|
- rasm. Elektr maydon kuchlanganligi chiziqlari
|
bet | 4/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 400 Kb. | | #116147 |
Bog'liq 9-ma\'ruza3- rasm. Elektr maydon kuchlanganligi chiziqlari
Nuqtaviy zaryad maydon kuchlanganligi chiziqlari radial chiziqlardan iboratdir. Musbat zaryad uchun kuch chiziqlari yo‘nalishi zaryaddan chiqqan bo‘ladi (3- rasm).
4-rasm. Musbat nuqtaviy zaryad elektr maydon kuch chiziqlari
Manfiy zaryad uchun esa, kuch chiziqlari yo‘nalishi zaryadga yo‘nalgan bo‘ladi (4 - rasm). Kuch chiziqlari bir zaryaddan chiqib ikkinchi zaryadda tugaydi.
5-rasm. Manfiy nuqtaviy zaryad elektr maydon kuch chiziqlari
Elektr maydonida zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish
Har qanday maydon va shu maydondagi kuchning tabiati bajarilgan ishning ko‘rinishi bilan aniqlanadi. Jumladan, bajarilgan ish yo‘lning traektoriyasiga bog‘liq bo‘lish yoki bo‘lmasligi, kuch va maydon tabiatining mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Misol uchun, qo‘zg‘almas nuqtaviy zaryad q0 vakuumda
elektr maydonini hosil qilgan, deb hisoblaymiz. Shu maydonda boshqa nuqtaviy q zaryad harakat qilayotgan va 1-nuqtadan 2-nuqtaga ko‘chgan bo‘lsin (6-rasm).
Elektr maydoni kuchi ta’sirida bajarilgan ish quyidagi integral bilan ifodalanadi
,
,
6-rasm. Qo‘zg‘almas nuqtaviy q zaryad maydonida q sinovchi zaryadning harakat traektoriyasi
Bu ifodadan ko‘rinadiki, bir xil ishorali q va q0 zaryadlarning o‘zaro itarish kuchi ta’sirida , zaryadlar uzoqlashishida musbat ish bajariladi.
Aksincha, har xil ishorali zaryadlarning tortishish kuchi ta’sirida q va q0 zaryadlar yaqinlashib, manfiy ish bajarishadi.
Yana misol tariqasida q zaryadni a va c yo‘nalishda 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga ko‘chiramiz (6 - rasm). Bu holda ham bir xil ish bajariladi:
.
|
| |