki holni qarang (masalan: 1) 1, 1, 8; 1, 8, 1; 
8, 1, 1 turli yechim; 2) bitta yechim deb qaraladigan hollar). 
554. Nodirning chamadoni kod bilan ochiladi. Bu kod uchta raqamdan iborat bo‘lib, har bir raqam 3 dan katta 
emas. Kodda 13 soni qatnashmaydi. Nodir kodni unutib qo‘ygan bo‘lsa, kodni topish uchun u ko‘pi bilan necha 
marta „urinishi“ lozim bo‘ladi? 
555. Ko‘p qavatli uyda yo‘lak eshigidagi qulf kod bilan ochiladi. Kod 0 va 1 raqamlaridan tuzilgan 4 xonali son 
(0000 va 1111 sonlar kod emas deb hisoblangan.) Qulf kodini unutgan bo‘lsangiz, eshikni eng ko‘pi bilan 
nechta urinishda ocha olasiz? Ko‘rsatma: Avval bitta 1 qatnashgan kodlarni, keyin ikkita 1 bo‘lgan kodlarni va 
nihoyat, uchta 1 bo‘lgan kodlarni sinash kerak. 
556. 20 kg guruchni 1 kg, 2 kg, 5 kg li toshlar yordamida pallali tarozida necha xil usulda tortish mumkin? 
557. 1) 1000 so‘mlik pulni 100, 200, 500 so‘mlik pullar bilan necha xil usulda maydalash mumkin? 
2) 500 so‘mlik pulni 100 va 200 so‘mlik pullar bilan necha xil usulda maydalash mumkin? 
3) 5000 so‘mlik pulni 100, 200, 500 va 1000 so‘mlik pullar yordamida necha xil usulda maydalash mumkin? 
558. Firmaga 4 ta do‘kon tegishli. Inkassator (do‘kondagi pullarni yig‘ib bankka 
topshiruvchi xodim) 1- do‘kondan boshlab hamma do‘konlarni aylanib chiqadi va 
yana 1- do‘konga qaytib keladi. Mumkin bo‘lgan marshrutlardan eng qisqasini 
toping. 
Ko‘rsatma: 
Har bir marshrut uchun 5 ta raqamli kod tuzing. Kodning birinchi va 
oxirgi raqami 1 bo‘lsin.
Masalan, 12431 marshrutning uzunligi: 5 + 2,4 + 4,3 + 4,8 = 16,5 (km). 
559. Avtomashinalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda 3 ta raqam, 3 ta harfdan va 
shahar yoki viloyat uchun belgilangan koddan foydalaniladi. Masalan, 
avtomashina nomeridagi 01 kod –mashina Toshkentdan ro‘yxatga o‘tganini bildiradi. Nima deb o‘ylaysiz, 
Toshkentda eng ko‘pi bilan nechta avtomashina ro‘yxatdan o‘tishi mumkin? 

Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Shaxmat taxtasiga oq va qora farzinlarni, ular bir-birini „ura olmaydigan“ qilib necha xil usulda  joylashtirish mumkin?  550

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish