|
8-mavzu: ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari
|
bet | 13/18 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 117,09 Kb. | | #108672 |
Bog'liq 7-mavzu (4)Labaratoriya ishlari
Didaktik o’yin ishlar
Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko`nikmalarini egallash yo`lidagi ko`p marta takrorlanishlar bo`lib, mashqsiz ko`nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og`zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo`linadi.
Laboratoriya ishlari o`quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o`tkazish metodlari bo`lib, ular ko`proq tabiiy fanlar asoslarini o`rganishda qo`llaniladi. Bu metod o`quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko`rish, o`lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko`nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o`quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o`lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
Didaktik o`yin o`rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o`quvchining bilishga bo`lgan qiziqishi va faollik darajasini rag`batlantiruvchi o`quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o`yin ham ijtimoiy faoliyat ko`rinishi sanaladi.
Ta'lim metodlarini tanlash. “Pedagogika fanida, o`qituvchilarning amaliy tajribasini o`rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o`quv tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog`liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
Tа’limning umumiy mаqsаdlаri.
Fаnning vа o`rgаnilаyotgаn mаvzuning mаzmuni hаmdа o`zigа хоsliklаri.
Birоr fаnni o`qitish mеtоdikаsining o`zigа хоsliklаri.
Mаtеriаlni o`rgаnishgа аjrаtilgаn vаqt.
O’quv mаshg`ulоtining mаqsаdi, vаzifаlаri vа mаzmuni.
O’quvchilаrning yoshi vа bilish imkоniyatlаri.
O’quvchilаrning tаyyorgаrlik dаrаjаsi.
Tа’lim muаssаsаsining mоddiy tа’minlаngаnligi.
O’qituvchining nаzаriy, аmаliy vа mеtоdik tаyyorgаrligi, pеdаgоgik mаhоrаtni egаllаgаnlik dаrаjаsi”4.
|
| |