• 4. Suyultirilgan eritmalarning xossalari, osmotik bosim. Eruvchanlik. 5. Eritmalarning muzlash va qaynash temperaturasi. Raul qonunlari.
  • 8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: Eritmalar. Ideal eritma qonunlari




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana04.12.2023
    Hajmi0,72 Mb.
    #110740
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    8-mavzu



    8-mavzu. Eritmalar. Eritmalar turlari. 
     
    REJA: 
     
    1. Eritmalar. Ideal eritma qonunlari. 
    2. Suvning elektrolitik dissotsiatsiyasi. pH ko`rsatkich. 
    3. Eritmalarning ionli tenglamalari. Kislota va asos nazariyasi.
    4. Suyultirilgan eritmalarning xossalari, osmotik bosim. Eruvchanlik. 
    5. Eritmalarning muzlash va qaynash temperaturasi. Raul qonunlari. 
     
     
    8.1. Eritmalar. Ideal eritma qonunlari. Eritmaikki yoki undan ortiq 
    komponent (takroriy qism) dan iborat bo’lgan gomogen sistemadir. Eritmalar 
    ularni tashkil qiluvchi moddalarning agregat holatiga ko’ra qattiq, suyuq, gazsimon 
    holatlarda bo’ladi.
    Qattiq eritmalar — bular metallarning turli tarkibga ega bo’lgan qotishmalari 
    (po’lat, cho’yan, duralyumin, bronza, latun, jez va hokazo) va tuzlarning 
    yoki oksidlarning aralashma lari. 
    Gazsimon eritmalarga havo (azot, kislorod va boshqa gazlardan iborat) va 
    boshqa gazlarning aralashmalari kiradi. 
    Qattiq va gazsimon eritmalarda qaysi komponentning miqdori ko’p bo`lsa, 
    shu komponent erituvchi hisoblanadi. Masalan: cho’yan — uglerod (4%) ning 
    temir (96%) dagi eritmasi bo’lsa, havo — azotdagi (78%) kislorod (21%) va 
    boshqa gazlarning eritmasi bo`ladi. 
    Eng ko’p o’rganiladigan va ko’p uchraydigan eritmalar suyuq eritmalardir. 
    Suyuq eritmalarasoslar, kislotalar tuzlar va organik moddalarning suv yoki 
    boshqa suyuq moddalarda erishidan hosil bo’lgan sistemalardir. Shu sababli, 
    eritmalar qatoriga ko’pchilik suyuq1iklar (suv-spirt, spirt-efir, benzol-efir, 
    atseton-suv 
    atseton-spirt, 
    benzol-benzin 
    va 
    hokazo)ning 
    o’zaro 
    aralashmalarini kiritish mumkin. Suyuq eritmalarda eritma hosil bo’lish 
    jarayonida agregat holatini o’zgartirmaydigan komponent erituvchi deyiladi. 
    Shunga ko’ra, suv bilan spirtning aralashuvidan hosil bo’lgan 40% li spirt eritmasi 
    — spirtning suvdagi (60%) eritmasi bo’lsa, 96% li aralashmasi — suvning (4%) 
    spirtdagi (96%) eritmasi deb tushunilishi kerak. Masalan: suvda osh tuzi 
    eriganda (miqdoridan qat’i nazar) osh tuzi kristallari suv ta’sirida kristall holatini 
    yo’qotadi, suv esa suyuq holicha qolaveradi. Shuning uchun bunday eritmalarning 
    barchasida suv erituvchi bo’ladi. 
    Agar suyuqliklarning o’zaro aralashuvidan hosil bo’lgan eritmalar bo’lsa, 
    miqdori ko’p bo’lgan suyuqlik erituvchi hisoblanadi. 
    Termodinamik nuqtai 
    nazardan eritmalar ideal
    , cheksiz suyultirilgan va 
    noideal (yoki real) eritmalarga bo'linadi. 
    Ideal eritmalar. Bir xil agregat holatda olingan komponentlarni har qanday 
    nisbatda aralashtirish natijasida issiqlik effekti kuzatilmasa va hajm o'zgarmasa, 
    entropiyaning o`zgarishi esa ideal gazlarni aralashtirgandagi entropiyaning 
    o'zgarishiga teng bo'lsa, bunday eritmalar ideal deyiladi: 


    ∆Н = 0; ∆V = 0; ∆S = ∆Sid 
    Cheksiz suyultirilgan eritmalar. Erigan moddaning konsentratsiyasi cheksiz 
    kam bo`lsa, bunday eritma cheksiz suyultirilgan deyiladi. 
    Real eritmalar. Ideal va cheksiz suyultirilgan eritmalarning termodinamik 
    qonuniyatlariga bo`ysunmagan barcha eritmalar real (noideal) eritmalar deyiladi. 

    Download 0,72 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: Eritmalar. Ideal eritma qonunlari

    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish