O`RTA MAXSUS VA KASB-HUNAR TA`LIMI MAZMUNINI
BELGILOVCHI HUJJATLAR
hujjatlarning nomi
|
Nimani belgilaydi
|
hujjatning mazmuni
|
hujjatning vazifasi
|
Malaka tavsifnomasi (DTS)
|
Ishlab chiqarish (korxona)ning ayni ixtisos (kasb) va ayni malaka egasiga nazariy bilimlarga nisbatan (nimani biladi) va ishlab chiqarish tayyorgarligiga nisbatan (nimani bajara oladi) qo`yadigan talablari
|
1. Kasb, ixtisos
2. Malaka (kvalifikatsiya)
3. Texnika bilimlari va maxsus bilimlar
4. Mehnat uquvlari va malakalari
|
O`quv reja va dastur tuzishda asos bo`ladi. Bitiruv malaka imtixonlarida o`quvchilar bilimlarining sifatini aniqlash uchun xizmat qiladi.
|
O`quv rejasi
|
Ta`limning mazmuni va umumiy shart-sharoitlarini hamda fanni o`rganish tartibini belgilaydi.
|
1. Ta`lim muddati.
2. O`qitishning tuzilishi va tartibi.
3. O`qitiladigan fanlar ro`yxati.
4. har bir fanni o`rganish tartibi (vasht jihatidan),
5. har bir fanga ajratilgan va har bir haftaga tegishli vaqt.
|
O`qitish ishlarini rejalashtirishda asos bo`lib xizmat qiladi.
|
O`quv dasturi
|
O`qitishning aniq mazmunini, ayni fanning hajmini va uni o`rganish tartibini belgilaydi.
|
1. Fanning nomi.
2. Ayni fan, ayrim bob va mavzu bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalar hajmi.
3. Fanni o`rganish tartibi.
4. har bir mavzuni o`tish uchun belgilangan vaqt.
5. Ayni fan bo`yicha darslik va qo`llanmalar.
|
O`qituvchi va o`quvchilarning bajarishi majburiy bo`lgan hujjat.
|
Ta’lim metodlarining mohiyati. Interfaol ta’lim metodlari.
«Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:
Shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar ham mavjud.
«Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi»1.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo’ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko’ra):
Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan kelinmagan. Ushbu o’rinda ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha quyidagicha tizimlashtiriladi.
Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.
Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat.
O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi.
O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).
O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o’rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishini ta’minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g’rilashdan kabi holatlarda namoyon bo’ladi1.
Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo’yicha tizimlashtirilgan metodlar – og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o’zida mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Esipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim metodini to’g’ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq Sho’ro umumta’lim maktablarining o’quv jarayonida metodlarning cheksiz ko’pligi, xatto ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o’quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to’g’ri, asoslangan metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g’oya» mohiyat jihatidan noto’g’ri bo’lishiga qaramay, o’n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o’rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo’yicha ham, didaktik maqsadlar bo’yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo’llash ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab etildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab o’quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlaricha, bir-biridan o’quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o’zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o’qituvchi holati ... bo’yicha farqlanadi1.
Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-reptseptsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (reptseptsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi.
Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayorida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:
O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi
|
O’quvchi faoliyatining tuzilmasi
|
Tushuntirish;
Harakatni ko’rsatish;
Dalillardan xabardor qilish;
o’quvchining materialni anglab etishini rag’batlantirishga yo’naltiruvchi usullar;
turli didaktik materiallardan foydalanish
|
axborotlarni qabul qilish;
o’quv materialini tushunib olishga intilish va dastlabki ma’lumotlarni yodda saqlash;
o’quv materialini tushunish
|
|