• Strukturaning o’zgarish sabablari turlicha bo’lishi mumkin;
  •  Sanoat korxonalarida maxsulot tuzilmasi, nomenkulaturasi va




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/15
    Sana28.04.2023
    Hajmi0.74 Mb.
    #54563
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    8-mavzu. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish reja
    4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99
     
    8.3. Sanoat korxonalarida maxsulot tuzilmasi, nomenkulaturasi va 
    assortimentining tahlili 
    Korxona(firma)larning 
    ixtisosligiga 
    kiruvchi 
    ishlab 
    chiqarilayotgan 
    mahsulotlarning tarkibi bozordagi talab va taklifning o’zgarishiga qarab muntazam 
    takomillashib, rivojlanib hamda mukammallashib boradi. Ayniqsa, ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulotlar, qiymat o’lchamidagi hajmi strukturaviy o’zgarishlar 
    ta’sirida ortib yoki kamaytirilib aniqlanishi mumkin. Bunda ishlab chiqarilgan 
    mahsulotlar hajmi sarflanayotgan moddiy va mehnat xarajatlarini e’tiborga olgan 
    holda o’rganilishi tahlilda erishilgan natijalarni yanada aniqroq o’rganish 
    imkoniyatini yaratadi. Korxona uchun ko’proq foyda keltiruvchi, kam xarajatlar 
    talab etiladigan tovarlarni ishlab chiqarish o’ta manfaatlidir. shuning uchun ham 
    tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o’zgarishlarni 
    e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
    Mahsulot hajmiga strukturaviy o’zgarishlarning ta’sirini zanjirli borlanish 
    usuli orqali aniqlash mumkin. Korxona uchun naf keltiruvchi barcha strukturaviy 
    o’zgarishlardan foydalanish mahsulotlarning hajmini ko’paytirish imkoniyatini 
    yaratadi.
    Strukturaning o’zgarish sabablari turlicha bo’lishi mumkin; 
    • ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida yuqori narxga sotilishi mumkin bo’lgan 
    mahsulotlar ulushining ko’payishi; 
    • mo’may foyda keltiruvchi tovarlarning hajmi; 
    • me’yordagi moddiy va mehnat sarflaridan ham tejamkorlik imkoniyati 
    bo’lgan tovarlarning mavjudligi; 
    • arzon xomashyo, yoqilg’i va boshqa moddiy boyliklarning yaqinligi; 


    • ishlab chiqarilayottan mahsulotlarning texnologiyasini takomillashishi 
    evaziga yuqori manfaat; 
    • tovarlar sifatini yaxshilanishi va boshqalar. 
    Mahsulotlar nomenkulaturasi — deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik 
    guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan 
    ro’yxatidir. 
    Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti — esa, mahsulotlarning ma’lum bir 
    belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o’lchami, markasi, artikullariga qarab 
    ajratiladigan mahsulotlar xilidir. Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini 
    o’rganishda o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi. 
    Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda o’rtacha assortiment 
    rejasining bajarilishini ham aniqlash muhim hisoblanadi. O’rtacha assortiment 
    rejasining bajarilishi odatda eng kichik raqamlarni jamlash usuli orqali amalga 
    oshiriladi. Bunda har bir assortiment turlarini haqiqatda ishlab chiqarilish 
    miqdorlari biznes rejasi bilan solishtirilib har ikki ko’rsatkichdan eng kichigi 
    assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabul qilinadi. 
    Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabul qilingan 
    ko’rsatkichlarning jamini biznes reja bo’yicha ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan 
    mahsulotlarga bo’lish orqali o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi aniqlanadi. 
    Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o’z ichiga 
    olishi shart: 
    • iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash; 
    • chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash; 
    • mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o’rganish, o’z vaqtida yangi 
    zamonaviy bo’lgan tovarlar turini yaratish bo’yicha choralar ko’rish va ishlab 
    chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo’lgan 
    mahsulotni chiqarib tashlash; 
    • iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o’zgarishida xavf xatar 
    darajasini baholash. 

    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Sanoat korxonalarida maxsulot tuzilmasi, nomenkulaturasi va

    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish