|
- rasm. Konservativ kuch ta’sirida zaryadning ko‘chishi
|
bet | 5/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 400 Kb. | | #116147 |
Bog'liq 9-ma\'ruza7- rasm. Konservativ kuch ta’sirida zaryadning ko‘chishi
Shunday qilib, elektrostatik maydon kuchining bajargan ishi yo‘lning traektoriyasiga bog‘liq bo‘lmagani uchun elektrostatik maydon kuchi konservativ kuch hisoblanadi.
Agarda n - ta nuqtaviy zaryadlar (q1, q2,…., qn) hosil qilgan maydonda q - nuqtaviy zaryad harakat qilsa, unga kuchlar ta’sir qiladi. Bu natijalovchi kuchning bajargan ishi A har bir kuch mustaqil bajargan ishlarning algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladi:
,
Yopiq kontur bo‘yicha q - zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish quyidagicha ifodalanadi
,
Yopiq konturda, maydonning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalari ustma-ust tushgani uchun bajarilgan ish nolga teng bo‘ladi.
Shuning uchun
,
Maydon kuchlanganligi vektorining yopiq kontur bo‘yicha tsirkulyatsiyasi nolga teng bo‘lgan maydon potentsial maydon deb ataladi.
Maydon potentsiali. Zaryadning potentsial energiyasi
(1) – ifodani chuqurroq tahlil qilib ko‘ramiz. Agar qo‘zg‘almas nuqtaviy q0 - zaryadning maydonida q – zaryad 1(r1) – nuqtadan 2(r2) - nuqtaga ko‘chirilsa, uning energiyasi o‘zgarib boradi. Bu ish elektrostatik potentsial maydonda bajarilgani uchun q – zaryadning potentsial energiyasi o‘zgaradi:
,
Zaryadlarning ishorasiga qarab, ular orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi tortishish va itarish kuchlaridan iborat bo‘ladi. Ammo zaryadlar orasidagi – radius-vektor ortishi bilan, o‘zaro ta’sir kuchi ko‘rinishiga qaramasdan, potentsial energiya kamayib boradi (8 - rasm).
Demak, potentsial maydonda bajarilgan ish q - zaryadning potentsial energiyasining kamayishi hisobiga bajariladi:
,
8 - rasm. O‘z aro ta’sir
|
| |