• O’quv jarayonidagi vazifasiga ko`ra
  • Ta’limning texnik vositalari.
  • Ta’limning texnik vositalari
  • O’quv axborotiga munosabatiga ko`ra




    Download 117,09 Kb.
    bet16/18
    Sana30.11.2023
    Hajmi117,09 Kb.
    #108672
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    7-mavzu (4)

    O’quv axborotiga munosabatiga ko`ra ta’lim vositalari yangi materialni o`rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o`quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo`linadi.
    O’quv jarayonidagi vazifasiga ko`ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o`quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O’quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot) o`qituvchi va o`quvchilarning o`quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o`qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o`quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).
    Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko`ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog`liqlikka ko`ra didaktik vositalar vizual (ko`rish) – haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko`rish-eshitish) – ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.
    Ta’limning texnik vositalari. TTV – bu o`zida o`quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o`quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko`rsatuvlar.

    Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.



    Ta’limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

    • ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;

    • o`quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;

    • o`quvchilarni idrok qilishga yo`naltiradi;

    • o`quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;

    • dunyoqarashni, ishonchni, o`quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;

    • o`quv ishiga nisbatan o`quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;

    • bilimlarni nazorat, o`zini-o`zi nazorat qilishni ta’minlaydi.


    Download 117,09 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 117,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv axborotiga munosabatiga ko`ra

    Download 117,09 Kb.