• Asbob-uskunalarni ishga tayyorlash va ishlatish
  • 9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp) Mashg’ulot maqsadi




    Download 68.87 Kb.
    bet8/12
    Sana04.06.2023
    Hajmi68.87 Kb.
    #69707
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    GXP asoslari FI 9-mavzu amaliy
    53-dars. Qavslarni ochish qoidalari-hozir.org, avtomatika, tbt td 2, Gibridlanish turlari va geometrik shakllar, Begjanova Mashxura, 365385, Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish, Constitution of Uzbekistan, Olimjonov D ilovaga, маъруза № 2 (2), Makroiqtisodiyot 2 YN magistr 2-kurslar, 4 (1)

    Asbob-uskunalarni joylashtirish


    Asbob-uskunalar quyidagi talablarga javob beradigan qilib joylashtirilishi lozim:
    -birlamchi xom ashyo, materiallar oqimini iloji boricha to’xtamaydigan, xodimlar yurishini iloji boricha kamaytiradigan qilib joylashtirilishi;
    -dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonida ifloslanishini oldini oladigan bo’lishi; -turli xil mahsulotlarning aralashib ketishini yoki ishlab chiqarish jarayonidan biror bosqichni tushib qolishini oldini oladigan bo’lishi;
    -asbob-uskunalarni yuvish, ishlov berish, ishlatish va hizmat ko’rsatish qulay bo’lishi kerak.
    Tuzatilmagan asbob-uskunani ishlab chiqarish va texnik nazorat bo’limi xonalaridan chiqarib tashlanishi yoki chiqarilgunga qadar tegishli ravishda aniq, markalab qo’yilishn kerak.

    Asbob-uskunalarni ishga tayyorlash va ishlatish


    Har bir yangi texnologik jarayonnш ishlab chiqarishga tatbiq etishdan oldin jihozlarni ishlash samarasiga va o’rnatilishiga (montajiga) baho berilishn kerak. Asbob-uskunalarni ta’mirlash yoki almashtirish grafikga asosan jihoz takroran validatsiya qilinadi. Bundan olingan natija validatsiya bo’yicha hisobotga qo’shila|di har bir jihozdagi yorliqda esa oxirgi va takroran olib borilgan validatsiya sanasi ko’rsatiladi.
    Asbob-uskunalarni ishlatish qulay bo’lishi uchun ularni muntazam profilaktik ko’rigi, zarur xollarda esa joriy ta’miri (remonti) o’tkazilib turishi kerak.
    Asbob-uskunalar dezinfeksiyalovchi bilan ishlov berish yoki sterilizatsiyalash bo’yicha yo’riqnomalar asosida ishga tayyorlanadi.
    Asbob-uskunalarga dezinfeksiyalovchi vosita bilan ishlov berilgan yoki ish qismlari sterilizatsiya qilingach yo’riqnomalarga muvofiq jihozlarni ishga tayyorlash sifati nazoratdan o’tkaziladi. Asbob-uskunalarni ishga tayyorlash nazorati natijalari, Shuningdek profilaktik ko’rigi va joriy ta’miri (remont) natijalari maxsus jurnalda yozilishi kerak.
    Dorilarning faqat bir turini ishlab chiqarishda foydalaniladigan jihozlar
    Shunday tozalanishi kerakki, turli seriyadagi mahsulotlarning o’zaro aralashib ketishiga yo’l qo’yilmasin. Bir necha nomdagi dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan jihozlar yuvilayotgan suvda avvalgi tayyorlangan dori vositasi tarkibiga kiruvchi dori vositasidan nom-nishon qolmaguncha tozalanadi. Keyingi nomdagi dori vositasi ishlab chiqarishni boshlashdan avval, zarur bo’lganda, jihozlarga dezinfeksiyalovchi vosita bilan ishlov beriladi yoki sterilizatsiya qilinadi.
    Ishlab chiqarish jihozlariga ishlov berishda ishlatiladigan asboblar va materiallarni Shunday tanlash va ishlatish kerakki, ularning o’zi ifloslantirish manbaasi bo’lmasligi kerak.

    Download 68.87 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 68.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp) Mashg’ulot maqsadi

    Download 68.87 Kb.