• Agar sinov zaryadi erkin bo’lib va ikkalasi ham musbat bo’lsa, sinov zaryadi elektr maydon ta’sirida tashqariga harakatlanadi.
  • 1 - rasm. Qo‘zg‘almas nuqtaviy zaryadga ta’sir etuvchi kuch
  • 9-ma’ruza. Elektr o’zaro ta’sirlar rejasi




    Download 400 Kb.
    bet2/6
    Sana11.12.2023
    Hajmi400 Kb.
    #116147
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    9-ma\'ruza

    Protonni massasi 1.67*10-27kg,elektroning massasi 9.11*10-31kg.
    Neytronning massasi protonning massasiga tengdir.
    Har xil inertsial sanoq tizimlarda o‘lchanadigan zaryad miqdori bir xil bo‘lgani uchun u relyativistik invariantdir. Boshqacha qilib aytganda, zaryad miqdori zaryad harakatda bo‘lsa ham, tinch holatda bo‘lsa ham bir xildir.
    Elektr zaryadlari paydo bo‘lishi va yo‘qolishi mumkin, ammo bu holda albatta har xil ishorali ikkita zaryad bo‘lishi shart.
    Shunday qilib, elektrdan ajratilgan tizimlarda zaryadlar yig‘indisi o‘zgarmas bo‘ladi va bu zaryadlarning saqlanish qonuni deb ataladi.

    Agar sinov zaryadi erkin bo’lib va ikkalasi ham musbat bo’lsa, sinov zaryadi elektr maydon ta’sirida tashqariga harakatlanadi.

    Kulon qonuni


    Nuqtaviy zaryad deb, shunday zaryadlangan jismga aytiladiki, uning o‘lchamlari boshqa zaryadlangan jismlargacha bo‘lgan masofaga nisbatan sezilarli darajada kichik bo‘lishi kerak.
    Kulon bu rama tarozi orqali nuqtaviy zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchini, ularning zaryadlari miqdori va oralaridagi masofaga bog‘liqligini o‘rgandi va quyidagi xulosagakeldi: ikkita qo‘zg‘almas nuqtaviy zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi zaryadlarning har birining miqdorlari ko‘paytmasiga to‘g‘ri proportsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskariproportsionaldir.

    1 - rasm. Qo‘zg‘almas nuqtaviy zaryadga ta’sir etuvchi kuch

    Kuchning yo‘nalishi zaryadlarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgandir


    ,
    Bu yerda k – proportsionallik koeffitsienti, q1 va q2 ta’sir qiluvchi zaryadlar miqdori, r – zaryadlar orasidagi masofa, – q1 zaryaddan q2 zaryadga yo‘nalgan birlik vektor - q1 zaryadga ta’sir etuvchi kuchdir.
    – birlik vektor bilan o‘zaro ta’sir kuchning yo‘nalishini belgilasak, - kuch kuchdan yo‘nalishi va ishorasi bilanf arq qiladi:
    ,
    va – kuchlarning moduli bir-biriga tengdir:
    ,
    Ikkita zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi, ular yaqiniga boshqa zaryadlar yaqinlashtirilsa, o‘zgarmaydi.
    Agar qa – zaryad atrofida q1, q2,….qn zaryadlar to‘plami bo‘lsa, natijaviy kuch quyidagiga teng bo‘ladi:

    Kulon qonunida k – proportsionallik koeffitsientining son qiymatini xohlagancha tanlab, unga istalgan birlikni berish mumkin, ammo amalda eng qulay bo‘lgan birliklar tizimi ishlatiladi.
    Elektrostatikada qulay birliklardan biri absolyut yoki Gauss birliklar tizimidir. Bu SGS birliklar tizimi bilan elektr birliklari majmuasidir – ya’ni SGSE zaryadlar birliklar tizimidir. Ba’zi paytlarda, SGSE ni – absolyut elektrostatik birliklar tizimi deb ataladi.
    Gauss birliklar tizimida k – proportsionallik koeffitsienti 1 ga teng hisoblanadi va zaryad birligi quyidagiga teng bo‘ladi:

    SGSE – zaryad birligi qilib, shunday nuqtaviy zaryad olinadiki, bu zaryadga vakuumda 1 sm masofada shunday nuqtaviy zaryad 1 dina kuch bilan ta’sir qiladi.
    Zaryadning amaliy birligi qilib 1 Kulon (K) olinadi.
    1K = 2,998·109 SGSE zaryad birligi (z.b.)
    XB tizimida 1 Kulon zaryad birligi 1 sek vaqt ichida 1 Amper tok o‘tishi uchun zarur bo‘lgan zaryad miqdoriga tengdir:
    Q = I·t = 1A·1s =1K
    Buholda ga tengdir.
    Zaryadlar ta’sir etuvchi muhit vacuum bo‘lsa, u muhit e0 – dielektrik singdiruvchanlikka ega bo‘ladi, u holda, Kulon qonuni quyidagicha yoziladi:

    Agar z.b. bo‘lsa

    ga teng bo‘ladi.Boshqa tarafdan
    .
    Bundan,
    .

    Download 400 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 400 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-ma’ruza. Elektr o’zaro ta’sirlar rejasi

    Download 400 Kb.