9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp) Mashg’ulot maqsadi




Download 68.87 Kb.
bet4/12
Sana04.06.2023
Hajmi68.87 Kb.
#69707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
GXP asoslari FI 9-mavzu amaliy
53-dars. Qavslarni ochish qoidalari-hozir.org, avtomatika, tbt td 2, Gibridlanish turlari va geometrik shakllar, Begjanova Mashxura, 365385, Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish, Constitution of Uzbekistan, Olimjonov D ilovaga, маъруза № 2 (2), Makroiqtisodiyot 2 YN magistr 2-kurslar, 4 (1)

Rahbar xodim


Korxona rahbari dori vositalari ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo’lishi lozim. Ishlab chiqarish masalalariga, sifat nazorati, mahsulotni sotishga javobgar bo’lgan bir-biriga bog’liq bo’lmagan mutaxassislar u bilan yaqin aloqada ishlashlari kerak.
Qoida bo’yicha rahbarlik vazifasini egallagan shaxslar, to’la ish kunini o’tashlari kerak.
Har xil darajadagi rahbarlar o’z vazifalarini bajarish uchun zarur vakolatlarga egadirlar. Ish faoliyatida noaniqlik yoki bir-birining ishini qaytarmaslik uchun rahbarlar vazifalari tegishli lavozim yo’riqnomalarida belgilab qo’yiladi. Yirik korxonalarda rahbar xodimning ayrim vazifalari boshqa mutaxassisga faqat ishlab chiqarish yoki tayyor mahsulotni sifat nazorati uchun javobgarlik birinchi zimmasida saqlangan holda topshirilishiga ruhsat etiladi.
Ishlab chiqarish rahbarining vazifasiga quyidagilar kiradi:
-Yaxshi sifatli tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarishni texnologik hujjatlar va «Qoidalar» talablariga muvofiq tashkil qilish;
-ishlab chiqarish jarayonini bosqichma-bosqich nazoratini o’tkazish bo’yicha qo’llanmasini o’z ichiga olgan ishlab chiqarish qo’llanmasini tasdiqlash va unga qat’iyan rioya qilishni ta’minlash;
-Joriy ishlab chiqarish hujjatlarini (ishlab chiqarish seriyalari haqida hisobotlar, marshrut xaritasi, to’ldirsh jurnallari va boshqalar) to’g’ri yuritilishini ta’minlash; -ishlab chiqarish xonalari holatini, jihozlar va ularni texnik hizmati nazoratini amalga oshirish;
-texnologik jihozlar, ishlab chiqarish jarayoni va nazorat o’lchov-asboblarini kalibrlashni, validatsiyasini o’tkazish, hujjatlarning asl nushasini va hisobotlarni tushunarli shaklda maxsus joyda saqlashni ta’minlash;
-xodimlarni tasdiqlangan dastur asosida korxonada ish boshlashda va ishlash davomida ham o’qitilishini nazorat qilish;
-xodimlar tomonidan texnika havfsizligi qoidalariga amal qilishni ta’minlash. Texnik nazorat bo’limi boshlig’ining vazifasiga quyidagilar kiradi:
-ishlab chiqarishda dastlabki xom ashyoni, yordamchi o’rov va markalash materiallarni, yarim tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda
ishlatishga, Shuningdek tayyor mahsulotni taqqatishga ruhsat berish yoki man etish;
-Namuna olish, xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulot tahlilini o’tkazish bo’yicha uslub yoki Yo’riqnomalar, ishlab chiqarish jarayonini baholash va nazorati bo’yicha yo’riqnomalar va bevosita tayyor mahsulot sifat nazorati bilan bog’liq boshqa hujjatlarni tuzish va tasdiqlashni ta’minlash;
-barcha nazorat tekshiruvlari (tahlillarni) olib borishni ta’minlash;
-bo’lim xonalari, jihozlar, nazorat-o’lchov asboblarini holati va. ularni texnik hizmati nazoratini amalga oshirish;
-zarur validatsiya jarayoni, jumladan analitik uslublar validatsiyasini va nazorato’lchov asboblarining kalibrlanishi o’tkazilishini ta’minlash;
-korxona xodimlari, jumladan texnik nazorat bo’limini xodimlarini o’qitish dasturini tasdiqlash va ish davomida o’qitish nazoratini olib borish. Bundan tashqari, SNB rahbari dori vositalarini eksport qilishda vakolatlangan shaxs vazifasini bajarishi mumkin.
Ishlab chiqarish rahbari va texnik nazorat bo’lim boshlig’i quyidagilarga javobgardirlar:
-Ushbu qoidalar talablariga amal qilish;
texnologik reglament va boshqa ishlab chiqarish reglamentlari, ularga qo’shimcha va o’zgartishlarni tuzish va tasdiqlash va boshqa odatdagi ishlab chiqarish hujjatlarini tuzish va tasdiqlashga;
-ishlab chiqarishda tegishli sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish;
-o’z-o’zini nazorat qilish.

Download 68.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 68.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-Amaliy mashg‘ulot yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (gmp) Mashg’ulot maqsadi

Download 68.87 Kb.