• 8.3 -rasm. Quduq tubi konstruksiyasi.
  • -rasm. Quduq joylashuvi holati




    Download 447.93 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/8
    Sana25.01.2023
    Hajmi447.93 Kb.
    #39491
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    8-m
    1670044987, 1666864478 (4), 1668518781 (1), A10, 7777, Yelka kamari jarohatlari-fayllar.org, Hayrulloyeva Zilola, Axmadjonov Alisher, report(1), Uzbekistan is the land of ancient culture, Kimyo fanining asossiy qonunlari, Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov, admin, 1538-Текст статьи-4086-1-2-20210616, 14
    8.2-rasm. Quduq joylashuvi holati. 


    1. Agarda mahsuldor qatlam bir jinsli yaxlit mustahkam tog‘ jinslaridan 
    (qumoqtosh, ohaktosh) tashkil topgan bo‘lsa, u holda quduq ochiq holda jihozlanadi 
    (8.3-rasm, a).
    2. Agarda mahsuldor qatlamda noyaxlit har xil jinsli qatlamchalar kum, 
    loylar, kuchsiz sementlangan qumoqtoshlar mavjud bo‘lsa, u holda quduq tubi yopiq 
    holda jihozlanadi (8.3-rasm, b).
    8.3 -rasm. Quduq tubi konstruksiyasi. 
    a - quduq tubi ochiq; b – quduq tubi mustahkamlash quvurli; v – yoriq filtrli; 
    g – quduq tubiga manjetni qo‘yish orqali filtr o‘rnatilgan bo‘lib oldindan teshilgan 
    konstruksiya. 
    1-mustahkamlash quvurlari; 2-sement toshi; 3-gazlilik qatlami; 4-mahsuldor qatlam; 
    5-teshilgan teshiklar; 6-zichlama; 7-dumli filtrni yoriqli teshiklari; 8-qo‘yish teshigi; 
    9-manjet; 10-teskari klapanni o‘rnatish joyi; 11-filtr teshiklari.
    Bunda ochiq quduq tubida quduq mahsuldor qatlamning tepasigacha 
    burg‘ilanadi, ishlatish tizmasi tushiriladi va quduq tepasigacha sementlanadi. sement 
    eritmasi qotib bo‘lgandan keyin quduq tubi kichikroq diametrdagi burg‘i bilan 
    burg‘ilanib ochiladi.
    Quduq tubi yopiq bo‘lganda loyihaviy chuqurlikkacha burg‘ilanib, ishlatish 
    tizmasi tushiriladi, quduq ustigacha sementlanadi, sement aralashmasi qotgandan 
    keyin neftli yoki gazga to‘yingan qismi teshiladi. 
    3. Ba’zida mahsuldor qatlam kuchsiz sementlangan qumoqtosh va 
    alevrolitlarning yotqiziqlaridan iborat bo‘lsa, unda mahsuldor qatlam ochiq quduq 


    tubida maxsus karnaysimon filtr xvastovik (dum) tushirilib ochiladi. Filtr yoriq 
    teshikli (0,8÷3 mm) dir. (8.3-rasm, v) 
    4. Ba’zida quduqqa oldindan teshilgan manjet qo‘yma filtrlar tushiriladi. 
    Bunda quduq loyihaviy belgigacha burg‘ilanadi, oldindan teshilgan quvur manjet 
    bilan ishlatish tizmasiga tushiriladi. Undan maxsus teshik orqali manjetni yuqori 
    qismi sement aralashmasi bilan to‘ldiriladi. Quvurning teshilgan qismini (filtrni) 
    sementlashdan oldin qum yoki cho‘yanli teskari klapan bilan bekitiladi. sement 
    aralashmasi qotib bo‘lgandan keyin cho‘yan klapan burg‘ilanib olinadi yoki qum 
    bo‘lsa yuvib tozalanadi. Quduq tubi yuqori gidrodinamik tugallanganlik 
    koeffitsienti bilan ta’minlanishi kerak. Quduq tubi konstruksiyasi o‘tkazuvchanlikni 
    ta’minlash uchun oraliqqa gidroyorish, kislotali ishlov berilganda teshiklarni ochish 
    uchun imkoniyat berishi kerak bo‘ladi. (8.3-rasm, g) 
    Quduq
    tubida joylashgan qatlamlar past o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa, 
    hamda mustahkamligi yuqori bo‘lganda quduq tubining konstruksiyasini ochiq 
    ko‘rinishda tanlashga asos bo‘ladi. Bunda quyidagi sharoitlarni, ya’ni yuqori bosimli 
    gorizontlarning, tub suvlarning va gaz do‘ppisining mavjud emasligini asoslash 
    zarur bo‘ladi. Quduq tubining ochiq konstruksiyasida (g‘ovakli va yoriqli 
    kollektorlarda) pakerlarni o‘rnatish oldindan ko‘rib chiqiladi. Ular teshilgan 
    dumlarga o‘rnatiladi, lekin sementlanmaydi.
    Quduq tubining ochiq konstruksiyasidan foydalanishga g‘ovakli yoriqli, 
    yoriqli-g‘ovakli yoki g‘ovakli-yoriqli turdagi yaxlit mustahkam kollektor oldindan 
    ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari kollektor o‘zining geologik-fizik tasnifi bo‘yicha 
    qatlam quduq tubi zonasi kollektor xossasining keskin va katta qiymatda 
    o‘zgarishida sementlanmagan bo‘lishi kerak.
    Quduq tubining ochiq konstruksiyasida alohida ishlatish usuli oldindan 
    ko‘rib chiqiladi. Qatlamga depressiya hosil qilinganda kollektor mustahkamlikni 
    saqlashi kerak.
    Quduqning tubi zonasidagi jinsning mustahkamligini quyidagi holatlarda 
    aniqlash mumkin.
    1. Qatlamdan suyuqlik yoki gaz olinganda:


    (
    )
    (
    )



    Download 447.93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 447.93 Kb.
    Pdf ko'rish