Metall va qotishmalarning texnologik xossalari




Download 0.81 Mb.
bet10/29
Sana01.08.2021
Hajmi0.81 Mb.
#16425
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Metall va qotishmalarning texnologik xossalari

Mashina vositalarini tayyorlashda mavjud materiallarning qayta ishlash imkoniyatlari qanday darajada ekanligi materialning texnologik xossalari deyiladi. Materialning bunday xususiyatlarini bilgan holda mashina vositalarini yasashning texnologik jarayonlarining loyihalarini tuzish usullarini tanlash mumkin.

Asosiy texnologik xossalari:



  • kesib ishlash,

  • bosim ostida ishlash,

  • materialning suyuq holdagi xususiyatlaridan foydalanish,

  • payvand chok olish imkoniyatlari,

  • deformatsiyalanishi hamda issiqlik ta’sirida shaklning o‘z geometrik o‘qini saqlay olish xususiyatlari va

  • shunga o‘xshash boshqa xususiyatlar kiradi.

Kesib ishlashda materialni kesib ishlangandagi mahsulotning:

  • sifati,

  • kesib ishlash jarayonining samaradorligi,

  • ishlangan yuzaning mikrogeometriyasi,

  • mahsulot geometrik o‘lchamlarining aniqlik darajasi,

  • kesuvchi asbobning turg‘unlik darajasi,

  • kesish tezligi,

  • kesish kuchlari,

  • qirindi turlari hisobga olinadi.

Materialning kesib ishlashga yaroqliligini aniqlash uchun yuqorida aytilgan ko‘rsatkichlarni etalon (birlik yoki namuna) qilib olish kerak.

Bosim ostida ishlashda namunaning plastik deformatsiyalanish xossalaridan foydalaniladi. Materiallarni bosim ostida ishlash materialning turiga hamda ularni qayta ishlash usuliga bog‘liq.

Masalan, materiallarning egilish xususiyati 14019—80 GOST standartiga binoan aniqlanadi.

Metallarning egilishi natijasida hosil bo‘lgan birinchi nuqsonlar — darz ketish, egilish burchaklari shu standartga binoan aniqlanadi. Agar ma’lum kuchlanish ta’sirida bunday yemirilish, qatlam ko‘chishlar sodir bo‘lmasa, namuna sinovdan o‘tgan hisoblanadi.

Yupqa qatlam (list yoki lenta) materialni siqib chiqarish usuli bilan sinash 10510—80 GOST davlat standartiga to‘g‘ri kelishi kerak.

Sinashdan deformatsiya jarayonida og’ish boshlanmasdan namunada ma’lum o‘yma (lunka) hosil bo‘ladi. Materialning yemirilmasdan hosil bo‘lgan o‘yma o‘lchamiga qarab materialning sinalganligi haqida xulosa chiqariladi.



Maxsus o‘lchamlarda jo‘valangan materiallarning cho‘kish xususiyatlarini sinash uchun 8817—80 GOST davlat standarti belgilangan. Ma’lum o‘lchamdagi namunaga siqadigan kuch ta’sir ettirilsa, namunaning bo‘yi qisqaradi. Bunda namunada darz hosil bo‘lmasa, yemirilish yoki qismlarning ko‘chish sodir bo‘lmasa material sinovdan o‘tadi.

Mashinasozlikda vositalar (ehtiyot qismlar) borgan sari ko‘proq kukun holatdagi materiallardan tayyorlanmoqda. Shuning uchun ham kukun materiallarning xususiyatlarini ham aniqlash kerak.

Masalan, bunday materiallarning kukun holdagi oquvchanligi, zichlana olishi hamda shakl qabul qilish xususiyatlari aniqlanadi. Materialning kukun holdagi oquvchanligi 20899—75 GOST davlat standartiga javob berishi kerak.

Oquvchanlik deb ma’lum o‘lchamga ega bo‘lgan teshikdan vaqt birligi ichida o‘tishga ulgurgan massa (kukun) miqdoriga aytiladi. Bu xossa kukundan mahsulot yasalayotganda juda muhimdir, ya’ni qancha vaqt ichida qolip to‘la bo‘lishi aniqlanadi.

Qoliplardagi kukunga bosim berilganda kukun qalinligining kamayishiga qarab zichlanish xususiyati aniqlanadi. Bosim ostida ishlangan kukun materiallarning qolip shaklini to‘ldirib olishiga qarab, shakllanish xossasi aniqlanadi. Kukun materialining bu xossalari 25280— 82 GOST davlat standarti bilan belgilanadi.

Suyuq materialning oquvchanligi deganda suyuq metallni ma’lum shakldagi qolipga quyilganda namoyon bo‘ladigan xususiyatlari tushuniladi.

Suyuq holdagi oquvchanlik materialning kimyoviy tuzilishiga, haroratga hamda qovushoqlikka va qolip materialining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunday xususiyatlar tajriba asosida aniqlanadi. Suyuq metall qoliplarga quyilgandan keyin qotish (kristallanish) natijasida cho‘kadi. Bu xususiyat suyuq metall hajmi bilan qotgan metall hajmi orasidagi farq bilan o‘lchanadi. Xuddi shu usul bilan metallarning cho‘kish koeffitsientlari aniqlanadi.

Materiallarning payvand chok hosil qilish xususiyati deganda, chokning ishlay olish xususiyati tushuniladi. Bunday payvandlangan materialning sifati asosiy material sifatiga o‘xshash bo‘lishi kerak. Payvand chokning xususiyatlarini asosiy material xususiyatlariga solishtirish bilan sinab ko‘riladi. Payvandlangan mahsulotlarning mexanik xossalari 6996—66 GOST bilan, payvandlash yoyi hamda kavsharlash tartibi 13585—68 GOST bilan belgilanadi. Payvand chokning turlari (chokning shakli) ham 7512—82 GOST davlat standartiga ega. Payvand chokning uzoq muddatga chiday olishi 10145—81 GOST davlat standarti bilan belgilanadi.



Xar qanday materialning sirtiga shu materialdan qattiqroq jismning botishiga qarshilik ko‘rsata olish xususiyati uning qattiqligi deb ataladi.

Metallarning qattiqligini aniqlashning bir necha usullari bor. Bu usullar ichda Brinell va Rokvell usullari keng tarqalgan.

Brinell usuli toblanmagan metallarning, rangli metallar va ular asosidagi qotishmalarning qattiqligini aniqlashda qo‘llaniladi. Qattiqligi aniqlanishi kerak bo‘lgan metallarning xiliga va uning qalinligiga qarab diametri 2.5; 5 va 10 mm li toblangan po‘lat sharcha sinaluvchi namunaga 1.875; 2.5; 5.0; 7.5; 10 va 30 kN kuch bilan ma’lum vaqt (10, 30 va 60 sek) ichida asta-sekin botiriladi, natijada sinalayotgan metall yuzasida po‘lat sharchaning izi qoladi, bu izning diametriga qarab metallning qattiqligi aniqlanadi.





Download 0.81 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Download 0.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metall va qotishmalarning texnologik xossalari

Download 0.81 Mb.