• 1-rasm. Osmos hodisasi
  • Vant-Goff qonuniga
  • P=1000∙m∙RT/M∙V
  • Eritmalardagi osmos hodisasi. Eruvchanlik. Vant-Goff qonuni




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/10
    Sana04.12.2023
    Hajmi0,72 Mb.
    #110740
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    8-mavzu

    8.4. Eritmalardagi osmos hodisasi. Eruvchanlik. Vant-Goff qonuni. 
    Ma’lumki, eritma hosil bo’lishida yoki konsentrasiyalari bir-biridan farq qiluvchi 
    eritmalar o’zaro aralashtirilganda eritmadagi modda zarrachalari va erituvchi 
    molekulalari erit ma ichida tartibsiz (Br aun hara kati ) harakat qila 
    boshlaydi. Bunga turli konsentratsiyali shakar eritmalari aralashmasi misol 
    bo’la oladi. Agar konsentratsiyasi kam shakar eritmasiga 
    k o n s e n t r a t s i ya si yuqori bo’lgan shakar eritmasi asta-sekin qo’shilsa, eritma 
    ichida shakar molekulalari ko’p joydan kam joyga, erituvchi 
    molekulalari ham ko’p joydan kam joyga o’tadi. Eritmada diffuziya 
    hodisasi ro’y beradi. Bunda eritmaning entropiyasi G max. bo’lguncha, ya’ni 
    eritmalar shakar molekulalari yangidan qayta tekis taqsim-lanmaguncha davom 
    etadi. Bu ikki yoqlama diffuziya deyiladi. 
    Agar shakar eritmasi solingan, devori yarim o’tkazgich xossaga (bir 
    tomonlama o’tkazuvchan) ega idishni suvli idishga tushirilsa, bir yoqlama 


    diffuziya ro’y beradi. Suvli idishdagi suv molekulalari (o’lchami kichik 
    bo’lgani uchun) shakar eritmasiga — ichki idishga o’ta boshlaydi. Ichki 
    idishdagi shakar molekulalarining o’lchami (diametri, hajmi) idish devoridagi 
    teshiklarning o’lchamidan katta bo’lgani uchun tashqi suvli idishga o’ta 
    olmaydi. Natijada ichki idishdagi eritma hajmi orta boshlaydi va eritma idishga 
    tutashtirilgan nay orqali ko’tarila boshlaydi. Yarim o`tkazgichli to`siq orqali 
    amalga oshuvchi bunday bir yoqlama diffuziyaga osmos hodisasi deyiladi. 
    1-rasm. Osmos hodisasi 
    Osmos hodisasi tufayli ichki idishdagi bosim (gidrostatik bosim) ortadi va 
    suyuqlik tashqi (masalan, at mosfera) bosimga nisbatan ish bajarib 
    yuqoriga ko’tariladi. Shu jarayonda bajarilgan ish osmotik bosim tufayli 
    sodir bo’ladi, 
    Ayni misolda osmotik bosim ichki idishdagi suyuqlikning dastlabki va oxirgi 
    holatidagi sathlari farqiga teng bo’ladi, 
    Osmos hodisasi tufayli yuzaga kelgan gidrostatik bosim tashqi muhit 
    bosimi bilan tenglashganda osmos hodisasi to`xtaydi. 
    Umuman eritmalardagi osmotik bosim Vant-Goff qonuniga ko’ra 
    eritmada erigan modda miqdori C va temperatura (T)ga to’g’ri 
    proportsionaldir: 
    P=CRT;
    bunda P
    (osm)
    - eritmaning osmotik bosimi, Pa, kPa, mm. sim, ust.; R — gaz 
    doimiysi 8,314 J/ mol- K, 
    Agar C=n/v molyar konsentratsiyasi ekanligini va n=m/M ekanligini va hajm 
    (V) millilitrda o’lchanishini e’tiborga olsak, eritma osmotik bosimi quyidagicha 
    ifodalanadi: 
    P=1000∙m∙RT/M∙V 
    Ko’rinib turibdiki, eritmada erigan moddaning molekulyar og’irligi 
    qanchalik kichik, temperatura va erigan modda miqdori qanchalik katta bo’lsa, 
    osmotik bosim shunchalik yuqori bo’ladi.


    Osmotik bosim odam organizmi va o’simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. 
    O’simliklar ildizi ham yarim o’tkazgichlik xossasiga ega. Tuproqdagi nam 
    ( H
    2
    O) ni to rtib olib o’simlik tanasida katta bosim hosil qiladi. Buning isboti 
    sifatida agar o’simlikning shoxchasi kesib olinsa va bir oz vaqt qo`yilsa so’lib 
    qoladi va qaytadan suvli idishga (yoki nam tuproqqa) qo’yilsa qaytadan o’z holiga 
    keladi. Shu sababli o’simlik xatto tuproqdan unib chiqadi, daraxtning shohlari egilib 
    qolgan bo’lsada, yana yuqoriga qarab o’sadi. 

    Download 0,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eritmalardagi osmos hodisasi. Eruvchanlik. Vant-Goff qonuni

    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish