2-rasm. Osmotik bosimni o’lchash
uchun moslama
Tajribalarning ko’rsatishicha, agar yerdagi namlik 6% ga teng bo’lib,
(temperatura 20°C bo’lsa), bunday yerga ekilgan don ekinlari urug’i ichida
osmotik (gidrostatik) bosim 4,05∙I0
6
P ni tashknl etar ekan.
Odam organizmidagi hujayra va to’qimalar ham yarimo’tkazgich parda
xossasiga ega. Iste’mol qilinadigan suyuqliklar, oziq-ovqat mahsulotlarining
odam tanasiga singishi, muskullarning rivojlanishi osmos hodisasi tufayli
sodir bo’ladi.
Har qanday kimyoviy toza modda boshqa moddada eriydi. Moddalarning
eruvchanligi shu moddaning va erituv chining tabiatiga va temperaturasiga
bog’liq.
Moddalarning eruvchanligi deb, ayni temperaturada 100 g erituvchida
erigan moddaning gram miqdariga aytiladi. Odatda buni moddalarning
"eruvchanlik koeffitsienti" deyiladi,
Kengroq ma’noda moddalarning eruvchanligi sifati da ayni
sharoitda to’yingan eritmaning kontseitra tsiyasini qabul qilsa ham
bo’ladi. Shunga muvofiq, eruvchanlik miqdoran erigan modda massasining
to`yingan erit ma massasiga nisbatini ifoda1ovchi foiz (%) qiymatga tengdir.
Ba’zan 1 litr to’yingan eritmadagi erigan moddaning "mol"lar soni ham
moddaning eruvchanligi deyiladi.
Ko’pchilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatilgani uchun moddalarning
suvda eruvchanligi quyidagicha tavsiflanadi: agar 100 g suvda 1g va undan ko’p
miqdordagi modda erisa — yaxshi eruvchan, agar 1g dan 0,001 gacha erisa —
kam (yomon) eriydigan, agar 0,001 g dan kam erisa — amalda erimaydigan
modda deyiladi|
Temperatura ortishi bilan moddalarning eruvchanligi ham ortib
boradi. Buning sababi moddalarning erish is s iql i g i ma v z u s i da
b a t a f s il b a yo n e t i l di . M o d d al a r eruvchanligining temperaturaga
bog’liqligi eruvchanlik grafigida ko’rsatiladi. Ushbu grafikdan foydalanib
xohlagan temperaturada (100°C gacha) turli modda1arning 100g
erituvchida necha gramm erishini bilib olish mumkin
Qattiq moddalarning eruvchanligi bosimga bog’liq bo’lmaydi. Suyuq
moddalar suyuqliklarda eriganda turlicha (cheklan gan mi qd ord a ) e ri ydi
yo k i a ra la sha di . M a s a l a n : s p i r t s u v d a c h e k l a n m a g a n m i q d o r d a
e r i y d i bashqacha aytganda, spirt va suv o’zaro hoxlagan miqdoriy
nisbatlarda aralashadi
Dietil efiri xona temperaturasida suvda cheklangan miqdorda eriydi,
ya’ni suv va efir aralashmasi ikki qavatdan iborat bo’ladi. Yuqori qatlam —
suvning efirdagi to’yingan eritmasi bo’lsa, pastki qatlam — efirning suvdagi
to’yingan eritmasidir. Temperaturaning ortishi bu moddalarni bir-birida
eruvchanligini oshiradi va ma’lum temperaturada ikkala modda o’zaro
hoxlagan nisbatda aralashadi.
O’zaro cheklangan miqdorda eruvchi suyuqliklarning cheksiz eruvchanlik
holatiga o’tadigan temperatura suyuqliklar erishining kritik temperaturasi
deyiladi. Bunga misol: fenol (C
6
N
5
OH) 66,4°C gacha suvda cheklangan
miqdorda eriydi, 66,4
o
C dan boshlab esa, fenol suvda cheklanmagan
miqdorda, suv esa fenolda eriydi (aralashadi) .^ Shuning uchun "fenol-
suv" sistemasi uchun 66,4
o
C erishning kritik temperaturasi deyiladi.
Ma’lumki, ikkita o’zaro aralashmaydigan suyuqlik aralashmasiga
uchinchi — bu ikkala moddada o’z eruvchanlik koeffitsientiga proporiional holda
eriydigan modda qo’shilsa, bu modda ikkala suyuqlikda turlicha eriydi.
O’zaro aralashmaydigan moddalar aralashmasida erigan (tarqalgan)
moddaning konsentratsiyalari nisbati ayni temperaturada doimiy son bo’lib,
erigan moddaning umumiy miqdoriga bog’liq emas. Buni "taqsimlanish qonuni "
deyiladi^ Agar C — erigan moddaning birinchi erituvchidagi kontsentratsiyasi,
C
2
^ erigan moddaning ikkinchi erituvchi dagi kontsentratsiyasi bo’lsa,
uning taqsimlanish koeffitsienti — K quyidagicha ifodalanadi: K = C/C
2
Ma’lumki, yod suvda (C
2
= 0,01 mol/l) kam eriydi, xloroform (CHCl) (C=
mol/l) yaxshi eriydi. Agar "suv-xloroform" geterogen aralashmasiga yod
kristallari solinsa, u ikkala erituvchida turlicha eriydi va tarqalish
koeffiiienti K=C
U3
/C
2J2
=130 teng, ya’ni J
2
ning xloformda erigan miqdori
suvdagiga nisbatan 130 marta ko’p.
"Taqsimlanish qonuni"ga asoslanib moddalarni bir-biridan ajratish,
miqdorini oshirish — kontsentrlash va ajratib olish (fraktsiyalash)
mumkin.
Gazlarning suyuqliklarda erish i ekzotermik jarayon bo’lib, Genri
qonuniga bo’ysunadi.
Doimiy temperaturada o’zgarmas hajmdagi suyuqlikda erigan gaz miqdori
shu gazning partsial bosimiga to’g’ri proportsional
bunda; C - gazning eritmadagi miqdori, P — gazning p a r t s i a l b o s n m i v a K -
p r o p o r t s i o n a l l i k k o e f f i i i e n ti yoki Genri doimiysi
Eritmalar moddalarning eruvchanlik koeffisentiga ko’ra to’yinmagan,
to’yingan va o’ta to’yingan xillarga ajratiladi
|