|
Namoyish (demonstratsiya)
|
bet | 12/18 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 117,09 Kb. | | #108672 |
Bog'liq 7-mavzu (4)Namoyish (demonstratsiya)
Ko’rgazmali metodlar
Tasvir(illyustratsiya)
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog`liq bo`lsada, didaktikada alohida o`rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko`rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko`rsatishni taqozo etadi.
Namoyish (demonstratsiya) metodi o`rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo`l keladi va ayni chog`da predmetning tashqi ko`rinishi va ichki tuzilishi haqida to`laqonli ma’lumot berishda keng qo`llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko`rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o`zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so`ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o`rganishga o`tiladi. Ko`rsatish ko`p holatlarda o`rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Amaliy metodlari o`zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo`naltirilgan jarayonda qo`llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash ko`nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab er maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o`qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo`riqnoma yoki maxsus ko`rsatmani o`quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Amaliy metodlar
Mashq
|
| |