9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp) Mashg’ulot maqsadi




Download 68.87 Kb.
bet6/12
Sana04.06.2023
Hajmi68.87 Kb.
#69707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
GXP asoslari FI 9-mavzu amaliy
53-dars. Qavslarni ochish qoidalari-hozir.org, avtomatika, tbt td 2, Gibridlanish turlari va geometrik shakllar, Begjanova Mashxura, 365385, Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish, Constitution of Uzbekistan, Olimjonov D ilovaga, маъруза № 2 (2), Makroiqtisodiyot 2 YN magistr 2-kurslar, 4 (1)

Kiyim bosh


Ishlab chiqarish xonasiga kiradigan har bir odam bajarayotgan ishlab chiqarish operatsiyalariga mos maxsus kiyim-bosh kiyishi kerak.
Tozalikning turli darajasiga mansub xonalarda ishlaganda Shu maqsadlarga mos keladigan texnologik kiyim-boshdan foydalanish kerak.
Tozalikning D-darajasiga mansub xonalarda kombinzon, kurtka va shim yoki xalat, paxta yoki zig’irpoya tolali matodan qalpoqcha yoki ro’moldan; poyafzal ustidan kiyiladigan tegishli oyok kiyimi yoki baxillalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tozalikning S-darajasiga mansub xonalarda (englari tugmalanadigan, tikka yokali), qalpoqcha yoki durrachadan, zarur xollarda esa maskadan foydalanish tavsiya etiladi.
Tozalikning A va V - darajasiga mansub xonalarda A zonada tikka yokali, belbog’li, manjetlari qo’l panjalariga yopishib turadigan, to’pig’i mahkam yopishib turadigan kombinizonlardan foydalaniladi. Kiyim-boshning milklari hamda choklari berkitilgan bo’lishi kerak, kombinizonda ortiqcha burmalar. ichki va tashqi cho’ntaklar bo’lmasligi darkor. Bosh kiyim, soch, burun, og’iz va engakni to’la yopib turadigan shlem-kapYushon shaklida bo’lishi kerak Ishlar rezina yoki elastik polimerdan ishlangan steril qo’lqop va sterilieatsiyalangan yoki dezinfeksiyalangan poyafzalda olib borilishi zarur. Poyafzal ustidan tovongacha yopib turadigan baxila kiyiladi.
Shimning pochasi baxila ichiga, kombinizon englari esa qo’lqop ichiga tiqiladi.
Tananing yoki ich kiyimning biror kismi ochik. qolmasligm kerak. Kiyim bosh etarli darajada keng va ishlash uchun qulay bo’lishi darkor.
Tozalikning A, V, S va D - darajasiga mansub xonalarda ishlash mo’ljallangan texnologik kiyim-bosh gigienik talablarga javob beradigan va o’zidan juda kam tuk chikaradigan materialdan tayyorlanishi lozim.
Texnologik kiyim bosh bir marta va ko’p marta foydalanadigan bo’lishi mumkin.
Nosteril dori vositalari ishlab chiqarishda tozalikning S darajasiga mansub xonalarga kirayotgan va shu xonalarga qaytayotgan har bir shaxsga yangi steril kiyim-bosh yoki yangi yuvilgan ko’p marta foydalanish mo’ljallangan steril texnologik kiyim-bosh berilishi zarur. Tozaligi D -darajadagi xonalarga kirish va kaytishda oldingi yangi yuvilgan texnologik kiyim-boshning o’zidan foydalanishga ruhsat beriladi.
Steril dori ishlab chiqarishda tozalikning V, S yoki D darajasidagi xonalarga yangi kirayotgan va tozalikning V darajasidagi xonalarga qaytayotganlarga birbir marta foydalaniladigan steril kiyim -bosh yoki yangi komplekt ko’p marta foydalaniladigan texnologik kiyib-bosh berilishi kerak. Tozalikning D - darajasidagi xonalarga qaytganda avvalgi texnologik kiyim-boshning o’zidan foydalanishga ruhsat beriladi.
Texnologik kiyim-boshni shunday yuvish yoki tozalash kerakki, u qo’shimcha tarzda ifloslanmasin. Vaqt-vaqti bilan matoning tuk chiqarishini nazorat qilib turishni nazarda to’tish kerak, yuvish shaxobchasi yoki alohida kir
Yuvish mashinasi bo’lishi maqsadga muvofiq.
Toza yoki steril kiyim-bosh ifloslanishdan muhofazalangan joyda saqlanishi kerak.
Texnologik kiyim-bosh xodimlarni tayyorlash xonasiga havo shlyuzi orqali uzatilishi lozim.
Ish paytida qo’lqop va qo’llarga muntazam dezinfeksiyalovchi vosita bilan ishlov berib borilishi kerak.

Download 68.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 68.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp) Mashg’ulot maqsadi

Download 68.87 Kb.