9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp) Mashg’ulot maqsadi




Download 68.87 Kb.
bet5/12
Sana04.06.2023
Hajmi68.87 Kb.
#69707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
GXP asoslari FI 9-mavzu amaliy
53-dars. Qavslarni ochish qoidalari-hozir.org, avtomatika, tbt td 2, Gibridlanish turlari va geometrik shakllar, Begjanova Mashxura, 365385, Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish, Constitution of Uzbekistan, Olimjonov D ilovaga, маъруза № 2 (2), Makroiqtisodiyot 2 YN magistr 2-kurslar, 4 (1)

Xodimlarni o‘qitish


Har bir korxonada ushbu korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan bevosita ishlab chiqarishda yoki nazorat laboratoriyalarida ishlayotgan barcha xodimlar, jumladan texnik masalalar, jihozlarga hizmat ko’rsatish va xonalarni tozalash bilan Shug’ullanuvchi shaxslar o’qitiladi va attestatsiyadan o’tkaziladi .
Shuningdek, faolnyati tayyor mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi xodimlar ham, masalan tayyor mahsulot va dastlabki xom ashyo saqlanadigan xonalarda
(omborlarda) ishlovchn xodimlar ham o’qitiladi. Yangi ishga kelganlar ushbu qoidalarni o’rgangan xolda, mutaxassisliklari bo’yicha tayyorgarlikdan o’tishlari kerak. Xodim vaqt-vaqti bilan qaytadan tayyorgarlikdan o’tadi.
Har bir xodimning o’qitilganligi haqidagi ma’lumotlar saqlovchi hujjatlar uning korxonada ishlashi davomida saqlanadi. Xodimlarni o’qitish dasturiga aniqlik yoki o’zgartirish kiritish uchun vaqti-vaqti bilan uning samaradorlngiga baho berib turilishi kerak.
Yuqori faol, zaxarli, uchuvchan, sensibilizatsiyalanuvchi moddalar, Shuningdek in’eksion preparatlari bo’lgan salomatligi uchun xavfli xonalarda ishlovchi xodimlar maxsus dastur asosida qo’shimcha tayyorgarlikdan o’tadi. Maxsus tayyorgarlikdai o’tmagan xodimlarni ishlab chiqarish xonalariga kiritish man etiladi. Agar bunga zarurat tug’ilsa, ular oldindan ishlab chiqarishda o’zlarini qanday to’tish qoidalari bilan tanishtirilib chiqishlarn kerak.
«Toza» xonalarda ishlaydigan xodimlar, Shu jumladan jihozlarga hizmat ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi, xonalarnn ishga tayyorlovchi xodimlar tayyorgarligiga alohida ahamiyat berish kerak. Xodimlar steril dori vositalari ishlab chiqarish uchun zarur bilim va tajribaga, Shu jumladan gigiena va mikrobiologiya bo’yicha bilimlarga eti bo’lishlari lozim Xodimlarning shaxsiy gigienasi.
Har bir farmatsevtik korxonada xodimni shaxsiy gigienaga amal qilish mehnat gigienasn, texnologik kiyimlarni kiyish va foydalanish qoidalarini o’z ichiga olgan gigiena bo’yicha to’la dastur mavjud. Bu qoidalar har bir xodim uchun tuShunarli va qat’iy rioya qilishi kerak.
O’'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining 2002 yil 06.06 oni 300 raqamli Buyrug’iga asosan xodim ishga kirayotgan vaqtda dastlabki va keyinchalik davriy ravishda tibbiy ko’rikdan o’tib turadi. Dori vositalari tayyorlash, nazorat qilish va saqlash bilan bog’liq, ishlarga patogen mikroflora taShuvchi, allergik va teri kasalliklariga chalingan kishilar qo’yilmaydi.
Vaqtnnchalik sog’ligi yaxshilangunga qadar infeksion kacalliklar bilan og’rigan bemorlar yoki terilari turli darajada shikastlangan xodimlar ishga qo’yilmaydi.
Dori vositalari ishlab chiqarish, qayta ishlash, o’rash va saqlash jarayonida band bo’lgan xodimlar salomatliklarini tartibga solish reglamentiga hamda gigiena talablariga qat’iy rioya qilishlari lozim. Xodimlar dori vositalariga salbiy ta’sir etish mumkin bo’lgan har qanday kasallikka chalinsalar (teri kasalliklari, nafas olish yo’llari kasalliklari) bu haqda u rahbarlarini xabardor etishlari kerak.
Xodim himoyalanmagan qo’l bilan dastlabki xom ashyo, yordamchi va dastlabki o’rash materiallari, yarim tayyor mahsulotga va bundan tashqari, amaldagi texnologik hujjatlarda nazarda tutilmagan jihozlarning ayrim qismlariga tegishi mumkin emas. Ishlab chiqarish xonalarida va tayyor mahsulotlar omborxonasida ovqatlanish, chekish, shuningdek oziq-ovqat, chekish materiallari va shaxsiy dorilarni saqlash man etiladi.
Ishlab chiqarish xonalariga kiradigan barcha kishilar yoki doimiy ishlashlaridan qat’iy nazar shuningdek keluvchilar va tekshiruvchilar ishlab chiqarish xonalariga kiritilish qoidalariga jumladan himoya kiyim boshini kiyishga qat’iy rioya qilishlari kerak.

Download 68.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 68.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp) Mashg’ulot maqsadi

Download 68.87 Kb.