«Toza» xonalardagi asbob-uskunalarga nisbatan bo‘lgan talab




Download 68.87 Kb.
bet9/12
Sana04.06.2023
Hajmi68.87 Kb.
#69707
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
GXP asoslari FI 9-mavzu amaliy
53-dars. Qavslarni ochish qoidalari-hozir.org, avtomatika, tbt td 2, Gibridlanish turlari va geometrik shakllar, Begjanova Mashxura, 365385, Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish, Constitution of Uzbekistan, Olimjonov D ilovaga, маъруза № 2 (2), Makroiqtisodiyot 2 YN magistr 2-kurslar, 4 (1)

«Toza» xonalardagi asbob-uskunalarga nisbatan bo‘lgan talab


«Toza» xonalarda ishlashda foydalaniladigan asbob-uskunalar iloji boricha shunday qurilishi va joylashtirilishi kerakki, ularni «Toza» xonalardan tashqarida ishlatish, hizmat ko’rsatish va remont qilish mumkin bo’lsin. Ishlar tugagandan so’ng xonaga dezinfeksiyalovchi vosita bilan ishlov berish lozim.
Aseptik sharoitda ishlashda foydalaniladigan asbob-uskunalarning jarayon parametrlarini nazorat qilish uchun qayd etish moslamasi bo’lishi zarur. Asbobuskunalar nosozlik haqida habar beruvchi signalizatsiya qurilmasi bilan ta’minlangan bo’lishi maqsadga muvofiq.
Suv tayyorlash qurilmasini shunday loyihalash, qurish va ishga solish kerakki, u tegishli sifatdagi suv bilan ta’minlashi lozim. Ularni loyihadagidan yuqori quvvatda ishlatish mumkin emas Suvni ta’minlash, saqlash va taqsimlash Shunday talab qilinadiki, uni 80 darajadan Yuqori yoki 4 darajadan past haroratda doimiy aylanish hisobiga hosil bo’ladigan bakteriyalar o’sishiga to’sqinlik qilish kerak.
Dori vositalari ishlab chiqarishda va sifatini nazorat qilishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, ularni ishga tayyorlash, ishlatish va hizmat ko’rsatishga iloji boricha qulay qilib quriladi hamda joylashtiriladi. Asbobuskunalar va nazorat-o’lchov asboblarining ko’rinishi, kattaligi hamda tavsifi o’tkazilayotgan texnologik jarayonlarga mos bo’lishi kerak.
Dori vositalari ishlab chiqarish hamda sifatni nazorat qilishda foydalaniladigan tarozi va o’lchov asboblari vaqti-vaqti bilan umum qabul qilingan usullarda kalibrlanib va tekishiruvdan o’tkazilishi lozim.
Mahsulot ishlab chiqarish, o’rash, saqlash, transportda tashish va sifatini nazorat qilishda kompyuter texnikasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Hujjatlar, sifatni ta’minlash tizimining ajralmas qismini tashkil etadi. Aniq yozilgan hujjatlar og’zaki muomalada yuzaga kelgan xatoliklarning oldini oladi
va seriyalar tarixini kuzatib borishga imkon yaratadi. Spetsifikatsiyalar, ishlab chiqarish retsepturalari va yo’riqnomalar, uslublar va bayonnomalarda xato bo’lmasligi uchun ular yozma ko’rinishda mavjud bo’lishi zarur. Hujjatlarning aniqligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 68.87 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 68.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Toza» xonalardagi asbob-uskunalarga nisbatan bo‘lgan talab

Download 68.87 Kb.