• “Creato”
  • 9-Mavzu: Kreativ va evristik ta’lim. Reja




    Download 330.3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana02.08.2023
    Hajmi330.3 Kb.
    #77871
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Lecture - 9 (1)
    1ncqSRXMd8gTxjyBhm3am9vL0pO78PyvECNt2Vpr, Protocol Data Units va tahlil qilish uchun WireSharkdan foydalanish, 1 Talab va taklif tushunchasi. Talab va taklif qonuni. 2 Talab v, 883ceb5d-9c62-40b4-a652-d0daff5fc663, SAYFIYEV OYBEK ELBEK O‘G‘LI QAYD VARAQA, 5-lab, 1-maruza, 10-sinf Unit 1. All about me demo, Презентация1, pro, Determinantlar, Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari, Savod O\'rgatish Tayyorlov Davrida O\'yinlardan Foydalanish mundar-fayllar.org, OZBKTILSHUNSLIGIBOYICHABITIRUVMALAKAVIYISHLARINITAYYORLASH
    Internet saytlari. 
    1. www. tdpu. uz 
    2. www. pedagog.
    3.www. Ziyo-Net.uz 
    1.Kreativ ta’limning mazmun va mohiyati. 
    Hozirgi zamon ta’limining bosh va asosiy vazifasi – o’quvchining intelektual darajasini, 
    yaratuvchanligini, ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali yangi bilimlarni olish, 
    yaratishga, ruhlantirishga qaratilmog’i kerak. 
    “Creato”- lotincha so’z bo’lib, yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma’noni 
    bildiradi.“Creato”–so’zi ma’nosi, ijodiy fikr, texnik loyiha, ijodkorlikka moyillik, o’quv – biluv 
    jarayonida mas’uliyat, yaratuvchanlik 
    Kreativ pedagogika-ijodkorlik va yaratuvchanlik metodlarini yaratishni o’rganish 
    tushuniladi.
    “Creato” – so’zi ma’nosi, ijodiy fikr, texnik loyiha, ijodkorlikka moyillik, o’quv – biluv 
    jarayonida mas’uliyat, yaratuvchanlik, kreativ pedagogika. 


    An’anaviy ta’lim asosan ilgaritdan mavjud bo’lgan didaktikaga asoslangan, ya’ni o’quv 
    jarayoniga ilgaritdan fanga ma’lum bo’lgan bilimlarni o’qitish, o’rgatish, yetkazish bilan 
    xarakterlanadi. O’qituvchi ilgaritdan ma’lum bo’lgan reproduktiv faoliyatni olib boradi. Bu esa 
    asosan o’quvchining ta’lim mazmunini yodlab olishi, qayta takrorlab borishi bilan cheklanadi. 
    Ya’ni ta’lim ilgaritdan ma’lum bo’lgan predmet “avval hunar o’rgat, keyin shogird o’z hoxishiga 
    ko’ra nima qilsa qilaversin” yo’sinida ish tutish rasm bo’lgan. 
    Bunday holda bilim kontseptsiyasi to’rt bosqichda amalga oshiriladi: 
    1. Bilim bilan tanishish, ma’lum axborotni tushunib olish, voqealarni bir – birdan ajrata olish; 
    2. Bilimdan nusxa olish, olgan bilimlarini takrorlash
    3. Bilim, ko’nikma, olgan malakalarini amaliy faoliyatda qo’llay olish; 
    4. Bilim – transformatsiya, olgan bilimlarini keyingi yangi bilimlarni, yangi vazifalarni 
    bajarishda qo’llay olish (ya’ni ijodiy foydalana olish darajasi)dir. 
    Agar umumiy ta’lim maktablari birinchi, ikkinchi darajadagi bilimlarni o’rgatsa, oliy 
    ta’lim uchinchi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’rtinchi darajadagi, ya’ni ilmiy izlanish, 
    magistratura, aspirantura, doktaranturalarda bilim berishni davom ettiriladi. 
    Shuni yodda saqlash kerakki, ijodkor yaratuvchi shaxsni tarbiyalash, fanga ma’lum bo’lgan 
    bilimlarning o’zi bilangina kifoyalanmay, olingan, o’zlashtirilgan bilimlar zamirida yangi 
    bilimlarni kashf etishlari bilan muhimdir.
    Bunga yorqin misol qilib, ulug’ allomalarimiz Muso al – Xorazmiy matematika fani 
    asoschisi, Al – Farg’oniyning turli fanlarga tegishli buyuk kashfiyotlari, Al – Farobiyning (70 dan 
    ortiq tillarda erkin so’zlashgan) tovush tezligi, chastotasi, moddiyat, issiqlik, harakat, optikaga oid 
    kashfiyotlari, Abu Rayhon Beruniyning (qomusiy olim) minerologiya, geodeziya, jo’g’rofiya, 
    falakkiyot fanlari rivojiga qo’shgan katta xissalari, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”, “Ko’z 
    anatomiyasi”ga bag’ishlangan kitoblari, Ulug’bekning “Zijji Ko’rogoniy” asari va boshqa buyuk 
    allomalarimizning qoldirgan qimmatli asarlari hozirda ham bizning mamlakatimizda va ko’plab 
    xorijiy mamlakatlarda o’qib o’rganilishini keltirishimiz mumkin.
    Ularning buyuk kashfiyotlari butun jahon xalqlarining umummulkiga aylanmoqda. Bu 
    shundan darak beradiki, allomalarimiz mavjud bilimlarni chuqur va puxta o’rganib, 
    o’zlashtiribgina qolmay, ular o’z ishlariga izlanuvchanlik, (kreativ) ijodkorlik bilan yondashib, 
    juda ko’plab kashfiyotlar qilganlar. Shuning uchun yangilangan didaktikaning vazifasi faqatgina 
    fanga ma’lum bilimlarning o’zini o’rgatish, uni takrorlash bilan cheklanmay, ularni ijodiy, 
    tanqidiy va yaratuvchanlik ruhida ish yuritishlariga zamin yaratib berishdan iborat. 
    Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko’ra) olti yoshgacha bo’lgan bolalar 
    40% iste’dod potentsialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka 
    juda moyil bo’lar ekanlar. Agar shu davrda u bilan olib borilayotgan ta’lim jarayoniga faqat 
    an’anaviy ta’lim asosida yondashilsa, undagi ijodkorlikka mayillik so’nib boradi. 
    O’quv – biluv jarayoni ijodkorlikka yo’naltirilsa, uning faolligi, yaratuvchanlik qobiliyati 
    oshib boradi. 
    Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina ob’ektning o’zi bilan cheklanmay, ya’ni sub’ekt 
    (bola)ning ijodkorligi, moyilligi, extiyojiga qarab, ish yuritilsa, ijobiy natijalar beradi (ijodkorlikka 
    bolalikdan o’rgatish mumkin va zarur). 
    Umuman ulug’ kashfiyot namoyondalari fikrlash algoritmini yaxshi o’zlashtirganlar, 
    chuqur, atroflicha bilimga ega bo’lganlar. Ular asosan evristik metod va usullarni yaratganlar, 
    shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon qilganlar. 
    “Creato” lotincha so’z bo’lib, yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma’noni bildiradi.

    Download 330.3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 330.3 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-Mavzu: Kreativ va evristik ta’lim. Reja

    Download 330.3 Kb.
    Pdf ko'rish