Konstruktorlik hujjatlari




Download 217.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana01.11.2023
Hajmi217.4 Kb.
#92797
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
маъруза-4.1
KL-INYAZ ishchi, 827475, biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02, analitik kim fanini oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan fojdalanish, 8-Mavzu Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madan, BLI Gavhar, Mavzu Suҳbat metodi turlari va unga qo’yiladigan asosiy talabl-fayllar.org, 9FH9EUiDJpSci4iInjwn organized, fizikani-o-qitishda-integrativ-texnologiyalardan-foydalanib-o-quvchilarning-ijodiy-tafakkurini-rivojlantirish-metodikasi, 1 topshiriq (1), Domna ishlab chiqarishi - Vikipediya (1), qalam ihchi 3 курс 2023 й, 1 laboratoriya Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik (1), Mavzu ospf, rip, eigrp va bgp protokollari asosida dinamik ma
Konstruktorlik hujjatlari 
 
GOST 2.102-82 bo‘yicha konstruktorlik hujjatlari (KH)ga matnli va grafikli 
hujjatlar kiradi. Loyiha bosqichiga qarab hujjatlar loyixaviy yoki ishchi bo‘lishi 
mumkin. Matnli hujjatlarga spetsifikatsiyalar, turli qaydnomalar, tushuntirish 
xatlari, texnik shartlar, sinash uslubi va dasturi, hisob-kitoblar, ekspluatatsion - 
ta’miriy hujjatlar kiradi. 
GOST 2.106-82 “Matnli hujjatlar”da o‘rnatilgan talab bo‘yicha tushuntirish 
xatida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi zarur: kirish; vazifasi va qo‘llash doirasi, 
loyixalashtirilayotgan asbobga qo‘yilgan texnik talablar, tanlangan konstruksiya 
ta’rifi va asoslanishi, xisob-kitob qismi, ishlab chiqilayotgan mezonlarni qo‘llash 
bo‘yicha tashkiliy ishlar ta’rifi, kutilayotgan texnik effektlar ko‘rsatkichi, 
unifikatsiya satxi. Grafikli hujjatlar 2 xil ko‘rinishda: sxemali va chizmali bo‘ladi. 
GOST 2.701-82 bo‘yicha sxemalar fizik tabiatiga ko‘ra: elektr, kinematik, 
grafik, aralash va optoelektron bo‘lishi mumkin. Elektr sxemalarni qo‘llashda 
KXYAT standartlarida o‘rnatilgan 2 turdagi grafik belgilar ishlatiladi: shartli va 
to‘g‘ri burchakli. 
Konstruktorlik 
hujjatlarining 
tizimi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
konstruktorlik hujjatlarini yagona tizimi (O‘zKHYaT) majmuiga kiruvchi 


standartlarni maqsadli mo‘ljallanishi, taaluqlik doirasi, tasniflash guruhlarining
tarkibi va belgilanishi bo‘yicha umumiy qoidalarni belgilaydi. O‘z KHYAT 
standartining talablari konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadigan barcha iqtisodiyot tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
uchun majburiydir. 
O‘z KHYaT - O‘zbekiston korxonalari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining 
konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish, rasmiylashtirish, qo‘llash bo‘yicha 
tashkiliy va texnikaviy yagonaligini ta’minlaydigan, o‘zaro bog‘langan, asos 
bo‘luvchi umumtexnikaviy va tashkiliy uslubiyati, standartlar majmuidir. 
O‘z KHYaT standartlarining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
tomonidan quyidagilarni ta’minlovchi konstruktorlik hujjatlarini bajarish,
rasmiylashtirish, muomala qilish va qo‘llash bo‘yicha yagona qoidalarni
belgilashdan iborat: 
- konstruktorlik hujjatlarini qayta rasmiylashtirmasdan turib ularni xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro almashish imkoniyati; 
- hujjatlarni takrorlash va ishlab chiqarish uchun talab qilinmaydiganlarini
ishlab chiqishni bartaraf etuvchi komplektligini barqarorlashtirish; 
- sanoat buyumlari loyihalarining konstruktorlik ishlab chiqishida
birxillashtirishni kengaytirish imkoniyati
- buyumlarni loyiha-konstruktorlik ishlanmalarining mehnat sarfini 
kamaytiruvchi konstruktorlik hujjatlari va grafik tasvirlarining shakllarini
soddalashtirish; 
- texnik hujjatlarga va ulardagi axborotlarga ishlov berishni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; 
- ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash sharoitlarini yaxshilash; 
- buyumlarni ishlatish sharoitlarini yaxshilash; 
- loyiha-konstruktorlik ishlarining muddatlarini va xarajatlarini qisqartirish
- amaldagi ishlab chiqarishni tez qayta sozlash uchun hujjatlarni tezkor
tayyorlash. 


O‘z KHYaT standartlari bilan quyidagi belgilangan hujjatlarni ishlab
chiqish, rasmiylashtirish, muomala qilishga joriy qilish mumkin: 
- konstruktorlik hujjatlarining barcha turlariga; 
- hisobga olish – ro‘yxatga olish hujjatlariga va konstruktorlik hujjatlariga
o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha hujjatlarga; 
- me’yoriy texnik, texnologik hujjatlarga, shuningdek ilmiy-texnikaviy va
o‘quv adabiyotlariga, ular uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, misol uchun,
formatlar va buyumlarni bosib yozish uchun shriftlar kabi hujjatlarni yoki
adabiyotlarni bajarish qoidalarini belgilaydigan maxsus standartlar va me’yorlar
bilan aniq belgilanmaydigan qismiga. 
O‘z KHYaT standartlari konstruktorlik hujjatlarini, shuningdek: 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning texnik bo‘linmalarini (me’yoriy
tekshirish xizmatlari, texnik hujjatlar bo‘linmalari va sh.o‘) konstruktorlik
hujjatlarini tekshirish, hisobga olish, saqlash va ularni ko‘paytirish bilan bog‘liq
bo‘lgan tuzulmasi va funksiyalarini belgilovchi qoidalarni; 
- texnik hujjatlarni guruhlash, komplektlash, saqlash va ishlov berish
bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi materiallarni tuzish, muomala qilish, ishlov
berish bilan bog‘liq faoliyatni aniqlovchi va aniq belgilovchi tashkiliy
uslubiyatli va yo‘l-yo‘riq ishlab chiqarish hujjatlarini ishlab chiqish va nashr
etish uchun asos bo‘ladi. 
O‘z KHYaT ga kiradigan standartlar tarkibi belgilangan tartibda 
“O‘zstandart” agentligi tomonidan aniqlanadi. O‘z KHYaT ga kiruvchi 
standartlarning umumiy tarkibi (2.4-jadval) jadvalda ko‘rsatilgan.

Download 217.4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 217.4 Kb.
Pdf ko'rish