|
9-ma’ruza. Elektr o’zaro ta’sirlar rejasi
|
bet | 6/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 400 Kb. | | #116147 |
Bog'liq 9-ma\'ruzatortishish va itarish kuchlarining zaryadlar orasidagi masofaga bog‘liqligi
Elektrostatik maydonning biror nuqtasidagi zaryadning potentsial energiyasini umumiy holda quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
,
Bu ifodadan elektrostatik maydondagi q zaryadning potentsial energiyasi maydonni hosil qilgan qo‘zg‘almas q0 zaryadga ham bog‘liq bo‘lgani uchun zaryadlarning o‘zaro potentsial energiyasi ham deyiladi. Shunday qilib, ikki zaryadning o‘zaro potentsial energiyasi zaryadlar ko‘paytmasiga to‘g‘ri va oralaridagi masofaga teskari proportsionaldir. Q zaryadning W – potentsial energiyasi, elektrostatik maydondagi uning holatiga bog‘liq bo‘lgani uchun, elektrostatik maydonning nuqtalari energetik nuqtai nazardan potentsial deb ataluvchi skalyar kattalik bilan ifodalanadi.
Elektrostatik maydon biror nuqtasining potentsiali deb, maydonning shu nuqtasiga kiritilgan bir birlik musbat sinovchi zaryadga mos kelgan potentsial energiyaga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi:
Shunday qilib, nuqtaviy zaryad hosil qilgan elektrostatik maydonning biror nuqtasidagi potentsiali zaryad miqdoriga to‘g‘ri va masofaga teskari proportsionaldir.
Elektrostatik maydon potentsiali, uning energetik tavsifi bo‘lgani uchun elektrostatik maydon kuchining zaryadni ko‘chirishda bajarganishi, maydon potentsiallari ayirmasi bilan o‘zaro bog‘lanishga ega bo‘lishi kerak:
Maydonning ikki nuqtasi orasidagi potentsiallar ayirmasi quyidagiga tengdir:
Elektrostatik maydonning ikki nuqtasi orasidagi potentsiallar farqi deb, bir birlik musbat zaryadni 1-nuqtadan 2 – nuqtaga ko‘chirishda bajarilgan ishga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi.
Agar bajarilgan ish quyidagicha bo‘lsa
elektr maydon kuchlanganligi potentsial bilan quyidagicha ifodalanadi:
Shunday qilib, elektrostatik maydonning kuchlanganligi deb kuch chizig‘ining uzunlik birligiga mos kelgan potentsial ayirmasiga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi.
Elektr ostatik maydonning kuchlanganligini boshqacha ko‘rinishda yozish mumkin:
yoki
Potentsiallari bir xil bo‘lgan nuqtalarning geometrik o‘rniga ekvipotentsial sirtlar deyiladi.
Ekvipotentsial sirt uchun:
|
| |